Zaytun turkumi (Olea). Bu turkumga kiruvchi o‘simliklar doimiy
yashil rangdagi daraxt yoki butalardir. Turkum o‘z ichiga 60 ta turni oladi.
Yevropa zaytuni O.Europaea ning bo‘yi 5-6 metrga yetadi, ba’zan undan ham
baland, tagining diametri 2-3 metrga boradigan daraxtdir. Qadimdan zaytun
daraxti mevasi va yog‘i uchun ekilib kelingan. O‘simlikning mevasi etli va
seryog‘, yon mevali tuxumsimon shakldagi danakli meva. Undan olingan moy
konserva sanoatida keng miqyosda qo‘llaniladi. Zaytun mevasining mezokarp
qavatida 40 %, ba’zan hattoki 75% gacha moy bo‘ladi. Zaytun daraxti O‘rta
dengiz atrofi mamlakatlarida ko‘p ekiladi.
Bu oilaga yana jasmin turkumi ham kiradi. O‘simlikning gullari
voronkasimon shakldagi oq, sariq rangli, ayrim hollarda qizil rangda ham
bo‘lib, xushbo‘y hidga ega. O‘simlikning hayotiy shakli buta, ayrim turlari
bargini to‘kadi, boshqalari doim yashil. Dori jasmin manzarali o‘simlik hamda
efir moyi beradigan o‘simlik sifatida ekiladi.
ARALIYADOSHLAR OILASI (ARALIACEAE)
Bu oilaga asosan daraxt va buta, ayrim hollarda tikanli hamda ilashuvchi
liana va o‘t o‘simliklari kiradi. O‘simliklarning barglari poyada ketma-ket
joylashgan, ba’zan qarama-qarshi yoki halqa bo‘ylab joylashgan, oddiy,
chekkasi tekis, o‘yilgan yoki murakkab bo‘lishi ham mumkin. Gullari sariq
rangli, aktinomorf, mayda, ikki yoki ayrim jinsli, besh a’zoli, ko‘pincha
soyabon to‘pguliga yig‘ilgan. Kosachabarglari yaxshi rivojlanmagan,
tojibarglari esa tezda to‘kilib ketadi. Urug‘chisi 1-5 tagacha mevabargli.
Tuguncha ostki, ba’zan yarim ostki hamda ustki ham bo‘lishi mumkin. Mevasi
rezavor yoki danakcha. Oila vakillarining ko‘p qismi asosan tropik va mo‘tadil
iqlimli zonalarda joylashgan.
302
Bu oilaning pechak (Hedera), fatsiya (Fatsia), araliya (Aralia), jenshen
kabi turkumlari bor. Chin jenshen (Panax ginseng) bo‘yi 40-50 sm keladigan,
uzoq yillar davomida o‘sadigan, mevasi qizil rangli dorivor o‘t o‘simlikdir.
Xitoyda, Rossiyaning Dengizoldi o‘rmonlarida yovvoyi holda uchraydi. Bu
oilaning vakillaridan exinopanaks (Echinopanax), yovvoyi murch eleuterokokk
(Eleutherococeus) lar daraxt va buta shaklidagi o‘simliklardir. Jenshen dorivor
o‘simlik sifatida Yaponiya, Xitoy, Sobiq Ittifoq yerlarida, shuningdek Sharqiy
Osiyoning boshqa mamlakatlarida, Yevropa mamlakatlarida ham ekib
o‘stiriladi. Ilmiy manbalardan yaxshi ma’lumki, 1753-yilda K.Linney
tomonidan jenshen turkumiga berilgan nom aslida rapassa so‘zidan olingan
bo‘lib, uning ma’nosi barcha kasalliklarning davosi demakdir. Qizil jenshen
(Panax ginseng) ildizi tarkibidagi saponinlar immun tizimini mustahkamlaydi,
xotirani yaxshilaydi, insonning aqliy faoliyatini kuchaytiradi, charchoqlik,
horg‘inlikni bartaraf etadi. Shuningdek, saponin bosh miya hujayralarining
sintezini ta’minlaydi, xolesterin metabolizmining yaxshilanishiga yordam
beradi, jigarni himoya qiladi.
Fatsiya turkumi vakillari doimo yashil, yirik, panjasimon o‘yilgan,
murakkab panjasimon shaklda bo‘ladi. Gullari mayda, soyabonsimon to‘pgulga
yig‘ilgan, buta yoki daraxtlardir. Bu turkumning ikki turi bor. Qog‘ozli fatsiya
(Fatsia papyrifer) Xitoy va Yaponiyada ekiladi va uning poyasining o‘zagidan
presslash usulida yuqori sifatli qog‘oz tayyorlanadi. Yaponiya fatsiyasi (Fatsia
japonica) sovuqqa chidamli o‘simlik bo‘lib, asosan manzarali o‘simlik sifatida
yetishtiriladi. Araliyadoshlar oilasiga kiruvchi Manchjuriya araliyasining
ildizidan asablarni qo‘zg‘atish xususiyatiga ega bo‘lgan dorilar olinadi.
SOYABONGULDOSHLAR OILASI- UMBELLIFERAE
Bu oilaga kiradigan ko‘pchilik o‘simliklarning hayotiy shakllari o‘tsimon
bo‘lib, chala buta va buta o‘simliklari kam uchraydi. O‘tsimon vakillari asosan
303
mo’tadil iqlimli zonalarda keng tarqalgan. Barglari poyada navbat bilan
joylashib, yonbargchasiz, chetlari tekis yoki bir necha joyidan chuqur qirqilgan
bo‘lib, poyani qinlari bilan birmuncha o‘rab oladi. Poyasi ichi kovakli, bo‘g‘im
va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘linadi. Gullari mayda oddiy va murakkab soyabon
to‘pgullarga to‘plangan. Murakkab soyabonning asosiy gulyonbargchalardan
iborat umumiy o‘rama ichiga olingan, soyabonlarning asosida ham shunday
kichik o‘ramachalar bor. Ba’zi vakillarida bu o‘ramachalar yo‘q bo‘lishi ham
mumkin. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, ba’zan bir jinslilari ham uchraydi. Gul
kosachalari reduksiyalangan besh tishli, gul tojbarglari besh a’zoli,
changchilari 5 ta urug‘chisi 2 ta mevachi barg qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Tugunchalari ikki uyali, ikki ustunchali, ostki bo‘lib, har qaysi ustunchaning
asosini nektardon o‘rab turadi. *Ca(
5)
Co
5
A
5
G
(2)
. Gullari proteandrik tipda
bo‘lib, hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi qo‘sh pista. Mevasi
pishgandan keyin 2 ta mevachaga ajrab, karpoforda, ya’ni ipsimon
qo‘shaloq mevaband uchida bir qancha vaqt osilib turuvchi qo‘sh
pistachadir. Urug‘i endospermli va mevaqati bilan zich qo‘shilib o‘sgan.
Endospermning shakli va onalikning to‘zilishi oilaning sistematik
o‘rnida katta ahamiyatga egadir. Mevacha ko‘ndalang kesimining
ustidan qaralganda bo‘rtib chiqqan o‘tkazuvchi to‘plamlar yig‘indisidan
hosil bo‘lgan, ko‘pincha qirrali, 5 ta bosh yoki dastlabki qovurg‘alar
ko‘rinadi. Qovurg‘aning 3 tasi mevachaning orqa tomonidan, 2 tasi ikki
chetidan chiqqandir. Dastlabki qovurg‘alar orasida egatlar bo‘ladi,
ba’zan egatlar sirtidan ikkilamchi ikkinchi qovurg‘alar taraqqiy etadi.
Bunday hollarda dastlabki qovurg‘a bilan ikkilamchi qovurg‘aning
farqini aniqlash qiyin bo‘ladi. Mevaning ichidan chiqaruvchi kanallar
o‘tadi. Kanallar ko‘pincha efir moyi chiqaradi va egatlar tagida hamda
mevachalar bir-biriga qo‘shilib turadigan tomonda, kamdan-kam
dastlabki qovurg‘a ostida joylashadi.
304
Soyabondoshlar oilasi 250 avlod va 3000 dan ortiqroq turdan iborat. Ular
yer sharining hamma qismida ko‘proq shimoliy, qisman janubiy yarim
sharning mo‘tadil zonasida keng tarqalgan. Bu oilaning avlodi va turlari
anatomik tuzilishi tomonidan ham va organlarining tuzilishi bilan ham bir-
biriga g‘oyat yaqin turadi. Shu sababli bu oilaning sistematikasi mevasining
anatomik tuzilishiga va morfologiyasiga asoslangan.
O‘zbekiston florasida 70 avlodi va 200 dan ortiqroq turi uchraydi.
To‘pgulining va endokarpining (meva qatlamining) tuzilishiga qarab,
soyabondoshlar quyidagi 3 oilachaga bo‘linadi: Gidrokotiledoshchalar
(Hydrocotyloideae), Sanikuladoshlar( Saniculaideae) , Selderdoshchalar
(Apioideae) oilachalari.
Shulardan Selderdoshlar oilasida to ‘xtalib utamiz. Bu oilacha
vakillari to‘pguli murakkab soyabon, endokarpi yumsh oq, parenximli,
yon kanallari tugunchaning yoshligida egat ostida, keyinchalik har xil
bo‘lib joylashadigan o‘simliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |