M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

74-rasm. Qoncho‘p (Chelidonium majus) 
 
Lolaqizg‘aldoq (Roemeria).  
Turkum  vakillari  bir  va  ikki,  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simliklardan  iborat. 
Barglari ikki qirrali patsimon. Chuqur qirqilgan. Tabiatda yovvoyi holda keng 
tarqalgan. 
Qizg‘aldoq (R. refracta). Qizil gultojbargli bir yillik o‘t o‘simlik. Mevasi 
dukkakchaga  o‘xshash  uzun  ko‘sak.  Gultojbarglarining  pastki  qismida 
qoradog‘larining bo‘lishi bilan ko‘knorilardan farq qiladi.
 
Ko‘knoridoshlarga oid o‘simliklarning ishlatilishi. Oila vakillarida oq va 
sariq rangli sutsimon shira bo‘lib, ularda kauchuk bo‘lmaydi. Shira tarkibi turli 
xil  alkaloidlardan  tashkil  topgan.  Bulardan  tashqari,  organik  kislotalar  va 
fermentlar,  glikozidlar  ham  uchrab  turadi.  O‘simlikning  urug‘idan  tashqari 


271 
 
boshqa organlari ham zaharli hisoblanadi. 
Ko‘knori gullilarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: 
Ko‘knorining yog‘ olinadigan kenja turkumi. Ularda sutnaylari taraqqiy 
yetmaydi. Mevasi kesilsa sutsimon shira oz miqdorda chiqadi. Urug‘ida 40-50 
%  yog‘  saqlaydi.  Opiy  olinadigan  ko‘knorilar.  Ularda  sutnaylari  yaxshi 
taraqqiy  etgan  bo‘lib,  sutsimon  shira  to‘planadi.  Mevasi  ko‘kligida  ko‘p 
miqdorda  sutsimon  shira  chiqadi.  O‘simlik  mevasida  1,5-2,5  %  alkaloidlar 
aralashmasi  bo‘ladi.  Ulardan  26  xil  alkaloid  ajratib  olingan.  O‘simliklardan 
ajratib  olingan  sutsimon  shirani  opiy  deyiladi.  Opiy  tarkibidagi  alkaloidlar  2-
20%  ni  tashkil  etadi.  Ulardan  ajratib  olingan  morfin,  kodein,  papaverin  va 
tebain  alkaloidlar  tibbiyotda  dori  sifatida  muhim  ahamiyatga  ega.  Ulardan 
tayyorlangan  dorilar  og‘riq  qoldirishda,  yo‘talga  qarshi,  me’da-ichak 
kasalliklari;  gipertoniya,  bronxial  astma  va  boshqa  kasalliklarni  davolashda 
ishlatiladi.  Lolaqizg‘aldoqning  tojbarglarini  xalq  tibbiyotida  qizamiq 
kasalligini davolashda keng ishlatiladi. 
 
TORONGULLILAR TARTIBI— POLYGONALES 
 
Torondoshlar oilasi — Polygonaceae 
Torongullilar  tarkibiga  bitta  oila  kirib,  u  oilada  30-35  turkum,  800  ga 
yaqin  turi  bor.  Bu  oila  vakillari  asosan  shimoliy  mintaqalarda  o‘sadi. 
O‘zbekistonda 7 turkumga oid 150 ga yaqin turi mavjud. Bu oilaga asosan o‘t, 
buta, tropik mintaqalarda daraxt o‘simliklar kiradi. Eng ko‘p tur xilma xilligini 
Markaziy  va  Janubiy  Amerikada  uchratish  mumkin.  Shimoliy  yarim  sharning 
tropik  mintaqalaridan  tashqari  bo‘lgan  joylarida  asosan  o‘tsimon  shakllarini, 
cho‘l zonasida esa butalarni uchratish mumkin. Barglari ketma-ket joylashgan, 
ikkita pardasimon yon barglari birikib o‘sib, poyani o‘rab olgan naychani hosil 
qiladi.  Gullari  mayda,  aktinomorf,  ikki  jinsli  yoki  bir  jinsli,  ko‘pincha 
murakkab  tuzilgan  ro‘vak,  shingil  yoki  boshoqsimon  to‘pgulga  yig‘ilgan. 


272 
 
Gulqo‘rg‘oni  oddiy,  ikki  qatorli,  oq,  yashil,  pushtirangli,  3-6  ta  tojbargli. 
Kosachabargli  gul  shamol  yordamida  changlanadigan  otquloqda  bo‘lsa, 
tojbargli  gul  torongulda  bo‘ladi.  Changchilari  6-9  tagacha,  ikkita  bargchadan 
tashkil topgan. Tugunchasi ustki, bir uyali.  
Mevasi ko‘pincha uch qirrali, yong‘oqcha, ko‘plarida gulqo‘rg‘oni bilan 
o‘ralgan,  bu  esa  ularning  asosan  shamol  yordamida  tarqalishiga  moslashgan. 
Urug‘ida unsimon endosperm rivojlangan. 
Torondoshlar oilasiga mansub o‘simliklarda ko‘p miqdorda antotsianlar, 
pigmentlar, flavonoidlar, antraglikozidlar, oshlovchi moddalar saqlanadi. 
Ayniqsa: tomir  dori  (P.amphibium),  suv qalampiri  (P. hudropirer),  qizil 
tasma (P.aviculare), toron (P.coriarum)lar tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Ulardan 
olingan moddalar turli kasalliklar qatori qon to‘xtatishda ishlatiladi. Xitoy yoki 
tangut  rovochi  (Rheum  palmatum  var.  tanguticum)  ko‘p  mamlakatlarda 
madaniy holda o‘stirilib, tibbiyotda ich yurishtirish sifatida sano bargi bilan bir 
qatorda ishlatiladi. 
Shovullar  (Rheum),  taram-taram  rovoch  (R.  undulatum),  qoradengiz 
rovochi (R. rhaponticum) sabzavot sifatida ekiladi. Ular qandolatchilikda ham 
ishlatiladi. 
Polygonum  turkumi  turli  hayotiy  shakli  280  tur  o‘simlikni  o‘z  ichiga 
oladi.  Gulining  formulasi:  *P
5
A
3+3
G
(2…3)
.  Toshkent,  Namangan,  Andijon, 
Samarqand,  Buxoro  viloyatlarda  haydalgan  yerlarda  va  yo‘l  yoqalarida  qush 
toron  (P.  aviculare)  o‘sadi.  Mazkur  bir  yillik,  mayda  bargli,  oqish  gulli 
o‘simlikning  dorivor  preparatlari  buyrak  kasalliklarini  davolashda, 
ginekologiya amaliyotida foydalaniladi. 
Ekiladigan  grechixa  (Fagopyrum  esculentum)  don  o‘simligi  sifatida 
ekiladi  va  keng  iste’mol  qilinadi  (75-rasm).  Ko‘pgina  torondoshlar  ser  asal 
o‘simliklardir. Grechixa balandligi o‘rtacha 60 sm ga etadigan qizg‘ish poyali, 
yuraksimon  nayzali  bargli  bir  yillik  o‘simlik.  Gullari  hidli  oq  yoki  pushti 
rangda  bo‘ladi,  gulining  formulasi:  *P
5
A
5+3
G
(3)
.  Changchilarining  asosida 


273 
 
nektardonlari mavjud. Mevasi yong‘oqcha, uch qirrali, jigarrang.  
Grechixa 
yormasi 
tarkibida 
temir,  kalsiy,  fosfor,  V
1
  va  V
2
,  oson 
o‘zlashtiriladigan 
oqsillar 
bo‘ladi. 
O‘simlik 
donidan 
tayyorlanadigan 
ovqatlar  qimmatli  parxezbop  taomlar 
bo‘lib 
hisoblanadi. 
Gullari 
va 
barglaridan 
esa 
rutin 
preparatlari 
olishda ishlatiladi. 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish