M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
F A N G A   K I R I S H   V A    
R I V O J L A N I S H   T A R I X I  
Tabiatdagi  hamma  tirik  mavjudotlarning  hayotini  yashil  o‘simliklarsiz 
tasavvur etish qiyin. 
Atrofga  diqqat  bilan  nazar  tashlasak,  hamma  yoqda  o‘simliklardan 
tayyorlangan narsa, buyumlarni ko‘rishimiz mumkin.  
O‘simliklar  inson  salomatligi  uchun  zarur.  Kishilar  hayotida 
o‘simliklarning tutgan o‘rni beqiyosdir.  
Mamlakatimizda  o‘simliklar dunyosi –  bebaho boylik,  bularning  hammasi 
bizning,  halqning  boyligidir.  Ana  shular  sabab  biz  ularga  ehtiyotkorlik  bilan 
yondashamiz, o‘rganamiz.  
Botanika  fani  o‘simliklar  olamini  har  tomonlama  o‘rgatadigan  fan. 
Botanika  atamasi  yunonchadan  olingan  bo‘lib,  «botane»  -  ko‘kat, 
sabzavot degan ma’noni bildiradi. 
Botanika  fani  mustakil  fan  sifatida  biologiyaning  tarkibiy  qismiga 
kiradi.  Biologiya  esa  tirik  tabiatni  (o‘simlik  va  hayvonot  olamini) 
o‘rganadigan  fan.  Biologiya  atamasi  ham  yunonchadan  olingan  bo‘lib, 
«bios» — xayot va «logos»—ilm degan ma’noni bildiradi. 
Umumiy  biologiya  —  o‘simlik  bilan  xayvonot  olamiga  tegishli 
bo‘lgan umumiy hodisa hamda qonuniyatlarni o‘rganadi. 
O‘simliklarning  ishlatilishi  va  ular  to‘g‘risidagi  malumotlar  juda 
qadim zamonlardan boshlangan. 
Eramizdan  20  ming  yil  ilgari  qadimgi  g‘orlarda  yashagan  odamlar 
o‘simliklarni  tabiatdan  ajratib,  oziq-ovqat,  dorivor  modda  sifatida 
ishlatganlar. Foydali o‘simliklarni zararlilaridan ajratganlar. 
Hayot  rivojlana  borgan  sari  o‘simliklarga  bo‘lgan  ehtiyoj  ham  orta 
borgan. Natijada, odamlar o‘z ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan o‘simliklarni 
o‘stira  boshlaganlar.  Shu  tariqa  o‘simliklar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar 
chuqurlashib, kengayib borgan. 



 
Eramizdan 

ming 
yil 
ilgari 
Shveysariyadagi 
arxeologik 
qazilmalardan  bug‘doy,  arpa,  no‘xot,  olma,  zig‘ir  kabi  o‘simliklarning 
urug‘lari topilgan. Bundan tashqari mazkur qazilmalarda to‘qimachilikda 
va bug‘doyni yanchishda ishlatiladigan asboblar ham kuzatilgan. 
Eramizdan  4  ming  yil  ilgari  yuqorida  keltirilgan  o‘simliklardan 
tashqari  smola  beradigan  daraxtlar  ma’lum  bo‘lgan.  O‘sha   davrda 
smolalardan 
murdalarni 
balzamlashda 
foydalanganlar. 
Dorivor 
o‘simliklardan  gorchitsa,  dengiz  piyozi,  kunjut  va  boshqalar  ma’lum 
bo‘lgan. 
Eramizdan  2  ming  yil  oldin  qadimiy  Xitoy  va  Hindistonda  sholi, 
bug‘doy,  g‘o‘za,  choy,  shakarqamishlar  bilan  bir  qatorda  dorivor 
o‘simliklardan  rovoch  va  toshkuyalar  ishlatilgan.  Qadimgi  Gretsiyada 
eramizdan V — IV asrlarda dorivor o‘simliklarni yig‘ish va sotish ishlari 
yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan.  O‘sha  davrda yashagan  shifokor Gippokrat 200 
dan ortiq dorivor o‘simliklarni aniqlab bergan. 
Botanika  fanini  boshlangan  negizlari  eramizdan  oldingi  IV-III 
asrlarda  yashagan  grek  klassiklari  Aristotel  va  uning  shogirdi 
Teofrastning  asarlari  orqali  bizgacha  yetib  kelgan.  Mashhur  grek 
faylasufi va tabiatshunos olimi Aristotel (e.a. 384-322 yy.) o‘simliklarni 
o‘rganish va ko‘paytirish bilan shug‘ullangan. U o‘zining «O‘simliklarni 
tekshirish»,  «O‘simlik  sirlari»  kabi  asarlarida  o‘simliklarning  geografik 
tarqalishiga ham katta e’tibor beradi. 
Aristotelning  shogirdi  Teofrast  (e.a.  371-286  yy.)  o‘z  ustozining 
ishini  davom  ettirdi,  o‘rgandi  va  o‘zining  klassifikatsiyasini  yaratadi. 
Uning  «O‘simliklar  tarixi»  degan  kitobida  450  yaqin  o‘simlikka  ta’rif 
berilgan.  Teofrast  barcha  o‘simliklarni  daraxt,  buta,  chala  buta  va  o‘t 
o‘simliklar  guruhlariga  bo‘ladi.  U  o‘simliklardan  foydalanishiga,  ularni 
sun’iy  sharoit  ta’sirida  o‘zgartirishga,  o‘simliklarni  madaniylashtirish 
usuliga, meva va sabzavotlar hosilini oshirishga alohida e’tibor beradi. 



 
Teofrast asarlarida o‘simliklar juda keng va har tomonlama yoritilgan. 
Shuning  uchun  ham  bu  o‘tkir  didli,  idrokli  tabiatshunos  olimni 
ko‘pchilik olimlar «botanika fanining asoschisi» deb hisoblaydilar. 
Eramizdan  avvalgi 
7923
  yillarda  yashagan  rim  olimlaridan  Pliniy 
«Tabiat  tarixi»  degan  9  tomlik  asarining  6-tomini  o‘simliklarga 
bag‘ishladi.  U  o‘z  asarida  tahminan  1000  ga  yaqin  o‘simlik  turini 
tasvirladi.  Pliniy  bunda  asosan  dorivor  o‘simliklar  va  30  ta  olma  navini 
ta’riflash bilan cheklandi. Rimda yashagan Pliniy zamondoshlaridan biri 
Dioskarid o‘zining «Dorivor  moddalar»  deb  nomlangan kitobida  dorivor 
o‘simliklarni 600 ga yaqin turi haqida yozib, ulardan 400 tasini qisqacha 
ta’rifladi.  Bu  o‘simliklarning  hayot  tarzi  va  tarqalgan  yerlarini  bayon 
qildi.  Dioskaridning  asari  botanika  va  tibbiyot  tarixida  muhim  o‘rin 
tutadi. 
O‘rta  asrning  feodal  tuzumi  xukmronlik  qilgan  og‘ir  yillarda  hamma 
fanlar  qatori,  botanika  fani  ham  vaqtincha  rivojlanmay  to‘xtab  qoldi. 
Vaqt  o‘tishi  bilan  eski  tuzum  yemirilib,  botanika  fani  yana  rivojlana 
boshladi.  Bunda  Sharq  tabobatining  yirik  olimi  Abu  Ali  ibn  Sinoning 
botanika  fanining  rivojlanishida  hissasi  juda  katta  bo‘ldi.  Uning  1020 
yilda nashr etilgan «Al qonun fit tib», ya’ni «Tib qonunlari» nomli besh 
jildlik  asari  botanika  fanining  taraqqiy  etishiga  asosiy  turtki  bo‘ldi.  Ibn 
Sino  bu  asarida  o‘zining  ko‘p  yillik  tajribalari  va  kuzatuvlarini  to‘la 
bayon etdi. Asarning ikkinchi qismi dori-darmon sifatida qo‘llaniladigan 
o‘simlik, xayvon va mineral moddalarga bag‘ishlanadi. Bu bo‘limda 400 
dan  ortiq  dorivor  o‘simlik  turlari  ta’riflanib,  ularning  shifobaxsh 
xususiyatlari keng ko‘lamda yoritildi. 
Buyuk  olim  Abu  Ali  ibn  Sinoning  ajoyib  kashfiyotlari  Yevropaning 
barcha  dorilfununlarida  shifokorlar  uchun  tibbiyotda   asosiy  qo‘llanma 
bo‘lib  keldi.  Uning  lotin  tiliga  tarjima  qilingan  «Al  -  qonun»  asari  40 
martaga yaqin chop etilgan. 



 
Botanika  bog‘i  dastlab  1303  yili  Italiyada  barpo  qilindi.  Shu  davrga 
kelib,  dorilfununlar  va  ayrim  shaxslar  tomonidan  turli  joylarda  dorivor 
o‘simliklar  bog‘lari  tashkil  etildi.  Ularning  bir  nechtasi  keyinchalik 
mashhur  va  ilmiy  jihatdan  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  botanika 
bog‘lariga aylantirildi. 
Andrea  Sezalpin  1583  yilda  «O‘simliklar  haqida  16  kitob»  nomli 
asarini  chop  etdi.  U  o‘z  asarida  o‘simliklarning  1500  turini  tasvirladi. 
Asarda  tasvirlangan  o‘simliklarning  yarmidan  ko‘pi  olimga  tegishli. 
Olim  har  qaysi  o‘simlikning  yangi  turini  qisqacha  ta’riflab,  o‘simliklar 
bir butun organizm degan g‘oyani ilgari surdi. 
Sezalpin  o‘simliklar  dunyosini  15  ta  sinfga  bo‘ladi.  Bu  o‘simliklar 
yana o‘z navbatida ikkita bo‘limga ajratiladi: 
1. 
Yog‘ochli o‘simliklar (daraxt va buta). 
2. 
Chala buta va o‘t o‘simliklar. 
Sezalpin  o‘simliklar  dunyosining  sistemasini  tuzishda  meva  va 
urug‘lar sonini hamda murtak tuzilishini asos qilib oldi. 
Sezalpin  o‘simliklarning  ayrim  muhim  morfologik  to‘zilishiga  qarab 
sistema tuzgan bo‘lsa ham, lekin uning sistemasi sun’iy hisoblanadi. 
Sezalpin sistemasi sun’iy bo‘lishiga qaramay, uning ajratgan ba’zi bir 
sinflari  hozirda  mavjud  bo‘lgan  tabiiy  guruhlarga  to‘g‘ri  keladi. 
Masalan,  X  sinfga  mo‘ljallangan  o‘simliklar  govzabondoshlar  va 
labguldoshlar  oilasidan  tashkil  topgan  bo‘lsa,  XI  sinfga  mo‘ljallangan 
o‘simliklar  faqat  murakkabgullilar  oilasidan  iborat.  Lekin  VII  sinfga 
atirgullilar  bilan  ituzumdoshlar  oilasi  kiritilgan  bo‘lib,  oilalar,  bir -
biridan keskin farq qiladi. 
Sezalpin  sistemasi  sun’iy  sistema  bo‘lishiga  qaramay,  u  juda  katta 
tarixiy  ahamiyatga  ega.  Chunki,  ana  shu  vaktdan  boshlab  tabiatda 
o‘rganilgan  o‘simliklarning  shu  singari  umumiy  sistemasini  yaratishga 
katta e’tibor berildi. 


10 
 
XVI  asrdan  boshlab  har  xil  kasalliklarni  giyohlar  bilan  davolash 
ishlari keskin tus oldi. Shuning uchun giyohlar bilan shug‘ullanadiganlar 
bir  muncha  ko‘paydi  va  giyohnomalar  chop  etildi.  Giyohnomalarda 
asosan dorivor o‘simliklar tasvirlandi, ularning turli maxalliy noml ari va 
rasmlari  berildi,  foydalanish  yo‘llari  ko‘rsatildi.  1532  yilda  birinchi 
giyohnoma  Strasburgda  Otto  Brufels  tomonidan  chop  etildi.  Shundan 
so‘ng  g‘arbiy  Yevropada  juda  ko‘p  giyohnomalar  ham  chop  etila 
boshladi. 
Lekin  giyohnomalarda  ko‘rsatilgan  o‘simliklar  ma’lum  bir  tartibga 
solinmagan  bo‘lib,  ular  ishlatilishiga  yoki  foydali  hamda  zararli 
belgilariga qarab guruhlarga bo‘lingan edi. 
Teran  bilimli,  shved  botaniklaridan  biri  Kaspar  Baugin  (1560 —1624) 
o‘zining qirq yillik ishi davrida 6 ming o‘simlik turini tanqidiy ravishda 
ko‘zdan 
kechirdi, 
ularni 
aniq 
qilib 
tasvirladi, 
nomlaridagi 
chalkashliklarni  bartaraf  qildi.  O‘sha  davrda  botaniklar  orasida 
o‘simliklarga  nom  berish  borasida  birdamlik  yo‘q  edi.  Shuning  uchun 
ham  bir  tur  o‘simlik  bir  necha  nomga  ega  bo‘lib  qolardi.  K.Bauginning 
maqtovga  sazovor  yana  bir  ishi  shundan  iborat  ediki,  u  har  xil  sinonim 
nomlar  chigalini  iloji  boricha  bartaraf  etishga  urinardi,  boshqalarga 
nisbatan  o‘simlik  turlarini  qisqa  va  aniq  nom  bilan  aytishga  harakat 
qilardi. 
U  o‘simliklarni  avlodlarga  ajratib,  tur  va  ko‘rinishlarini  avlodga 
bo‘ladi. Avlodlar asosan bir nom bilan, tur esa bir necha so‘zdan tarkib 
topadi.  Lekin  avlod  va  tur  bir  so‘zdan  tarkib  topgan  va qtlarda  u  binar 
nomenklatura  (qo‘sh  nom)  bilan  atalar  edi.  Shunday  qilib,  dastlab 
sistematikaga K.Baugin tur va turkum tushunchasini kiritgan. 
Birinchi  marotaba  ingliz  botaniklaridan  Jon  Rey  (1623 —  1703) 
o‘simliklar  olamini  sporali  va  gulli  o‘simliklarga  bo‘lib,  gullilarni  bir 
pallalilar  va  ikki  pallalilarga  ajratdi.  Jon  Rey  o‘simliklar  olamini  38 


11 
 
sinfga  bo‘ldi  va  sistematikaga  «tur»  atamasini  kiritdi.  Ekish,  o‘stirish 
natijasida turni o‘zgartirish mumkinligi to‘g‘risida mulohaza yuritdi. Jon 
Rey ta’rifiga ko‘ra tur ma’lum bir urug‘dan chiqadigan, o‘zaro nasl bera 
oladigan va o‘xshashligini saqlaydigan individlar yig‘indisidan iboratdir. 
K.Baugin  kabi  Jon  Rey  ham  avlod  bilan  turni  ikki  so‘z  bilan 
ifodalashga harakat qildi. 
XVII  asrda  ingliz  fizigi  R.  Guk  tomonidan  mikroskop  ixtiro  qilinib, 
birinchi  marta  o‘simlikning  ichki  tuzilishi  ko‘rildi  va  o‘simlik  tanalari 
katakchali  hujayralardan  tuzilganligi  aniqlandi.  Natijada  o‘simliklarning 
ichki  tuzilishi  o‘rganila  boshlandi.  1671  yilda  Malpigi  o‘simliklarning 
ichki  tuzilishini  o‘rganib  Londondagi  qirol  saroyida  «O‘simliklar 
anatomiyasidan» ma’ruza qildi. 
O‘simliklarning  tashqi  tuzilishi  makromorfologik  jihatdan  keng 
miqyosda  o‘rganilayotgan  bir  vaqtda  Malpigi  o‘simliklarning  ichki 
tuzilishi — mikromorfologiyasini o‘rganishni boshlab, botanika fanining 
tez  rivojlanishiga  katta  turtki  bo‘ldi.  Fizika,  matematika  fanlari 
rivojlanib,  o‘lchov  asboblari  bilan  ishlash  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilishi 
munosabati  bilan  to‘qimalar  ichida  sodir  bo‘ladigan  fiziologik 
hodisalarni tekshiradigan tajribalar o‘tkazishga zamin tayyorladi. 
1800  yilda  shvetsariyalik  olim  Jan  Seneb’e  (1742  –  1809)  o‘simliklar 
fiziologiyasi  terminini  tavsiya  etdi  va  shu  yildan  boshlab  o‘simliklar 
fiziologiyasi mustaqil fanlar qatoridan o‘rin oldi. 
O‘simliklar fiziologiyasi faniga oid eksperimental tajriba ishlari XVII 
asr  boshlarida  o‘tkazila  boshlagan.  Gollandiyalik  olim  Van  –  Gelmont 
(1577-1644)  o‘simliklar  massasi  nima  hisobiga  va  qanday  hosil  bo‘lishi 
to‘g‘risida  tajriba  o‘tkazdi,  uning  natijalariga  va  olingan  dalillarga 
asoslanib,  o‘simliklar  faqat  suv  hisobiga  o‘sadi  va  rivojlanadi  degan 
xulosaga keladi va o‘zining “Suv nazariyasi” ni taklif etadi.  
Keyinchalik  Rossiya  agronomiyasiga  asos  solgan  A.T.Bolotov  (1738 


12 
 
– 1833) va I.M.Komov (1750  – 1792)  lar  “Suv nazariyasini” inkor etib, 
o‘simliklarning  o‘sishi  va  rivojlanishida  organik  va  mineral  elementlar 
zarur  ekanligini  o‘tkazilgan  tajribalar  natijasida  asoslab  berdilar.  Van 
Gelmontning  “Suv  nazariyasini”  italiyalik  olim  Marchelo  Marpigiy 
(1628 – 1694) o‘tkazgan tajribalariga asoslangan holda inkor etdi.  
O‘simliklar  fiziologiyasi  fanining  rivojlanishida  ingliz  olimi  Steven 
Gels (1677-1761) ham salmoqli hissa qo‘shdi. U o‘z tajribasida o‘simlik 
tanasidagi  shiralarning  tezligini,  ildiz  bosim  kuchi  va  barglarda  shimish 
kuchi mavjudligini aniqlagan.     
Van  Gelmontdan  so‘ng  ingliz  kimyogari  Pristli  tajriba  o‘tkazib 
hayvonlarning  nafas  olishi  va  moddalar  yongan  paytda  chiqqan  havoni 
o‘simliklar «tozalashini» aniqladi. Shundan so‘ng gollandiyalik shifokor 
Ingenxa  bu  hodisa  o‘simliklarning  yashil  qismida  yorug‘lik  ishtirokida 
yuzaga kelishini aniqladi. 
XVII 
asr  o‘rtalarida  o‘simliklar  olamining  xilma-xilligi  to‘g‘risida 
ko‘p  ma’lumotlar  to‘plandi,  ammo  o‘simliklarni  tanib  olishning  yagona 
bir sistemasi yo‘qligi, ularni tartibga solishda juda katta chalkashliklarga 
olib  keldi.  Ayni  vaktda  o‘tkir  zehnli  mashhur  shved  tabiatshunosi  Karl 
Linney botanika fanida katta burilish yasadi. U o‘zining 1753 yilda chop 
etilgan  «O‘simlik  turlari»  nomli  asarida  o‘simliklar  sistemasini  to‘la-
to‘kis  yoritib  berdi.  O‘sha  davrda  ma’lum  bo‘lgan  10.000  ga  yaqin 
o‘simlik  turlariga  binar  nomenklaturali  (ko‘sh  nomni)  qo‘llagan  holda 
tasnif etdi. 
K.Linney  o‘simliklar  dunyosini  changchilarining  soniga  qarab  24 
sinfga, sinflarni esa tartib va turlarga bo‘ldi. 
K.Linney sistematikasida: 
1.  O‘simliklarni tasvirlash texnik asini aniqladi; 
2.  Binar  nomenklaturani,  ya’ni  har  qaysi  o‘simlikni  uning  avlodini 
hamda  turini  ifodalaydigan  ikkita  lotin  so‘zi  bilan  atash  usulini  joriy 


13 
 
kildi  (avlod  va  tur  to‘g‘risidagi  tushunchalar  Linneygacha  ma’lum 
bo‘lgan bo‘lsada, u tushunchalarni yanada oydinlashtirdi) 
3.  Guldagi  changchilarni  soni  va  olgan  o‘rniga  qarab  guruhlash  yo‘li 
bilan  sun’iy  sistemani  yaratdi.  Sistema  sun’iy  bo‘lsa  ham,  o‘sha 
davrdagi  botanika  fanini  yanada  rivojlanishiga  katta  ta’sir  ko‘rsatdi. 
Lekin  K.Linney  sistemasi  dastlab  turlar  o‘zgarmaydi  degan  metafizik 
tasavvurga 
asoslangan 
edi. 
Keyinchalik 
Linney 
turlarning 
o‘zgaruvchanligini tan oladi. 
K.Linney  sistemasining  sun’iyligi  shundaki,  u  o‘zaro  ya qin 
bo‘lmagan,  uzoq  qarindosh  o‘simliklar  bir  sinfga  kirib  qolgan.  Masalan, 
sholi,  shakarqamish,  sholg‘om  va  turplar  bilan  birga  oltinchi  sinfga 
kiritilgan, chunki ularning ham changchisi 6 ta. 
K.Linneyning  bu  sun’iy  sistemasi  keyinchalik  tabiiy  sistemani 
tuzishga katta yo‘l ochib berdi. 
XVIII  asr oxiri, XIX asrning boshlarida o‘simliklarning tabiiy sistemasi 
tuzila  boshlandi.  Tabiiy  sistema  sun’iy  sistemalardan  far qli  ravishda 
o‘simliklarda to‘g‘ri kelgan bitta belgisiga  qarab emas, balki bir  qancha 
belgilar asosida guruhlarga birlashtirildi. 
Fransuz botanigi Antuan De Jyusse (1748 1836) birinchi bo‘lib tabiiy 
sistemani  kashf  etdi  va  1779  yilda  «Tabiiy  oilalar  bo‘yicha  joylashgan 
o‘simliklar avlodlari» degan asarini chop etdi. 
A.  Jyusse  o‘z  asarida  o‘simliklarni  urug‘barglarining  mavjudligi  va 
bo‘lmasligiga qarab uchta katta bo‘limga ajratdi. 
1. 
Urug‘bargsizlar (Acatyledones) – barcha tuban o‘simliklar, moxlar, 
paporotniklar. 
2. 
Bir urug‘barglilar – Monocotyledones 
3. 
Ikki urug‘barglilar – Dicotyledones 
Shuningdek  A.  Jyusse  ikki  urug‘barglilarni  o‘z  navbatida  yana  uchta 
guruxga bo‘ldi. 


14 
 
1. 
Tojbarglilar 
2. 
Tojbargsizlar 
3. 
Kup tojbarglilar 
A.  Jyusse  o‘simliklar  dunyosini  15  ta  sinf,  100  ta  oilaga  bo‘lib, 
ularning  har  qaysisini  birinchi  marta  morfologik  jihatdan  batafsil 
tasvirlaydi.  Bundan  tashqari,  u  sistematika,  sistematik  kategoriya 
va oila atamalarini ham kiritdi. 
Mashhur  botaniq  prof.  P.  F.  Goryaninovning  1841  yilda 
«Botanika,  asoslari»  nomli  asari  chop  etildi.  Bu  asarida  o‘zi 
ishlagan  tabiiy  sistemani  bayon  etdi.  Sistematikaning  nazariy 
muammolariga  va  tabiatning  evolyu tsion  taraqqiyoti  masalasiga 
to‘xtalib, o‘simliklar dunyosini 4 ta guruxga b o‘ldi: 
1 .  
Sporalilar (lishayniklar, moxlar, paporotniklar); 
2 .  
Soxta urug‘lilar (sagovniklar, ninabarglilar);  
3 .  
Don meva urug‘lilar (bir pallali o‘simliklar);  
4 .  
Chinurug‘lilar (ikki pallali o‘simliklar).  
U  o‘simliklar  bilan  hayvonlar  o‘rtasidagi  organizmlar  guruhiga 
zamburug‘lar bilan suvo‘tlarni kiritdi. 
O‘sha  davrda  ko‘pchilik  olimlar  o‘simliklar  dunyosining  tabiiy 
sistemasini  to‘la  to‘kis  tuzishga  harakat  qilishdi.  Masalan, 
jenevalik 
mashhur 
botanik 
De-Kandol 
(1778-1841) 
sistema 
tuzishda  o‘simliklar  dunyosining  morfologik  belgilaridan  tash qari 
anatomik  tuzilishini  ham  hisobga  oldi.  Uning  «O‘simliklar 
dunyosining  tabiiy  sistemasi»  deb  atalgan  asarini,  uning   o‘g‘li 
Alfson-De-Kandol va nabirasi Kozimir De -Kandol nashr ettirdi lar. 
Shotlandiyalik  botaniklardan  Ro bert  Braun  (1773—1858)  De- 
Kandol sistemasini takomillashtirib, o‘zining sistemasini yaratdi.  
Nemis olimi Gofmeystrning (1824 —1877) embriologiya so hasida 
olib  borgan  ilmiy  tad qiqot  ishlari  sistematikada  keskin  burilish 


15 
 
yasadi. 
Fransuz  tabiatshunos  olimi  Jan  Batist  Lamark  (1744 —  1828) 
birinchi  bo‘lib  evolyutsion  ta’limotga  asos  soldi.  U  o‘z  ta’limotida 
tabiiy  sharoitning  o‘zgarishi  o‘simlik  va  hayvon  organizmini 
o‘zgartiradi,  tashqi  muhitning  ta’siri  natijasida  hosil  bo‘lgan  bu 
o‘zgarish  alomatlari  nasldan-naslga  o‘tadi,  deb  hisobladi  va  buni 
dalillar bilan isbotladi.  
Jan  Batist  Lamark  organik  dunyoning  ilmga  asoslangan 
evolyutsion nazariyasini birinchi bo‘lib ta’riflab berdi.  
Lamark  nazariyasini  mukammal  ishlab  chi qqan  ingliz  olimi  Ch. 
Darvindir.  U  1859  yilda  «Tabiiy  tanlanish  yo‘li  bilan  turlarning 
paydo  bo‘lishi»  degan  mashhur  asarini  chop  etdi.  Bu  asar  biologiya 
fanida  katta  burilish  b o‘ldi.  Natijada  o‘simliklar  sistematikasini 
yaratishda  uchinchi  davr,  ya’ni  felogenet ik  sistematika  davri 
boshlandi. 
Sun’iy  va  tabiiy  sistemalarda  o‘simliklarning  kelib  chi qishi  va 
qarindoshlik  munosabatlari,  evolyu tsion  taraqqiyoti  kabi  xarakterli 
xususiyatlari  hisobga  olinmagan  edi.  Ch.  Darvinning  evolyusion 
nazariyasi  olamshumul  a hamiyatga  ega  bo‘lib,  biologiya  fanini 
rivojlanishida  va  fellogenetik  sistemani  t uzishda  juda  katta 
yo‘llanma bo‘ldi. 
Fellogenetik  sistema  turli  o‘simlik  turlarini  to‘plab,  ularni  belgilari 
asosida  sistemalash  bo‘lmay,  balki  makro-mikromorfologiya,  ekologiya, 
genetika,  jug‘rofiya  va  paleontologiya  kabi  fanlarning  ma’lumotlariga 
asoslangan holda ularning o‘zaro yaqinliklarini ifodalaydigan sistemadir. 
Biolog olimlar o‘sha davrdagi bilimlar, ta’limotlar asosida o‘simliklar 
dunyosini fellogenetik sistemasini tuzishga xarakat qildilar. 
Ayni  vaqtdagi  muhim  fellogenetik  sistemalar  qatoriga  chet  el 
botaniklaridan  Engler,  Vettshteyn,  Gallir,  Bessi,  Pulya  Getchinson, 


16 
 
Rossiya  olimlaridan  I.  N.  Gorojankin,  N.  I.  Kuznetsov,  N.  A.  Bush,  M. 
B.  Kozopolyanskiy,  A.  A.  Grossgeym  va  A.  L.  Taxtadjyanning 
sistemalari  kiradi.  Shular ichida  ancha  to‘liq ishlab  chiqilgani  A.  Engler 
sistemasi  hisoblanadi.  U  avlodlarni,  ba’zi  hollarda  esa  turlarni  ham 
aniqlagan  holda  tabiatdagi  barcha  o‘simliklar  dunyosini  bir  sistemaga 
sola oldi. 
A.Engler  sistemasi  bo‘yicha  o‘simliklar  olamining  katta  aniqlagichi 
tuzilgan. 
XVIII  asr  oxiri  —  XIX  asr  boshlarida  kimyo  fanining  rivojlanishi 
tufayli  o‘simliklar  to‘qimalarida  bo‘ladigan  kimyoviy  hodisalar  ham 
aniqlana  boshlandi.  Shu  vaqtda  olimlardan  Senebe  va  Sossyur 
o‘simliklardagi  gaz  almashinuvini  chuqur  tekshirib,  yorug‘likda 
karbonat  angidrid  yutib,  kislorod  chiqarishini,  bu  hodisa  oziqlanish 
ekanligini,  aksincha  har  vaqt  kislorod  o‘zlashtirilib  karbonat  angidrid 
ajratib  chiqarish  hodisasini  nafas  olish  deb  ta’kidladi,  yorug‘likda 
karbonat  angidrid  hisobiga  oziqlanish  xodisasi  (fotosintez)  ni  XIX 
asrning o‘rtalarida Bussenko bilan Saks ancha keng tekshirdilar. 
O‘simlik  fiziologiyasi  sohasidagi  yirik  olim  K.A.Timiryazev 
fotosintezga  oid  juda  ko‘p  tajribalar  o‘tkazib,  olamshumul  ahamiyatga 
ega bo‘lgan kashfiyotlarni yaratdi. 
Botanika  fanini  rivojlanishida  juda  ko‘p  olimlar  o‘z  hissalarini 
qo‘shdilar.  Jumladan  L.S.Senkovskiy  (1822-1887)  tuban  o‘simliklarni 
tekshirgan,  A.  N.  Beketov  (1825—1902)  fitogeografiyani  rivojlantirgan 
olim,  A.S.Fominsin (1835—1918) «O‘simliklarda moddalar almashinuvi 
va energiya o‘zgarishi» (1883) nomli asarning muallifidir. 
D.I.Ivanovskiy  filtrlanuvchi  viruslarni  kashf  etib,  biologiya  fanida 
yangi 
bo‘limni 
ochishga 
muvaffaq 
bo‘ldi. 
S.N.Vinogradovskiy 
bakteriyalarda  boradigan  xemosintez  hodisasini  kashf  etdi.  Bu  hodisa 
yashil  o‘simliklarda  ro‘y  beradigan  fotosintez  bilan  bir  qatorda  tabiatda 


17 
 
anorganik  moddalardan  organik  moddalar  hosil  bo‘lishini  ochib  beradi. 
Demak  ayrim  bakteriyalar  nitrofikatsiya  qilish  xossasiga  egadirlar.  Ana 
shu  bakteriyalarning  parchalanishi  natijasida  ajralgan  energiya  hisobiga 
karbonat angidrid o‘zlashtirib, undan organik moddalarni hosil qiladi. 
Morfolog  olim  N.I.Gorojankin  (1848—1904)  urug‘li  o‘simliklarda 
chang  naychasi  orqali  yadroning  tuxum  hujayraga  kirib  urug‘lanish 
jarayoni 
sodir 
bo‘lishini  birinchi  bo‘lib  aniqladi.  Hujayraaro 
protoplazma  plazmodesma  orqali  bog‘lanishi  ham  N.I.Gorojankin 
tomonidan  aniqlangan.  U  o‘simliklarning  rivojlanishini  ontogenezda 
tekshirishni birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ydi. 
V.  I.  Belyaev  (1855-1911)  Gorojankinning  shogirdi.  U  o‘simliklar 
ontogenezini  o‘rganishda  jinsiy  hujayralardagi  hodisalarni  tekshirib, 
hujayra yadrosini reduksion bo‘linishini birinchilar qatorida aniqladi. 
S.  N.  Navashin  (1857-1930)  K.A.Timiryazevning  shogirdi.  U  asosan 
gulli  o‘simliklarning  embriologiya  va  sitologiyasi  sohasida  ishladi. 
Yopiq  urug‘li  o‘simliklarda  sodir  bo‘ladigan  qo‘shaloq  urug‘lanishni 
kuzatdi va uni kashf etdi. 
I.V.Michurin  (1855-1935)  biologiya  sohasida  juda  katta  yutuqlarga 
erishdi.  U  rezavor  mevali  o‘simliklarni  yangi  navlarini  yaratish  va 
o‘simliklarning  hayot  tarzini  o‘zgartirishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib 
qo‘ydi,  bu  sohada  katta  yutuqlarga  erishdi.  I.  V.  Michurin  individning 
irsiy  tabiati  ontogenezda  (o‘simlikni  urug‘dan  urug‘gacha  bo‘lgan 
hayoti)  rivojlanadigan  jarayon  ekanligini  va  bu  jarayon  yashash 
sharoitiga  bog‘likligi  uchun,  uni  istalgan  tomonga  burish  mumkinligini 
ko‘rsatdi. 
I. V. Michurin mashhur seleksioner olim bo‘lib, 300 dan ortiq mevali 
o‘simlik  navlarini  yaratdi.  U  yangi  navlar  yaratish  ishlarini  irsiyatini 
«bo‘shashtirish» yo‘li bilan amalga oshirdi. 
N.  I.  Vavilov  (1887—1943)  madaniy  o‘simliklarning  kelib  chiqish 


18 
 
markazlarini 
aniqlash, 
tur 
muammosini 
ishlab 
chiqish, 
irsiy 
o‘zgaruvchanlikdagi gomologik  qatorlar qonuni va sistematikaga oid bir 
qator ishlari bilan olimlar orasida aloxida o‘rin egalladi. 
Yuqorida nomlari qayd qilingan olimlardan tashqari juda ko‘p olimlar 
o‘simliklarni  har  tomonlama  o‘rgana  boshladilar.  Hozirgi  vaqtda 
o‘simliklar  hujayralarini  elektron  mikroskopda  chuqur  o‘rganib,  ajoyib 
ma’lumotlar  to‘planganligiga  qaramay,  o‘simliklar  dunyosining 
fellogenetik sistemasi to‘la, mukammal darajada tuzilgan emas. 
Hozirgi  zamon  botanika  fanining  oldida  turgan  muhim  vazifalardan  biri 
tabiiy  sharoitda  uchraydigan  o‘simliklar  guruhlarini  cho‘l,  dasht,  o‘rmon, 
o‘tloq  va  boshqa  joylar  bo‘yicha  o‘rganib,  ulardan  xalq  ho‘jaligi  manfaati 
yo‘lida yanada kengroq foydalanishdir.  
O‘rta  Osiyo  xududidagi  o‘simliklarni  o‘rganish  ham  qadim  zamonlarga 
borib  taqaladi.  Markaziy  Osiyo,  jumladan  O‘zbekiston  o‘simliklariga  tegishli 
ma’lumotlarni  bundan  bir  necha  yuz  yillar  avval  yashagan  ulug‘ 
allomalarimizning  asarlarida  uchratish  mumkin.  Abu  Rayhon  Beruniy  (973  – 
1048) tabobatga bag‘ishlagan “Kitob As – Saydana fit – tibb” nomli asarlarida 
diyorimizda  o‘sadigan  juda  ko‘p  dorivor  o‘simliklar  haqida  ma’lumotlar 
bergan.  Abu  Ali  ibn  Sino  (980  –  1037)  ning  “Kitob  al  –  qonun  fit  –  tibb”  va 
“Kitob  ush  –  shifo”  nomli  asarlarida  Turkistonda  o‘sadigan  ko‘pgina  dorivor 
o‘simliklarni tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini ko‘rsatgan.  
Mashxur shoir, olim va davlat arbobi Zaxiriddin Muxammad Bobur (1483 – 
1530)  ham  mashhur  “Boburnoma”  asarida  Turkiston  o‘simliklari  haqida 
qiziqarli ma’lumotlar bergan.  
Botanika fanining taraqqiyotiga O‘zb. FA muhbir a’zosi P.K.Zokirov, b.f.d. 
A.U.Usmonov, prof. S.S.Sahobiddinov va boshqa olimlar o‘zlarining munosib 
hissalarini qo‘shganlar. 
O‘zbekistonda  botanika  fanining  rivojlanishiga  O‘zb.FA  Botanika 
institutining  hodimlari  o‘zlarining  munosib  hissalarini  qo‘shmoqda.  U  yerda 


19 
 
ayniqsa  tabiatni  muhofaza  qilish  borasida  katta  ishlar  olib  borilmoqda. 
Botaniklarning  tinimsiz  izlanishlari,  mehnati  tufayli  yo‘qolib  borayotgan 
o‘simliklarni o‘z ichiga oluvchi O‘zbekistonning “Qizil kitob” i chop etildi.  
Rus olimi B.A.Fedchenko (1872 – 1947) ilmiy faoliyatining asosiy qismini 
Turkiston  florasini  o‘rganishga  bag‘ishlangan.  U  o‘z  onasi  O.A.Fedchenko 
bilan birgalikda 1906 – 1916 yillar davomida “Turkiston florasining ro‘yhati” 
nomli  6  qismli  kitobini  chop  etdi  va  Turkiston  xududida  4111  tur  o‘simlik 
borligini ko‘rsatib o‘tgan.  
Turkistonga  oid  tarixiy  adabiyotlarda  O‘rta  Osiyo  hududida  o‘sadigan 
o‘simliklar haqida ko‘plab ma’lumotlar olish mumkin.  
O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekistonda o‘simliklarni ilmiy asosda o‘rganish 
(botanika ilmi) asosan asrimizni 20 – yillarida boshlandi.  
SHu  yillarda  O‘rta  Osiyo  davlat  dorilfununi,  O‘zb.  Davlat  dorilfununi  va 
boshqalar  ko‘plab  ekspeditsiyalar  uyushtirishdi.  To‘plangan  kolleksiyalar 
asosida  “O‘zbekiston  markaziy  gerbariysi”  tashkil  etildi.  Bunda  10000  dan 
ortiq o‘simlik turlari saqlanadi.  
1941  –  1962  yillarda  O‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  Botanika  instituti  6 
jildlik  “O‘zbekiston  florasi”ni  chop  etdi.  Bu  asar  O‘zbekiston  hududida 
o‘sadigan 138 oilaga mansub 4230  o‘simlik turi haqida to‘liq ma’lumot olish 
mumkin. Keyingi yillarda (1963 – 1991) “O‘rta Osiyo o‘simliklari aniqlagichi” 
yozib tugallandi.  
O‘rta  Osiyo  dorilfununi  tashkilotchilaridan  O‘zb.  FA  akademigi 
YO.P.Korovin tomonidan (1891 – 1963) O‘rta Osiyo hududidagi o‘simliklarni 
o‘rganish  uchun  uyushtirilgan  24  ekspeditsiyada  qatnashdi.  To‘plangan 
ma’lumotlar asosida 2 jildli asar yaratildi. Dorilfunun professorlari M.G.Popov 
(1893 – 1955) O‘rta Osiyo o‘simliklarining rivojlanish tarixi va sistematikasiga 
oid bir qancha asarlar yaratildi.  
O‘zb. F.A. muxbir a’zosi I.I.Granitov (1900 – 1981) “G‘arbi – janubiy 
Qizilqum o‘simliklari qoplami”, prof.Orifxonova (1911–1974) “Farg‘ona 


20 
 
vodiysi  o‘simliklari”  kitobini  yozishdi.  O‘zb.FA  akademigi  K.Z.Zokirov 
(1903 – 1992)  Zarafshon daryosi havzasining o‘simliklari haqida 2 jildli 
asar  yozib,  bunda  O‘rta  Osiyo  o‘simliklari  qoplamini  4  pog‘onaga 
(cho‘l,  adir,  tog‘  va  yaylov)  pog‘onalariga  bo‘lishni  tavsiya  qildi.  SHu 
olimlar  rahbarligi  va  ishtirokida  4  jildli  “O‘zbekiston  o‘simliklar 
qoplami” 
nomli 
asar 
yozildi, 
hamda 
O‘zbekiston  o‘simliklar 
qoplamining va o‘tloqlarining xaritalari tuzildi. 
Davlat  universiteti  tashkilotchilaridan  P.A.Baranov  (1882  –  1962) 
O‘zbekistonda  o‘simliklar  anatomiyasi  va  embriologiyasi  ilmini 
rivojlantirishda katta ishlar qildi. O‘zb. FA akademigi J.K.Saidov (1909) 
O‘zbekistonda  o‘simliklar  anatomiyasi,  morfologiyasi  va  fiziologiyasi 
ilmini  rivojlantirishga  katta  xissa  qo‘shdi.  O‘zb.FA  akademigi 
A.M.Muzaffarov  esa  (1909  –  1987)  O‘zbekistonda  tuban  o‘simliklarni, 
xususan  mikroskopik  suv  o‘tlarni  o‘rganish  va  ulardan  xalq  ho‘jaligida 
foydalanishni ilmiy asoslab berdi va ularning to‘liq ro‘yhati tuzildi. 
O‘zb.FA  muhbir  a’zosi  P.Q.Zokirov,  b.f.d.  A.U.Usmonov  va  prof. 
S.S.Sahobiddinovlar  ham  botanika  fani  taraqqiyotiga  o‘z  hissalarini 
qo‘shdilar.  

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish