Tubulg‘idoshlar oilasi (Spiraeoidae). Bular oddiy yoki murakkab
bargli, ba’zan yon bargsiz butalardir. Gullari mayda, murakkab
shingil yoki qalqon to‘pgulda joylashgan. Gulo‘rni yassi yoki
salgina botiq. Mevabargi 5 ta, ba’zan ko‘p yoki oz, doirada
joylashgan bo‘lib, gul o‘rni bilan o‘ralmaydi. Apokarp tipida
tuziladi, ba’zan osti birikib o‘sib poychasigina erkin qoladi.
Mevalari to‘p yoyma meva, tugunchalari qo‘shilib o‘sgan taqdirda
mevasi ko‘sakcha bo‘ladi.
Bu oilaga O‘zbekistonning to g‘larida keng tarqalgan hamda
manzarali o‘simlik sifatida ekiladigan tubulgi avlodi kiradi.
Tubulgi chiroyli manzarali va asal beruvchi buta o‘simlik bo‘lib,
O‘zbekiston florasida 5 turi uchraydi. Bir necha turi manzarali
o‘simlik sifatida park va bog‘larda ekiladi. Bargi chetannikiga
283
o‘xshash murakkab, chetancha ham shu oilaga kiradi.
Itburundoshlar oilasi (Rosaideae) Bular buta, yarim buta, o‘t o‘simliklar
bo‘lib, poyasi tikanaklar bilan qoplangan. Gullari chala ostki, tugunchali,
mevabarglari 1 ta yoki bir qancha va erkin bo‘lib, bo‘rtgan yoki botgan biroz
cho‘ziq gulo‘rnida joylashgan. Mevachasi danakcha yoki pistacha hamda
yong‘oqcha bo‘lib, mevalari murakkab va soxta meva, mevachalari
chatnamaydi.
Urug‘chisi sal ko‘tarilgan va bo‘rtgan gultojlarda o‘rnashgan-
lariga maymunjon (Rubus), qulupnay (Fragaria), g‘ozpanja (Po-
tentilla) , tangacho‘p (Alchimilla) va itburun (Rosa) avlodlari
kiradi.
Malina avlodi (Rubus). Bu avlod juda keng tarqalgan, turlarga
nihoyatda boy buta, chala buta yoki ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib,
ko‘pincha poyasi tikanaklar bilan qoplangan bo‘ladi. Gullari ikki
jinsli, ba’zan 2 uyli, chetdan changlanadi. Malinaning 22 turi
bo‘lib, ular asosan shimoliy yarim sharda keng tarqalgan, O‘rta
Osiyoda daryo vodiylarida o‘sadi. 2 turi R. idaeus va R. caesius
yovvoyi holda O‘zbekistonda uchraydi.
Malina (Rubus idaeus). Bu bachkisi orqali ko‘payuvchi,
murakkab, tasmasimon bargli chala buta bo‘lib, poyasi ignasimon
tikanakchalar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq tojbarglari
kosachabarglaridan qisqaroq. Mevasi qizil, ba’zan sariq rangli,
danakchali to‘pmeva bo‘lib, gulqo‘rg‘on o‘rnida osonlik bilan
ajraladi. Malina yovvoyi holda Yevropada, Kavkazda, Sibirda,
O‘rta Osiyoning shimolidagi tog‘larda o‘sadi.
Maymunjon (R. caesius). Bu novdalari yotib, o‘ralib o‘suvchi,
poyasi sertikanak, barglari yirik, uch bulakchali, o‘rtadagisining
bandi yonidagilarinikidan ancha uzun, gulli chala buta bo‘lib,
malinadan qora rangli danakchali shirin mevasining k o‘kish mum
284
g‘uborlar bilan qoplanganligi, gultojidan ajralib tushib ketmasligi,
hidsiz bo‘lishi bilap far q qiladi. Bu O‘rta Osiyoda ke ng tarqalgan
rezavor butacha bo‘lib, tekislikda ariq va kanal bo’ylarida,
tog‘larda esa jilg‘alarda, tog‘yonbag‘irlarida o‘sib, chakalakzorlar
tashkil qiladi.
Zemlanika avlodi (Fragaria). Bu avlod vakillari popuk ildizli,
qisqa ildizpoyali ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Ildizpoyasidan yer ustiga
yotib o‘suvchi uzun novda tanobchalar chiqadi. Tanobchalar
tuproqda ko‘milib qolib, mustahkamlanib bo‘g‘imidan yangi to‘plar
beradi. Barglari uzun bandli va uch b o‘lakchali, bo‘lakchalari asosi
dumaloq yoki rombsimon bo‘ladi. Gullari oq, ikki jinsli, ba’zan
ikki uyli. Mevasining danakchalari etli, shirin, qizil rangli, yesa
bo‘ladigan, gul o‘rinda botgan holda joylashgan ho‘l mevasimon
ko‘p danakchalardan iborat. Yovvoyi holda o‘sadigan ikki turi (F.
ananassa) va Virginiya qulu pnaylari (F. Virginiana} hamda Chili
qulupnayi (F. chiliensis) ekiladi. Ananas qulupnayning mevasi qizil
yoki qizgish-oq bo‘lib, qayerdan kelib chiqqani noma’lum.
Virginiya qulupnayi qizil mevali bo‘lib, vatani Vir giniya
hisoblanadi. O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan qulupnay
turlari uchramaydi. Ekiladigan shu turlardan oli ngan gibridlar F.
grandiflora va F. ananassa turlarini bergan.
G‘ozpanja avlodi (Potentilla). Bular ko‘p yillik, ba’zan bir yillik, ikki yillik
yoki chala buta o‘simliklardir. Ularning poyasi tik yoki yer bag‘irlab o‘sadigan,
ba’zan o‘rmalovchi va bug‘imidan yerga mustahkamlanuvchi bo‘ladi. Barglari
uch bulakchali, panjasimon yoki patsimon. Gullari to‘g‘ri, sariq rangli, qush
kosachali. Kosachabargi 5 tadan, tojbargi ham 5 ta, ba’zan 4 ta. Otaligi ham,
onaligi ham ko‘p. Tugunchasi ustki, mevasi to‘da danakcha. 22 turi
O‘zbekiston florasida uchraydi. Bizda keng tarqalgan turlariga o‘rmalovchi
g‘ozpanja (P. replans )kiradi. Bu ko‘p yillik, yug‘on ildizli, poyasi ingichka,
285
uzun va yotib usuvchi, bug‘imlaridan yangi novdalar beruvchi, yakka-yakka
yirik sariq gullari barg qultig‘idan chiqqan o‘t o‘simlik. Pakana beshbarg (P.
supina). Bu bir yillik yoki ikki yillik, poyasi nozik, yakka yoki bir qancha, buyi
5—50 sm keladigan, barglari patsimon o‘simlik bo‘lib, ko‘proq sug‘oriladigan
yerlardagi ariq; bo’ylarida o‘sadi.
Na’matak avlodi (Rosa). Bu avlod vakillari poyasi 1—3 m, tik chiqqan,
tikanaklar bilan qoplangan, ba’zan ilashib o‘suvchi buta o‘simliklardir.
Barglari toq patsimon, murakkab, yonbargli. Gul o‘rni ko‘zachasimon, yetilgan
paytda gipantiyi yumshayadi va jigarrang, qo‘ng‘ir, to‘q qizil yoki olov rang-
qizil, sariq tusga kiradi. Gullari 2 jinsli, yirik, oq, pushti, sariq rangli,
xushbo‘y, qush gulqo‘rg‘onli. Kosacha va tojbarglari 5 tadan. Otalik va
onaliklari ko‘p. Tugunchasi ostki, mevasi soxta, to’da danakchali.
O‘zbekistonda 17 turi uchraydi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda yana 5 turi
ekiladi.
Bizda ko‘proq guli pushti, gipantiyi to‘q qizil, uzunligi 2-3 sm,
tuxumsimon,
baquvvat
yirik
buta
Fedchenko
na’matagi (R.
Fedtchenkoana), guli sariq, gipantiyi sharsimon, gulining diametri
1—1,5 sm, jigar rang-qora bejirim buta itburun (R. Canina) hamda
gipantiyi
mayda,
sharsimon,
diametri 1 sm dan oshmaydigan,
qoramtir-qizil rangli kichikroq buta
(R. beggeriana) keng tarqalgandir
(77-rasm). Ular tog‘li rayonlarda,
chakalakzor tashkil qiladi. Itburun
turlari
osonlik
bi lan
o‘zaro
chatishadi. Shu xilda olingan ba’zi
gibridlari, atirgul sifatida qadim
vaqtlardan beri ekilib kelmo qda.
Atirgulning 600 dan ortiq navi bor.
77-rasm. It burun (R. Canina)
286
Olmadoshlar oilasi (Pomoidea). Bu oilaning vakillari daraxt va buta
o‘simliklardir. Ularning barglari, ko‘pincha, oddiy, ba’zan murakkab, tushib
ketadigan, yonbargli, gulkosabargi ham, gultojbargi ham 5 tadan. Otaligi
odatda 20 va undan ortiq. Tugunchasi ostki. Mevabarglari 2—5 ta, ba’zan 1 ta
bo‘lib, hap qaysi mevabargda 1 yoki bir qancha urug‘kurtak bo‘ladi. Gul
o‘rinda botiq meva-barglari gulning etli o‘zagi bilan qo‘shilib o‘sadi. Natijada
etli soxta olmasimon meva hosil qiladi. Mevasining uchida kosacha qoladi.
Bu oilachaga olma, nok, behi, chetan, do‘lana, irg‘ay va boshqa avlodlar
kiradi.
Olma avlodi ( Malus). Bu avlod vakillari barglari oddiy, bandi butun,
ko‘pincha har xil oval shakllarda, ostki tomon tukli, chetlari arrasimon
tishli, yonbargi tushib ketadigan o‘simliklardir. Ularning gullari yirik,
to‘g‘ri, qo‘sh gulqo‘rg‘onli, kichikroq bo‘lib,
siyrak guli soyabon to‘pgul hosil qiladi.
Kosabargi ham, tojbargi ham 5 tadan. Mevasi
soxta (78-rasm).
Nok avlodi (Pirus). Bular daraxt va buta
o‘simliklar bo‘lib, ba’zi shoxlari ko‘pchilik
turlarida uzun tikanga aylangan. Barglari
oddiy, uzun bandliyon- bargli. Gullari to‘g‘ri
2
jinsli
qush
gulqurg‘onli
bo‘lib,
qalqonsimon
to‘pgulda
joylashadi.
Gultojbargi 5 ta, rangli, otaligi ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |