M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
75-rasm. Torondoshlar. Ekiladigan taron yoki grechixa (Fagopyrum esculentum). 
A - gulli novda, B - gul, V - gulning uzunasiga kesimi, G - urug‘chi, D - changchi, 
E, J - mevaning uzunasiga va ko‘ndalangiga kesimi. 
 
SHO‘RADOSHLAR OILASI – CHENOPODIACEAE 
 
Bu  oila  105  turkum  va  1600  ta  turni  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lib, 
o‘simliklarning hayotiy shakllari o‘t, buta, ba’zan daraxtlar bo‘lib, ular asosan 
Yer  sharining  cho‘l  va  chalacho‘l  joylarida  uchraydi.  Poyasi  odatda  deyarli 
bargsiz,  unsimon  qavatli.  Barglari  ketma-ket  joylashgan,  oddiy,  ba’zan 
judayam  sersuv,  etdor,  tangachalar  ko‘rinishigacha  reduksiyalangan,  yon 
bargchasiz.  Gullari  mayda,  ko‘rimsiz,  ro‘vak  yoki  boshoq  to‘pgullarga 
yig‘ilgan. Gullari aktinomorf, oddiy kosachabargli gulqo‘rg‘onidan iborat, ikki 
jinsli  yoki  bir  jinsli.  Changchilar  soni  5  ta,  urug‘chisi  bitta,  tuguncha  ustki, 
asosan  shamol  yordamida,  kam  hollarda  o‘z  o‘zidan  changlanish  kuzatiladi. 
Gulining  formulasi  *  R
5
A

G
(2..5)
.  Mevasi  yong‘oqcha.  Urug‘i  endospermli 
emas, balki perispermli. 
Sho‘radoshlar  oilasining  vakili  oddiy  lavlagi  (Beta  vulgaris)  ikki  yillik 
o‘simlik  bo‘lib,  vegetatsiyasining  birinchi  yili  tupbarg  va  ildizmevasini  hosil 
qiladi,  ikkinchi  yili  esa  balandligi  60-120  sm  keladigan,  ko‘p  bargli  poyani 


274 
 
hosil  qiladi.  O‘simlikning  gullari  uzun  boshoqsimon  to‘pgulga  yig‘ilgan. 
Gulining formulasi *R
5
A
5
G
(2..3)
. Gulqo‘rg‘oni oddiy, kosachabargli. Bir urug‘li 
mevalari  o‘zaro  qo‘shilib  o‘sib,  to‘pmevani  hosil  qiladi.  Qand  lavlagi 
(B.v.var.altissima)  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  uning  ildizmevasida 
23% gacha qand moddasi bo‘ladi.  
Qoragachin (Anabasis aphylla) balandligi 0,5 m ga yetadigan chala buta. 
O‘simlikning  barcha  qismi  zaharli,  5%  gacha  alkaloidlar,  asosan  anabazin 
alkaloidini saqlaydi. Mazkur alkaloid kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra nikotinga 
yaqin turadi. Nikotin kislotasining sintezi (RR), kordiamin va boshqa dorilarni 
ishlab chiqarishda dastlabki mahsulot bo‘lib hisoblanadi.  
Ushbu  oilaning  yana  bir  foydali  o‘simliklaridan  biri  bu  ismaloq 
(Spinacea  oleracea)  bo‘lib,  erta  bahorda  ovqatga  ishlatiladigan  sabzavot 
sifatida ekiladi. Bu o‘simlik bir yillik, avval 10 tadan 12 tagacha tupbarglarini 
hosil  qiladi,  so‘ng  esa  kam  bargli  poyasini  hosil  qiladi.  Ismaloqning  ayrim 
tuplarida  och  yashil  rangdagi  ro‘vaksimon  to‘pgullarida  changchi  gullari, 
boshqa  tuplarida  esa  barg  qo‘ltig‘ida  bandsiz  bo‘lgan  urug‘chi  gullari 
joylashadi.  Demak,  ismaloq  ikki  uyli  o‘simlik.  Ovqatga  ismaloq  tupbarglari 
qaynatilgan va xom shaklda ishlatiladi. 
 
HAMAMELILAR TARTIBI— HAMAMELIDALES 
 
Chinordoshlar oilasi — Platanaceae 
Bu oilaga faqat bitta chinor turkumi kiradi. Ularning ayrim turlari O‘rta 
Yer  dengizining  Sharqiy  qirg‘og‘idan  to  Ximolay  tog‘larigacha  tarqalgan. 
Sharq  chinori  (P.orientalis)  O‘rta  Osiyoda  yovvoyi  holda  uchrab,  daryo 
vodiylarida katta maydonlarni egallaydigan chinorzorlarni vujudga keltirgan. 
Bu oilaga po‘stlog‘i ko‘kimtir, kulrang, tasma-tasma bo‘lib to‘kiladigan, 
barglari  oddiy  daraxt  o‘simliklari  kiradi.  Guli  yumaloq  to‘pguldan  iborat,  bir 
jinsli,  gulqo‘rg‘oni  3,  4,  6  ta  gacha  a’zoli  bo‘ladi.  Changchi  gullarida  3-8  ta 


275 
 
changchisi, urug‘chi gullarida ham 3-8 ta urug‘chisi bor. Har qaysi urug‘chisi 
bitta mevabargdan iborat. Mevasi yong‘oqcha, chatnab yoriladi. 
Chinor  shox-shabbasi  kelishgan  ko‘rkam  daraxt  bo‘lgani  uchun, 
ko‘kalamzorlashtirish uchun ishlatiladi. Yog‘ochi qattiq bo‘lgani uchun mebel 
tayyorlashda ishlatiladi. 
 
QORAQAYINGULLILAR TARTIBI— FAGALES 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish