15
1.2. O’zbekiston iqtisodiyotida turizm sohasini o’rni va roli
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yuzaga kelayotganligi, turizmning respublika iqtisodiyotiga yanada
integratsiyalanishi mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon
iqtisodiyoti tajribasidan ma‘lumki, turizm sohasi mamlakat xazinasi uchun zarur
bo‘lgan valyuta tushumini ta‘minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va, shu
bilan birgalikda, aholining turmush darajasini ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining kattaligi bilan qo‘shni
mamlakatlardan tubdan farq qiladi. O‘zbekiston
nodir tarixiy arxitektura
yodgorliklariga, shirin-shakar mevalar, xilma-xil taomlar, ajoyib milliy an‘ana, urf-
odatga ega bo‘lgan mehmondo‘st xalqqa ega. Xalqaro turizmni rivojlantirishda
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan siyosiy barqarorlik ham muhim o‘rin tutadi.
Keyingi yillarda hukumat tomonidan turizm sohasini rivojlantirishga e‘tibor
kuchayib
bormoqda, buni hukumat tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar
misolida ham ko‘rib o‘tish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992
yil 27 iyuldagi №447-raqamli farmoniga asosan sobiq turistik tashkilotlar negizida
«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi.
«O‘zbekturizm» MK O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni, harakatlarni
amalga oshiruvchi tashkilot
hisoblanadi. Bu tashkilot asosan respublikada turizmning barcha turlarini
rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini va infrastrukturasini vujudga keltirish,
turistlarga xizmat ko‘rsatish darajasini jahon andozalariga ko‘tarish, O‘zbekiston
iqtisodiyotiga chet el valyutasi tushumini ko‘paytirish, respublikadagi tarixiy va
madaniy yodgorliklar haqidagi ma‘lumotlarni
jahonga yoyish, turizm sohasi uchun
kadrlar tayyorlash, yangi ish joylarini tashkil etish kabi qator masalalar bilan
shug‘ullanadi. Respublikada xalqaro turizmni yangi bosqichga ko‘tarish
va samara
bilan faoliyat ko‘rsatishga mos keladigan yangi sharoit va mexanizm vujudga keldi.
Hozir O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlarning deyarli hammasi mazkur
kompaniyaning xizmatlaridan foydalanmoqda. 1.3-jadvalda O‘zbekistonga tashrif
buyurgan
xorijiy
turistlar
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Jadval
16
ma‘lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, respublikamizga tashrif buyurayotgan
turistlarning soni yildan-yilga ortib bormoqda.
O‘zbekistonda xalqaro turizmni yanada jonlantirish maqsadida 1995 yilning
oktyabr oyida Toshkent shahrida «Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab turizm» deb nomlangan
birinchi xalqaro turistik yarmarka o‘tkazildi. Yarmarka bu yili o‘zining 18 yillik
to‘yini o‘tkazdi. Bu yarmarkalarda tuzilgan shartnoma va bitimlar xalqaro turizmni
yanada rivojlantirish, respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini samara bilan ishga
solish va «Buyuk Ipak Yo‘li»ga xos bo‘lgan qadimgi an‘analarini tiklash bobida keng
yo‘l ochib beradi.
1.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: