Madaniyatshunoslik


Go‘zallik -bu qisqa muddatli hokimlik qiladigan qirolichadir



Download 292,39 Kb.
bet29/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Go‘zallik -bu qisqa muddatli hokimlik qiladigan qirolichadir.
***
Oz narsaga qanoat qilgan odam davlatmanddir, negaki bunday qanoat
uning ma’naviy boyligidan dalolat beradi.
***
Huzur - halovatning quli bo‘lib qolgan odam tanasini ham, ruhiyatini ham, majruh qiladi.
Platon (mil. av. 427-347) mil. av. 384 yilda Afinada "Akademiya" nomi
bilan faylasuflar maktabini ochgan. Binoning kiraverishiga "Geometriyani
bilmaganlar bu yerga kirmasin" deb yozib qo‘yilgan. Platon geometriya fanining
otasi hisoblanadi.
Akademiyada faqat falsafa emas, astronomiya, geometriya, geografiya, zoologiya va botanikadan ham ta’lim berilar edi. Biroq falsafiy ta’lim markaziy o‘rinda bo‘lgan. Ta’lim ma’ruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashg‘ulotlari o‘tkazilardi.
Platon falsafasining asosiy mohiyati - «g‘oya» («eydos»)lar haqidagi ta’limotida bayon etilgan. Uning fikricha, g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish va taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning in’ikosidir. G‘oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan aql egalari bo‘ladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. Platon g‘oyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qo‘yadi, chunki, g‘oyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson g‘oyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi o‘rtasidagi zotdir. Uning ruhi g‘oyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir.
Platon qarashlarida jamiyat, davlat to‘g‘risidagi ta’limot markaziy o‘rinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga bo‘lgan:

  1. tabaqa -davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar;

  2. tabaqa -davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar;

  3. tabaqa-davlatni va yuqoridagi 2 tabaqani moddiy jihatdan ta’minlab

turadigan dehqonlar va hunarmandlar. Platon davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat, yakka amalga oshiradigan monarxiyaga, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiradigan aristokratiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi.
Platon 4 asosiy fazilatni farq qiladi: donishmandlik, mardlik, aql bilan ish qilish va eng asosiysi - boshqa fazilatlarga yo‘l ochadigan va qo‘shilib ketadigan fazilat-adolat. Uningcha, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo‘ysunishi jamiyat taraqqiyotining asosiy garovidir. Qaerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron bo‘lsa, hokimlar esa qonunga amal qilsa, o‘sha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni o‘rnatib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi deb ta’kidlaydi.
Platondan 30ga yaqin katta va kichik asar hamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: "Apologiya" (Suqrotni himoya silish), "Kriton" (qonunni hurmat qilish hatsida), "Laxet" (mardlik hatsida), "Menon" (notiqlik san’ati mohiyati haqida), "Bazm" (eros haqida), "Fedr" (eydoslar haqidagi ta’limot), "Fedon" (adolat haqida), "Davlat" (adolat haqida), 'Teetet" (bilim haqida), "Timey" (kosmologiya), "Qonunlar", "Siyosatdon", "Fileb" va boshqalar. Platonning asarlari asrlar davomida G‘arbda, Sharqda ma’lum va mashhur bo‘lgan, ko‘p tillarga tarjima qilingan, ularga sharxlar yozilgan. Abu Nasr Forobiy "Platon qonunlar mohiyati haqida" asarida madaniyat va ma’naviyatga doir ko‘p masalalarni chuqur sharhlaydi.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish