M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

.                                                                            
                                                                               
 
82-rasm. Evkalipt (Eucalyptus) 
 
G‘arbiy  Gruziyada  E.  viminalis,  E.  globulus,  E.  macarthuri,  E. 
citriodora va boshqa turlari o‘stiriladi.  
 Urugvay feyxoasi (Feijoa selloviana). Bu o‘simlikning hayotiy formasi 
doim  yashil  bo‘lgan  buta  bo‘lib,  balandligi  3  m  ga  boradi.  Changchilari 
cheksiz, bog‘lam ko‘rinishida, rangi to‘q pushti. Urug‘chisi to‘q qizil, oq rangli 
tumshuqchasi bor. Mevasi – yirik, to‘q yashil rangdagi rezavor meva, etli, iforli 
va ko‘p urug‘li bo‘ladi. Urug‘lari mayda. Mevasi yodga boy bo‘lib, iste’molga 
yaroqli,  undan  murabbo,  kompot,  marmeladlar  tayyorlash  mumkin.  Vatani  – 
Janubiy Amerika.  
 
CHINNIGULDOSHLAR TARTIBI (CARYOPHYLLALES) 
 
Asosan  o‘t  o‘simliklar,  kam  hollarda  buta  o‘simliklari  kiradi. 
Chinnigullilar  tartibiga  mansub  oilalar  oddiy  va  murakkab  gulqo‘rg‘onli 


299 
 
bo‘ladi.  Oddiy  gulqo‘rg‘onli  o‘simliklarning  gullari  ko‘rimsiz,  ko‘pincha 
shamol yordamida changlanadi, murakkab gulqo‘rg‘onli o‘simliklarda esa tiniq 
rangdor, hasharotlar yordamida changlanadigan bo‘ladi. Oilani birlashtiradigan 
xususiyat  bu  –  murtagining  bukilganligi  va  perispermning  mavjudligi 
(endosperm yo‘q). 
Chinnigullilar (Caryophyllaceae) oilasi. Ko‘p yillik va bir yillik o‘tlar va 
butalar  bo‘lib,  shoxlanishi  dixazial  tipda,  barglari  poyada  suprotiv,  kam 
hollarda  navbat  bilan  joylashadi,  yon  bargchasiz  yoki  yon  bargchali  ham 
bo‘lishi mumkin. Gullari dixaziy to‘pguliga yig‘ilgan yoki yakka, to‘g‘ri, ikki 
jinsli,  yoki  bir  uyli,  ba’zan  ikki  uyli  bo‘ladi.  Gulqo‘rg‘oni  murakkab,  kam 
hollarda  oddiy,  5  qismli.  Kosachabarglari  birikib  o‘sgan  yoki  alohida 
birikmagan,  4-5  tishchali.  Tojibarglari  kosachabarglarning  tishchalari  bilan 
navbatlashadi,  4-5  ta  bo‘ladi.  Changchilar  soni  10  ta  yoki  5  ta  bo‘ladi. 
Urug‘chisi  bitta,  2-5  mevabargchadan  tashkil  topgan,  tugunchasi  ustki,  bir 
uyali,  ustunchasi  erkin  yoki  birlashib  o‘sgan.  Mevasi  –  ustki  lizikarp  tipdagi 
ko‘sak meva yoki ustki lizikarp rezavor meva. Urug‘i perispermli.  
Chinnigul (Dianthus) turkumi. Mazkur turkum vakillari ko‘p yillik va bir 
yillik  o‘tsimon  o‘simliklar,  kam  hollarda  –  chala  butalar.  Gullari  yakka  yoki 
soyabonsimon dixaziy to‘pgullariga yig‘ilgan. Kosachasi naysimon, yuqorisida 
5 tishchali bo‘ladi. Tojibarglari bo‘yalgan, yuqori qismi duxobasimon bo‘ladi. 
Changchilar soni 10 ta, ustunchasi 2 dona. Urug‘lari ko‘p sonli.  
Turk  chinniguli  (D.  barbatus).  Ko‘p  yillik  o‘simlik.  Gullari  bo‘yalgan, 
ko‘pincha to‘q ranglarda. Gulli o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. 
Ersovun  (Saponaria).  Bu  turkumga  ko‘p  yillik  yoki  bir-,  ikki  yillik  o‘t 
o‘simliklar kiradi.  
Dorivor  yersovun.  (S.  officinalis).  Ko‘p  yillik,  gullari  ikki  jinsli, 
kosachabarglari  shishgan,  tojibarglari  oq  yoki  pushti  rangda.  Ildizlari  58% 
texnik va 36% toza saponin tutadi. 
Bo‘ritikon  (Acanthophyllum).  Turkum  vakillari  ko‘p  yillik  turlar, 


300 
 
saponinlarga boy bo‘lgan ildizpoya va yo‘g‘on ildizli. 
Etmak.  Ildizpoyasi  uzun,  tik  poyali,  asosidan  tarmoqlangan,  kuchli 
yo‘g‘onlashgan bo‘g‘inli va uzun shoxchali. To‘pguli ro‘vaksimon, gullari gul 
o‘qining uchki qismida dixaziylarga yig‘ilgan. O‘simlik O‘rta Osiyoning quruq 
qiyaliklarda, chala cho‘llarda uchraydi.  
 
LIGISTRUMGULLILAR TARTIBI (LIGUSTRALES) 
 
Zaytundoshlar oilasi (Oliaceae) 
Tartib  vakillarining  gullari  to‘rt  doirali,  gulqo‘rg‘oni  to‘rt  qismli, 
changchilar  soni    ikkitagacha  reduksiyalangan,  gullari  aktinomorf,  urug‘chisi 
ikki  mevabargli,  tuguncha  ustki,  ikki  uyli  o‘simliklar.  Bu  tartibga 
zaytundoshlar oilasi kiradi. 
Bu oilaga 25 ga yaqin turkum va 400 dan ortiq turi bo‘lib, ular yer oilaga 
daraxt  va  butalar  kiradi.  Barglari  oddiy,  ba’zan  murakkab,  chetlari  tekis 
bo‘ladi.  Gullari  ro‘vaksimon  to‘pgulga  yig‘ilgan,  ikki  jinsli,  ba’zan  ayrim 
jinsli,  ikki  uyli,  qo‘sh  gulqo‘rg‘onli,  birikkan  va  ayrim  tojbargli  yoki 
yalang‘och  gulli  bo‘ladi.  Changchi  ikkita,  uning  ikkita  bo‘lishi  bu  oilaning 
muhim belgilaridan hisoblanadi. Urug‘chisi ikki mevabargli, tugunchasi ustki, 
ikki  uyali.  Mevasi  rezavor  meva,  danakli  meva,  yong‘oqcha,  qanotli  pistacha 
yoki  ko‘sakcha.  Ko‘pincha  mevasi  bir  uyali  va  bir  urug‘li  bo‘ladi.  Oilaga 
kiruvchi 
o‘simliklarning 
gulqo‘rg‘on 
qismlari 
va 
androtseylari 
reduksiyalangan.    

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish