2.2. Turizm sohasiga jalb etilgan investitsiyalarning
moliyaviy manbalari
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- davlat byudjetining kapital xarajatlari;
- korxonalarning o‘z mablag‘lari;
- mahalliy tijorat banklar kreditlari;
- xorijiy investitsiya va kreditlar.
Jahon iqtisodiyoti tarixidan shu narsa ma‘lumki, XX asrning 60 yillaridanoq
xorijiy investitsiyalar har qanday milliy daromad hajmini oshirishni maqsad qilgan
rivojlanayotgan davlat iqtisodiyoti uchun birlamchi ahamiyat kasb eta boshladi.
O‘tish davri iqtisodiyotida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik
va
texnologik
qayta
qurollantirishga
qaratilgan
investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirishda xorijiy investitsiyalarning roli investitsiyalashning boshqa
turlariga qaraganda bir muncha samaraliroq ekanligi aniq bo‘lib qoldi.
2005 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga
investitsiyalar hajmi 256.3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib bu
ko‘rsatkich 1247.3 mlrd. so‘mga etdi. Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy
dinamika iqtisodiyotning o‘sishiga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatdi .
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, 2009 yilda iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri qilib,
xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni
jalb etish belgilanishi ham bugungi kun mamlakat iqtisodiy siyosatida xorijiy
investitsiyalarning qay darajada muhim o‘ringa ega ekanligini ko‘rsatib beradi.
11
Buning
iqtisodiy
asoslarini
tahlil
qiladigan
bo‘lsak,
loyihalarni
moliyalashtirishda boshqa manbalarga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
quyidagi imkoniyatlarni va ustunliklarni yuzaga keltiradi:
- loyihani amalga oshirishda davlat aralashuvining
oldini
olinishi
va
mustaqil tarzda faoliyat yuritilishini ta‘minlanishi (agar loyiha davlat byudjeti
11
2008
yilda
respublikani
ijtimoiy
-
iqtisodiy
rivojlantirish
yakunlari
hamda
2009
yilda
iqtisodiy
-
islohotlarni
chuqurlashtirishning
eng
muhim
yo’nalishlari
to’g’risidagi
Vazirlar
Mahkamasining
qarori
2009
yil
8
fevral
.
29
mablag‘lari hisobiga yoki hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobiga
moliyalashtiriladigan bo‘lsa, aniqki davlat tomonidan mablag‘larni samarali
ishlatilishi yuzasidan qat‘iy nazorat o‘rnatiladi va bu narsa loyiha tashabbuskorini
erkin faoliyat yuritishiga ham bir muncha to‘sqinlik qiladi);
- davlat byudjeti mablag‘larini tejalishi;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy texnologiyalarni tajribali mutaxassislari bilan
birga kirib kelishi, natijada mahalliy tadbirkorlarda xorijiy hamkorlar tajribasini
o‘rganish imkoniyatini yuzaga kelishi va hok.
Korxonalarning investitsiya faoliyatini rivojlantirish istikbollarini investitsion
dastur doirasida xamda aloxida ilmiy asoslangan loyixalarni ishlab chikish orkali
amalga oshiriladi.
Davlat investitsiya dasturiga fakat texnik iktisodiy asosnoma utkazilgan,
smetalari tasdiklangan, mukobil karorlar asosida, moliyalashtirish manbalari bilan
100 foiz ta‘minlangan, tashki moliyalashtirish manbalari bilan anik ta‘minlanishi
belgilangan loyixalar kiritiladi. Investitsiya xususidagi karorlar, davlat investitsiya
dasturlari, menejmentini tashkil kilish, ularni moliyalashtirish resurslari va
investitsiya loyixalarini amalga oshirish natijalarini kelgusida solikka tortilishini
xisobga olib amalga oshirilishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 12 sentyabrdagi
395-son karori asosida davlat investitsiya dasturiga loyixalarni kiritilishi buyicha
talablar:
- Investitsion loyixaning belgilangan tartibda tasdiklangan texnik-iktisodiy
asosining mavjudligi;
- Moliyalashtirish manbalarning anikligi va shartnomada kelishilgan muddatda
kreditlarning tulanishi;
- Shuningdek, loyiha tashabbuskori tomonidan loyixa pasporti, amalga oshirish
grafigi va loyiha xolati xakida batafsil ma‘lumot tayyorlanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning ―O‘zbekiston iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida‖ asarida: ―Biz tashqi iqtisodiy faoliyatni
rivojlantirishda iqtisodiyotimizga sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit
30
yaratishga juda katta ahamiyat bermoqdamiz‖ deyiladi.
12
Bu fikrning isboti sifatida
―Chet el investitsiyalari to‘g‘risida‖, ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida‖gi, ―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi
kabi qonunlar va bu boradagi boshqa normativ huquqiy hujjatlarni misol keltirish
mumkin. Ushbu qonun hujjatlariga binoan chet ellik investorlar xalqaro huquq
printsiplari va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi
huquqlarga ega:
- investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo‘nalishlarini
mustaqil belgilash;
- investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar
bilan shartnomalar tuzish;
- o‘zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik
qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
- chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga
egalik kilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy
shaxslarga berilishi mumkin;
- huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o‘zaro munosabatlari
shartnomalar asosida tartibga solinadi;
- O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o‘ziga
qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va
O‘zbekiston Respublikasida patentlashtirish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul
qilish;
- investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf
etish (shu jumladan uni moneliksiz repartatsiya qilish);
- O‘zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag‘lari jalb
etish;
- o‘z hisob varag‘idagi milliy valyuta mablag‘laridan ichki valyuta bozorida chet
el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
12
I
.
A
.
Karimov
O’zbekiston
iqtisodiy
islohotlarini
chuqurlashtirish
yo’lida
,
O’zbekiston
, 1995
yil
, 115-
bet
.
31
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda er uchastkalariga doir
huquqlarini sotib olish;
- O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o‘ziga mulk huquqi
asosida qarashli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga
olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan
majburiyatlarning barcha turlari bo‘yicha ta‘min sifatida foydalanish;
- o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib
ravishda tovon olish;
- davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
hamda ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) va
qarorlari natijasida etkazilgan zararlarni undirish va boshqalar.
Turizm sohasida dastlabki investitsiyalar va kapital xarajatlarni ta‘minlash firma
mablig‘lari, uzoq muddatli zayomlari va kreditlari xisobidan amalga oshirilishi
mumkin. Aylanma kapital tijorat banklari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
beriladigan qisqa yoki o‘rta muddatli mablag‘lar hisobidan shakllanadi.
Shu bilan birga turistik korxonalar yoki ular birlashmalarining kapitali faqat
dastlabki sarflarnigina emas, balki aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarining bir
qismini ham qoplash uchun ishlatilishi mumkin (yuqori dividendlar kutiladigan
sharoitlarda). Boshqa tomondan, agar nisbatan arzon bo‘lgan qisqa muddatli yoki
uzoq muddatli kredit bor bo‘lsa, loyihalardagi tadbirlarni ana shunday zayomlar
hisobidan mablag‘ bilan ta‘minlagan ma‘qulroq.
Barcha holatlarda uzoq muddatli qarzdorlik va aktsionerlik kapitalining
salmog‘i qanchalik yuqori bo‘lsa, alohida aktsiyaga daromad shunchalik kam bo‘ladi,
chunki dividentlar aktsiyalarning katta miqdorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Boshqa
tomonidan, zayom mablag‘larining ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, to‘lanadigan
kredit foizlarining summasi shuncha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun moliyaviy rejani
ishlab chiqishda mablag‘ bilan ta‘minlashning muqobil shakllari va sxemalari
sinchiklab baholanadi. Moliyaviy reja zarur mablahlarni va rejalashtirilayotgan
foydani olish talablariga javob berishi kerak.
Tadbirkorlik loyixasini amalga oshirish uchun quyidagilar jalb qilinishi
mumkin:
32
- tabiiy zonalar va umumdavlat axamiyatidagi infrastuktura ob‘ektlarini
rejalashtirish,
tarixiy-madaniy
yodgorliklar
va
boshqa
muhim
diqqatga
sazovarliklarni yangilashga davlat ajratmalari;
- moliyaviy ta‘minlashning boshqa manbalari – lizing (qaytadigan mablag‘lar),
mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari fondlar va boshqalar.
Ichki va tashqi turizm sohasi turistlarni ommaviy jalb qilish va tarmoqni
samarali
rivojlantirish
bo‘yicha vazifalarni hal qilish ko‘pincha unga
yo‘naltirilayotgan investitsiyalarni rag‘batlantirishga bog‘liq.
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha jahon va mamlakatimiz amaliyoti shuni
ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotning shu sohasiga qilinadigan investitsiyalarni
rag‘batlantirishning asosiy turlaridan biri davlatning asoslashgan soliq siyosati,
shuningdek, davlatning yuqori mahsuldor turistik infrastruktura obektlarini yaratishni
moliyaviy ta‘minlashdagi faol ishtiroki hisoblanadi.
Soliq tizimning samaradarligi ko‘p jihatdan soliq bazasini hisoblash, soliq
stavkalarni hisoblash bo‘yicha amal qilayotgan metodikasi va asosan turizmni har
tomonlama rivojlantirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirayotgan soliq imtiyozlari
hisoblanadi.
Soliq mexanizmini qo‘llar ekan, davlat turistik tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarishni moliyaviy taminlash uchun qulay sharoit yaratishga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, turistik korxonalarning foydasiga soliq solish xam turli soliq
imtiyozlari tizimi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Masalan, milliy turistik manfaatlar
doirasida joylashgan obektlarni mablag‘ bilan taminlovchi investorlarga soliq
imtiyozlari beriladi. 3-5 yil davomida yangi yaratilayotgan obektlar, olinayotgan
foyda soliqqa tortilmaydi.
Soliq imtiyozlari va chegirmalarning ro‘yxati ancha uzun. Masalan, bevosita ishlab
chiqarish xarajatlaridan tashqari, soliqqa tortiladigan summa hisobidan turli fondlarga
pul o‘tkazishlar, ilmiy tadqiqotlarga qilingan xarajatlar, dividendlar, qarzdorlik
bo‘yicha foizlarni chiqarib tashlashga ruxsat berildi. Chiqimlarning bir qismi sifatida
amortizatsiya xarajatlari ham soliqqa tortilmaydi.
Amortizatsiya bilan birga soliqqa tortishdan turli rezerv fondlari ozod qilinadi
(xayriya, nafaqa fondlari va b.) Katta bo‘lmagan korxonalarga maxsus imtiyozlar
33
beriladi. Masalan,AQShda yillik daromadi 75 ming dollargacha bo‘lgan
kompaniyalarga bir yil davomida qiymati 10 ming dollargacha bo‘lgan yangi
jihozlarni to‘laligicha hisobdan chiqarib tashlashga ruxsat beriladi.
Ichki va xorijiy turizmni rivojlantirish sohasida Turkiya, Tunis, Shveytsariya,
Isroil kabi davlatlarda katta imtiyozlar beriladi.
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va zamonaviylashtirishni mablag‘ bilan
taminlashga beriladigan imtiyozlarning asosiy turlari quyidagilardir:
- investitsiyalarni soliqqa tortish borasidagi imtiyozlar firmalarni qurilish,
qayta qurish va jihozlar sotib olishdagi korparativ soliqdan ozod qilish:
- bojxona itiyozlari - imtiyozli moliyaviy taminlash sertifikatlariga mos
keladigan holda mamlakatga olib kirilayotgan mashinalar va asbob-uskunalar,
jihozlarni soliq to‘lashdan ozod qilish, shuningdek turistlarning kirishi va chiqishini
rasmiylashtirishda pasaytirilgan stavkalar;
- valyuta imtiyozlari - litsenzion faoliyatiga ega kompaniyalar va firmalarni
yillik valyuta solig‘idan ozod qilish:
- ob‘ektlarni davlat tomonidan imtiyozli tarzda mablag‘ bilan taminlash,
shuningdek malum vaqt davomida ulardan imtiyozli foydalanish
boshqa imtiyozlar – zarur infrastrukturani rivojlantirishga, 49 yil davomida erga ijara
haqini to‘lashga, suv taminoti to‘lovlari va elektr energiyasi xarajatlariga va h.к.
Bunday soliq siyosati turizmning rivojlanishiga, xorijiy va ichki
investitsiyalarning o‘sishiga, turistik sanoati kengaytirishga va takomilashtirishga
xizmat qiladi.
Ta‘kidlash joizki, chuqur o‘ylangan moliyaviy va soliq siyosati boshqa
mamlakatlardan turistlarni O‘zbekistonga ommaviy jalb qilish, ichki turizmni
rivojlantirish va uning samaradarligini oshirish bo‘yicha vazifalarni xal qilishning
muhim omillardan biri hisoblanadi
Milliy iqtisodiyotga xorijiy tadbirkorlar qiziqishini orttirishning o‘ziga xos
ommalashgan ko‘rinishlaridan yana biri-bu transmilliy korporatsiyalar (TMK)
faoliyatidir.
Xalqaro ishlab chiqarish–boshqa mamlakatlarda joylashgan bosh firmalar
nazorati ostida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish-globallashuv
34
jarayonining o‘zagidir. Bu borada TMK – ikki yoki undan ortiq mamlakatda faoliyat
yurituvchi va xalqaro ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi firmalarning roli jaxon
xo‘jaligi va iqtisodiyotida asosiy hal qiluvchi o‘rinda ekanliklari bilan belgilanib,
hozirda ular 60 mingta bosh kompaniya tomonidan tashkil etilgan 500 mingdan ortiq
xorijiy shu‘ba korxonalar va filiallarni o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda jahon sanoat ishlab chiqarishining 50%, tashqi savdoning 63%,
yangi texnologiyalar, patentlar, litsenziyalar va «nou-xau»larning deyarli 80% TMK
ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, hozirda rivojlangan va rivojlanayotgan
davlatlar iqtisodiyotida asosiy mavqeni TMKlar egallab turibdi, masalan Buyuk
Britaniya eksportining 80% ga yaqini, Singapurda esa 90% ga yaqini ushbu
korporatsiyalar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
13
Xorijiy investitsiyalarni tartibga solish siyosati turli mamlakatlarda turlicha
bo‘lishi
mumkin.
Masalan,
Malayziya,
Singapur
va
Tailand
milliy
raqobatbardoshlikni, iqtisodiy tuzilmani dunyodagi etakchi TMKlarning ishlab
chiqarish zanjiriga integratsiyalash orqali oshirish maqsadini qo‘yadi. Koreya va
Taypey (Xitoy) ko‘proq o‘z korxonalari va texnologiya resurslarini rivojlantirishga
moyil. Ular boshqa mamlakatlarning TMKlarini asosan qo‘shimcha texnologiyalar
manbai deb hisoblashadi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda qo‘shma korxonalar tuzishdan asosiy
maqsad esa quyidagi ko‘rinishdagi iqtisodiy tangliklardan chiqib ketishga qaratiladi:
respublikamizdagi mavjud xo‘jalik va moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish;
fan-texnika taraqqiyotining hozirgi zamon talabiga mos ilmiy bilimlarning,
texnika va texnologiyalarning keng sur‘atda yoyilishi;
yangi ochilgan qo‘shma korxonalarda ishchi o‘rinlarni yaratib, ishsizlik
muammosini bartaraf etishga ko‘mak berish;
davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko‘paytirib, byudjet taqchilligini oldini
olishga erishish;
monopoliyaning oldini olish va bartaraf qilish;
13
www.economywatch.com
2014 yil 14 mart
35
import tovar va xizmatlar salmog‘ini kamaytirib, eksport salohiyatini
oshirishdan iboratdir.
Chet el sarmoyasidan foydalansa-da, har qanday mamlakat avvalo o‘z
iqtisodiyotini mustaqil iqtisodiyot sifatida rivojlantirishga intiladi. Shunday qilib,
ushbu vaziyatda ma‘lum qarama-qarshilik mavjud: milliy iqtisodiyotning
mustaqilligini chet el investitsiyalarini jalb qilish shart-sharoitlari bilan qanday qilib
moslashtirish mumkin? Bu muammoni butun boshli tashqi iqtisodiy aloqalar turlarini
qo‘llagan holda hal etish mumkin. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, buning uchun ushbu
masalaga ikkala tomon manfaatlarini hisobga olgan holda oqilona va chuqur
mulohaza asosida yondashmoq lozim.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning asosi manbalri O‘zbekiston
hududida amal qiluvchi qonunchilikka ko‘ra quydagilar hissoblanadi : o‘z
ixtiyoridagi resurslar jalb etilgan moliyavi mablag‘lar, davlat va mahaliy budjetlardan
ajratilagan mablag‘lar, budjetdan tashqari fondalr, xoriji capital.
Investitsiyalarning mablag‘laridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlarining
jamg‘armalari hissoblanadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, amalda jamg‘arma egasi va
investor bir shaxsda nomoyon bo‘lishi ham mumkin. Odatda jamg‘arma jamiyatdagi
ko‘pchilik subektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida
foydalanish esa butunlay boshqa subektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq ho‘jalik va boshqa
korhaonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda
―jamg‘aruvchi‖ va ‖investor‖ bir sub‘ektda mujassamlashadi.
Umumiy holda investitsiya faoliyati quydagi manbalar hisobiga amalga
oshirilishi mumkin:
- investitsiyalarning o‘z moliyaviy resurslari, ya‘ni fond, amortizatsiya
ajratmalari, pul jamg‘armalari va boshqalar;
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar, ya‘ni obligatsiyalar, zayomlar, bank
kreditlari;
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar, ya‘ni aktsiyalarni sotishdan olingan
mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari;.
- davlat byudjeti mablag‘lari;
36
- chet el mablag‘lari va boshqalar.
So‘nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan
investitsiyalar va bank kreditlari ahamiyati keskin o‘zgardi.
Ayni paytda investitsiyalar moliyaviy manbalari tarkibiy tuzilishida ham
sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buni 2.3-jadvalda ko‘rish mumkin.
Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinadiki, investitsiyalar moliyaviy manbalari
tarkibida davlat byudjetining ulushi 2011 yildagi 9,0 foizdan 2012 yilda 8,1 foizga
qadar,
korxonalar va aholi mablag‘lari ulushi tegishli ravishda 53,9 foizdan 46,9
foizga qadar pasaygan. Chet el investitsiyalarining ulushi esa, aksincha, 25,8 foizdan
32,4 foizga qadar ko‘tarilgan.
O‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun
qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab
chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
-iqtisodiy barqarorlik;
-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so‘mning to‘lov
qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |