Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet27/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Milet maktabi mil.av. VI asrda vujudga kelgan, Ioniya dengizi sohilidagi Milet shahri nomidan olingan. Yirik namoyondalari — Fales, Anaksimandr, Anaksimen, Geraklit. Ular tabiatdagi hodisalarni o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlikda, bir-biriga o‘tib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabiatning o‘zidan qidirganlar. Ruhiy hodisalarni materiyaning ko‘rinishi, butun tabiatni jonli deb tushunganlar. Yevropada ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geografiya, meteorologiya, astronomiya va boshqa fanlar tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Mil.av. VII-VI asrlargacha bo‘lgan yunon tafakkurining shakllanishiga va rivojiga Misr, Bobil, Finikiyada rivoj etgan ta’limotlar asos bo‘lgan. Kronos va Zevs haqidagi tushunchani ham ioniyalik olim Feresides Yaqin Sharqdan olgan. Mil.av. VI asrga kelib yunonlar eroniylar bilan yaqindan aloqada bo‘la boshlagach, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari dini, Zardusht ta’limoti Ioniyalik doshishmandlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlaydi. Mil.av. VI asrda grek fanining poydevorini yaratgan ioniyalik yetti olimning kelib qichishi, asosan Sharq mamlakatlaridan - Bisa frigiyalik, Fales finikiyalik, Feresides esa janubiy anatoliyalik bo‘lgan.
Ioniyalik faylasuf olimlarining ilmiy faoliyati amaliy hayot ehtiyojidan kelib chiqqan holda rivojlangan. Bu olamlar o‘z ta’limotida astronomiya, matematika, fizika va biologiya haqida dastlabki tushunchalarni, kundalik hayotda zarur bo‘lgan asboblarni yaratganlar. Ular yaratgan ta’limot ibtidoiy materializm ruhida edi.
Qadimgi grek fani, falsafasi markaziy Gresiyada emas, balki kichik Osiyoda, Ioniyadagi yirik port shahri Miletda shakllangan. Milet shahri geografik jihatdan qulay joylashgan bo‘lganligi sababli bu yerda savdo, hunarmandchilik boshqa joylarga nisbatan erta va keng rivojlangan. Haqiqatdan, Milet Assiriya ustidan g‘alaba qozongan Midiya bilan yaqin aloqada bo‘lgan va tabiiyki, bu mamlakatda tarqalgan zardushtiylikdan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan, ayniqsa, kosmologiya va kosmogoniya sohasida miletliklar misrlik va bobilliklarning abstrakiy farazlariga emas, balki zardushtiylikning muayyan tizimga solingan ilmi nuzumiga amal qiladilar.
Milet olimlari orasida, ayniqsa, Fales ta’limoti diqqatga sazovardir. Fales faylasuf, astranom, matematik, fizik, siyosiy arbob va savdogar edi. Midiya, Eron mug‘lari bilan muloqotda bo‘lgan, ularning kosmogonik ta’limotlarini o‘rgangan va shu ta’limot asosida borliq xususiyati, osmon va yer haqidagi nazariyasini yaratgan. Afsuski, Fales asarlari qadim davrlardayoq yo‘qolib ketgan.Faqat keyingi davrda o‘tgan faylasuf olimlar, ayniqsa, Aristotel asarlarida berilgan ma’lumotlarga tayanib olimning ibtidoiy materializmga asoslangan ilmiy qarashlari haqida fikr yuritish mumkin yer kurrasi suvda turadi, suv hamma narsaning moddiy asosi).
Zardushtiylik kosmogonikasi bo‘yicha yer gardish shaklida, u suvda turadi, namlik, suv hamma narsaning asosi, yerni okean qurshagan, u xuddi suvdagi taxtadek, ana shu doktrianaga binoan zardushtiylar suvni hatto olovdan ham ortiqroq e’zozlaganlar. Ularning fikricha, yerni qurshagan olti modda (olti ma’buda)ning birinchisi suv. Arestotel keltirgan Falesning ikkinchisi tezisi "tabiatdagi hamma narsalarda ma’budlarning ishtiroki bor, ular o‘lik emas, tirik". Bu g‘oya esa zardushtiylikning yuqorida keltirilgan g‘oyasiga asoslanadi. Zardushtiylikda Axura Mazda avval borliq va hamma narsalarni tana qobig‘idan (menog) ozod holda yaratgan, keyin ularga shakl bergan, degan ta’limot bor. Falesning har bir buyumda ma’bud xudo bor, degan nazariyasi xuddi ana shu buyumlarning menog holatini eslatadi.
Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra Axura Mazda yaratgan olti modda -olti ma’bud Amesha-Sienta (ya’ni "mangu avliyolar") quyidagilardir-Voxu-Mana (Yaxshi niyat), Asha-Vahishta (O‘ta adolatliylik), Sienta-Armaiti (Diyonatli avliyolik), Xshatra-Vaprya (Orzu etilgan qudrat, iroda), Xaurvatag ( Yaxlitlik) va Ameretag (Mangulik). Ularning hammasi Axura Mazdaning emanatsisi. Ular o‘zlari yaratgan har bir moddada ishtirok etadilar. Falesning ikkinchi tezisi esa zardushtiylikning aynan ana shu Amesha-Spenta ta’limoti ta’siri ostida shakllangan. Borliqning asosi to‘rt unsur (suv, yer, olov, havo) ta’limotida ham Sharq falsafasining ta’siri bor. Insoniyat tarixidagi eng ko‘hna va haligacha o‘z kuchini yo‘qotmagan "Kimligingni o‘zing yaxshi bilib ol" va "hech narsa haddan ziyoda bo‘lmasligi kerak" degan ikki hikmat ham Falesga taalluqli. Aytishlariga qaraganda Fales o‘z ta’limotini she’r bilan yozgan.
Fales ta’limotini uning shogirdi va vatandoshi Anaksimandr (mil.av.611-545) davom ettirdi. Anaksimandr yunon adabiyoti tarixidagi birinchi nasriy asar "Tabiat haqida" risolasini yaratgan edi. Anaksimandr Fales kabi kosmogoniya masalasiga, borliq, hamma narsalar qaerdan bo‘lganiga ko‘proq qiziqqan. Falesdan farqli o‘laroq, u borliq fazoning cheksizligidan paydo bo‘lgan, "cheksizlik hamma narsaga yo‘nalish beradi va hamma narsani idora etadi" deydi.
Aristotel Anaksimandrning bu fikriga izoh berib, "har bir paydo bo‘lgan narsaning oxiri bor, lekin u mutloq yo‘q bo‘lib ketmaydi" deydi. Aristotel bu fikrni "faylasuf aytgan cheksizlik ilohiyat, chunki u mangu, yo‘q bo‘lib ham ketmaydi" deb izohlaydi.
Aristotelning ana shu yuqorida keltirilgan talqini keyingi davr yunon falsafasi uchun ham hal etuvchi rol o‘ynaydi. "Cheksizlikdan paydo bo‘lgan buyumlar ma’lum vaqtdan keyin yana asli holiga, cheksizlikka qaytadi. Shunday qilib behisob dunyolar paydo bo‘ladi va halok bo‘ladi". Cheksizlik haqidagi nazariya zardushtiylikning Axura Mazdasi bilan bog‘liq edi, chunki bu ma’budning makoni osmondagi cheksiz nurda. Anaksimandrning ratsionalistik fikri bo‘yicha jahonda bizning yerimizga o‘xshagan "dunyolar ko‘p, lekin ular bir-biridan juda uzoqda, ularni faqat tafakkur kuchi bilan bilish mumkin, ko‘rib bo‘lmaydi". Bu ta’limot Axura Mazda tomonidan yerimizni qurshagan olti kichik ma’buda yaratilishi haqidagi ta’limot ta’siri ostida kelib chiqqan.
Anaksimandr yaratgan kosmogonik ta’limoti boshqa yunon faylasuflari ijodida uchramaydi. Anaksimandrning fikricha, koinotdagi har bir dunyoni avval havo, keyin olov qurshagan. Yerimizning havo bilan olov qobig‘i o‘rtasida avval yulduzlar, sayyoralar, keyin oy va nihoyat quyosh joylashgan, yer konus shaklida. Kosmogoniyani ana shunday tasavvur etish kohinlar tomonidan ishlab chiqilgan zardushtiylik ta’limoti bilan bog‘liq. To‘g‘ri Anaksimandr zardushtiylarning kosmos haqidagi nazariyasiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritib, ancha murakkablashtiradi, havoda (atmosferada) teshiklar bor, yulduzlarning katta - kichikligi ana shu teshiklar bilan bog‘liq, yulduzlar teshiklar orqali ko‘ringan yerning olov qobig‘i.
Miletlik faylasuf olimlarning uchinchisi, Anaksimandrning do‘sti, shogirdi Anaksimen (mil.av. 585-525) edi. Fales va Anaksimandr asarlari kabi Anaksimon merosi ham bizga boshqa mualliflarda keltirilgan parchalar orqali yetib kelgan. Olimning fikricha, hamma narsalar havoning siyraklanishi yoki zichlanishidan paydo bo‘ladi, siyraklansa olov, zichlansa shamol, bulut, tuman, keyin suv, yer, tosh bo‘ladi; yer tekis doira, uni havo ushlab turadi. Yerdan chiqqan bug‘lar musaffolashib olovga aylanadi, olov quyoshga, oy va yulduzlarga aylanadi, yulduzlar barglarga o‘xshab yengilgina fazoda uchib yuradilar.
Markaziy Osiyoda rivoj topgan ibtidoiy falsafiy ta’limotlar, ayniqsa zardushtiylik ta’limoti dialektika asoschilaridan biri efeslik Geraklit (mil.av. 544-483) dunyoqarashiga kuchli ta’sir etgan. Geraklitning "Tabiat haqida" asaridan bizgacha 130 parcha (fragment) yetib kelgan. U bu kitobini juda murakkab tilda, ilmning mag‘zini chaqa oladigan, farosatli va dono kitobxonlarga mo‘ljallab yozganini aytadi.
Fales borliqning asosi suv, Anaksimandr havo desa, Geraklitning fikricha, hamma narsaning asosi olov. Zardushtiylik ta’limotida esa Axura Mazda Amesha-Sienta-olti kichik ma’budlar-olti borliqni olovdan barpo etgan, olov ularga hayot va issiqlik beradi, deyiladi. Greklitning fikricha, olov yerdan chiqqan va uni o‘zgartirib yuborgan. Olov kosmosdagi dunyolar o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi, havo, suv, yer olovdan paydo bo‘ladi va ma’lum vaqtdan so‘ng hammasi yana o‘tga aylanadi. Dunyoda hamma narsa doimiy harakatda va o‘zgarishda, qotib qolgan narsa esa umuman bo‘lmaydi. Doimiy o‘zgarish va harakatni Geraklit qarama-qarshiliklar birligi va kurashi sifatida tushunadi. Bu tezis asosida zardushtiylik dinidagi Axura Mazda bilan Angra-Man’yu, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi doimiy kurash yotadi. Geraklitning fikricha, quyosh harakatini Dike, zardushtiylikda esa Mitra nazorat qilib turadi. Dikening yana bir vazifasi yolg‘onning jazosini berish. Zardusht olti abstrakt, axloqiy tushunchalarni ham ilohiylashtirib "Mangu avliyolar" nomini bergan edi. Milet faylasuf olimlarida kosmik adolat tushunchasi bo‘lib, Geraklitda u Dike bilan bog‘liq, Dike esa zardushtiylikdagi Asha-Vahishta, adolat, haqqoniylik haqidagi ta’limot bilan bog‘liq ekanligi aniq.
Geraklit ham Zardusht kabi abstrakt tushunchani iloxiylashtiradi. Uning fikricha, donishmandlik-ilohiyat, lekin uni Zevs deb atab bo‘lmaydi. "Donishmandlik hamma uchun yagona, u dunyoda joriy etilgan tartibni saqlab turishni biladi. Donishmandlik insonlar faoliyatini doim kechayu kunduz kuzatib boradi". Ilohiyat insonlar qilmishini nazorat ostida tutishi greklar uchun yangilik bo‘lib, zardushtiylikning Axura Mazdasi va Amesha-Sientasi faoliyatining aynan o‘zi edi. Yaxshilik, haqqoniylik, diyonatlilik kabi xususiyatlarga ega insonlar ruhi, Geraklit ta’limotida aytilishicha, o‘lgandan so‘ng osmonga chiqib, quyosh va yulduzlarning musaffo fazosida mangu bo‘ladilar, nafsga berilganlar oy atrofida bo‘lib, yog‘in-sochin, sovuqlik ulardan tarqaladi. Eng oliyjanob qahramon, botir odamlar ruhi eng yuqori osmonu falakka ko‘tariladilar.
Insonlarning vafotidan keyingi taqdirini Greklit tomonidan yuqorida keltirilganidek talqin qilish grek dini, dunyoqarashi uchun mutloq yangilik edi. Chunki ularning tasavvurida hamma o‘liklar Tartarga o‘liklar dunyosi ma’budi Aid o‘lkasiga boradi. Geraklit insonlarning o‘lganidan keyingi taqdiri haqidagi nazariyasini zardushtiylik ta’siri ostida ishlab chiqqan. Buning yana bir isboti: zardushtiylik dini yer muqaddas, o‘lgan har bir narsa harom, muqaddas yerni ifloslantirmaslik uchun uni yerga qo‘mib bo‘lmaydi, o‘liklar suyagi go‘shtidan ajratilib ostodonga solib yerga ko‘milgan. Geraklt: jon chiqish vaqtida tana buziladi, haromlashadi, shuning uchun uni na yerga ko‘mib, na olovda kuydirib bo‘ladi, uni hayvon va qushlar yeb ketishi kerak deydi.
Milet, tarixining mil.av. VII-VI asrlardagi iqtisodiy-ijtimoiy holati o‘zidan yuqori bo‘lgan madaniyat ta’sirini qabul qilish darajasiga ko‘tariladi va Sharq ta’siri esa potensial kuchlar taraqqiyotiga turtki bo‘ldi. Natijada Miletda shakllanib rivoj etgan ibtidoiy materialistik ilmiy-falsafiy ta’limot tashkil topdi. To‘g‘ri, Sharqning ta’siri uzoq davom etmadi, mil. av. V asrda ro‘y bergan Yunon-Eron urushlari bunga chek qo‘ydi. Lekin Milet maktabi bundan keyingi grek tafakkuri rivojiga, ayniqsa, Demokrit, Platon, Aristotel, Diogen, Epikur kabi faylasuflar ta’limotiga katta ta’sir etdi va yunon tabiiy fanlar rivojini aniqlab berdi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, agar qadimgi yunon fani, falsafasi keyingi davr Sharq va Yevropa ilm-fani va falsafasiga asos bo‘lgan bo‘lsa, demak, bunda zardushtiylik ta’limotining xizmatini inkor etib bo‘lmaydi.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish