Ikkilamchi ochish texnologiyasi
―Quduq - qatlam‖ tizimida gidrodinamik kanallarni yaratish uchun mahsuldor
qatlamlarni ikkilamchi ochish texnologiyalari har xil qo‗llaniladi.
Qatlamni ikkilamchi ochish texnologiyasi o‗qli
perforatsiya, qumulyativ
perforatsiya, portlatish oqimlari orqali gidrodinamik kanallarni hosil qilish,
ikkilamchi ochishda portlatish jarayonlarini chetga chiqaradigan qatlamni tabiiyligini
asrash texnologiyasi hisoblanadi.
O‘qli perforatsiY.
O‗qli perforatsiya ilgari qo‗llanilgan, hozirgi vaqtda kichik hajmda
qo‗llaniladi. O‗qli perforatsiya o‗qli perforatorlardan o‗qni otish yo‗li orqali amalga
oshiriladi va uning korpusida poroxli zaryadlar o‗q bilan birga o‗rnatiladi. O‗qli
perforator geofizik kabelda mahsuldor qatlamning oralig‗iga tushiriladi. Yer ustidan
elektr impulsini oladi va keyin o‗qlarga yuqori tezlik uzatgandan keyin zaryadlar
portlaydi hamda uning yorish kuchlari ―quduq – qatlam ‖ tizimida perforatsiya
kanallarini hosil qiladi.
Perforatorning turiga bog‗liq ravishda teshiklarning diametri 11 mm, 12 mm,
20 mm, 22 mm.
Perforatorlardagi o‗qlar to‗g‗ri chiziqli gorizontal (APX turida) yoki tik-qiya
(PVN turida) perforator stvolidan otiladi. Bunda to‗g‗ri
chiziqli gorizontal stvol
yordamida hosil qilingan perforatsiya kanallarining chuqurligi 50-70 mm.ni tashkil
qiladi.
O‗qli perforatsiyani amalga oshirishda tik-qiya perforatorlar (PVN- perforator
vertikalno-naklonniy) qo‗llaniladi, tik-qiya stvolning hisobiga hosil qilinadigan
kanallarning uzunligi oshiriladi. Masalan: PVN-90 uchun perforatsiya kanallarining
uzunligi 140 mm.ni tashkil qiladi.
Bunda o‗q otilgandan keyin mustahkamlash kolonnasiga va sementlangan
quvur orqa fazosiga ta‘sir qiladi va teshik teshish amalga oshiriladi. O‗qli
perforatsiyani olib borish rejalashtirilganda mahsuldor qatlamda uyumlarning
geologik tuzilishi to‗g‗risidagi va unga yaqin joylashgan qatlamlar asoslaniladi.
325
Kumulyativ perforatsiY.
Mahsuldor qatlamlarning ikkilamchi ochishda
qo‗llanilgan texnologiyalarning asosiy hajmi qumulyativ perforatsiyaga to‗g‗ri
keladi.
―Quduq - qatlam‖ tizimida gidrodinamik kanallarni yaratish texnologiyasida
yo‗naltirilgan portlatish oqimi qumlyativ perforatsiyada amalga oshiriladi qaysiki,
perforatorda o‗rnatilgan zaryadning portlash jarayonining shakllanishida qumulyativ
oqim mustahkamlash kolonnasini, sementlangan fazoni qirqadi va mahsuldor
qatlamda perforatsiya kanallarini hosil qiladi.
Korpusli perforatorlar ko‗p karrali harakat tufayli bir necha marta
foydalaniladi. Perforatsiya olib borilgandan keyin quduqdan perforator ko‗tariladi va
korpusga yangidan zaryad o‗rnatiladi
natijada, navbatdagi perforatsiyani amalga
oshirish uchun perforator korpusidan qaytadan foydalaniladi. Perforatorlar geofizik
kabelda, qattiq geofizik kabelda, egiluvchan quvur yordamida quduqqa tushiriladi.
Ko‗p marta qo‗llaniladigan perforatorlarga PK-105SM-02 turidagi (o‗rnatilgan
zaryadning kuchiga bog‗liq holda perforatsiya kanalining chuqurligi 271-722 mm.ni
tashkil qiladi), PK-95 va boshqa apparatlar kiradi.
Korpussiz qumulyativ perforatorlar bir karrali harakatli faqat bir marta qo‗llaniladi.
Perforator sifatida quyidagi turlari qo‗llaniladi: PKO-89SA-01 (perforatsiya
kanallarining chuqurligi 765mm), PKO-73S (perforatsiya kanallarining chuqurligi
542mm) va boshqa. Perforator quduqqa geofizik kabelda, qattiq geofizik kabelda,
egiluvchan quvurlar yordamida tushiriladi.
Bir karrali harakatdagi korpusli perforatorlar
quduqqa nasos-kompressor
quvurlari yordamida tushiriladi ya‘ni, qatlamga depressiya hamda qatlam va quduq
tubi bosimining tengligi sharoitida perforatsiya olib boriladi.
Perforatorlarda foydalaniladigan zaryadlar xuddi bir marta ishlatiladigan
korpusli perforatorlarga o‗xshashdir hamda quduqqa geofizik kabelda tushiriladi.
NKQlarda tushiriladigan perforatorlarga quyidagilar kiradi: PKT-89SM
(perforatsiya kanalining chuqurligi 751 mm), PKT-102ST (perforatsiya kanalining
chuqurligi 953 mm). PM-73ST modulli perforatorlar (perforatsiya kanalining
chuqurligi 554 mm) quduqqa NKQ yordamida tushiriladi va gorizontal quduqlarni
perforatsiya qilishda qo‗llaniladi.
Mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochishni olib borishda qo‗llaniladigan
perforatorlar NKQ
yordamida quduqqa tushiriladi, mahsuldor qatlamning oralig‗iga
o‗rnatilgandan keyin yuvish ishlari amalga oshiriladi.
Yuvish jarayonida NKQga rezinali shar joylashtiriladi ya‘ni, yuvishda
perforatorning egariga tushadi, detonatorni harakatga keltiradi va perforatsiya sodir
bo‗ladi.
Qatlamlarni
ikkilamchi
ochishda
korpussiz
qumulyativ
perforatorlar
qo‗llaniladi: NKQ yordamida geofizik kabelda lubrikator orqali perforatsiya
oralig‗iga parchalanadigan va chiqarib olinadigan karkas bilan birgalikda tushiriladi.
Perforatsiya qatlamga depressiya hamda qatlamning va quduq tubi bosimining
tengligida olib boriladi.
Karkas bilan chiqarib olinadigan perforatorlarning turiga PRK-54S
(perforatsiya kanalining chuqurligi 522 mm) va parchalovchi
perforatorlar PRK-
54SA (perforatsiya kanalining chuqurligi 518 mm) kiradi.
Perforatsiya qatlamga depressiya hamda qatlamning va quduq tubi bosimining
tengligi sharoitida olib boriladi hamda NKQda tushirilgandan keyin quduqning usti
germetiklanadi.
Qumulyativ perforatsiya yuqori texnologik yutuqlarga ega bo‗lishiga
qaramasdan kamchiliklarga ham ega ya‘ni, qumulyativ oqimni hosil qilishda
portlatish ta‘sir qilish mustahkamlash kolonnasida va quduqning mustahkamligida
amalga oshiriladi.
Shuning uchun mustahkamlash kolonnasiga va quduqning mustahkamligiga
partlovchi ta‘sir qilishlarni chiqarib tashlash uchun ikkalamchi ehtiyot qiladigan
texnologiya ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: