62 – pasm. Cho‘qmoqli Plaun
1-boshoqcha, 2- buyraksimon sporogon, 3- spora, 4- bir uyli ikki jinsli maysa
Plaunsimonlardan gupersiya (Huperzia) avlodi eng zaharli, lekin
meditsinada ishlatiladigan plaun baranets (H.Selago) vakilida sporalar barg
239
qo‘ltig‘ida joylashgan sporangiyalarda yetiladi. Ayrim plaunlarda kurare
degan zaharli moddalar ta’siriga o‘xshagan zaharli moddalar saqlanadi. Shu
sababli hayvonlar plaunlarni iste’mol qilmaydi.
Baranetsdan olinadigan zaharli modda alkogolizmni davolashda
ishlatiladi. Cho‘qmoqli plaunning sporasi juda yengil yog‘simon bo‘lgani
uchun ma’lum darajadagi xo‘jalik ahamiyatiga ega. Uning sporasi
metallurgiya sanoatida metallarni qolipga quyishda sepiladi. Bunda detallar
qolipdan silliq chiqadi va zanglamaydi. Aviatsiya, avtomobil va traktor ishlab
chiqish sanoatida 100 gr plaun sporasi 1 tonna metallni silliq va ixcham
ishlash uchun sarf qilinadi. Sporasidan jun va ipakni bo‘yash uchun
ishlatiladigan sariq bo‘yoq olinadi, tabobatda bolalar pudrasi, farmatsiyada
esa xavfli dorilarni yopishib qolmasligi uchun uning ustiga sepishda
foydalaniladi.
Har xil sporali plaunlar-Selaginellales
Har xil sporali sellaginelladoshlarning 700 ga yaqin turlari tropik-
namlik o‘rmonlarda uchraydi.
Sellaginellalar juda katta bo‘lmagan o‘t o‘simlik bo‘lib, ayrim hollarda
poyasi 3 m gacha bo‘ladi, lekin o‘ralib o‘suvchi vakillarining poyasi tropik
mintaqalarda 18-20 m gacha yetishi mumkin. Poyalarining shoxlanishi
monopodial yoki dixatomik shaklda.
Poyada mayda barglari to‘rt qatordan bo‘lib joylashadi. Poyalarning
ko‘p qismi yotib o‘sadi, lekin tik turuvchi qismi boshoqchalar bilan
tugallanadi. Boshoqchalarda mikro (changchi) va makro (urug‘chi) sporalar
yetiladi. Sellaginella o‘simligida ham sporofit nasl ustun turadi. Gametofit
nasli ikki uyli, bir jinslidir. Urug‘lanish sodir bo‘lgandan so‘ng yangi sporofit
nasl sellaginella hosil bo‘ladi.
Plaunlarning evolutsion taraqqiyotida har xil sporali sellaginellalar
katta ahamiyatga ega, chunki yangi changchi va urug‘chi o‘simta hosil
240
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Sellaginellaning xo‘jalik va tibbiyot sohasida
ahamiyati yo‘q, lekin ayrim turlari chiroyli manzara hosil qilish uchun ekiladi.
Qirqbo‘g‘imlilar - Equisetophyta
Qirqbo‘g‘imlilarning devon va toshko‘mir davrida rivojlangan turlari
juda ko‘p bo‘lib, daraxtsimon turlari yer yuzini yashil o‘simliklar bilan
qoplashda ustunlik vazifasini bajargan. Ularning bo‘g‘imlilar deb atalishiga
sabab, poyalari bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan, mayda barglari
aylana shaklda poyalariga qisqargan holda bo‘lib joylashgan.
Qirqbo‘g‘imlilarning qadimiy vakillari daraxtsimon bo‘lib, bo‘yi 10-15
m gacha yetgan. Qazilmalarda aniqlanishicha kalamit (Calamites)ning bo‘yi
10 m dan baland bo‘lib, plaunlar bilan birga toshko‘mir davrida o‘rmonlarni
hosil qilgan. Ayni vaqtda qirqbo‘g‘imlilarning o‘tsimon vakillari saqlanib
qolgan, ularning 20 ga yaqin turi bo‘lib, 12 ta turi o‘lkamizda o‘sadi.
Qirqbo‘g‘imlilar bo‘limiga mansub o‘simliklarning poyasi bo‘g‘im va
bo‘g‘im oraliqlariga bo‘linganligi va halqa shaklida har bir bo‘g‘imda uchta
yoki undan ortiq bargning aylana bo‘lib joylashganligi bilan xarakterlanishi
haqida yuqorida aytib o‘tildi. Qirqbo‘g‘imlilarning bargi mayda, lekin
plaunsimonlarning bargiga o‘xshab poya bo‘rtmalar (o‘simta)dan hosil
bo‘lmay, balki soddalashgan qisqa, shakli o‘zgargan yon novda (tallom)lardan
vujudga kelgan. Qirqbo‘g‘imlilarning aksariyat qismi teng sporali, faqat ayrim
qazilma holda uchraydigan har xil sporali o‘simliklar bo‘lgan. Jinsiy nasli
gametofitda anteridiy va arxegoniy taraqqiy etadi. Anteridiyda ko‘p xivchinli
spermatozoid, arxegoniyda tuxum hujayra shakllanadi. Urug‘lanish suvli
sharoitda sodir bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayradan qirqbo‘g‘imlilarning
jinssiz nasli - sporofit taraqqiy etadi. Qirqbo‘g‘imlilardan eng ko‘p
uchraydigan vakili dala qirqbo‘g‘imidir - Equisetum arvense(-rasm). Dala
qirqbo‘g‘imi ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, kuzga borib yer ostida ildizpoyasi
va tugunagi saqlanib qoladi.
241
Do'stlaringiz bilan baham: |