M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

 
 


229 
 
YUKSAK O‘SIMLIKLAR — CORMOBIONTA 
 
Ma’lumki,  yuksak  sporali  o‘simliklar  quruqlikda  bundan  400  mln  yil 
oldin, silur davrining oxirida paydo bo‘lgan. Ularning dastlabki vakillari uncha 
katta  bo‘lmagan  va  oddiy  tuzilishga  ega  bo‘lgan.  Asta-sekin  evolutsion 
taraqqiyot  davomida  ulardan  yuksak  o‘simliklarning  turli  tuman  shakllari 
paydo bo‘lgan. 
Dastlabki primitiv yuksak o‘simliklarda elementar organlar paydo bo‘la 
boshlagan. O‘simliklarning tanasi dixotomik shoxlangan bo‘lib, ularning pastki 
qismida  ildizpoyalarni  eslatuvchi  rizomoidlari  bo‘lgan,  ulardan  esa  tolasimon 
rizoidlar  chiqqan.  Aytish  lozimki,  rizomoid  ildizning,  rizoid  esa  ildiz 
tukchalarining dastlabki ko‘rinishlari bo‘lgan. 
Yuksak  o‘simliklarning  deyarli  hammasida  murtak  hosil  bo‘ladi, 
shuning  uchun  ular  murtakli  o‘simliklar  dunyosi  deb  ataladi.  Morfologik 
tuzilishi  jihatidan  yuksak  o‘simliklar  tana  –  tallofit  o‘simliklardan  o‘zining 
murakkabligi, tanasining haqiqiy qismlarga - organlarga (barg, poya, ildiz, gul, 
meva,  urug‘)  o‘tganligi  va  u  organlar  evolutsion  taraqqiyotda  rivojlanib  turli 
shakllarga  ega  bo‘lganligi  bilan  tuban  o‘simliklardan  farq  qiladi.  Yuksak 
o‘simliklardagi bunday o‘zgarish asosan asta-sekin suvli hayotdan quruqlikka 
moslasha borish  jarayoniga  bog‘liq.  Shubhasiz,  yuksak o‘simliklar  evolutsion 
taraqqiyotida suvo‘tlardan kelib chiqqan, lekin ularning qaysi suv o‘tidan kelib 
chiqqanligi  hali  aniq  tasdiqlangan  emas.  Rivojlanishda  suvo‘tlardan  qizil, 
qo‘ng‘ir,  yashillari  boshqalariga  qaraganda  murakkabroq,  ularda  nasl 
gallanishlari paydo bo‘lgan. Yashil suvo‘tlarida faqatgina izomorf nasllarning 
almashinishi kuzatilsa,  qo‘ng‘ir suvo‘tlarida nasllarning ixtisoslashishi  yanada 
chuqurroq  ketgan.  Ularda  izomorf  nasllarning  almashinishidan  tashqari 
geteromorf  nasllarning  ham  almashinishi  ro‘y  beradi.  Masalan,  laminariyada 
anchayin baquvvat, uzoq yashaydigan sporofiti mikroskopik kichkina bo‘lgan, 
bir  nechta  hujayralarigacha  reduksiyalanib  ketgan  gametofiti  bilan  birga 


230 
 
mavjud bo‘ladi, unda albatta sporofit nasli ustunlik qiladi.  
Yuqorida  keltirib  o‘tilgan  ma’lumotlardan  ravshanki,  nasl  gallanishi 
suvo‘tlaridayoq  yuzaga  kelgan,  shuning  uchun  yuksak  o‘simliklar  bu 
qonuniyatni tayyor holda olishgan. 
Jinsiy  nasl  (gametofit)  va  jinssiz  (sporofit)  nasl  bilan  almashinishi 
natijasida o‘simliklar dunyosi ko‘payadi va tarqaladi. 
Sporofit  –  sporalar  hosil  qiluvchi  o‘simlik.  Ko‘p  hujayralari 
sporangiyalarda  meyotik  bo‘linish  tufayli  gaploid  sporalar  hosil  bo‘ladi. 
Ularning  xivchinlari  bo‘lmaydi  va  passiv  holda  (shamol,  suv  va  hayvonlar 
yordamida) tarqaladi. Sporalari bir xil bo‘lgan o‘simliklar bir xil sporalilar deb 
ataladi. Har xil sporali o‘simliklarda esa, mikrosporangiyalarida ko‘plab mayda 
sporalar  –  mikrosporalar,  megasporangiyalarida  esa  yirik  megasporalar 
yetiladi. Spora o‘sib, undan gametofit shakllanadi.  
Gametofit  gametalar  hosil  qiluvchi  o‘simlik.  Ular  ko‘p  hujayrali  jinsiy 
organlarda: 
tuxum 
hujayra 
–  kolbaga  o‘xshagan  arxegoniyalarda, 
spermatozoidlar  –  xaltachasimon  anteridiyalarda  rivojlanadi.  Otalanish 
faqatgina  suv  mavjud  bo‘lgandagina  ro‘y  beradi,  chunki  spermatozoidlar 
harakati uchun suv zarur. Gametalar qo‘shilishidan diploid zigota hosil bo‘ladi. 
Zigotadan esa ko‘p hujayrali murtak shakllanib u yangi sporofitni hosil qiladi.  
Jinsiy  organlarining  tuzilishiga  va  nomlanishiga  qarab  yuksak 
o‘simliklar ikki guruhga bo‘linadi: 
Arxegoniyali o‘simliklar— Archegoniatae 
Urug‘chi o‘simliklar— Gynoeciatae 
Yuksak  o‘simliklarni  yuksak  sporali  va  urug‘li  o‘simliklarga  ham 
ajratadilar.  Yuksak  sporali  o‘simliklar  urug‘li  o‘simliklarga  nisbatan 
qadimiydir.  Evolutsiyada  tuban  sporali  o‘simliklardan  yuksak  sporali 
o‘simliklar  kelib  chiqqan  bo‘lsa,  yuksak  sporali  o‘simliklardan  yopiq  urug‘li 
o‘simliklar kelib chiqqan. 
Murtakdan  sporofit  rivojlanishi  yuksak  sporali  o‘simliklar  bilan  urug‘li 


231 
 
o‘simliklarda keskin farq qiladi. Yuksak sporali o‘simliklarda murtak gametofit 
hisobiga rivojlanib sporofit naslni hosil qilsa, urug‘li o‘simliklarda esa murtak 
sporofit  tayyorlagan  oziq  modda  endosperm  (3n)  hisobiga  rivojlanib  yangi 
sporofit  nasl  hosil  bo‘ladi.  Demak,  urug‘li  o‘simliklarda  gametofit  murtakni 
hosil qilsa ham murtakdan sporofit hosil bo‘lishida ishtirok etmas ekan. 
Yopiq  urug‘li  o‘simliklarda  changchi  va  urug‘chilari  qisqargan  bo‘lsa 
ham  u  juda  murakkab  tuzilishga  ega.  Urug‘ning  ichida  urug‘  kurtak  hosil 
bo‘lib, meva ichida joylashadi. Urug‘ kurtakdan urug‘ hosil bo‘ladi. 
Yopiq urug‘li o‘simliklar Yer sharini boshqa o‘simliklarga nisbatan ko‘p 
egallagan  va  keng  tarqalgan.  Shuning  uchun  ular  tabiatda  hukmron  o‘simlik 
hisoblanadi. 
 
ORGANOLDI ARXEGONIYALI O‘SIMLIKLAR                                            
PROCORMOBIONTA ARCHEGONIATAE 
 
Yuksak  sporali  o‘simliklardan  moxlar,  plaunlar,  qirqbo‘g‘imlilar, 
qirqquloqlilar bilan tanishamiz. 
Yuksak  sporali  o‘simliklar  415-430  mln.yillar  avval  paydo  bo‘lgan. 
Suvda yashagan o‘simliklarga nisbatan quruqlikda yashaydigan o‘simliklarning 
sharoiti  tubdan  farq  qilgan.  Havoda  suvga  nisbatan  kislorod  juda  ko‘p, 
tuproqda  mineral  moddalar  va  suv  bo‘ladi.  Demak,  o‘simlik  suvni  tuproqdan 
olib,  butun  tanasiga  yetkazib  beradi.  Shuning  uchun  quruqlikka  moslashish 
maqsadida  ularning  morfologik  va  anatomik  tuzilishlari  keskin  o‘zgara 
boshlaydi. Bu o‘zgarishlarni quyidagi o‘simliklarda kuzatish mumkin. 
 
Moxlar bo‘limi  - Bryophyta 
Moxlar  bo‘limiga  judda  sodda  tuzilishga  ega  bo‘lgan  yuksak 
o‘simliklar  kiradi.    Moxlar  boshqa  yuksak  o‘simliklardan  farq  qilib,  nasl 
gallanishida gametofit nasli ustun turadi. Gametofit nasli ustun bo‘lgani uchun 


232 
 
boshqa  yuksak  o‘simliklardan  alohida  mustaqil  evolutsion  taraqqiyot  yo‘liga 
ega. 
 Moxlarning  eng   oddiy  vakillari tallomlilar  bo‘lib,  ularning  tanasi  yer 
bag‘irlab  o‘sadigan  tallomdan  iborat.  Ayrim  murakkab  tuzilgan  vakillarining 
tanasidagi  poyada  barglar  bo‘lib,  ildizlar  o‘rnida  ko‘p  hujayrali  so‘ruvchi 
tukchalar  rizoidlar  kuzatiladi.  Moxlarning  jinssiz  nasli    jinsiy  naslida  parazit 
holatda  yashaydi.  Moxsimonlar  suv  o‘tlariga  juda  yaqin  turadi,  ularda  suv 
kanallari,  ildizlar  bo‘lmaydi,  yer  bag‘irlab  o‘sadigan  vakillari  tanasida 
dixomatik shoxlanishni kuzatish mumkin.  Ularning urug‘lanish jarayoni suvda 
sodir bo‘ladi. Moxlarda suv o‘tlarga o‘xshab yog‘ochlangan shakldagi vakillari 
bo‘lmaydi.  Moxlar  Yer  sharining  barcha  qit’alarida  uchraydi,  ayniqsa 
botqoqliklarda,  o‘rmonlarda  keng  tarqalgan.  Moxlar  asosan  ikki  sinfga; 
jigarsimon va poya bargli moxlarga bo‘linadi. 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish