M u n d a r I j a


-BOB. TURIZM SOHASIGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/31
Sana08.02.2022
Hajmi1,04 Mb.
#436200
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
turizmni rivojlantirishda investision dasturlarni qollash

1-BOB. TURIZM SOHASIGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING 
NAZARIY ASOSLARI 
1.1. Investitsiyalarni nazariy asoslari, mohiyati va turlari
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 
yildan boshlab qabul qilingan bo‘lib, ular o‘tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. 
Investitsiya to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda 
ko‘rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy 
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan 
omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, 
mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday 
boyliklardir. Bu iqtisodiy ta‘rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos 
kelishini to‘laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o‘ziga 
va investitsiya faoliyatining ob‘ektlariga keng ta‘rif berilgan. Ikkinchidan, 
investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog‘liqligi 
ta‘kidlab o‘tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib 
berilgan ta‘rifning o‘zidayoq investitsiya jarayonining hajmi, asosiy bosqichlari, 
ya‘ni jamg‘armalar (resurslar), qo‘yilma mablag‘lar (sarf-xarajatlar), samara 
(daromad, foyda) aniq va ravshan ko‘rsatib o‘tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv 
investitsiya faoliyatining bozor munosabatlariga o‘tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, 
moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizontal 
usullaridan bir xilda foydalanishni ta‘minlab beradi. 
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib 
«qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish», «kapital qo‘yilmasi» ma‘nosini beradi
3
. Keng 
ma‘noda investitsiya mablag‘ni ko‘paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni 
safarbar etishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va 
boshqa faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda 
ularga doir huquqlar tarzida ta‘riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy 
va intellektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob‘ektlariga 
3
Валдайцев С.В., Воробьев П.П. Инвестиции. Уч. М.: ТК Венби, издательство Проспект. 2004. – стр.55. 


10 
yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. 
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga 
erishishdir. 
Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat 
sifatida ham ta‘rif berish o‘rinli. Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, 
mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya‘ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan 
harajatlardir.
Investitsiya tushunchasini to‘la yoritish uchun unga berilgan ta‘riflarni keltirish 
joiz. Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga 
qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida 
xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra, u 
yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asbob 
uskunalarga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga 
ketgan harajatlardir 
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada 
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, 
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, 
intellektual boyliklardir. 
«Chet el investitsiyalari» to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 
30 aprelda qabul qilingan Qonunining 3-moddasida «Chet ellik investorlar asosan 
daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida 
ta‘qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi 
moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual 
mulkka doir xuquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday 
daromad O‘zbekiston respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e‘tirof 
etiladi».
4
 
Bu sohadagi vazifalarga investitsiyalarning hajmi, tarkibi va dinamikasini 
xarakterlash, investitsiya jarayonini amalga oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘larni 
manbai va o‘lchamini o‘rganish investitsiya faoliyatini amalga oshirish shakllari va 
4
Ў
збекистоннинг янги конунлари. 19-сон,-Т.: Адолат,1998.532-бет. 


11 
uslublarini tahlil qilish, investitsiyalarning samaradorligini aniqlash va ko‘rsatkichlar 
orqali investitsiya xavf-xatarini baholash kabilar kiradi.
Sohaning ob‘ekti sifatida investitsiyalar uning alohida turlari hosil bo‘lish 
manbalari, foydalanish yo‘nalishlari, qoplash shakllari va muddatlari bo‘yicha bir 
butun holda o‘rganiladi. Bunda ichki va tashqi, vatanimizning va chet el 
investitsiyalari, asosiy kapitalga investitsiyalar va aylanma 
mablag‘larga 
investitsiyalar, bir butun kapital qurilish investitsiyalar, uy-joy va ijtimoiy-madaniy 
qurilishga investitsiyalar, mulk shakllari bo‘yicha investitsiyalar, hududiy sub‘ektlari, 
vazirlik va boshqalar iqtisodiyotning tarmoqlari bo‘yicha investitsiyalarni, ularning 
o‘sish dinamikasi alohida o‘rganiladi.
1.1-jadvalda 2005-2012 yillarda turizm sohasiga jalb qilingan ma‘lumotlar 
keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinadiki, 2005-yilda sohaga 256.3 million so‘mlik asosiy 
kapitalga ivestitsiyalar jalb etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 117.6% ni, 
ya‘ni 17.6%ga oshgan. 2007-yilda esa 340.6 million so‘mlik asosiy kapitalga 
ivestitsiyalar jalb qilingan. Bu miqdor o‘tgan yilga nisbatan 89.9% ni, ya‘ni 10.1 %ga 
kamaygan. 
2008-yilda esa sohaga 515.7 million so‘mlik asosiy kapitalga ivestitsiyalar jalb 
qilindi. Bu miqdor o‘tgan yilga nisbatan 136.2% ni, ya‘ni 36.2%ga oshgan. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish