M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

  
Bu  oilaga  90  turkumga  birlashtirilgan  2900  ta  tur  asosan  o‘tsimon 
o‘simliklar  kiradi.  Oilaning  vakillari  Yer  sharining  deyarli  barcha  joylarida 
uchraydi. Turning xilma-xilligi asosan tropik Janubiy Amerikada kuzatiladi va 
bu yerlarda oilaning uncha katta bo‘lmagan daraxt vakillari ham o‘sadi. Oilaga 
kiruvchi  o‘simliklarning  barglari  poyada  ketma-ket,  suprotiv  joylashadi, 
yonbargchalarsiz,  oddiy,  plastinkasi  butun  yoki  qirqilgan  ham  bo‘lishi 
mumkin.  Poyasining  anatomik  tuzilishida  o‘tkazuvchi  bog‘lam  ochiq 
bikollateral  tipda  bo‘ladi.  Gullari  yakka  yoki  gajak  to‘pguliga  yig‘ilgan, 
tashqaridan 
to‘g‘ri,  ko‘p  hollarda  ozgina  zigomorf  ham  bo‘ladi. 
Kosachabarglari  qo‘shilib  o‘sgan,  tojisi  ham  qo‘shilib  o‘sgan,  boshoqsimon, 
voronkasimon  bukilgan  bo‘ladi.  Urug‘chisi  ikki  mevabargchadan  hosil 
bo‘lgan. Ginetseyi sinkarp, ikki uyali ustki tugunchasi ko‘plab urug‘kurtaklarni 
tutadi.  Changchisi  tojisining  nayiga  qo‘shilib  o‘sgan.  Gulining  formulasi: 
*Ca
(5)
Co
(5)
A
(5)
G
(2)
.  Mevasi:  rezavor  meva  yoki  ko‘sak  meva.  Urug‘lari 


309 
 
endospermli. Alkaloid saqlaydi, kuchli zaharli moddalarni ham. 
Ituzum  (Solanum)  1500  ta  turni  o‘z  ichiga  oladigan  katta  turkum. 
Ularning  ichida  eng  ahamiyatlisi  bu  –  kartoshka  (Solanum  tuberosum)  terma 
turi bo‘lib, uning ichiga Tuberarium seksiyasining taxminan 150 turi kiradi. Bu 
o‘simliklar tugunakli stolonlar hosil qiladi.  
Kartoshka bo‘yi 60 sm dan 1 m ga boradigan, poyasi dag‘al tuklar bilan 
qoplangan, oddiy, to‘rsimon tomirlangan, tukli barglardan iborat ko‘p yillik o‘t 
o‘simlikdir.  Gullari  ikki  tomonlama  gajak  bo‘lgan  simoz  to‘pguliga  yig‘ilgan 
oq yoki siyohranggacha tusda bo‘ladi. Tojisi g‘ildiraksimon, changchilari kalta 
ipli.  Changdonlari  yirik  bo‘lib,  ikki  teshikcha  orqali  ochiladi.  Mevasi  yashil 
rezavor meva. Kartoshkaning yer ostki poyasida, ya’ni stolonlarida tugunaklar 
rivojlanadi.  O‘simlikning  barcha  qismlari,  ayniqsa  mevasi  ozgina  miqdorda 
zaharli  bo‘lgan  alkaloid  –  solanin  saqlaydi,  ushbu  alkaloid  tugunaklarni 
qaynatishda yo‘qoladi. 
Bizga  yaxshi  ma’lumki,  kartoshka  juda  muhim  oziq-ovqat,  yem-xashak 
va texnik o‘simlikdir, dunyoda kraxmal saqlovchi o‘simliklar orasida yetakchi 
rolni o‘ynaydi. Mazkur o‘simlikning tugunaklari tarkibida 25% gacha kraxmal 
to‘playdi.  Ko‘p  mamlakatlarda  kartoshka  non  o‘rnini  bosadi,  spirt  olishda 
asosiy  xom-ashyo  mahsuloti  bo‘lib  sanaladi.  O‘simlikning  Vatani  Janubiy 
Amerika. Uning 2000 ga yaqin navlari bor. 
Tomat  yoki  pomidor  (Licopersicon  esculentum)  –  Janubi-Amerika 
turkumining eng  muhim  turi bo‘lib  hisoblanadi.  Gullari  sariq, ko‘p uyali qizil 
yoki  sariq  rangli  mevasi  bor,  tuklar  bilan  qoplangan  ko‘p  yillik  o‘simlik. 
O‘simlikning mevasi qand moddalari, organik kislotalar, vitaminlardan P, C va 
B  guruhi  vitaminlarini  saqlaydi,  K,  karotin  moddalariga  ham  boy.  Tarixiy 
manbalardan  ma’lum  bo‘lishicha,  mazkur  o‘simlik  turi  ko‘p  yillar  mobaynida 
manzarali  o‘simlik  sifatida  ekib  o‘stirilgan,  mevalari  zaharli  deb  hisoblangan. 
XIX  asr  boshlariga  kelib,  Rossiyada  pomidorni  sabzavot  ekini  sifatida 
yetishtira boshlashgan. 


310 
 
Baqlajon  (S.  melongena)  Vatani  Hindiston  sanaladi,  mevasi  to‘q 
siyohrang,  40  sm  gacha  uzunlikda.  O‘simlikni  gullaganidan  keyin  20  kundan 
40  kun  oralig’ida  fiziologik  hali  pishib  yetilmagan  mevalari  terib  olinadi  va 
sabzavot sifatida ovqatga ishlatiladi. Chunki aynan shu vaqtda mevasi tarkibida 
vitaminlar,  K  tuzlari,  qand  moddalari  eng  ko‘p  miqdorda  bo‘ladi.  Mevalari 
dorivorlik xususiyatiga ega. 
Bir  yillik  yoki  qizil  qalampir  (Capsicum  annuum)  kelib  chiqishi 
Markaziy Amerikadan bo‘lgan, chalabuta va o‘tsimon o‘simliklar turkumining 
bir  turi.  Har  xil  navlari  yaratilgan.  Vatanida  chala  buta,  bizda  esa  bir  yillik 
o‘simlik sifatida yetishtiriladi. O‘simlikning mevalari 100-140 mg % vitamin S 
ni va 14 mg% miqdorda karotin tutadi. 
Tarkibida 0,2% gacha kapsaitsin alkaloidini tutuvchi o‘ta achchiq turlari 
mavjud  bo‘lib,  ular  ovqat  va  salatlarga  ziravor  hamda  tibbiyot  amaliyotida 
malham, plastir sifatida ishlatiladi. 
 Bo‘lakli ituzum (S.latiniatum) yirik, bo‘yi 2 m ga boradigan ko‘p yillik 
o‘simlik.  Tarkibida  8%  gacha  glikoalkaloidlar  tutadi,  ularning  ma’lum  qismi 
kortizon  gormoni  asosini  tashkil  etib,  tibbiyotda  kortikosteroidli  preparatlar 
yaratishda qo‘llanilishi mumkin. 
Go‘zal  belladonna  (Atropa  belladonna)  Qrim,  Kavkaz,  Ukrainada 
yetishtiriladigan  baland,  siyohrang  jigarrang  tusli  gullarga  ega  bo‘lgan  ko‘p 
yillik  o‘t.  Mevalari  zaharli  qora  rangdagi  rezavor  meva.  Mazkur  o‘simlik 
muhim  dorivor  o‘simlik  bo‘lib  hisoblanadi.  Uning  tarkibida  atropin, 
giassiamin,  skopolamin  alkaloidlari  mavjud.  Tibbiyotda  yuqorida  aytilgan 
alkaloidlarni olishda va dorivor preparatlar tayyorlashda ishlatiladi. 
Mevasi  ko‘sak  meva  bo‘lgan  tamaki  (Nicotiana)  o‘simligi  ham  shu 
oilaning vakili bo‘lib, 70 tur o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy tamaki (N. 
tabacum)  va  maxorka  (N.  rustica)  turlari  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Ushbu 
o‘simlik  turlarining  barcha  qismi  zaharli  hisoblanadi,  chunki  zaharli  alkaloid 
nikotinni  tutadi.  Maxorkadan  chekiladigan  maxorka,  hidlanadigan  tamaki, 


311 
 
limon kislotasi olishdagi xom-ashyo, insektitsidlar, nikotindan esa PP vitamini 
olishda ishlatiladi.  
Mingdevona  (Hyosciamus  niger)  va  bangidevona  (Datura  stramonium
begona  o‘tlar  bo‘lib,  tarkibida  belladonnada  bor  alkaloidlar  saqlaydi  va 
tibbiyotda ishlatiladi.  
 
 
LABGULDOSHLAR OILASI (LABIATAE) 
 
      Bu  oila  vakillari  asosan  bir  yillik  va  ko‘p  yillik  o‘t,  chala  buta, 
tropik  mamlakatlarda  esa  buta  va  daraxtsimon  o‘simliklardir.  Ularning 
poyasi  4  qirrali,  barglari  oddiy,  qarama-qarshi  joylashgan,  yonbarglari 
yo‘q. Gullari barg qo‘ltig‘idan chiqadi, bittadan, ko‘pincha 2 ga ajralgan 
gajakda  bo‘ladi.  Ikki  qarama-qarshi  barg  qo‘ltig‘idan  chiqqan  gullar 
o‘zaro  birlashadi,  natijada  doira  to‘pgul  vujudga  keladi.  Gulqo‘rg‘oni 
zigomorf,  5  a’zoli.  Kosachasi  5  tishli,  ba’zan  2  labli,  ustki  labi  3 
bargchali,  ostkisi  2  bargchali  bo‘ladi.  Gultoji  odatda  2  labli,  ostkisi  3 
tojbargli,  ustkisi  2  tojbargli.  Otaligi  4  ta,  yonidagi  2  tasi  o ldindagi  2  ta 
otalikdan  uzunroq  yoki  2  ta  bo‘lib  qolganlari  reduksiyalanadi.  Otalik 
iplari  gultoji  nayiga  birikkan.  Onaligi  2  mevabargli,  tugunchasi  ustki,  2 
uyali,  har  bir  uya  2  urug‘kurtakli.  Har  qaysi  urug‘kurtak  orasida  juda 
barvaqt  to‘siq  hosil  bo‘ladi.  Natijada  tuguncha  gavzabondoshlarnikiga 
o‘xshash  4  bo‘lakchaga  ajraladi.  Gullari  proterandriya,  ya’ni  otaliklari 
onalikka 
nisbatan 
tezroq 
yetiladi. 
Mevasi 
bir 
urug‘li 

ta 
yong‘oqchasimon 
mevachalarga 
ajraladi 
yoki 
urug‘kurtakning 
hammasining  taraqqiy  etmasligi  natijasida  3—1  ta  yong‘oqchasimon 
mevachaga  bo‘linadi.  Urug‘i  qariyb  endospermsiz.  Murtagi  to‘g‘ri. 
Tugunchasining 
tagida 
doira 
bo‘lib  joylashgan  shiradoni  bor. 
Hasharotlar vositasida  va  xilma-xil  yo‘llar bilan vositasiz changlanishga 
moslashgan. 


312 
 
Labgullilar  oilasi  ituzimguldoshlar  oilasiga  juda  yaqin  turadi.  Murtak 
ildizi  ituzimguldoshlarnikiga  o‘xshab  pastga  qaragan  bo‘ladi.  Efir 
moylariga boyligi muhim belgilaridan biridir. 
Labgullilar  170  avlod,  3400  turdan  iborat  katta  oila  bo‘lib,  asosan  issiq  va 
mo’tadil iqlimli poyaslarda tarqalgandir. O‘zbekistonda 40 avlod va 210 ga 
yaqin turi uchraydi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish