20
2013 yildagi muvaffaqiyatlarga qaramay, RF hozircha bozor munosabatlariga
o‘tishda ayniqsa kuchli ilgarilab ketgan bir qator Sharqiy va Markaziy Evropa
davlatlaridan orqada qolmoqda. Vengriya 2013 yilda 3500 mln, Polsha - 1510 mln,
Chexiya - 2500 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qila oldi.
Xorijiy kapitallar mintaqaga ―xususiylashtirish to‘lqinlari‖ va ―iqtisodiy
sog‘lomlashtirish‖ tufayli oqib kelab boshladi. MDX
mamlakatlarining deyarli
barchasi sezilarli siljishlarga erishdilar. Armaniston 2013 yilda $10 mln bevosita
xorijiy investitsiyalarni jalb qildi; Ozarbayjon - $110 mln; Belorussiya - $20 mln;
Qozog‘iston - $284 mln; Qirg‘iziston - $515 mln; Moldova - $32 mln; Tojikiston -
$15 mln; Ukraina - $200 mln; O‘zbekiston - $115 mln. Jami yil davomida jahondagi
bevosita xorijiy investitsiyalar 40%ga o‘sib, $35 mlrd ga etdi. Bu sohada Xitoy
oldinda bormoqda, xorijiy investorlar bu mamlakatga 2013 yilda $38 mlrd mablag‘
sarfladilar
8
.
Yaqin o‘n yillar davomida Xitoy infrastrukturasini rivojlantirishga $700 mlrd
sarflanadi, bu Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi
mamlakatlari iqtisodiyotiga
sarflash rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalarning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil
qiladi. XXRga sarflanadigan mablag‘lar barcha Sharqiy Osiyo mamlakatlari
infrastrukturalarini
rivojlantirishga
sarflanadigan
jami
$1,3 - 1,5 trln
investitsiyalarning taxminan 51%ni tashkil qiladi.
O‘zbekiston, endi rivojlana boshlayotgan bozorga ega bo‘lgan holda, yirik
investitsiya loyihalari uchun zarur bo‘lgan kapital hajmini ta‘minlay olmaydi, qattiq
valyutaga ega bo‘lish qiyindir. Ammo bu muammolarning
barchasini xorijiy
investorlar yordamida hal qilish mumkin. Shuningdek, ilg‘or texnika va
texnologiyalarga, boshqaruvning ilg‘or usullariga (qo‘shma korxonalar tuzish orqali
va hokazo) ega bo‘lish va jahon bozoriga chiqish ham osonlashadi.
Prezidentimiz Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan o‘z nutqida respublikaga
birinchi navbatda quyidagilar zarurligini qayd etib o‘tdi:
8
Квартальнов В.А. Международный туризм. Учебник. – М.: ФиС, 2008. – стр. 88 с.
21
1. Ishlab chiqarish tarmoqlarini eng yangi texnologiyalar
va asbob-uskunalar
bilan jihozlash, ishchilarning malakasini oshirish, jahon bozorida ishlash usullarini
takomillashtirish, bizning mahsulotlarimizni sotish bozorlarini qidirib topish;
2. Mamlakatni xom ashyo etkazib beruvchilikdan yuqori darajada taraqqiy
etgan davlat darajasiga olib chiqish.
Respublikada qulay investitsion muhitni ta‘minlash
uchun barqaror huquqiy
baza mavjuddir. Xususan, ―Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida‖gi, ―Investitsiyalar va
xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida‖gi qonunlar, ―Tashqi iqtisodiy
faoliyatni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida‖gi, ―Iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoyalashni ta‘minlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish choralari to‘g‘risida‖gi Farmonlar qabul qilingan.
Iqtisodiy islohotlashtirish va investitsiyalar bo‘yicha mahkamalararo qo‘mita
tashkil qilingan. 1995 yil 21 avgustda qabul qilingan ―Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha
Agentlik tashkil etish to‘g‘risida‖gi Farmonga muvofiq Agentlik tashkil etildi, uning
maqsadi
iqtisodiyotga
xorijiy
investitsiyalarni
jalb
qilish
jarayonini
qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonda investitsion takliflarni tayyorlash va amalga
oshirishda potentsial investorlarga va mahalliy hamkorlarga amaliy yordam
ko‘rsatishdan iboratdir.