M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

(R. 
Pseudoacacia). 
Bu 
novdasi 
tikanli, 
qurg‘oqchilikka  va  sovuqqa  chidamli,  gullari  yirik  va  xushbo‘y 
hidli  daraxt.  O‘rta  Osiyoda  qariyb  100  yil  muqaddam  ekila 
boshlagan.  


294 
 
GULXAYRISIMON TARTIBI-MALVALES 
 
Bu tartibga, asosan daraxt o‘simliklar, kamroq o‘tsimon vakillari kiradi.       
Bu  o‘simliklar  asosan  yer  yuzining  tropik  va  mo’tadil  iqlimli  mamlakatlarda 
o‘sadi.  Barglari  navbat  bilan  joylashgan,  yonbargchalari  ham  bo‘ladi.  Gullari 
aktinomorf, odatda ikki jinsli, va qo‘sh gulqurg‘onlidir. Kosachabarglari tutash 
bargchali,  aksariyat  vakillarida  3-5  gulyonbargchalaridan  iborat  ost  kosachasi 
ham mavjud. Gultojbarglari ayrim tojbargli.  
Bu  tartibga  kiruvchi  gulxayridoshlar  va  jo‘kadoshlar  oilalari  bilan 
tanishib chiqamiz. 
 
Gulxayridoshlar oilasi -Malvaceae 
         Gulxayridoshlar  oilasiga  o‘t,  buta  va  daraxtlar  o‘simliklari  kiradi. 
Barglari  oddiy,  uzun  bandli,  butun  yoki  o‘yilgan,  panjasimon  tomirlangan. 
Gullari  barg  qo‘ltig‘idan  yoki  shoxlarining  uchidagi  to‘pgullarda  to‘planadi, 
aktinomorf,  ikki  jinsli,  yirik  va    uzun  bandli,  qo‘shgulqo‘rg‘onli, 
kosachabarglari  5  ta,  qo‘shilib  o‘sgan,  odatda  3  ta  bargchadan  iborat,  ostki 
kosachali.  Gultoji  5  ta,  qo‘shilib  o‘smagan.  Changchilari  ko‘p  bo‘lib,  ikki 
doirada joylashadi. Tashqi doirada 5 ta changchi bo‘lib, reduksiyalangan, ichki 
doirasidagi  changchilari  esa  cheksiz  sonda  bo‘ladi.  Bu  oila  vakillarining 
changchilari iplari qo‘shilib o‘sib  urug‘chini o‘rab olgan naychani hosil qiladi. 
Urug‘chisi uch  va undan  ko‘p  mevachi barglardan tashkil topgan,  tugunchasi 
ustki,  tojibarglarning  asosida  nektardonlar  mavjud.  Mevalari  quruq,  ko‘p 
urug‘li ko‘sakchalardan yoki bitta urug‘li yong‘oqchalardan iborat. Gulxayrilar 
oilasiga  kiradigan  o‘simliklarning  ayrim  turlari  amaliy  jihatdan  katta 
ahamiyatga ega. Masalan g‘o‘za avlodi. 
     G‘o‘za  avlodi  -  Gossypium  bu  avlod  vakillarining  asli  Vatani  Amerika, 
Afrika va Osiyoning tropik mintaqalari hisoblanadi. G‘o‘za o‘z Vatanida ko‘p 
yillik  daraxt  va  buta  o‘simliklardir.  Bizning  sharoitda  esa  bir  yillik  o‘simlik. 


295 
 
Bir yillik vakilarining o‘q ildizi yaxshi rivojlangan, yerga chuqur kirib boradi, 
poyasi tik o‘suvchi, shoxlanishi monopodial va simpodial, har bir bo‘g‘imidagi 
barg  qarshisida  shona  hosil  bo‘ladi.  Shona  avval  gulga,  so‘ngra  ko‘sakka 
aylanadi.  Barglari  oddiy,  uzun  bandli,  yirik  3-5  bo‘lakli  va  yon  bargchali 
bo‘ladi.  Gullari  yirik,  qo‘shqo‘rg‘onli,  kosacha  barglari  qo‘shilib  o‘sgan.  5 
tishli,  gultojbargi  5  ta,  erkin,  faqat  ost  tomoni  biroz  tutashgan.  Gulining 
ochilish muddati atigi bir kun. Ertalab gultojining rangi sariq, kechga yaqin esa 
binafsha  tusga kiradi.  Changchilari ko‘p sonli, ikki  doirada  joylashgan  bo‘lib, 
changchi  iplari  qo‘shilib  urug‘chini  o‘rab  olgan.  Ginetsiysi  senokarp, 
tugunchasi  ustki  3-5  uyali.  Ko‘sagi  ichida  uzun  va  qisqa  tolalar  bilan  qalin 
bo‘lib  qoplangan  dumaloq,  yirik  bir  qancha  urug‘lar  mavjud.  Paxta  tolasi 
qancha  uzun  bo‘lsa  shuncha  qimmatbaho  bo‘ladi.    G‘o‘za  yovvoyi  holda 
Yevropadan  tashqari  hamma  qit’alarda  o‘sadi.    Madaniy  3  turi:  oddiy  g‘o‘za, 
misr  g‘o‘zasi,  jaydari  g‘o‘za  mavjud  bo‘lib,  undan  turli  navlar  olinib  ekib 
o‘stiriladi.   
     Gulxayri  avlodi  Althaea  -  bir  yillik  va  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simliklar.  Barglari 
oddiy, panjasimon, bo‘lakchali, ost kosachasi 6-9 bargchali. MDH florasida 42 
turi , O‘zbekistonda 7 turi uchraydi.  
       Dorivor  gulxayri  (gulibaxmal)  -  Althaea  officinalis    poyasi  tik  o‘suvchi, 
namatdek yumshoq, yulduzsimon tukchalar bilan qoplangan, gullari och pushti 
yoki oqimtir, hidsiz ko‘p yillik o‘simlik.  To‘qay va zah yerlarda o‘sadi. Ildizi 
tibbiyotda balg‘am ko‘chiruvchi dori vositasi sifatida qo‘llaniladi.  
       Oq  gulxayri  -  Althaea  rosea  bo‘yi  1-1,5  m  li  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simlik.  
Gullari  yiriklikligi  bilan  farq  qiladi.  Asosan  tog‘  etaklarida  o‘sadi.  Manzarali 
o‘simlik sifatida  ekib  o‘stiriladi.  Gullarida  shilimshiq va oshlovchi  moddalari 
mavjudligi  sababli  tibbiyotda  og‘iz  va  tamoq  chayishda, 
primochkalar
 
quyishda ishlatiladi. 
       Tugmachagul  –  Malva  bu  avlodga  bir  yillik  va  ko‘p  yillik  o‘tsimon 
o‘simliklar  kirib,  MDH  florasida  20  turi  uchraydi.  O‘rmon  tugmachaguli- 


296 
 
Malva  silvestris  bir  yillik  o‘t  o‘simlik  bo‘lib,  poyasi  dag‘al  tuklar  bilan 
qoplangan.  Barglarining  bandlari  uzun,  barg  plastinkasi  yumaloq-yuraksimon, 
gullari  gulobi  rangli, uzun gulbandlarda  barg qo‘ltiqlarida    joylashgan.  Bu  tur 
Yevropaning o‘rta va janubiy  mintaqalarida tarqalgan. Gullari xalq tabobatida 
tomoq og‘riqlarida yumshatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. 
       Gulxayridoshlar  oilasiga  kiradigan  g‘o‘zadan  tashqari  tolali  o‘simliklar 
qatorida kanop va dag‘al kanop kabi o‘simliklar ham mavjud.  
        Kanop - Hibiscus cannabinus bir yillik tolali o‘simlik. Barglari yirik, besh 
bo‘lakchali bo‘ladi. Vatani Hindiston, ammo hozirgi kunda O‘zbekistonda ham 
ekiladi. Kanopning lub tolasidan dag‘al gazlamalar to‘qiladi.  
        Dag‘al kanop - Abutilon theophrasti bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi sertuk, 
bargi  yirik,  barg  plastinkasi  butun,  yuraksimon.  O‘rta  Osiyoda  sug‘oriladigan 
ekinlar orasida yovvoyi holda o‘sadi.                                      
 
Jo‘kadoshlar oilasi-Tiliaceae 
Bu  oilaga  yer  yuzining  tropik  va  mo’tadil  iqlimli  mintaqalarda 
o‘sadigan,  ko‘pchiligi  daraxt  va  ba’zi  o‘tsimon  vakillari  uchraydi.  Barglari 
butun yoki bo‘lakli oddiy barg. Gullari besh a’zoli, ikki jinsli yoki bir jinslilari 
ham  uchraydi.  Gullari  dixaziy  to‘pgul  tipida  bo‘lib,  gulyon  qanotchasi 
qo‘shilib  o‘sgan.  Otaliklari  ko‘p  sonli,  chang  iplari  erkin.  Aynan  shu  belgisi 
bilan  gulxayridoshlar  oilasidan  farq  qiladi.  Onaliklari  3-5  ta  mevachi 
barglardan  iborat,  tugunchasi  ustki,  gullari  entomofil  changlanadi.  Mevasi 
ko‘sakcha yoki bir urug‘li yong‘oqcha. Urug‘lari endospermli.   
Bu  oilaning  eng  muhim  avlodi  Jo‘ka  avlodidir.  Bu  avlodga  kiradigan 
daraxt va butalar shimoliy yarim sharning mo’tadil iqlim mintaqalarida o‘sadi. 
MDH florasida 10 ta turi uchraydi. Asosan Yevropa, Kavkaz, G‘arbiy Sibir va 
Uzoq Sharqda tarqalgan.  
Yuraksimon  jo‘ka  -  Tilia  cordata  Mill  yirik  shox  shabbali  daraxt  (81-
rasm).  Gullashi  bizning  sharoitda  may-iyun  oylarida.  Gullari  besh  a’zoli 


297 
 
kosacha  va  tojbarglardan  iborat.  Changchilari 
cheksiz,  urug‘chi  tugunchasi  ustki,  besh  xonali, 
ikki urug‘kurtakdan iborat.  
Gullari yoqimli hidga ega bo‘lib, asalarini o‘ziga 
jalb qilib sifatli asal shirali o‘simlik hisoblanadi. 
Tibbiyotda 
quritilgan 
jo‘ka 
gullarining  
damlamasidan    peshob  haydovchi,    terlatuvchi 
va tamoq chayishda qo‘llaniladi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish