M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova


- rasm. Do‘lana avlodi (Crataegus)  Olxo‘ridoshlar  oilasi



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

79- rasm. Do‘lana avlodi (Crataegus) 
Olxo‘ridoshlar  oilasi  (Prunoideae).  Bu  oila  vakillari  daraxt  va  buta, 
barglari  oddiy,  qirqilmagan,  tushib  ketuvchi,  kichik  yonbargli 
o‘simliklardir.  Gullari  oq  yoki  pushti,  gulqurg‘on  barglari  5  tadan. 
Otaligi  10—20  ta  bo‘lib,  gipantiyning  qir g‘og‘ida  joylashadi.  Gul 
o‘rni  bokalsimon  tuguncha  bilan  qo‘shilib  o‘smaydi.  Mevabargi  1 


288 
 
ta,  tugunchasi  ustki,  etli,  ikki  uru g‘kurtakli  bo‘lib,  ko‘pincha,  1 
tasi  taraqqiy  etadi.  Mevasi  quruq  yoki  sersuv,  danakcha.  Bu 
oilachaga  bodom,  to g‘olcha,  shaftoli,  o‘rik,  gilos,  olcha,  lavrolcha 
kiradi. 
Bodom  avlodi  (Amygdalus).  Bu  avlod  vakillari  daraxt  va  buta 
o‘simliklardir.  Ularning  barglari  lansetsimon,  qisqa  bandli.  Gullari 
pushti  yoki  oq  qariyib  bandsiz  bo‘lib,  barg  chiqarishga  qadar 
ochiladi.  Bu  juda  erta  gullovchi  meva  o‘simliklardandir.  Mevasi 
quruq;  danakcha,  mezokarpi  etli  va  qattiq,  silliq    yoki  to‘rsimon 
egatchali  bo‘ladi.  Bodomlar  40  turdan  iborat  bo‘lib,  O‘rta 
dengizda, Old Osiyoda, Markaziy Xitoyda tarqalgandir. U xushbo‘y 
va  shirin  mag‘zidan  olinadigan  yog‘i  uchun  ekiladi.  O‘zbekiston 
florasida 4 turi uchraydi. 
Tog‘olcha  avlodi  (Prunus).  Bu  daraxt,  ba’zan  buta  holida  o‘suvchi 
o‘simlikdir, barglari qirqilmagan, navbatlashib joylashgan. Gullari yakka yoki 
to‘pgul.  Gullari  barglari  yozilishi  bilan  bir  vaqtda  yoki  oldinroq  ochiladi. 
Kosachabargi ham, tojbargi ham 5 tadan. Otaligi ko‘p. Tugunchasi bir uyali va 
bir  urug‘kurtakli.  Mevasi  bir  urug‘li,  etli,  sersuv,  har  xil  rangli,  danakchali. 
O‘zbekiston  florasida  2  turi  (P.  Sogdiana,  P.  Divaricata  va 
mirabilis)uchraydi. 
Olxo‘ri  (Prunusdomistica).  Bu  tikansiz  yoki  sal  tikanli  daraxt  bo‘lib, 
oqimtir  gullari  bargi  yozilishi  bilan  teng  ochiladi.  Mevalari  uzunligi  2  sm 
keladigan bandchalarda osilgan bo‘ladi. Mevasining rangi har xil, usti g‘uborli 
bo‘ladi.  Buning  har  xil  navlari  bo‘lib,  eski  va  yangi  qit’alarning  mu’tadil 
zonasida tarqalgan. Yovvoyi holda uchrashi noma’lum.  
Olcha avlodi (Cerasus). Bu daraxt va buta o‘simlik bo‘lib, barglari oddiy, 
silliq,  chetlari  tishli,  tuxumsimon  yoki  ellipsimon  va  uzun  bandlidir.  Gullari 
to‘g‘ri,  oq  rangli,  oddiy  soyabon  shaklida  tuzilgan.  Qo‘shqo‘rg‘onli  otaligi 
ko‘p,  onaligi  bitta.  Tugunchasi  ustki.  Mevasi  sharsimon,  qizil,  qoramtir  va 


289 
 
sariq rangli, sersuv, danakli meva.  
O‘rik  avlodi  (Armeniaca).  Bu  shox-shabbali,  tanasidagi 
po‘stlog‘i  kul  rang  va  yorilgan  daraxtdir.  Yosh  novdalari  qizil, 
gullari  qisqa  bandli,  mevasi  etli,  suvli,  pishganda  chatnamaydigan 
dumaloq  yoki  cho‘ziqroq,  danagi  osonlik  bilan  ajraydigan  danakli 
mevadir.  Oddiy  o‘rik  (A.  vulgaris).  Bu  daraxt,  ba’zan  buta,  guli 
ichidan  oq,  yoki  pushti  bo‘lib,  barg  chiqarguncha  ochiladi.  Mevasi 
etli,  sariq,  to‘q  sariq,  ba’zan  qizil  do g‘li,  tukli,  shirin  va  xushb o‘y 
hidli.  Mevasida  4—12,5%.  qand;  kislota  va  vitaminlar,  m ag‘zida 
35% ga qadar yog‘i bo‘ladi.  
 
DUKKAKDOSHLAR OILASI –LEGUMINOSAE 
   Bu oila vakillari daraxt, buta yoki ko‘p yillik va bir yillik  o‘t  o‘simliklardir. 
Ularning  poyasi  tik  o‘suvchi,  ilashuvchi,  o‘raluvchi,  yotib  o‘suvchi  bo‘ladi. 
Barglari murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbarglidir. Gullari har xil rangli, 
ikki jinsli, zigomorf, ba’zan aktinomorf bo‘lib, shingil yoki kallakcha tipidagi 
to‘pgulda  joylashgan.  Kosachasi  5,  ba’zan  4  kosachabargli,  ko‘pincha 
qo‘shimcha  o‘sgan  bo‘ladi.  Aktinomorf  gultojlar  4—5  tojbargli,  zigomorf 
gultojlar  esa  5  tojbargli,  ustkisi  juda  katta  bo‘ladi  va  yelkan  deyiladi.  Ikkita 
yonidagisi  birlashmagan  eshkak    va  ikkita  birlashgani  qayiqcha  deb  ataladi. 
Ayrim  xillarida  tojbargining  sonicha,  4-5  yoki  cheksiz  bo‘lishi  mumkin. 
Otaligining  soni  odatda  10  ta,  9  tasi  qo‘shimcha  o‘sadi,  1  tasi  erkin  bo‘ladi. 
Onaligi 1 ta, bir mevabargli, ko‘pincha qo‘shimcha o‘sgan otaliklar bilan 
o‘ralgandir.  Tugunchasi  ustki  va  bir  uyali.  Mevasi  shakli  va  kattaligi 
jihatdan  xilma-xil  bo‘lgan  dukkakdir.  Oila  esa  xarakterli  bo‘lgan 
mevasiga  ko‘ra  dukkakdoshlar  nomini  olgandir.  Dukkagida  1  tadan 
tortib  bir  qanchagacha  buyraksimon  urugi  bo‘ladi.  Dukkagi  ko‘pincha 
qorin  va  orqa  choklari  bo‘ylab  yoki  bir  chokidan  chatnaydi.  Ba’zi  hol-
larda 
kusakchaga 
o‘xshab 
ochiladi 
(sebargada) 
yoki 
butunlay 


290 
 
ochilmaydi.  Urug‘ida  endosperm  ham,  perisperm  ham  bo‘lmaydi  va 
urug‘bargi  etli  bo‘ladi.  Hasharotlar  yordamida,    ba’zilari    o‘z-o‘zidan 
changlanadi.  Dukkaklilar  oilasi  550  avlod  va  12100  dan  ortiqroq  turdan 
tashkil  topgan  bo‘lib,  qariyb  yer  sharining  hamma  qismida  tarqalgandir. 
O‘zbekistonda 57 avlodi va 470 dan ko‘proq turi mavjud. Dukkakdoshlar 
oilasi  3  kenja  oilaga:  1)  mimozadoshlar,  2)  sezalpindoshlar,  3) 
kapalakdoshlar oilachasiga bo‘linadi.  
       Mimozadoshlar  oilasi  (Mimosaideae).  Bu  oila  vakillari  daraxt,  buta, 
ba’zan  o‘t  o‘simliklardir. Bular barglari ko‘pincha murakkab, patsimon yoki 
qush    patsimon  bo‘lib,  yon  barglarining  qattiq  tikanlarga,  barg  bandlarining 
o‘zgarib  bargsimon  plastinkachalarga,  ya’ni  fillodiylarga  aylanganligi  bilan 
xarakterlanadi.  Ularning  gullari  tugri,  bir  oz  mayda  bo‘lib,  zich  sharsimon 
kallakcha  yoki  boshoksimon  to’pgulda  joylashgan.  Kosacha  va  gultojlari 
(ba’zan  gultojlari  bulmaydi)  ko‘pincha  4  yoki  5,  ba’zan  3  a’zoli  bo‘ladi. 
Kosacha  va  tojbarglari  bir  oz  qushilib  o‘sgandir.  Otaligining  soni 
kosachabarglar  soniga  teng  yoki  undan  ikki  marta  ortiqroq,  yoki  ko‘p,  erkin 
yoki  iplari  sal  qo‘shimcha  o‘sgan.  Otalik  iplari  to‘q  qizil,  pushti,  sariq  va 
boshqa  ranglarda  bo‘lganidan  ko‘zga  yaqqol  tashlanib  turadi.  Otaligi  1  ta, bir 
mevabargli,  ba’zan  ko‘p  mevabargli  bo‘ladi.  Mevasi  dukkak,  bo‘lakchalarga 
ajralgan  bo‘g‘imli  dukkak  yoki  quruq  yong‘oqcha.  Urug‘i  ko‘pincha  yirik  va 
to‘g‘ri, urug‘kurtakli bo‘ladi. 
     Bu  oilacha  1500  turdan  tarkib  topgan  bo‘lib,  tropik  mamlakatlarda 
tarqalgandir.  Muhim  avlodlariga  akatsiya  (Acacia),  mimoza  (Mimosa), 
albitsiya (Albizzia) va boshqalar kiradi. 
    Akatsiya  avlodi  (Acacia).  Akatsiyalar  500  turdan  iborat,  murakkab 
bargli, otaligi 10 dan ortiq, sariq yoki to‘q sariq rangli, erkin, tugunchasi 
1  ta  yoki  bir  qancha,  o‘rtacha  kattalikdagi  daraxt  bo‘lib,  300  turi 
Avstraliyada,  qolgan  200  turi  Afrikada  tarqalgandir.  Avstraliyada  o‘sadigan 
akatsiyalar barg bandining fillodiylarga aylanishi bilan, Afrika akatsiyalari esa 


291 
 
fillodiysiz  va  shox-shabbasining  soyabonsimon  bo‘lishi  bilan  xarakterlanadi. 
Akatsiyalar  ko‘pchilik  turlarining  qobig‘ida,  yog‘ochida  va  mevalarida 
oshlovchi  moddalar  ko‘p  bo‘ladi.  Sharqiy  Hindistonda  o‘suvchi  katexu 
akatsiya  muhim  texnika  o‘simligi  sifatida  Yevropaga  chiqariladi.  Yog‘ochi 
g‘oyat qattiq bo‘lganligidan texnikada ham ishlatiladi.  
Entada  avlodi  (Entada).Bular  ilashuvchi    o‘simlik  bo‘lib,  eski  va 
yangi  qit’alardagi  tropik  dengizlarning  qirg‘oqlarida  tarqalgandir. 
Entadalar dukkagining yirikligi bilan boshqalardan keskin farq qiladi. 
    Sezalpinadoshlar  oilasi  (Caesalpinioideae).  Bu  oila  vakillari  daraxt,  buta, 
liana,  ba’zan    o‘t  o‘simliklardir.  Ularning  barglari  qush  patsimon,  murakkab, 
ba’zan oddiy bo‘lib, hamisha yonbargli va navbatlashib o‘rnashgandir. Gullari 
deyarli  zigomorf  tuzilgan  bo‘ladi.  Gulqurg‘on  barglari  odatda  5  ta  bo‘ladi. 
Kosachabarglari  ayrim  yoki  tutashib  ketgan,  tojbarglari  ham  ayrim,  ba’zan 
butunlay  bo‘lmaydi.  Otaligi    10  ta,  erkin  joylashgan.  Biroq  otaligining 
hammasi  chang beruvchi  bo‘lmasdan, staminodiylarga  aylanadi  yoki  butunlay 
reduksiyalanib  ketadi.  Ayrim  jinsli  va  bir  uyli  vakillari  ham  uchraydi. 
Mevabarglari  ba’zan  uzun  bandli,  mevasi  har  xil  shaklli  dukkakdir. 
Oilaning  muhim  avlodlaridan  biri  kassiya  yoki  sano  (Cassia) 
hisoblanadi. 
Kassiya  avlodi  (Cassia).Shu  oilaga  qarashli  bo‘lgan  900  turning  yarmini 
kassiya  turlari  tashkil  etadi.  Ular  tropik  o‘rmonlarda  o‘sadi.  Afrikaning  cho‘l 
va chala cho‘l zonalarida, Janubiy Arabistonda yovvoyi holda o‘suvchi  o‘tkir 
bargli  yoki  Afrika  sanosi  (S.  acutifolia),  qizil  dengiz  bo‘ylarida  yovvoyi 
holda  o‘sadigan,  ko‘pincha,  Hindistonda  ekiladigan  tor  bargli  yoki  Hindiston 
sanosi  (S.  angustifolia)  hamda  Afrikaning  tropik  qismida  va  Abissiniyada 
o‘sadigan Italiya sanosi (S.  abovato)ning quritilgan barglari sano nomi bilan 
surgi  dori  sifatida  sotiladi.  Meditsinada  bargi  va  urug‘idan  shu  maqsadlarda 
foydalaniladi. Sano Respublikamizning  Surxondaryo viloyati Denov tumanida 
bir yillik o‘simlik sifatida urug‘idan ekiladi


292 
 
Kapalakdoshlar oilasi (Papilionatae). Bu oilacha vakillari asosan o‘t, ba’zan 
buta  va  daraxtlardir.  Barglari  murakkab  patsimon,  panjasimon,  uch  bargchali, 
ba’zan  oddiy,  navbatlashib  o‘rnashgan.  Yonbarglari  bor.  To‘pgullari  shingil, 
kallak,  boshoq,  ba’zan  guli  yakka-yakka.  Gultojining  kapalak  shaklida 
tuzilganligi  kapalakdoshlar  oilachasining  xarakterli  belgisidir.  Kapalakdoshlar 
degan nom ham shundan kelib chiqqan. Gultojining ustidagi eng katta tojbargi 
yelkan  yoki  bayroqcha  deb  ataladi,   
Yelkanning 
ost  qismga  nisbatan  to‘g‘ri 
burchak  tashkil  etgan  holda  ikki  yon  tomonidagi  qanot  yoki  eshkak  deb 
aytiladigan kosachasi 2-5 tishli, kosachabarglari 
qushilib
 o‘sgan, otaligi 10 ta, 
ikki  doirada  joylashgan  (5  +  5),  ko‘pincha  qo‘shimcha  o‘sadi,  ba’zan  erkin 
bo‘ladi.  Odatda  9  otalik  iplari  qo‘shilib  o‘sib  onalikni  o‘rab  oladi  va  naycha 
hosil qilib o‘ninchisi erkin qoladi. Otalik iplarining tagida shiradonlari bo‘ladi. 
Shiradondan chiqqan shiralar gultoj naychasida to‘planadi.  
     Tuxumaklar  avlodi  (Saphora).  Bu  avlod  vakillari  barglari  toq  patsimon, 
murakkab,  och  sariq  rangli  gullari  shoxlarining  uchida  to‘pgul  bo‘lib  
joylashgan,  otaligi  10  ta,  erkin  o‘sgan,  bir  urug‘li,  bo‘lakchalarga  ajralgan, 
tasbexsimon,  dukkak  mevali  daraxtlardir.  Bu  avlodning  asli  Vatani  Xitoy  va 
Yaponiya  hisoblanadi.  Bir  turi  (S.  jaronica)  O‘zbekistonda  ekilad.    Barg  va 
gullaridan «P» vitaminining o‘rnini bosuvchi rutin olinadi. 
      Afsonak  avlodi  (Thermopsis).  Bu  avlod  vakillari  ingichka 
ildizpoyali,  poyasi  tik  yoki  yonboshlab  o‘sadigan  barglari  uch 
bo‘lakchali,  gullari  sariq,  dukkagi  cho‘ziq,  ikki  palladan  iborat  ko‘p 
yillik  o‘t  o‘simlikdir.  Afsonakning hamma turlarida alkaloid moddalar bor. 
Zaharli  bo‘lganligi  sababli  afsonaklarni  mollar  yemaydi.  Lansetsimon  bargli 
afsonak  (Th.  lanceolata)  tibbiyotda  balg‘am  ko‘chiruvchi  dori  sifatida 
ishlatiladi. 
Qashqar beda avlodi (Melilotus). Bu avlod vakillari ikki yillik va bir 
yillik    o‘t    o‘simliklardir.  Ularning  poyalari  to‘g‘ri  o‘sgan  va 
shoxlangan.  Barglari  bedanikiga  o‘xshash,  uchburchakli,  ammo 


293 
 
o‘rtasidagi  bargchasi  yonidagilariga  nisbatan  uzunchoq,  hidli  o‘t  
o‘simliklardir.  Gullari  sariq  yoki  oq  bo‘lib  barg  qo‘ltig‘idan  chiqqan, 
uzun  bandli,  shingil    to‘pgulda  joylashgan.  Qashqar  beda  20  turdan 
iborat, shundan 3 turi O‘zbekiston florasida tarqalgan. 
Qashqar beda (M.  officinalis). Uning buyi 40—150 sm, gullari sariq, 
tog‘  etaklarida,  to‘qaylarda  va  ekiladigan  bedalar  orasida  begona  o‘t 
sifatida o‘sadi. 
Oq  gulli  qashqar  beda  (M.  albus)  yuqoridagidan  gulining  oq  bo‘lishi 
bilan  farq  qiladi.  Daryo  qirg‘oqlarida,  to‘qaylarda  o‘sadi.  Amerikaning 
shimolida  yaxshi  asal  olish  uchun  ko‘p  yerlarda  madaniy  o‘simlik 
sifatida  ekiladi.  Qashqar  bedaning  xushbo‘y  bo‘lishining  sababi 
tarkibida 0,4— 0,9% kumarin moddasining bo‘lishidir. 
Robiniya  avlodi  (Robinia).  Robiniya  akatsiyalardan  bo‘lmasa 
ham,  ko‘pincha,  uni  akatsiya  deb  noto‘g‘ri 
atashadi.  U  shoxchalari  tikanli  daraxt  yoki 
buta    o‘simlikdir.  Uning  barglari  toq  pat-
simon,  murakkab.  Gullari  ok,  pushti-qizil 
bo‘lib,  uzun  bandli,  shingil  to‘pgulda 
osilgan  holda  bo‘ladi.  Dukkagi  ko‘p  urug‘li, 
yassi  va  chatnaydigan  bo‘lib,  ba’zan  qishda 
ham to‘kilmay saqlanadi.       
80-rasm Soxta  oq   
akatsi ya   (Robinia). 
 
 
Robiniya  avlodiga  20  tur  kiradi,  ular  Shimoliy    Amerika  va 
Meksikada tarqalgandir. 
Oq 
akatsiya 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish