1
M.T. Yulchieva, N.T.Atamuratova,
E.A.Latipova, N.K.Safarova.
FARMATSEVTIK
BOTANIKA
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH
VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
M.T. Yulchieva, N.T.Atamuratova,
E.A.Latipova, N.K.Safarova.
FARMATSEVTIK
BOTANIKA
Toshkent – 2018 y.
3
UDK 581(075)
KBK 28.5ua73
F25
Farmatsevtik botanika: darslik M.T.Yulchieva, N.T.Atamuratova, E.A.Latipova,
N.K.Safarova
Taqrizchilar: TDAU Dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi, b.f.d.,
professori I.V.Belolipov
O‘zR FA Botanika instituti Geobotanika va o‘simliklar ekologiyasi
laboratoriyasining etakchi ilmiy xodimi, b.f.d. prof. T.Raximova
Toshfarmi Mikrobiologiya va ekologiya kafedrasi b.f.n., dotsenti
A.A.Abzalov
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
tasdiqlangan na’munaviy dasturga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligiga qarashli Farmatsevtika institutining 5510500 – farmatsiya, 5111000 – kasb
ta’limi, 5510600 – sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlari uchun yozilgan.
Darslikda o‘simlik hujayrasi va organoidlari, o‘simlik to‘qimalari, ularning tuzilishi,
vegetativ va generativ organlar morfologiyasi va anatomiyasi, o‘simliklarning sistematikasi,
tavsifi, tasnifi, ko‘payishi, tarqalishi tibbiyotda va xalq ho‘jaligidagi ahamiyati haqida
ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining biologiya yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun,
shuningdek o‘rta maktablarning biologiya fani o‘qituvchilari ham foydalanishi mumkin.
Настоящий учебник составлен в соответствии с типовой программой, утвержденной
Министерством Высшего и среднего специального образования Республики
Узбекистан
для
студентов
фармацевтического
института
Министерства
Здравоохранения Республики Узбекистан по направлениям 5510500 – фармация,
5111000 – специальное образование, 5510600 – промышленная фармация.
Учебник включает материалы по растительной клетке и органоидам, растительным
тканям и их строению, морфологии и анатомии вегетативных и генератиных органов,
классификации и характеристики растений, их распространению, значению растений
в природе и народном хозяйстве.
Данный учебник предназначен студентам высших учебных заведений, обучаюшихся
по направлению “Биология”, также преподователям биологии средних школ.
This textbook was compiled in accordance with the standard program approved by the
Ministry of Higher and Secondary Special Education of the Republic of Uzbekistan for
students of the pharmaceutical institute of the Ministry of Health of the Republic of
Uzbekistan in the directions 5510500 - pharmacy, 5111000 - special education, 5510600 -
industrial pharmacy.
The textbook includes materials on the plant cell and organoids, plant tissues and their
structure, the morphology and anatomy of vegetative and generative organs, the
classification and characteristics of plants, their distribution, the importance of plants in
nature and the national economy.
This textbook is intended for students of higher educational institutions, trained in the
direction of "Biology", as well as teachers of biology of secondary schools.
4
S O‘ Z B O SH I
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati
bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning
uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga
ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsion va innovatsion
texnologiyalarni joriy qilish, hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi”
talablariga
muvofiq
zamonaviy
kadrlar
tayyorlashning
asosi
yaratildi.
Shuningdek,
davlatimiz
rahbari
Sh.M.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ham ijtimoiy soha,
xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta’lim tizimining
uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos
yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish eng muhim vazifa
etib belgilandi. Bugungi kunda zamon talablari oliy ta’lim tizimida ham
ma’lum o‘zgarishlarni amalga oshirilishini taqozo qilayotgani sabab
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 20 apreldagi, “Oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va
tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2017 yil 27 iyul PQ 3151-sonli qarorlarining qabul qilinganligi alohida
ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, Toshkent Farmatsevtika instituti professor –
o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ushbu darslik dorishunoslik oliy o‘quv
yurtlarining talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi
asosida farmakognoziya sohasiga moslab yaratilgan. Sababi, dorishunoslik
5
oliy o‘quv yurtlaridagi botanika fani farmakognoziya sohasiga moslangan
holda olib boriladi. Shunga ko‘ra botanika fanini farmakognoziyaga
yaqinlashtirish maqsadida ko‘proq dorivor o‘simliklar qamrab olindi.
Darslikda dorivor o‘simliklarning hujayra vakuolasida to‘planadigan moddalari
va ularni tibbiyotda ishlatilishiga oid ma’lumotlar ham berildi.
Darslikda Sharq tabobatining yirik olimi Abu Ali ibn Sinoning
madaniy merosini o‘rganish maqsadida, u tavsiya etgan shifobaxsh
o‘simliklar, shu jumladan O‘zbekiston hududida o‘sadigan o‘simlik turlarini
kiritishga harakat qilindi. Ibn Sino tomonidan tavsiya qilingan o‘simliklarning
arabcha nomlari lug‘at tariqasida berildi va ularni tabobatda ishlatilish yo‘llari
ko‘rsatildi.
Mazkur darslikda botanika fanining rivojlanishi, o‘simliklarning mikro
va makromorfologiyasi, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi, sistematikasi,
evolyusiyasi, ekologiyasi, fitotsenologiyasi, geografiyasi va o‘simliklarni
muhofaza qilish, ularni xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda ishlatilishi bayon
qilindi.
Darslik botanika sohasida tahsil olayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari,
o‘qituvchilar va ushbu sohaga qiziqqan, ilmga tashna ilmiy tadqiqot instituti
xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |