M. Y. Ayupova



Download 16,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/289
Sana21.05.2022
Hajmi16,96 Mb.
#605768
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   289
Bog'liq
Logopediya Ayupova M.

Birinchi daraja. 
Talaffuzidagi ayrim kam chiliklarning bo'lishi bilan 
ifodalanadi.
Ikkinchi daraja. 
Faol lug'at cheklangan. S o'z va p redm et obrazini 
solishtirishda, um um lashtiruvchi tush unchalar asosida hikoyalar tuzishda 
xatolarga yo'l qo'yiladi.
T a la ffu z d a g i k a m c h ilik la r sig m a tiz m n in g tu rli k o 'r in is h la r id a
lambdatsizm, parasigmatizm, pararotatsizm , paralam bdatsizm da nam oyon 
b o 'l a d i . T o v u s h la r ta la f f u z i va fo n e m a tik t a s a w u r l a r e s h itis h
427


differtsiatsiyasining rivojlanishida kam chiliklar kuzatiladi. Fonem atik tahlil 
shakllanm agan bo ‘ladi.
Uchinchi daraja. 
Ekspressiv nutq lug‘at boyligining sustligi bilan ajralib 
turadi. Um um lashtiruvchi tushunchalarni bilish, so ‘z va predm et obrazini 
solishtirish darajasi past b o ‘ladi. M ustaqil nu tqning gram m atik tom oni 
buzilgan, u faqat predm etlarni nom lash va b ir ikki so‘zli gaplardan iborat 
bo'ladi. M urakkab hikoyalarni bayon etish rivojlanm agan, talaffuz qilish 
va eshitish differensiatsiyasi sust shakllangan b o ‘ladi.
To‘rtinchi daraja. 
Ekspressiv nutq ju d a cheklangan, umumlashtiruvchi 
tushunchalar va so‘z-predm et obrazini solishtirishda jiddiy kam chiliklar 
bo'ladi. Bog'langan nutq ayrim so'zlardan iborat, exolaliyalar kuzatiladi. 
N u tqning gram m atik tu zum ini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar va 
eshitish differensiatsiyasiga oid topshiriqlarni bajara olmaydilar. Fonem atik 
tahlil va sintezning um um an rivojlanm aganligi kuzatiladi.
K o'rishida nuqsoni bor bolalar nutqining rivojlanishining tahlili shuni 
ko'rsatadiki ularning ko'pchiligida sistem ali nu qso n lar kuzatiladi va 
nu tq n in g yetarli k o m p o n en tlari buzilgan b o 'la d i (fonetika, leksika, 
gram m atika). N orm al ko'ruvchi va k o 'rish da nuqsoni b o r bolalarning 
nutqidagi nuqsonlarning solishtiradigan bo'lsak ularning o'xshashligini 
kuzatam iz. Shu bilan bir qatorda nutq kam chiliklarining darajasi va 
sh a k lla n ish i o m illa ri jih a tid a n k a tta fa rq q a h a m ega. P re d m e tli 
o b ra zlarn in g kam chiligi (yetish m aslig i) n a tija s id a n u tq iy x o tira d a
m urakkab gaplar va gaplarning gram m atik jih atd an to 'g 'ri tuzishdagi 
qiyinchiliklar kuzatiladi. A nam nezdagi ilk natal va postnatal patologik 
o'zgarishlar natijasida um um iy va xususiy om illar aniqlangan bo'lib, ular 
ko'rishida kamchiliklari mavjudligi bolalarning nutqini rivojlanmaganligiga 
sabab b o 'la d i va n u tq in in g shakllanish ig a t a ’sir k o 'rsa tu v ch i q a to r 
funksiyalarning rivojlanishini an ch a o rq ag a to rta d i (praksis, gnozis, 
koordinatsiya, cham alash). D em ak, ilk postnatal davrida tu g 'm a yoki 
erta orttirilgan ko'rish nuqsoni nonutqiy funksiyalarning rivojlanishiga 
ta ’sir etuvchi birlam chi nuqson bo'lib qoladi. K o'rishd a nuqsoni bor 
bolalarda harakat faolligini cheklab turuvchi va atrofdagi olam bilan 
aloqani o 'rnata olmaslikka sabab bo'ladigan kam chiliklar ko'plab uchraydi. 
Psixik jarayonlarning (shu qatorda nutqning ham ) rivojlanishida nutqiy 
m uloqotning sifati, m ikroijtim oiy m uhit ju d a k atta t a ’sirga ega.
Shunday qilib, u yoki bu nutq ko m p o n en tlarin i qam rab oluvchi 
sistem ali nutq buzilishlariga sabab b o'lu vch i om illarning polimorfligi 
yanada m urakkab nuqson paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Tug'm a yoki erta orttirilgan ko'rish nuqsoni nutqning rivojlanmasligiga 
asosiy sabab bo'lib, boshqa patologik om illarning mavjudligiga qarab 
ta ’siri kuchayishi yoki kuchini yo'qotishi m um kin.
K o 'r va zaif ko'ruvchi bolalarning nutqidagi kam chiliklarini o'rganish 
nafaqat nutqning barcha kom ponentlari, balki ko'pgina nonutqiy funksiya-
428


larni hisobga olish va tahlil qilishni talab qiladi. Bu kom pleks logopedik 
tekshirish metodikasini tashkil qiladi.
K om pleks tekshirish m etodikasining o ‘ziga xosligi sh u n d ak i, bu 
bolalardagi nutq kam chiliklari va ularni keltirib chiqaruvchi om illarni 
o'rganish ko'rish qobiliyati, qabul qilish usullari va bundan kelib chiqqan 
holda m ateriallarni uzatish usullarini hisobga olgan holda olib boriladi. 
Bunday ko'rishda chuqu r nuqsoni bo'lgan bolalarning ko'pchiligida o'y in
faoliyatining malakasi yo'qligini va predm etlar dunyosi haqidagi bilim lari 
cheklanganligini inobatga olish kerak b o'lad i. Shu sababli tekshirish 
davom ida topshiriqlarni bajarishdan aw al bolaga o'ziga xos instruksiyalar, 
ko'rsatib berish, birgalikda bajarish nam unalari beriladi.
Asosiy diqqat ekspressiv n u tq holatiga qaratilishi kerak.
K o 'r va zaif ko'ruvchi m aktabgacha va m aktab yoshidagi bolalar 
bilan olib boriladigan korreksion ish tabiiy pedagogik jaray on da kechadi. 
Bu yetakchi didaktik va maxsus tam oyillarni inobatga olgan holda tashkil 
qilinadi.
Maxsus tam oyillarga korreksion t a ’lim , birlam chi va ikkilam chi 
nuqsonlarni inobatga olish, mavjud analizatorlarga tayanish va polisensor 
asosni sh akllantirish (hosil qilish), atrofim izdagi olam h aq id a keng 
qamrovli tushunchalarni shakllantirish, nutqning shakllanganligi darajasini 
hisobga olish, n u tq fa o liy atin in g saqlanib qolgan k o m p o n e n tla rig a
tayanish, verbal m aterialning yangiligi, hajmi m urakkablasha borishini 
hisobga olish kiradi.
K orrek sio n t a ’lim ja ra y o n id a kom plek sli keng q am ro v li t a ’sir 
ko 'rsatilad i. Bu t a ’sir logoped, o'q itu v ch i (m ak tab d a), tifiopedagog 
(bog'chada) va tarbiyachilar tom onidan turli m ashg'ulotlar davom ida 
amalga oshiriladi. Korreksion ishda logopedik ta ’sirga ju d a katta aham iyat 
beriladi. Bu ta ’sir m axsus tashkil qilingan m ashg'ulotlarda olib boriladi. 
M ashg'ulotlar bolalarning ko'rish qobiliyatini, nutqi, qabul qilish usullari 
va individual xususiyatlarini inobatga oligan holda olib boriladi. S huning 
qarab logopedik guru h lar tashkil qilinadi. K o 'r bolalar bilan ishlashdagi 
qiyinchiliklarni o'zig a xosligini inobatga olib m ashg 'u lo tlar uzoq vaqt 
davom ida individual ravishda olib boriladi. M urakkab nutq kam chiligi 
bilan birgalikda n onutqiy funksiyalari shakllanm agan, y a’ni to 'rtin c h i 
nu tq iy darajaga ega b o 'lg a n b o lalar bilan ham k o 'p ro q individual 
m ashg'ulotlar olib boriladi.
Tarbiyachi va tiflopedagoglar (m aktab o'qituvchilari) logoped bilan 
birgalikda nutq kam chiliklarini b arta raf etish vazifalarini aniqlaydilar. 
N utq m adaniyatini rivojlantirishdagi korreksion-logopedik vazifalar o'yin, 
o'quv va m ehnat faoliyati, ham da am aliy va m usiqa m ashg'ulotlarida 
am alga oshiriladi.
Z a if ko'ruvchi b olalar bilan logopedik m ashg'ulotlarni tashkil etishda 
asosiy e ’tibor saqlanib qolgan ko'rish faoliyatidan foydalanish imkoniyatiga
429


qaratiladi (zarur b o ‘lgan hajm dagi, rangdagi didaktik m aterial), relefli 
rasm lar, "ajoyib xaltachalar", kubik va qalam chalar (tovush, b o ‘g ‘in va “ 
gaplarni belgilash uchun) ishlatiladi.
P re d m e tla r dunyosining keng qam rovligi haqidagi ta s a w u rla rin i 
shakllantirishda tabiiy ko'rgazm ali qurollar aham iyati ju d a kattadir.
M ash g 'u lo tlar o ‘yin orqali olib borilishi shart, sababi k o ‘rishdagi 
c h u q u r nuqsoni m avjud b o ‘lgan bolalarda o ‘yin faoliyati ju d a kech 
shakllanadi.
Birinchi darajali nutq rivojlanganligi aniqlangan bolalar bilan olib 
boriladigan korreksion-logopedik ishni rejalashtirayotganda bu bolalarning 
yaxshi nutqiy bazasi inobatga olinib, asosiy diqqat n utq ning fo netik 
tom onini rivojlantirishga qaratiladi, eshitish diqqatini rivojlantiruvchi o ‘yin 
va m ashqlar beriladi. K o‘zi ojiz bolarning taqlid qilishi qiyinlashgani 
sababli ularga tovushlar m exanik usullar bilan q o ‘yiladi.
Ikkinchi darajali nutq rivojlanganligi aniqlangan bolalar bilan olib 
boriladigan logopedik ta ’simi rejalashtirayotganda birlam chi guruh bolalari 
bilan olib boriladigan ishning barcha b o ‘limlari saqlab qolinadi va inobatga 
olinadi. Lekin bu yerda asosiy diqqat so ‘z boyligini oshirish, fonem atik 
tahlil va sintezni rivojlantirishga qaratiladi.
Uchinchi va to ‘rtinchi darajali bolalar bilan ish olib borishda logopedlar 
(tiflopedagog va tarbiyachilar bilan kelishilgan holda) ta ’lim va o ‘yin, 
amaliy faoliyatini korreksiyalashga qaratilgan elem entlarni kiritadi. B unda 
m otor m alakalari, cham alash va ko‘rib-yasash malakalari mavjud b o ‘lishi 
kerak. Bu ish nutq m alakasini rivojlantirish va unga mos tushunchalarni 
shakllantirishni uzviy bog'laydi. Buning asosida bolalarda atrofim izdagi 
olam haqidagi ch uq ur tushunchalar va bilim larni shakllantirish yotadi.
Bu guruhdagi k o ‘r va zaif ko'ruvchi bolalarning xususiyatlarini inobatga 
olgan holda asosiy diqqat ularda lug‘at boyligini oshirish, so‘zni predm et 
obrazi bilan to 'g 'r i solishtirish, u m u m la sh tiru v c h i tu s h u n c h a la rn i, 
gram m atik tuzum va m ustaqil nutqni rivojlantirishga qaratiladi.
Bu ishning asosida nutq stereotiplarini shakllantirish va boyitish yotadi. 
Lug'at boyligini boyitib borish, grammatik tuzum ni amaliy qo'llash rasm lar 
bo'yicha gaplar tuzish jarayoniga im kon yaratadi (k o 'rlar uchun relyefli 
rasm lar). Logopedik m ashg'ulotlarda bolalarning nutq faoliyatidagi zaif 
bug'inlar ustida ish olib boriladi. Logopediya, tarbiyachi, tiflopedagog 
(o'qituvchi) ham korligi m aktab ta ’limi uchun zarur bo'lgan nutq bazasini 
yaratadi. Shakllangan n u tq asosida logoped talaffuz avtom atizatsiyasi 
m alakalarini tarbiyalashga va fonem atik tahlil va sintezni o'rgatishga 
o'tishi m um kin (3 va 4-darajali bolalar bilan).
Tarbiyachi va tiflopedagog tom onidan shakllantirilayotgan n u tq va 
p re d m e tla r bazasi lo g o p ed m a s h g 'u lo tla rid a ken g q o 'lla n ila d i va 
takomillashadi. Shuningdek, tarbiyachi va tiflopedagoglar m ashg'ulotlarida 
logoped ishi davom ettiriladi. U larning ishi uzviy bo g'lanish asosida


rejalashtiriladi (to ‘g‘ri talaffuz m alakalarini m ustahkam lashga qaratilgan 
o 'yinlar va nutqiy m aterial, lug'at boyligi va bog'langan n u tq m alakalarini 
m ustahkam lash u ch u n m aterial).
U m u m a n o lg an d a, p edagogik ja ra y o n log op ed izatsiy asi h a q id a
gapirsak ham bo'ladi. B oshlang'ich sinflarda o'qituvchi, tarbiyachiining 
savodga o'rgatish va nutqni rivojlantirishdagi ishning uzviy bog'lanishida 
am alga oshiriladi. O 'qituvchi logopedik m ashg'ulotlarda o'zlashtirilgan 
n u tq -m a la k a la rin i o 'z ish id a m u s ta h k a m la b b o ra d i. B u n d a y ish 
(kom pleksli, korreksion va uslubiy) logopeddan nafaqat yuqori m alakani, 
balki k o'rishda ch uqur nuqsoni bor bolalar, ularning xususiyatlari va 
faoliyatini tashkil qilish maksus m aktab dasturini ham bilishni talab qiladi
Logopedik m ashg'ulotlarida k o 'r va za if ko'ruvchi bolalarda n utq 
kam chiliklarida rinolaliya, duduqlanish, tovush kam chiliklari b a rta ra f 
etiladi. Ish um um iy uslublarini inobatga olingan holda saqlanib qolgan 
ko'rish qobiliyatiga yoki maxsus usullarga (k o 'r bolalarda) tayangan holda 
olib boriladi.

Download 16,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish