M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Tubulg‘idoshlar  oilasi  (Spiraeoidae).  Bular  oddiy  yoki  murakkab 
bargli,  ba’zan  yon  bargsiz  butalardir.  Gullari  mayda,  murakkab 
shingil  yoki  qalqon  to‘pgulda  joylashgan.  Gulo‘rni  yassi  yoki 
salgina  botiq.  Mevabargi  5  ta,  ba’zan  ko‘p  yoki  oz,  doirada 
joylashgan  bo‘lib,  gul  o‘rni  bilan  o‘ralmaydi.  Apokarp  tipida 
tuziladi,  ba’zan  osti  birikib  o‘sib  poychasigina  erkin  qoladi. 
Mevalari  to‘p  yoyma  meva,  tugunchalari  qo‘shilib  o‘sgan  taqdirda 
mevasi ko‘sakcha bo‘ladi. 
Bu  oilaga  O‘zbekistonning  to g‘larida  keng  tarqalgan  hamda 
manzarali o‘simlik sifatida ekiladigan tubulgi avlodi kiradi.  
Tubulgi  chiroyli  manzarali  va  asal  beruvchi  buta  o‘simlik  bo‘lib, 
O‘zbekiston  florasida  5  turi  uchraydi.  Bir  necha  turi  manzarali 
o‘simlik  sifatida  park  va  bog‘larda  ekiladi.  Bargi  chetannikiga 


283 
 
o‘xshash murakkab, chetancha ham shu oilaga kiradi. 
Itburundoshlar  oilasi  (Rosaideae)  Bular  buta,  yarim  buta,  o‘t  o‘simliklar 
bo‘lib,  poyasi  tikanaklar  bilan  qoplangan.  Gullari  chala  ostki,  tugunchali, 
mevabarglari  1 ta  yoki bir qancha  va  erkin  bo‘lib, bo‘rtgan  yoki botgan biroz 
cho‘ziq  gulo‘rnida  joylashgan.  Mevachasi  danakcha  yoki  pistacha  hamda 
yong‘oqcha  bo‘lib,  mevalari  murakkab  va  soxta  meva,  mevachalari 
chatnamaydi. 
Urug‘chisi  sal  ko‘tarilgan  va  bo‘rtgan  gultojlarda  o‘rnashgan- 
lariga  maymunjon  (Rubus),  qulupnay  (Fragaria),  g‘ozpanja  (Po-
tentilla) ,   tangacho‘p  (Alchimilla)  va  itburun  (Rosa)  avlodlari 
kiradi. 
 
Malina  avlodi  (Rubus).  Bu  avlod  juda  keng  tarqalgan,  turlarga 
nihoyatda  boy  buta,  chala  buta  yoki  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simlik  bo‘lib, 
ko‘pincha  poyasi  tikanaklar  bilan  qoplangan  bo‘ladi.  Gullari  ikki 
jinsli,  ba’zan  2  uyli,  chetdan  changlanadi.  Malinaning  22  turi 
bo‘lib,  ular  asosan  shimoliy  yarim  sharda  keng  tarqalgan,  O‘rta 
Osiyoda  daryo  vodiylarida  o‘sadi.  2  turi  R.  idaeus  va  R.  caesius 
yovvoyi holda O‘zbekistonda uchraydi. 
Malina  (Rubus  idaeus).  Bu  bachkisi  orqali  ko‘payuvchi, 
murakkab,  tasmasimon  bargli  chala  buta  bo‘lib,  poyasi  ignasimon 
tikanakchalar  bilan  qoplangan.  Gullari  mayda,  oq  tojbarglari 
kosachabarglaridan  qisqaroq.  Mevasi  qizil,  ba’zan  sariq  rangli, 
danakchali  to‘pmeva  bo‘lib,  gulqo‘rg‘on  o‘rnida  osonlik  bilan 
ajraladi.  Malina  yovvoyi  holda  Yevropada,  Kavkazda,  Sibirda, 
O‘rta Osiyoning shimolidagi tog‘larda o‘sadi.  
Maymunjon  (R.  caesius).  Bu  novdalari  yotib,  o‘ralib  o‘suvchi, 
poyasi  sertikanak,  barglari  yirik,  uch  bulakchali,  o‘rtadagisining 
bandi  yonidagilarinikidan  ancha  uzun,  gulli  chala  buta  bo‘lib, 
malinadan  qora  rangli  danakchali  shirin  mevasining  k o‘kish  mum 


284 
 
g‘uborlar  bilan  qoplanganligi,  gultojidan  ajralib  tushib  ketmasligi, 
hidsiz  bo‘lishi  bilap  far q  qiladi.  Bu  O‘rta  Osiyoda  ke ng  tarqalgan 
rezavor  butacha  bo‘lib,  tekislikda  ariq   va  kanal  bo’ylarida, 
tog‘larda  esa  jilg‘alarda,  tog‘yonbag‘irlarida  o‘sib,  chakalakzorlar 
tashkil qiladi.  
Zemlanika  avlodi  (Fragaria).  Bu  avlod  vakillari  popuk  ildizli, 
qisqa  ildizpoyali  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simlik.  Ildizpoyasidan  yer  ustiga 
yotib  o‘suvchi  uzun  novda  tanobchalar  chiqadi.  Tanobchalar 
tuproqda ko‘milib qolib, mustahkamlanib bo‘g‘imidan yangi to‘plar 
beradi.  Barglari  uzun  bandli va  uch b o‘lakchali,  bo‘lakchalari  asosi 
dumaloq  yoki  rombsimon  bo‘ladi.  Gullari  oq,  ikki  jinsli,  ba’zan 
ikki  uyli.  Mevasining  danakchalari  etli,  shirin,  qizil  rangli,  yesa 
bo‘ladigan,  gul  o‘rinda  botgan  holda  joylashgan  ho‘l  mevasimon 
ko‘p  danakchalardan  iborat.  Yovvoyi  holda  o‘sadigan  ikki  turi  (F. 
ananassa)  va  Virginiya  qulu pnaylari  (F.  Virginiana}  hamda  Chili 
qulupnayi  (F.  chiliensis)  ekiladi.  Ananas  qulupnayning  mevasi  qizil 
yoki  qizgish-oq  bo‘lib,  qayerdan  kelib  chiqqani  noma’lum. 
Virginiya  qulupnayi  qizil  mevali  bo‘lib,  vatani  Vir giniya 
hisoblanadi.  O‘zbekistonda  yovvoyi  holda  o‘sadigan  qulupnay 
turlari  uchramaydi.  Ekiladigan  shu  turlardan  oli ngan  gibridlar  F. 
grandiflora va F. ananassa turlarini bergan.   
G‘ozpanja avlodi (Potentilla). Bular ko‘p yillik, ba’zan bir yillik, ikki yillik 
yoki chala buta o‘simliklardir. Ularning poyasi tik yoki yer bag‘irlab o‘sadigan, 
ba’zan o‘rmalovchi va bug‘imidan yerga mustahkamlanuvchi bo‘ladi. Barglari 
uch  bulakchali,  panjasimon  yoki  patsimon.  Gullari  to‘g‘ri,  sariq  rangli,  qush 
kosachali.  Kosachabargi  5  tadan,  tojbargi  ham  5  ta,  ba’zan  4  ta.  Otaligi  ham, 
onaligi  ham  ko‘p.  Tugunchasi  ustki,  mevasi  to‘da  danakcha.  22  turi 
O‘zbekiston  florasida  uchraydi.  Bizda  keng  tarqalgan  turlariga  o‘rmalovchi 
g‘ozpanja  (P.  replans  )kiradi.  Bu  ko‘p  yillik,  yug‘on  ildizli,  poyasi  ingichka, 


285 
 
uzun  va  yotib  usuvchi,  bug‘imlaridan  yangi  novdalar  beruvchi,  yakka-yakka 
yirik  sariq  gullari  barg  qultig‘idan  chiqqan  o‘t  o‘simlik.  Pakana  beshbarg  (P. 
supina). Bu bir yillik yoki ikki yillik, poyasi nozik, yakka yoki bir qancha, buyi 
5—50 sm keladigan, barglari patsimon o‘simlik bo‘lib, ko‘proq sug‘oriladigan 
yerlardagi ariq; bo’ylarida o‘sadi. 
Na’matak  avlodi  (Rosa).  Bu  avlod  vakillari  poyasi  1—3  m,  tik  chiqqan, 
tikanaklar  bilan  qoplangan,  ba’zan  ilashib  o‘suvchi  buta  o‘simliklardir. 
Barglari toq patsimon, murakkab, yonbargli. Gul o‘rni ko‘zachasimon, yetilgan 
paytda  gipantiyi  yumshayadi  va  jigarrang, qo‘ng‘ir, to‘q  qizil yoki  olov  rang-
qizil,  sariq  tusga  kiradi.  Gullari  2  jinsli,  yirik,    oq,  pushti,  sariq  rangli, 
xushbo‘y,  qush  gulqo‘rg‘onli.  Kosacha  va  tojbarglari  5  tadan.  Otalik  va 
onaliklari  ko‘p.  Tugunchasi  ostki,  mevasi  soxta,  to’da  danakchali. 
O‘zbekistonda  17  turi  uchraydi.  Bundan  tashqari,  O‘zbekistonda  yana  5  turi 
ekiladi.  
Bizda  ko‘proq  guli  pushti,  gipantiyi  to‘q  qizil,  uzunligi  2-3  sm, 
tuxumsimon, 
baquvvat 
yirik 
buta 
Fedchenko 
na’matagi  (R. 
Fedtchenkoana),  guli  sariq,  gipantiyi  sharsimon,  gulining  diametri 
1—1,5  sm,  jigar  rang-qora  bejirim  buta  itburun  (R.  Canina)  hamda 
gipantiyi 
mayda, 
sharsimon, 
diametri  1  sm  dan  oshmaydigan, 
qoramtir-qizil  rangli  kichikroq  buta 
(R.  beggeriana)  keng  tarqalgandir 
(77-rasm).  Ular  tog‘li  rayonlarda, 
chakalakzor  tashkil  qiladi.  Itburun 
turlari 
osonlik 
bi lan 
o‘zaro 
chatishadi.  Shu  xilda  olingan  ba’zi 
gibridlari,  atirgul  sifatida  qadim 
vaqtlardan  beri  ekilib  kelmo qda. 
Atirgulning 600 dan ortiq navi bor.
                     
77-rasm. It burun  (R. Canina)
 


286 
 
Olmadoshlar  oilasi  (Pomoidea).  Bu  oilaning  vakillari  daraxt  va  buta 
o‘simliklardir.  Ularning  barglari,  ko‘pincha,  oddiy,  ba’zan  murakkab,  tushib 
ketadigan,  yonbargli,  gulkosabargi  ham,  gultojbargi  ham  5  tadan.  Otaligi 
odatda 20 va undan ortiq. Tugunchasi  ostki. Mevabarglari 2—5 ta, ba’zan 1 ta 
bo‘lib,  hap  qaysi  mevabargda  1  yoki  bir  qancha  urug‘kurtak  bo‘ladi.  Gul 
o‘rinda  botiq meva-barglari gulning etli o‘zagi bilan qo‘shilib o‘sadi.  Natijada 
etli  soxta  olmasimon  meva  hosil  qiladi.  Mevasining  uchida  kosacha  qoladi. 
Bu oilachaga olma, nok, behi, chetan, do‘lana, irg‘ay va boshqa avlodlar 
kiradi. 
 Olma avlodi (Malus).  Bu  avlod  vakillari  barglari  oddiy,  bandi  butun, 
ko‘pincha  har  xil  oval  shakllarda,  ostki  tomon  tukli,  chetlari  arrasimon 
tishli,  yonbargi  tushib  ketadigan  o‘simliklardir.  Ularning  gullari  yirik, 
to‘g‘ri, qo‘sh gulqo‘rg‘onli, kichikroq bo‘lib, 
siyrak  guli  soyabon  to‘pgul  hosil  qiladi. 
Kosabargi ham, tojbargi ham 5 tadan. Mevasi 
soxta (78-rasm).  
Nok  avlodi  (Pirus).  Bular  daraxt  va  buta 
o‘simliklar  bo‘lib,  ba’zi  shoxlari  ko‘pchilik 
turlarida  uzun  tikanga  aylangan.  Barglari 
oddiy, uzun bandliyon- bargli. Gullari to‘g‘ri 

jinsli 
qush 
gulqurg‘onli 
bo‘lib, 
qalqonsimon 
to‘pgulda 
joylashadi. 
Gultojbargi 5 ta, rangli, otaligi ko‘p.  

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish