324
KIMYO FANLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Ergashev I.M
1
. , Mamirzayev M.A
1
. , Ergashova Sh.I
2
.
Samarqand
davlat universiteti
1
/ Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
2
O’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishda informasion
texnologiyalarning roli tobora oshib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarni
qo’llanilishi bevosita kompyuter vositalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish bilan
bog’liqdir. Kompyuter o’qitishning universal vositasi bo’lib, u talaba faqat bilim
olishga, ko’nikmalar
oshirishgagina emas, ularni shaxs sifatida shakllanishida ham
katta ta’sir ko’rsatadi.
Kimyo fanini o`qitishni boshqa fanlar qatori zamonaviy texnologiyalar asosida
tashkil etish va shu orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish ta`lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Mustaqil fikrlash
qobiliyatiga ega bo`lgan o`quvchigina o`z muammolariga yechim topa oladi,
jamiyatda o`z o`rniga ega bo`ladi. Kimyo fanini o`qitishni nazariy va amaliy jihatdan
tashkil etish chuqur bilim va yuksak mahoratni talab etadi.
Darsda kompyuter texnologiyalaridan foydalanayotgan o’qituvchi amalda shu
jarayonda rahbar, konsultant, koordinator, ekspert va aktual ma’lumotlar manbasiga
aylanadi. U talabalarda turli manbalardan, shu jumladan internet tizimi manbalaridan
ma’lumotlar olish,
tahlil qilish, taqqoslash va saqlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Bu jarayonda talabalarda tadqiqotchilik, o’zaro munosabat xususiyatlari oshadi,
dunyoqarash kengayadi.
Kimyo fani sohasida kompyuterdan foydalanish — mavzular bayoni
tasvirlardagi animatsion harakatlar, tabiatdagi ko‘z bilan ko‘rish imkoni bo‘lmagan
kimyoviy jarayonlarni o‘ziga xos tarzda namoyish etish juda katta amaliy ahamiyatga
ega ekanligi ko‘plab tadqiqotchi olimlar tomonidan isbotlab berilgan. O‘quv
mashg‘uloti davomidagi faol faoliyat asosan o‘quvchi va o‘qituvchi tomonidan
tashkil etiladi. Buning uchun ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ko‘p
hollarda dars
jarayonida qo‘llaniladigan metodik qo‘llanmalar vositasida tashkil etiladi. Ayniqsa,
kimyo faniga endigina qadam qo‘yayotgan o‘quvchilarga didaktik o‘yinlarni o‘zida
mujassam etgan noan’anaviy mashg‘ulotlar, texnik vositalar bilan tashkil etilgan dars
jarayonining o‘ziyoq “ajoyib” tuyuladi. darslarda o‘quv texnik vositalardan
foydalanish ayni paytda darslarni samarali, faol tarzda tashkil etishda, o‘quvchining
diqqat-e’tiborini jalb etish kabi kutilgan natijalarni bermoqda.
Talabalar kompyuter texnologiyalarini kimyo fanini har bir darsida va turli
bosqichlarida qo’llash imkoniyatiga ega.
Birinchidan, u yangi dars o’tish jarayonida prezentasiya usulini qo’llay oladi,
bunda material o’z ichiga albatta ko’rgazmali tajribalarni, test topshiriqlari va nazorat
savollarini olishi o’quvchilar faolligini oshiradi.
Ikkinchidan, kimyo fanlarni o’qitish sifatini oshirish talabalar bilimlarini har
darsda sistematik ravishda nazorat qilish imkonini beradi. Har bir darsni boshlanish
qismida test nazorati o’tkazish bu holda yaxshi samara beradi.
325
Uchinchidan, kompyuter texnologiyalarini laboratoriya va amaliy dars
jarayonida qo’llash olingan kimyoviy tajriba natijalarini hisoblash
va statistik qayta
ishlash imkoniyatlarini yaratadi.
Kompyuter texnologiyayaridan foydalanish o’quvchilarda ilmiy-tadqiqotchilik
faoliyatini oshishida, bilimga intiluvchanlik xususiyatlari va ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlanishiga yordam beradi.
Kimyo darslarida o’rgatuvchi programmalardan foydalanish mumkin.
Programmalarning mazmuni darsni mazmuni, maqsadi, o’quv materiali ketma-
ketligidan kelib chiqadi. Shu jihatlariga qarab o’rgatuvchi programmalarni
quyidagilarga ajratish mumkin:
− Har bir mavzuga doir ma’lumotlarga ega qo’llanmalar;
− Hisoblashga
doir masalalar yechimlari;
− Laboratoriya va amaliy ishlar va ularni tashkil etish;
− Bilimlarni sinash va nazorat qilish.
O’rgatuvchi programmalar samarador bo’lishi uchun kimyoviy ta’lim
yo’nalishiga mos kelishi, ko’rgazmali ma’lumotlarga boy, foydalanish imkoniyati
soddaroq bo’lishi va natijada talaba bilimini oshishiga, malakasini o’sishiga xizmat
qilishi lozim.
Kimyo fanlarini o’qitishda kompyuter texnologiyalardan foydalanish quyidagi
natijalarni beradi:
1. Ma’lumotlar bir vaqtning o’zida bir nechta sezgi organlariga ta’sir etadi;
2.
Diqqatni oshiradi;
3. Fanga bo’lgan qiziqishni oshiradi;
4. O’tiladigan material sifatliligini oshiradi;
5. Vaqtdan unumli foydalaniladi.
Ta’lim jarayoniga kompyuter texnologiyalarni tadbiq etish borasida Oliy ta’lim
tizimida ham izlanishlarning tashkil etilayotganligi aloxida e’tiborga molikdir.
Bugungi kunda ta’lim tizimining mazmuni, o’quv jarayonini loyihalashtirishga ham
yangicha yondoshish,
uni yangicha tashkillashtirish, ta’lim mazmunini va uning
tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, bilim, ko’nikma va malaka, ijodiy faoliyatini
takomillashtirish kun tartibiga ko’ndalang qo’yildi. Ta’lim jarayoniga yangicha
yondashib, unga zamonaviy pedagogik va kompyuter texnologiyalari, ijodkorlik,
faollik tadbiq etilsagina ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi, ya’ni:
- talabaning o’quv mehnatiga ma’suliyati, javobgarligi oshadi;
- bilimlarni
mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
- o’z bilimini o’zi boyitishga ishonch paydo bo’ladi;
- shaxsning jamiyatda o’z o’rnini tezroq topib olishi uchun muhit yaratiladi
Kompyuter texnologiyalarini kimyo fanlarni o’qitishda qo’llanilishi
o’quvchilarni bu fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi va kelajakda yaxshi mutaxassis
bo’lib yetishishida yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: