21
BOTANIKA
FANINING
ASOSIY
TARMOQLARI
Botanika biologiyaning asosiy ajralmas qismi bo‘lib, u quruqlik
va suvda yashaydigan o‘simliklarni har tomonlama mukammal
o‘rganish maqsadida alohida bo‘limlarga bo‘linadi. Bu bo‘limlar
tarixiy jarayondan kelib chiqib, bir-biriga uzviy bog‘langan holda
rivojlangan. Hozirgi vaqtda har bir bo‘lim 43 yo‘nalishda tegishli
usullar, zamonaviy asbob-uskunalar bilan chuqur o‘rganilmoqda.
Botanika fanining asosiy tarmoqlari: morfologiya (grek, «morfos»
shakl, «logos» — bilim) o‘simliklarning tuzilishini o‘rgatadi.
O‘simliklar qadim zamondan e’tiboran tuzilishi bo‘yicha bir-
biridan ajratilgan va tartibga solingan. Morfologiya o‘z navbatida
ikki qismga ajraladi.
Makromorfologiya — o‘simliklarni tashqi tuzilishini o‘rganadi.
Mikromorfologiya
—
o‘simliklarning
ichki
tuzilishi,
ya’ni
anatomiyasini o‘rganadi. Anatomiya o‘z navbatida sitologiya
(hujayra tuzilishi), gistologiya (to‘qimalariing tuzilishi) va embriologiya
(o‘simlikni murtakdan rivojlanishi) bo‘limlarini birlashtiradi.
Fiziologiya — o‘simlik organlarida boradigan hayotiy faoliyatlar: moddalar
almashinuv jarayonini (oziqlanish, nafas olish), o‘sish, rivojlanish, ko‘payish,
ta’sirlashishlarni fizik va kimyoviy tajribalar yo‘li bilan aniqlaydi. Biokimyo
va biofizika bo‘limi fiziologiya asosida o‘simliklarning hayotiy negizidagi fizik
va kimyoviy jarayonlarni o‘rgatadi.
Sistematika — o‘simliklar olamining taraqqiyot natijasida tutgan o‘rnini
tartibga soladi. Har bir o‘simlik har tomonlama o‘rganilib, u qaysi avlod, oila,
tartib, sinf va bo‘limga oidligi belgilanadi. Demak, bu bo‘lim o‘simlik
olamining evolyusiya yo‘lidagi rivojlanishi tasdiqlaydi. Akademik A. L.
Taxtadjan fikricha bu bo‘lim «Biologiyaning asosiy negizi»dir.
Paleobotanika
(gr.«palayos»—qadimiy)
o‘tgan geologik davrlarda
22
yashagan, hozirda fakat qazilma holda mavjud bo‘lgan o‘simliklarning
tuzilishi, sistematikasi, geografiyasini o‘rganadigan bo‘limdir.
Fitotsinologiya (gr. «fiton» — o‘simlik, «kaynos» — umumiy) o‘simliklar
qoplamini ma’lum hududda, tarixiy jarayonda kelishib birgalikda yashash
qonuniyatini o‘rganadi.
O‘simliklar geografiyasi yer kurrasini geologik tuzilishi, iqlimi va tuproq
tarkibiga qarab tarqalishini o‘rganuvchi bo‘limdir.
Ekologiya (gr. «eykos» — uy) o‘simliklarning tashqi muhitga moslashish
qonunlarini, yorug‘lik, issiqlik, suv, mineral moddalar ta’siridan morfologik,
anatomik tuzilishining mohiyatini belgilaydi.
Botanika fanining yuqorida keltirilgan tarmoqlari fanni mukammalroq
o‘rganish maqsadida shartli ravishda ajratilgan. Lekin o‘simliklar bir butun
organizm deb o‘rganilganda fanning hamma tarmoqlaridagi bilimlar
umumlashtiriladi. Demak, botanikaning hamma tarmoqlari integratsiya qilinib,
ulardagi umumiy qonuniy fikrlar umumlashtiriladi.
Biologik hayotni to‘la o‘rganish, tasavvur qilish uchun botanikaning
tarmoqlarini ma’lum darajada o‘rganish lozim. Bu boradagi kerakli bilimlar
mazkur kitobimizda o‘z asosini topgan.
23
I- bob
HUJAYRA
Barcha tirik organizmlar asosiy hayotiy birligi bu hujayra hisoblanadi.
Botanika, o‘simliklar morfologiyasi, anatomiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi
va genetika kabi fanlarni o‘zlashtirishda o‘simlik hujayrasining tarkibi,
tuzilishi va ularning bajaradigan funksiyalari va hujayrada kechadigan
jarayonlarni bilish katta ahamiyatga ega.
O‘simliklarning
ichki
tuzilishini
o‘rganishda
mikroskopdan
foydalaniladi. Mikroskop kichik buyumlarni kattalashtirib ko‘rsatadigan asbob.
Hozirgi paytda turli xil mikroskoplar mavjud. Mikroskopni birinchi marta 1665
yilda ingliz olimi Robert Guk kashf etgan. Mikroskop orqali oddiy ko‘z bilan
ko‘rib bo‘lmaydigan hujayra qismlarini ham ko‘rish mumkin. O‘simlik ichki
tuzilishini o‘rganishda biologik mikroskoplardan foydalaniladi. Hozirgi zamon
biologik mikroskoplari ob’ektlarni ikki ming martagacha, elektron
mikroskoplari esa yuz ming martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi.
Mikroskopning tuzilishi
Elektron
mikroskop
yaratilishi
hujayra
tuzilishi
haqidagi
tushunchalarning beqiyos chuqurlashishiga imkon berdi. Zamonaviy
mikroskopning yaratilishi 1937 yildan boshlandi. 1940 yilda rus olimi
A.A.Lebedev rahbarligida 10000 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan elektron
mikroskop yaratildi. Hozirgi kunda elektron mikroskoplar 100000 tadan, hatto
million marta kattalashtirib ko‘rsatish imkonini beradi. Elektron mikroskopda
yorug‘liq o‘rniga elektronlarning tez harakatlanuvchi oqimidan foydalaniladi
yorug‘lik mikroskopdagi shisha linzalar elektromagnit maydonlari bilan
almashtirilgan. Katta tezlik bilan harakatlanadigan elektronlar tekshirilayotgan
ob’ektda to‘planib, so‘ng ekranga tushadi, bu ekranda ob’ektning
kattalashtirilgan tasvirini ko‘rish yoki suratga olish mumkin (1-rasm). Elektron
mikroskop yordamida hujayraning ultrastrukturasi va ayrim organoidlarning
24
endoplazmatik to‘r, lizosoma, ribosoma, mikronaychalar, diktiosoma, yadro va
boshqa organoidlarni ko‘rish mumkin. Shuningdek bu mikroskop yordamida
hujayra ontogenezi, hujayraga tashqi muhitdan moddalarning aktiv va passiv
yutilish mexanizmlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Biologik mikroskop ham o‘simlik anatomiyasini o‘rganishda eng zarur
asbob hisoblanadi. Hozirgi biologik mikroskoplar ob’ektlarni bir necha yuz va
ming martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopning optik qismi eng
muhim qismlaridan bo‘lib, u ko‘rish trubkasi (tubus) dan iborat. Bu trubkaning
yuqori qismida okulyar, tagida ob’ektiv joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |