II-BOB. TURIZM SOHASIGA JALB QILINGAN INVESTITSIYALARNING
TARKIBI VA MOLIYAVIY MANBALARI
2.1. Turizm sohasiiga jalb qilingan investitsiyalarning tarkibi
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb
etish, avvalo ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim
tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, tehnik va texnalogik qayta jihozlash,
transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ishtimoy infratuzilma
ob‘ektlarini bappo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishlarga aylanadi .
Mamlakat milliy iqtisodiyotida investitsiyalarning texnologik tarkibini
o‘rganishning ahamiyati shundaki, unda mamlakat miqyosida, korxona, firma va
boshqa tashkilotlarda qurilish-montaj ishlariga, asbob-uskuna, transport vositalariga
va boshqa kapital ishlar va xarajatlarga investitsiyalar holati aks ettiriladi va ular
texnologik tarkibning asosiy bo‘g‘inlari sifatida xizmat qiladi.
Kapital mablag‘lar o‘zining texnologik tarkibiga ko‘ra quyidagi ish turlari va
xarajatlardan tashkil topadi:
-
qurilish ishlarining hamma turlari;
-
uskunalarni montaj qilish ishlari;
-
qurilish smetalarida ko‘zda tutilgan uskunalar, ya‘ni montaj talab qiladigan va
talab qilmaydigan uskunalardir;
-
qurilish smetasiga kiritilgan asboblar va inventarlar;
-
boshqa kapital ishlar va xarajatlar.
Mashina, asbob-uskuna, transport vositalariga investitsiyalar deyilganda
korxona va firmalarda mashinalar, ya‘ni har xil stanok, ishlab chiqaruvchi
qurilmalarga, asbob-uskuna, ya‘ni mahsulot va xizmatlar yaratishda ishlatiladigan
asbob-uskunalar va transport vositalari, yuk tashuvchi va odam tashuvchi transport
vositalariga jalb etilgan investitsiyalar tushuniladi.
Boshqa kapital va xarajatlar tarkibiga kelgusi yillar qurilishi uchun loyiha-
qidiruv ishlar, qurilayotgan korxona va texnik kuzatuv ma‘lumotini ta‘minlash
xarajatlari, neft, gaz va termal suvlarini ishlatish va chuqur qidiruv ishlari, qurilish
smetasida ko‘zda tutilgan qurilayotgan korxonalarda ishlaydigan kadrlarni tayyorlash
23
xarajatlari, ishchilarni tashkiliy tanlash ishlari bo‘yicha xarajatlar, ilmiy-tadqiqot
ishlari xarajatlari va boshqalar kiradi
9
.
O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy
islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda
yangi tarmoq va sohalarning yo‘lga qo‘yilishi, mavjud ishlab chiqarish
quvvatlarining kengaytirilishi, ish o‘rinlarining tashkil etilishi tobora ko‘proq
mablag‘ va resurslarni jalb qilishni rag‘batlantirmoqda. Jumladan, 2009 yilda
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard
AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2008 yil bilan taqqoslaganda, 28,3
foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni
tashkil etdi
10
.
2.1-jadvalda turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalarning texnologik tarkibi
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar keltirilgan
.
J
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, agar 2005 yilda
jami investitsiyalar 46,4 foizi qurilish - mantaj ishlariga, 46,4 % uskuna va jihozlarini
sotib olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2010 yilda qurilish - mantaj ishlarining salmog‘i
56,5 % ga qadar oshib, uskuna va jihozlarni sotib olishga yo‘naltirilgan
mablag‘larning salmog‘i 38,4 % ga qadar pasaydi. Bu esa, jalb etilayotgan
investitsiyalardan foydalanish samaradorligini o‘sishiga ahamiyatli darajada ta‘sir
ko‘rsatadi.
2.1-jadval
Iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalarning texnologik jihatdan
tarkibi tuzilishi, % da
Tarkibiy qismlar
2007
2008
2009
2010
2011
2012
Qurilish mantaj ishlari
46.4
45.3
53.7
50.4
62.0
56.5
Asbob- uskunalar
46.4
49.0
38.8
44.0
33.1
38.4
Boshqa xarajatlar
7.3
5.7
7.5
5.6
4.9
5.1
Jami
100
100
100
100
100
100
Manba: Muallif izlanishlari asosida tuzilgan.
9
X
.
Shodiev
.
Moliya
statistikasi
. –
T
., 2010, 162-
b
.
10
Karimov
I
.
A
.
Jahon
moliyaviy
-
iqtisodiy
inqirozi
,
O’zbekiston
sharoitida
uni
bartaraf
etishning
yo’llari
va
choralari
. –
T
., 2010, 18-
b
.
24
Umuman olganda, o‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50% ga yaqini
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirildi.
O‘zbekiston Respublikasining ―Turizm to‘g‘risida‖gi konuniga muvofik, ushbu
soxadagi iktisodiy faoliyat turizmning mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali
foydalanish va yangisini yaratish, davlat byudjetiga valyuta tushumlarini oshirish,
axolining bandligini taminlashga va uning turli extiyojlarini kondirishdan iborat.
Shundan kelib chikkan xolda tadbirkorlik faoliyatining xar bir subkti takdim
etayotgan loyixalarni mablag‘ bilan tamilashning potentsial manbalari va konkret
extiyojlarini anik belgilab olishi zarur. Bunda ular konkret shart-sharoitlar bilan
asoslanib berilashi kerak.
Turizmni rivojlantirish yoki yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqishni
moliyaviy taminlashni rejalashtirayotganda birinchi navbatda quyidagilarga
ketadigan xarajatlar hisobga olinadi:
- turistik xizmatlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha konkret firma
loyihalari va rejalarini texnik - iqtisodiy asoslab berish. TIAni batafsil rejalar va
loyihalarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni quyidagilar o‘z zimmasiga olishlari
mumkin hukumat, viloyat, shaxar va tuman mamuriyati, bevosita firma va turistik
yo‘nalishdagi muassasa;
- umummilliy va mintaqaviy miqyoslarda, shuningdek, konkret zonalar va
rayonlarda turizmni rivojlantish rejalarni amalga oshirish.
Moliyaviy rejalashtirish tegishli tadbirkorlik loyihasida nazarda tutilayotgan
xizmatlar va ehtiyojlarning xar xil turlariga xarajatlar amaldan davlat, mintaqaviy va
mahalliy meyorlari asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun loyihada oxir-oqibatda
foydalilik rejalashtirilayotgan tadbirlarning hajmi, sifati, tuzilishi va grafikasiga
bog‘liq ekanligini hisobga olgan holda ishlab chiqarish chiqimlarini aniq va
asoslangan holda hisoblab chiqish kerak.
Investitsiyalar va ishlab chiqarish chiqimlarning asosiy elementlari moliyaviy
rejaga kiritiladi. Bu investitsiyalar va xarajatlarning umumiy summasini hisoblab
chiqish, rejalashtirilgan tadbirlarning moliyaviy va iqtisodiy rentabelligini aniqlashga
imkon beradi.
25
Ehtimol tutilgan investitsiyalar (o‘z investitsiyalari va tashqi investitsiyalar) va
o‘ylab qo‘yilgan rejalarni amalga oshirishga ketadigan ishlab chiqarish chiqimlarning
summasini chiqarishda ularni o‘zlashtirish jadvali va muddatlariga alohida etibor
qaratish lozim, chunki rejani amalga oshirish davrida naqd pullar harakati va
foydalarning rejalashtirilgan meyoriga katta tasir ko‘rsatadi. Investitsiyalar ishlab
chiqarish xarajatlarining hajmlarini, qoida tariqasida, naqd pullar harakatini tahlil
qilish natijalarini hisobga olgan holda yillik asosda rejalashtirish zarur.
Turizmni rivojlantirish dasturlari va rejalarida tegishli investitsiyalar
strategiyalari har tomonlama asoslab beriladi. Ular real, niyat qilingan choralari
amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Turistik faoliyatini investitsiyalash
jarayonida quydagilarni amalga oshirish zarur:
- milliy, mintaqaviy, mahalliy va firma dasturlari va rejalarida nazarda tutilgan
tadbirlarni amalga oshirishga investitsiyalarni yo‘naltirish;
- xorijiy valyutadagi rejalarni amalga oshirishga ketadigan xarajatlarni iloji
boricha kamaytirishni nazarda tutish;
- ichki, hamkorlikdagi va xorijiy investitsiyalarning manbalarini topish;
- ichki va tashqi turizmni rivojlantirsh dasturlari va rejalarini bajarishda
huquqiy, soliq va mamuriy tuzilmalar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-
quvvatlashlardan maksimal foydalanish;
- eng qisqa muddatlarda eng katta daromad olishga imkon beradigan istiqbolli
loyihalarga investitsiyalar qo‘yish;
- tadbirkorlik loyihalarning dasturlari, rejalari va tadbirlari bajarilishning
muddatlari va sifatini nazorat qilish va boshqalar.
Biror tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishga xarajatlarning umumiy
summasi quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi: asosiy va aylanma kapital
(investitsiyalar) ni shakllantirishga ketadigan sarflar, ishlab chiqarish sarflari va
mahsulot o‘tkazish sarflari.
Asosiy kapital – turistik korxona qurish, qayta ta‘mirlash va kengaytirishga,
shuninigdek unga zarur jihozlar va infrastuktura bilan jihozlashga ketadigan
mablag‘lardir.
26
Asosiy kapital shuningdek ishlab chiqarish, yangi mahsulotlarni tayyorlashga
ketadigan dastlabki va kapital xarajatlarni xam o‘z ichiga oladi.
Dastlabki xarajat quyidagilarga ketadigan mablag‘lardir:
- er uchastkasini va turizm ob‘ektlarini rejalashtirish uchun rejada nazarda
tutilgan maydonchalarini tayyorlash;
- zarur binolar va inshoatlarni qurish ( sotib olish ) ga, jumladan ijaraga olingan
binolar va xonalarni ta‘mirlash yoki qayta qurishga;
- materiallar va asbob – uskunalarga;
- asosiy kapitalning ba‘zi sotib olingan qismi ( er uchastkasi, sanoat mulki va
boshq.).
Kapital xarajatlar asosiy faoliyatdan oldingi bosqichda shakllanadigan
xarajatlar bo‘lib, quyidagilarga ketgan sarflarni o‘z ichiga oladi:
- turistik firma yoki turistik ob‘ektni qayddan o‘tkazish va tuzish, qimmatli
qog‘ozlar emissiyasi (prospektorlar, reklamalar, ommaviy axborot vositalari orqali
elonlar, kamission va brokerlik operatsiyalari, aktsiyalar chiqarish va joylashtirish va
b.q) ga:
- dastlabki tadqiqotlarga (investitsyadan oldingi, konyukturaviy, muhandislik
va boshqa tadqiqotlar, loyiha konstruktorlik hujjatlari), maslahatchilariga mukofotlar,
qurilish - mantaj ishlarini loyihalashtirish va unga rahbarlik qilishga, boshqa dastlabki
xarajatlar;
- firmaning faoliyatiga tayorgarlik ko‘rish, oylik va ijtimoiy sug‘urtaga pul
o‘tkazishlar, borib kelish xarijatlari, vaqtinchalik xonalar ijarisiga va boshqa
vositalarga, bo‘lajak faoliyatini reklama qilish va mahsulot o‘tkazish tarmog‘ini
yaratishga, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, zayomlari bo‘yicha foizlar
to‘lashga ketgan sarflar;
- ob‘ektlarni eksplutatsiyaga topshirishga (ob‘ektni faoliyatga dastlabki
tayyorgarlaganligi uchun xodimlarga ish haqi, ishlab chiqarish va yordamchi
materiallarining qiymati, yordamchi va boshqa vositalarga ketgan sarflar).
Aylanma kapital - turistik soha ob‘ektining o‘z dasturiga muvofiq ravishda
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy vositalardir.
Kapitalning ushbu turiga ehtiyojni belgilashda birinchi navbatda, firmaning joriy
27
aktivlari va passivlari bilan taminlangan kunlarining minimal miqdori aniqlanadi.
Keyin quyidagilar hisoblab chiqiladi: turistik mahsulotining yillik tannarxi,
o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sarflari va qaytish koeffitsenti ( bir yildagi kunlar
sonini minimal taminlash kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi). So‘ngra joriy
aktivlar va passivlarning har bir moddasi bo‘yicha chiqimlar tegishli qaytish
koeffitsentiga taqsimlanadi. Joriy aktivlar summasidan joriy passivlar summasini
chiqarib tashlash yo‘li bilan sof aylanma kapital summasi olinadi. U o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
-
begona
tashkilotlarning
turistik
mahsulotini
ishlab
chiqarishda
foydalanilayotgan xizmatlariga (joylashtirish, yashash, oziq-ovqat, transport, tibbiy
sug‘urta va sh.k.larga) bo‘lgan huquqni sotib olishga ketadigan sarflar;
- ishlab chiqarish xodimlarining faoliyati bilan bog‘liq sarflar (ish haqi.
ijtimoiy ehtiyojlarga chekinmalar va boshqa).;
- ustama xarajatlar.
TIA bosqichida aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash juda muhim,
chunki bu tadbirkorni o‘z faoliyatini mablag‘ bilan ta‘minlashning qo‘shimcha
vositalari xaqida o‘ylashga majbur qiladi.
2.2-jadvalda moliyaviy resurslarga bo‘lgan umumiy ehtiyoj jamlangan.
2.2-jadval
Investitsiyalarni toifalash bo‘yicha moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj (2012
yil)
Investitsiyalash toifasi
Jami
(mln
so‘m)
Dastlabki xarajatlar
170
Firma
faoliyatiga
(yangi
turistik
mahsulot
yaratishga)
tayyorgarlik
davridagi
kapital
xarajatlar.
59
Turistik ob‘ektning to‘la faoliyat ko‘rsatishida
aylanma kapital
200
Investitsiyalarning umumiy summasi
429
Manba: Muallif izlanishlari asosida tuzilgan.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |