81-rasm. Yuraksimon jo‘ka-Tilia cordata Mill
Mirtalilar tartibi (Myrtales)
Bu tartibga daraxt va butalar kirib, ularning barglari hujayralararo efir
saqlovchi bezchalarga boy bo‘ladi. Gullari birikkan tojibargli, odatda to‘g‘ri, 4
a’zoli, gul o‘rni botiq, tuguncha pastki, ginetseyi (onalik) sinkarpli. Bu oilaga
kiruvchi Mirtadoshlar oilasi bilan tanishib chiqamiz.
Mirtadoshlar oilasi (Myrtaceae)
Mirtadoshlar oilasiga tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadigan daraxt
va butalar kiradi. Barglari yon bargchasiz, butun. Gullari ikki jinsli, ajralgan
tojibargli. Urug‘chisi 2-5 yoki ko‘plab mevabargchalarning qo‘shilishidan hosil
bo‘lgan. Urug‘lari endospermsiz. Oilaga chang donachasining yuqori sterilligi
xos, bu esa uning gibridli kelib chiqishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |