Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet30/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Aristotel (mil.av 384-322) ijodi o‘z zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oladi. U «ilk falsafa»ga oid («Metafizika») asarida Platonning g‘oyalar nazariyasini tanqid qildi. «Platon g‘oyalari abadiy», moddiy mavjudodlar o‘tkinchi deb yozgan edi. Aristotel esa mavjudodlar va ularning g‘oyalari ajralmasdir, deydi. Dahriy sho‘rolar zaminida bu ikki donishmand biri idealist, biri materialist deb, qarama-qarshi qo‘yildi. Hozirgi fan idealizm va materializm o‘zaro zid emas, bir birini to‘ldiradi, deydi.
Aristotel bilish haqidagi ta’limotida «dialektik» bilish bilan «apodiktik» bilishni bir-biridan farqlaydi. «Dialektik» bilish — tajriba samarasi bo‘lmish «fikr»ni, «apodiktik» bilish esa ishonchli bilimni vujudga keltiradi. Ammo Aristotel tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisoblamaydi, uning fikricha, bilimning eng oliy qonun-qoidalari bevosita nazariy aql vositasidagina idrok etiladi.
Aristotel "Organon" tarkibiga kiruvchi 8 fan: "Ritorika", "Poetika", "Germenevtika", "Birinchi Analitika", "Ikkinchi Analitika", "Sofistika", "Topika", "Mantiq" ilmlarining asoschisidir. Aristotel «Analitika» deb nomlagan mantiqiy isbotlangan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, vaqt, makon, sifat, miqdor, harakat kabi bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq «ilk falsafa» («metafizika») bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi.
Aristotel jahonda ilm tarixida ilk bor axloq fani - etikaga asos soldi. Aristotel aql-zakovatdan ko‘ra ko‘ngildagi ne’matlarni-vijdon, burch, bag‘rikenglik, kamtarinlik, mehnatsevarlik xislatlarni barcha ne’matlardan ustun qo‘yadi, ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga bo‘ysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajriba, fazilatlarni ishga solib, o‘rta yo‘lni tanlagan ma’qul.
Aristotel ijtimoiy qarashlarida «inson - ijtimoiy mahluqdir» degan g‘oyaga asoslanadi, ya’ni oila, jamiyat, davlat - inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Aristotel oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi deb biladi. Aristotel davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib o‘tirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyasi haqida qayg‘urishi lozim, deb hisoblaydi.
Aristotelning tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy kamolot yotadi: tarbiyadan maqsad - ruhning oliy jihatlari bo‘lmish aql-zakovat va fazilatlarni egallashdir. Tarbiyaning o‘zaro chambarchas bog‘liq uch jihati -jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya - ruhning uch turiga muvofiq keladi, ya’ni kamolotga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari - tabiiy qobiliyat, ko‘nikma va aql-idrokdan iborat, tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur.
Aristoteldan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari: «Politiya», «G‘oyalar haqida», «Farovonlik haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Kategoriyalar», «Fizika», «Metafizika», «Jon haqida», «Nikomax axloqi», «Evdem axloqi», «Axloqi kabir», «Siyosat», «Ekonomika», «Etika», «Poetika», «Ritorika» va boshqalar.
Aristotel - barcha zamonlar olimlari Ustozi avval deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. VII-VIII asrlardan boshlab, ayniqsa Xorun ar-Rashid va Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid davrida Arab xalifaligi hududida Aristotel asarlari tarjima etilib o‘rganilgan, ularga yuzlab izoh va sharhlar bitildi. Bu sohada O‘rta Osiyoning ulug‘ olimlari faollik ko‘rsatgan. Abu Nasr Forobiy Aristotelning «Metafizika», «Jon haqida», «Etika», «Kategoriyalar», «Topika», «Analitika» va boshqa asarlariga ilmiy sharxlar yozib, «Sharq Arastusi» degan unvonga sazovor bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino o‘z ustozlarining ilg‘or g‘oyalarini yanada rivojlantirib, Aristotel va Abu Nasr Forobiydan keyin «Uchinchi muallim» deb ataldi. Abu Ali ibn Sino bilan Abu Rayhon Beruniy o‘rtasida Aristotelning «Osmon haqida» va «Fizika» asarlari to‘g‘risidagi munozarasi vatanimizda Aristotel merosiga qiziqish kuchli bo‘lganidan dalolat beradi.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish