Bog'liq turizmni rivojlantirishda investision dasturlarni qollash
Tadqiqotning maqsadi turizm sohasiga kiritilayotgan investitsiyalarini tadbiq
etish asosida ularni faollashtirishga qaratilgan amaliy jihatlarni ishlab chiqishdan
iboratdir.
Tadqiqot vazifalari ilmiy ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagilardan
iborat qilib belgilandi:
- turizm sohasini yanada takomillashtirish maqsadida jalb etilayotgan
kapitalning miqdori va sifatini oshirish masalalarini o‘rganish;
- O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha
izlanishlar olib borish;
- xorijiy investorlar qiziqishini tortadigan shart-sharoit yaratish;
- investitsiyalar loyihalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda davlat ishtirokining
shakllarini aniqlash va uning vazifalarini asoslash;
- moliyaviy inqiroz sharoitida chet el investitsiyalarini jalb qilish tizimini
takomillashtirish;
- xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash va iqtisodiyotning jozibadorligini
oshirish.