Qoraqayindoshlar oilasi — Fagaceae
Tabiatda bu oilaga 950 ta tur, 8 turkum kirib, katta va kichik, bargini
to‘kadigan va doim yashil bo‘lgan daraxtlar kiradi. Barglari oddiy, navbat bilan
joylashgan. Changchi to‘pgullari kuchalaga o‘xshash, urug‘chisi boshoqsimon,
kalta va siyrak gulli. Gullari bir uyli, ayrim jinsli, ikki jinslilari kam uchraydi.
Gullari aktinomorf, mayda. Gulqo‘rgoni oddiy, ko‘rimsiz, 4-7 bargchadan
tuzilgan. Changchilari birlashmagan, gulqo‘rg‘oni sonidan ikki marta ortiq.
Urug‘chi gullari atrofini o‘rama barglar o‘rab olgan. Urug‘chisi birlashgan 3 ta
meva bargdan iborat. Ba’zan 6 ta yoki 9 ta mevabarglar birlashadi. Urug‘chili
tugunchasi bir muncha qisqargan, ostki,uch uyali, urug‘chi ustunchasi 3 ta yoki
6 ta, birlashgan, ayrim hollarda birlashmagan. Har bir uyada ikkita urug‘
kurtagi bo‘lib, shundan faqat bittasi rivojlanadi. Mevasi yong‘oq, asosi o‘ziga
xos qoplama bilan o‘ralgan. Urug‘lari endospermsiz, yirik murtakli.
Eman (Quercus) turkumi 450 turni o‘z ichiga oladi. Eman daraxtlari
qimmatli va baquvvat yog‘ochlik beradi. Bargini to‘kadigan va doim yashil
turlari bor. Gullari yakka holda kamdan kam rangli gul o‘qida urug‘chi va
changchi kuchala to‘pgullariga yig‘ilgan. Gullarining formulasi: *♂P
(6…8)
A
6…10
G
0
va *♀P
(3+3)
A
0
G
(3)
. Tibbiyotda eman daraxtining yosh novdalarining
po’stloqlaridan tayorlangan damlama og’iz bo’shlig’ kasaliklari stomatit,
milklarning yalig’lanishida qo’llaniladi.
276
QOVOQDOSHLAR TARTIBI— CUCURBITALES
Bu tartibga faqat qovoqdoshlar oilasi mansub.
Qovoqdoshlar oilasi — Cucurbitaceae
Bu oilaga taxminan 700 tur (90 ta turkumga mansub) o‘simlik kiradi.
Ular asosan Shimoliy va Janubiy yarim sharda tarqalgan tropik hamda
subtropik o‘simliklar hisoblanadi. Oila vakillari bir va ko‘p yillik o‘t, buta
o‘simliklari bo‘lib, barglari oddiy, yonbargchasiz. Poyasi asosan yotib o‘suvchi
o‘simlik. Barg qo‘ltig‘idan chiqqan gajaklar ilashib o‘sishga moslashgan.
Gullari yakka-yakka aktinomorf. Gul a’zolari 5 tadan. Gultoji qo‘shilgan,
ayrim xillari ayrim tojbargli. Changchisi 3-5 ta, erkin yoki ma’lum darajada
tutashgan. Odatda 4 tasi 2 tadan bo‘lib qo‘shilib o‘sadi. 1 tasi erkin.
Changdonlari bir uyali. Urug‘chisi 2-5, ko‘pincha 3 mevabargli. Tugunchasi
ostki, 3 uyali va ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi soxta, yirik rezavorsimon meva,
ayrimlarida ko‘sakcha. O‘tkazuvchi bog‘lamlari bikollateral, ichki floyemasi
ham bor. O‘simlik odatda bir uyli, kamdan-kam hollarda ikki uyli.
Gultojibarglari sariq rangda, qo‘ng‘iroqsimon shaklda. Ginetsey parakarp
tipda, urug‘kurtaklari ko‘p sonli. Gullarining formulasi: *♂Ca
(5)
Co
(5)
A
(2),
G
0
va
*♀Ca
(5)
Co
(5)
A
0
G
(
-
3 )
.
Gul shakliga qarab, bu oila qo‘ng‘iroqguldoshlar va voronkadoshlar
oilasiga bo‘linadi. Mevasi shirador, rezavor, yog‘ochlashgan ekzokarp qavatli.
Qovoqdoshlar entomofil o‘simliklar bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘ng‘iroqguldoshlarga quyidagi turkumlar kiradi:
Qovoq — Cucurbita turkumi. Turkum vakillari tabiatda Janubiy
Amerikaning tropik va subtropik iqlimli viloyatlarida keng tarqalgan. Bir yillik
va ko‘p yillik, o‘rmalovchi o‘simlik. Poyasi yirik, uzun, ichi bo‘sh. Barglari
yirik, uzun barg bandli. Gullari yirik, sariq rangli qo‘ng‘iroqsimon.
Changchilari ikkitadan bo‘lib o‘sgan, bittasi erkin. Urug‘chi gullar
277
birlashgan, 3 ta mevabargdan tuzilgan. Bu turkumga taxminan 25 tur o‘simlik
kiradi. Oziq va yem xashak o‘simligi sifatida oddiy qovoq (C. pepo) va yirik
mevali turi (C. maxima) ning turli xil navlari ekib o‘stiriladi.
Kartoshka qovoq (yirik mevali qovoq) — S. maxima. Vatani Peru.
O‘simlik poyasi silindrik, qirrasiz, mevasi yirik. Uning og‘irligi 200 g dan to
60-80 kg gacha bo‘lib, ular pektin moddalari, K, Ca, temir, karotin
moddalariga boy bo‘ladi. O‘simlikning urug‘lari tarkibida 35-40% yog‘li
moylar, 30-35% gacha oqsil va oz miqdorda alkaloidlar ham bo‘ladi.
O‘simlikning xilma-xil navlari bo‘lib, turli maqsadlarda ishlatiladi.
Oddiy qovoq — C. pepo. Palagi va meva barglari o‘tkir, qirrali.
Ayrimlari palak bermay tanasi to‘p bo‘lib o‘sadigan, mevasi silindrik
(kabachki), yassimevasi (patisonlar) ekib o‘stiriladi.
Voronkadoshlarga quyidagi turkumlar kiradi:
Tarvuz— Citrullus. Turkumga 4 tur kiradi. Poyasi palakli, tana barglari
tuklar bilan qoplangan, bir va ko‘p yillik. Vatani Afrika va Janubiy Osiyoning
yarim cho‘l va cho‘lli mintaqalardir. Barglari ikki qaytapatsimon qirqilgan.
Gajaklari 2-3 bo‘lakchali, shoxlangan. Gullari ikki jinsli, mayda, sarg‘ish.
Mevasi ko‘p urug‘li, sersuv, soxtameva. Ayrim turlari Afg‘oniston va
Hindistonda yovvoyi holda o‘sadi.
Yeyiladigan tarvuz—S. lanatus. Vatani Kalaxari sahrosi bo‘lib, O‘rta
Osiyoda (Kavkazda) ko‘p ekiladi. Mazkur tarvuz mevasi tarkibida 10-12%
fruktoza bo‘ladi, C, PP, foliy kislotasi bo‘ladi. Tarvuz mevasi mazza qilib
yeyiladi. Xashaki tarvuz—S. vulgaris. Poyasi yo‘g‘on, bir yillik gullari va
mevalari yirik, o‘t o‘simlik. Eti qattiq, mazasi biroz taxir. Quruq yerlarda
o‘sishga moslashgan, xashaki tarvuz yem-xashak sifatida o‘stiriladi.
Bodring – Cucumis turkumiga 30 ta tur kiradi, o‘simlik turlari asosan
Afrika va Osiyoda tarqalgan. Ekiladigan bodring – C. sativus bir yillik, Vatani
Hindiston o‘lkasi sanaladi. Pishib yetilmagan mevasi iste’mol qilinadi.
Qovun— Melo. Mazkur turkum vakillari bir yillik, palakli o‘simlik.
278
Gajaklari oddiy. Gullari bir va ikki jinsli. Poyasi dag‘al va bargi dag‘al tuklar
bilan qoplangan. Urug‘chi guli changchi guliga nisbatan yirik.
Mevasi yirik, seret, xushbo‘y, suvli, shirin. Bu turkumga 10 tur mansub
bo‘lib, ularning turli navlari o‘stiriladi. Qovunlar Osiyoning tropik va subtropik
mamlakatlarida tarqalgan.
Qovun (Melo sativus) O‘rta va Kichik Osiyodan kelib chiqqan. Uning
xilma-xil navlari Markaziy Osiyo respublikalarida va Janubiy Qozog‘istonda
o‘stiriladi. Tarrak-M.flexiosus yoki pechak qovun yoki atir qovun—M.dudaim
xillari turli qit’alarda o‘stiriladi.
Qozonyuvgich— Luffa Kavkazda ekib o‘stiriladi. Mazkur turkum
vakillari bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasidagi gajaklari bilan ilashib
o‘suvchi gullari sariq, oq rangli. Mevasi cho‘ziq, uch uyali, quruq meva. Qozon
yuvgichlarning 7 turi ma’lum, 2 turi mochalka sifatida o‘stiriladi. Bunda
o‘simlik mevasidan tomirli tolali bog‘lamlarning qo‘pol to‘ri ajratib olinadi va
undan mochalka va yengil shlyapalar tayyorlanadi.
Quturgan bodring – Ecballium elaterium Qrim va Kavkazda o‘suvchi
begona o‘t bo‘lib, uning o‘ziga xosligi, mevalari pishib yetilganida meva
bandidan uzilib tushib, kuch bilan yopishqoq moddalari urug‘lari bilan
birgalikda otiladi.
Qovoqdoshlarning xo‘jalik ahamiyati. Qovoqdoshlar oilasiga mansub
o‘simliklar urug‘larida ko‘p miqdorda moy, tanasida achchiq glikozid va
alkaloidlar uchraydi. Mevalari ko‘p miqdorda qand, vitaminlar va organik
kislotalar saqlaydi.
Qovunlar eramizdan 500-600 yil muqaddam ekila boshlangan. Hozir
ularning yozgi va kuzgi navlari mavjud. Ular tarkibidagi qandning miqdori 6-
11% ga yetadi. Bodring o‘simligi mevasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tuzlab iste’mol
qilinadi. Amerikaning namli subtropik yerlarida tarqalgan. Meksika
bodringining og‘irligi 200-600 g keladi. Ular qovurilib ovqatga ishlatiladi.
Qovun, tarvuz, bodring va qovoq urug‘laridan ovqatga ishlatsa bo‘ladigan yog‘
279
olinadi. Qovoqlar mevasining tabobatchilikdagi ahamiyati ham katta.
Shifokorlar oshqozon-ichak kasalligi bilan kasallangan bemorlarga qovoqdan
tayyorlangan taomlar iste’mol qilishni tavsiya qiladilar. Qadimiy amerikaliklar
qovoqdan non sifatida foydalanganlar.
Hozir dunyoda qovoqlarning 100 dan ortiq navi o‘stiriladi. Yer yuzida
600 dan ortiq qovun navlari o‘stiriladi.
KAPERSLAR TARTIBI — CAPPERALES
Tartib 4 oilani birlashtiradi. Shulardan eng ahamiyatlisi krestguldoshlar
oilasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |