}
(t-At)}
bo‘lsa, unda t — vaqt oralig‘ida bu joylar soni quyidagicha bo‘ladi:
R
(n)
(t)=H
(n,
(D
(n)
(t ))R
n
(t-At)-V
(n,
(t) R
(n)
(t-At)QN
(n)
(t).
Berilgan modelda, ya‘ni «xizmat ko‘rsatish» tizimchasining berilgan modelida
boshqaruv rolini N^
n
^ (t) yangi qurilishi bajaradi, boshqa tizimchalarning ta‘siri esa
D'
n
'(t) turistlar oqimi bilan xarakterlanadi.
48
3.3. Mexmonxonalarni rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishni
takomillashtirish
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish va tarmoqlar
iqtisodini jadal rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini
oshirishga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga
moslashtirish va investitsion faoliyatini boshqarish o‘zgacha yondoshishlarni talab
etmoqda. Chunki xo‘jalik yuritishning zamonaviy yo‘lini tanlash investitsion
siyosatni ham tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Ievestitsion siyosatni amalga
oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, yani investitsion
jarayon qatnashchilarning xuquq va majburiyatlarini belgilab berish, mamlakatda
investorlar uchun tulakonli raqobatni taminlash, moliyaviy, moddiy va aqliy
boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan
tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Bugungi kunda investitsiya va investitsion jarayonga turli olim va
amaliyotchilar xar xil nuqtai nazardan qaraydilar, ayrim olimlar investitsiyani hali
«kapital qo‘yilmalar», «kapital qurilish», kategoriyalariga tenglashtirish keladilar.
Aslini olganda, investitsiya hajmi jihatidan ham hozir aytilgan kategoriyalardan ustun
turadi. Bozor iqtisodiyotida ushbu kategoriyalar investitsiyalarning tarkibiy qismidir.
Investitsiyaning mexmonxona menejmentini rivojlantirishdagi iqtisodiy
axamiyati to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsa, bu o‘rinda investitsiya tushunchasi
moliyaviy, mulkiy va intelektual qadriyatlarni takror ishlab chiqarishini unutilmaslik
kerak.
Ko‘pgina
mexmonxona
menejmentidagi
iqtisodchi
olimlar
va
amaliyotchilarning asarlarida mexmonxona menejmentiga qo‘yilgan investitsiyalar
va ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muammolar to‘g‘risida fikrlar mavjud. Masalan
Amerikalik N.R.Teylorning fikricha «mexmonxona menejmentiga qo‘yilgan
investitsiyalar bu - subekt ixtiyoridagi barcha moliyaviy, moddiy va boshqa
boyliklarni kelajakda iqtisodiy samara olish uchun biror bir mexmonxona obekti
qurilishdagi yoki rekonstruktsiya qilishga sarflashdir». Bu o‘rinda investitsiyaning
mohiyati bilan mazmunini bozor iqtisodiyotiga moslashtirib ochib berishga xarakat
qilingan.
49
Bizning iqtisodiyotimizda investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan
boshlab qabul qilingan va o‘tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtiriladi.
Investitsiya to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda
ko‘rsatilishicha, investitsiya bu: iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan
omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aktsiya, obligatsiya), mashinalar; asbob-
uskunalar, mehmonxonalar uchun ichki jihozlar, yangi texnologiyalar va samara
beradigan boshqa har qanday investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida
to‘laligicha faoliyat ko‘rsatishni aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan
investitsiyaning o‘ziga va investitsion faoliyatining obektlariga keng tarif berilgan.
Ikkinchidan, mehmonxonaga qo‘yilgan investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy
samara olishga muqarrar bog‘liqligi takidlab o‘tilgan. Agar investor daromad
olmaydigan bo‘lsa, investitsion jarayonni amalga oshirishning mantig‘i qolmaydi.
Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan qilib chiqqan holda berilgan tarifning
o‘zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, yani jamg‘armalar
(resurslar), qo‘yilma mablag‘lari (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va
ravshan ko‘rsatib o‘tilgan.. Xuddi shunday yondashuv investitsion faoliyatning bozor
munosabatlariga o‘tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy, moddiy va aqliy
boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizantal usullaridan bir xilda
foydalanishni taminlab beradi.
Xorijiy mamlakatlarning mehmonxona menejmentini boshqarish tajribasi va
investitsiya to‘g‘risida o‘zimizda qabul qilingan qonunning tahlilidan kelib chiqib,
investitsiyani shartli ravishda 3ga ajratish mumkin.
1.Moliyaviy investitsiyalar
2.Moddiy investitsiyalar
3.Aqliy (intelektual) investitsiyalar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o‘ziga xos o‘rni
bo‘ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga maxalliy va xorijiy mamlakatlaning pul
birliklari, banklardagi omonatlari, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va
boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenlashtirilgan boyliklar kiradi.
Masalan, biron bir mehmonxonani qurishga yoki rekonstruktsiya qilish uchun
50
sarflanadigan xorijiy investorlarning pul mablag‘lari kabi. Moddiy investitsiyalar
tarkibiga asosiy fondlar, yani binolar, mehmonxonaning ichki jihozlari, yani
texnologiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarning aktiv va passiv
qisimlari kiradi. Intelektual investitsiyalar miqdori juda rang barangdir, yani ular
mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mexnatga oid shakldagi
investitsiyalar xususida qonunlarimizda keltirilgan ko‘rsatmalarni umumlashtirib,
investitsiyaga quyidagicha investitsiya deb, har bir investorning ixtiyoridagi
moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarini birlamchi iqtisodiy samara olish maqsadida
biror bir yangi mehmonxona qurish yoki taminlash uchun sarflanadigan mablag‘ga
aytiladi..
Respublikamizda turizm industriyasini mustahkamlash va halqaro turizmni
yanada rivojlantirishni taminlash maqsadida xissadorlik jamiyatlarini chet el
investorlarga tegishli ulushlarini potentsial investorlar orasida tender asosida
joylashtirish shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini jonlantirish maqsadida,
xissadorlik jamiyatlarini ochiq savdodagi aktsiyalarni fond birjasi orqali sotilishini
amalga oshirish yuzasidan «O‘zbekturizm» MK vazirliklar, idoralar, tijorat banklari,
investtsiya jamg‘armalari va qo‘shma korxonalari jalb qilish va aktsiya paketlarini
sotishni tashkil etish ishlarini amalga oshira borib yangi paydo bo‘lgan resuslarni
jami - 83,98 mln. so‘mlik, ulardan 58,43 mln. so‘m chet el investorlarga va 25,89
mln.so‘m erkin sotuvga mo‘ljallangan aktsiya paketlarini joriy yilda 98,3 mln.
so‘mlik qilib sotiladi, shu jumladan chet el investorlariga 60,4 mln. so‘mlik aktsiyalar
sotiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 19 dekabr 557
sonli «O‘zbekiston Respublikasida 1998 yil investitsiya dasturi va kapital qurilishda
kelajakdagi bozor munosabatlarini chuqurlashtirish chora tadbirlari» qarorni bajarish
borasida «O‘zbekturizm» MK tomonidan kapital mablag‘ni o‘zlashtirish bo‘yicha
joriy yilda ma‘lum darajada ishlar olib borildi. Jumladan «Otel O‘zbekiston»
qo‘shma korxonasi mehmonxonani tamirlash ishlari bo‘yicha ishlari 3.mln.dollar
kapital mablag‘ o‘zlashtiriladi. Tarmoqdagi korxonalar avtotransport vositalarni
tamirlash va yangilash uchun mos ravishda 1,7 mln dollar va 29,6 mln so‘m
sarflanadi. Tarmoq korxonalari tomonodan 110 mln. so‘m kapital mablag‘
51
o‘zlashtirildi. Chet el turistlarga yuqori savyada xizmat ko‘rsatish, jaxon andozalari
talabiga javob beradigan servisni oshirish maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro
va Xorazm viloyatlarining tizim tashkilotlarida zamonaviy 5-ta 45 o‘rinli «Xyunday
Aero Speys» avtobuslari, 2-ta ―Toyota‖ rusumli «Djip», 2-ta 24 o‘rinli «Kostyor»
avtobusi, 2-ta «Greys» va «Stareks» mikroavtobuslari va 6-ta Neksiya engil
avtomabillari sotib olindi. Rekpublikamizda mehmonxona biznesini rivojlantirishda
xorijiy investitsiyalarning roli katta bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasining
investitsiya siyosatini juda to‘g‘ri olib borishni natijasida yirik chet el kompaniya va
firmalari O‘zbekistonga turizm sohasiga, jumladan mehmonxonalar qurishga va
rekonstruktsiya qilishga investitsiya ajratishlarini bildirmoqda.
Yildan yilga O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni oshib bormoqda. Ayniqsa
uzoq xorijdan kelayotgan turislar soni tobora oshib bormoqda. Hozirgi vaqtida
―O‘zbekturizm‖ MKga qarashli mehmonxonalar va kempinglarda atigi 8,334 o‘rin
mavjud, agar o‘rtacha yillik bandlikni (67%) olsak, joylar soni 5452 ta tashkil qiladi.
Shulardan faqatgina 2579 ta o‘rin halqaro standarlarga javob beradi. Lekin
sotsialogik tadqiqotlarning ko‘rsatgichlariga qaraganda O‘zbekistonga kelayotgan
turistlarning 50%ni boshqa vazirliklar va idoralarga qarashli mehmonxonalar joy
bilan taminlar ekan. Bu vazirliklar va idoralarga qarashli joylarning umumiy soni 9
ming atrofida. Shulardan faqatgina 1100 ta o‘rin xalqaro standartlarga javob beradi.
Respublikamizga kelayotgan chet ellik turistlarni talablarini qondirish uchun mavjud
bo‘lgan mehmonxonalarni (7500 o‘rin) chet el investitsiyalari yordamida
rekonstruktsiya qilish lozim. Bu boradi sezilarli darajada ish olib borilmoqda.
Masalan.
Germaniyaning
«Inpro» firmasi bilan hamkorlikda ―Yoshlik‖
mehmonxonasi to‘la taminlab. 1997 yilning 1- sentyabrida ishga tushirildi.
Mehmonxonada 107 ta xona mavjud bo‘lib, 178 o‘rindan iborat. Mehmonxona
xalqaro standartlarga to‘la javob beradi. Mehmonxonani tamirlashga 15 mln. DM
sarflandi. Bu mehmonxonaga hozirda «Shodlik Palas Otel» deb nom berildi va bu
mehmonxona 4- yulduzli mehmonxona kategoriyasi berilgan. «Shodlik Palas»
mehmonxonasining menejmenti Germaniyaning «Fon Korten Xotlez end Konsalting»
firmasiga shartnoma asosida berilgan. Bizga malumki bu firma mehmonxona
menejmenti sohasida jahonda etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Hind quruvchilari
52
tomonidan Toshkentda qurilgan TATA mehmonxonasi Malayziyaning Bakro
Investido firmasiga 39 mln. AQSh dollariga sotib yuborildi. Tushgan pullarning
barchasi mavjud bo‘lgan mehmonxonalarni tamirlashga saflanmoqda. Hozirda TATA
mehmonxonasiga ―Le-Meridian‖ nomi qo‘yilgan va mehmonxonas menejmenti
Frantsiyaning Le-Meridian zanjir otellar boshqaruviga berildi. Bu mehmonxona chet
ellik turistlarni yanada o‘ziga jalb qiladi. Chunki mehmonxona hamma qulayliklarga
ega va u butun jahonga malum va mashhurdir. Chet ellik investorlar yordamida
Toshkentdagi ―O‘zbekiston‖ mehmonxonasi asosida yangi qo‘shma korxona tuziladi.
Bu proektga asosan ―O‘zbekiston‖ mezhmonxonasi bosqichma-bosqich tamirlanadi.
Otel ―O‘zbekiston‖ga 4 yulduzli mehmonxona kategoriyasi berilgan. Proektning
bahosi 32 mln. dollar. Hozirda mexmonxonaning deyarli yarmidan ko‘pi tamirdan
chiqarildi va chet ellik mehmonlarni qabul qilmoqda. Xiva shahrida 60 o‘rinli
―Xorazm‖ mehmonxonasi to‘la tamirlandi va Xiva shahrining 2500 yillik to‘yiga
bag‘ishlab ochildi. ―Xorazm‖ mehmonxonasini tamirlashga 31 mln. so‘m pul
sarflandi. Bu mehmonxonaga 3 yulduzli kategoriya berildi. Bundan tashqari, Buxoro
shahridagi
―Buxoro‖ mehmonxona majmuasi to‘la tamirlandi. ―Buxoro‖
mehmonxona majmuasini tamirlashga 2,5 mln. AQSh dollari sarflandi va bu
mehmonxonaga 4 yulduzli kategoriya berildi. Bulardan tashqari Samarqand shahrida
Otel Afrosiyob to‘la tamirlanib.,chet el turistlarini qabul qilmoqda. Mehmonxona
xalqaro standartlarga javob beradigan 500 o‘rindan iborat. Otel Afrosiyob 4 yulduzli
mehmonxona kategoriyasiga kiradi.
Toshkentda yana bitta 4 yulduzli, hashamatli mehmonxona ishga tushirildi. Bu
mehmonxona Frantsiyaning Buig firmasi tomonidan qurilib bitkazildi. Mehmonxona
menejmentini Sheraton boshqaruviga. mehmonxonaga esa Sheraton- Toshkent nomi
berildi.
Respublikamizda 2007-2015 yillar ichida halqaro turizmni rivojlantirishning
investitsion rejasi ishlab chiqilgan. Bu investitsion reja ilovada keltirilgan.
53
54
Do'stlaringiz bilan baham: |