M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Qubbalilar-Coniferophyta 
Bu sinf: kordaitlar-Cordaitales, ginkolar-Ginkgoales, ninabarglilar-Coniferalis 
tartibni o‘z ichiga oladi. 
 
Kordaitlar-Cordaitales 
     Kordaitlar tartibiga faqat paleozoy erasida - devon davridan boshlab to perm 
davrining  oxirigacha  yashagan  va  keyinchali  yo‘qolib  ketgan  daraxtsimon 
o‘simliklar bo‘lgan. Kordaitlar bo‘yi 30 m, diametri 1 m ga yetadigan baland 
daraxtlar  bo‘lgan.  Barglari  kserofil  tuzilishda,  yirik,  oddiy,  chetlari  tekis, 
lansetsimon  shaklida  bo‘lib,  shoxlarning  uchida  g‘uj  bo‘lib,  joylashgan. 
Poyasida ikkilamchi yog‘ochligi taraqqiy etib, serkavak hoshiyali traxeidlardan 
iborat  bo‘lgan.  Bu  o‘simliklar  mikro  va  makrosporalar  bir-biridan  alohida, 
ya’ni ikki xil otalik va onalik g‘uddalarda rivojlangan. 
     Filogenetik 
nuqtai 
nazardan 
qaraganda 
kordaitlar 
ochiq 
urug‘li 
o‘simliklarning  eng  qadimiy  tarmoqlaridan  bo‘lib,  urug‘li  qirqquloqlar  bilan 
bir qatorda, ammo ulardan mustaqil holda rivojlangan.  
 
Ginkgolar-Ginkgoales 
       Hozirgi  vaqtda  ginkgolarning  tartibining  faqat  bitta  Ginkgoaceae  oilasi 
bo‘lib, u ham bitta avloddan va bitta turdan ikki bo‘lak bargli ginkgo Ginkgo 
biloba  o‘simligi  kiradi.  Ginkgolar  yovvoyi  holatda  Janubiy  Xitoyning  ba’zi 
hududlarida  uchraydi.  Bu  o‘simlikning  balandligi  30-40  m  etadi,  poyasining 
yo‘g‘onligi  3-4  m  ni  tashkil  etadi.  Po‘stlog‘i  to‘q  kul  rangli  bo‘lib,  shox-
shabbasi  piramidasimon  ko‘rinishda  bo‘ladi.  Barglari  oddiy,  bandli,  barg 
plastinkasi  elpig‘ich  shaklida,  o‘rtasi  biroz  tilingan,  barg  tomirlanishi 
dixotomik tarzda. Qishda bargini to‘kadigan daraxt.  
      Ginkgo  o‘simligi  ikki  uyli  bo‘lib,  mikro  va  makrosporalari  alohida 
o‘simliklarda  hosil  bo‘ladi.  Mikrosporofilari  kuchalaga  o‘xshash,  qisqargan 
novdalarning  barg  qo‘ltig‘ida  hosil  bo‘ladi.  Makrosporofillari  dixotomik 


251 
 
shaklda  shoxlangan  poyachaga  o‘xshaydi  va  uchi  ikkita  ochiq  kurtak  bilan 
tugallanadi.  
      Ginkogo  quyidagicha  urug‘lanadi.  Mikrospora    urug‘kurtakka  tushgandan 
so‘ng o‘sib, chang naychasini hosil qiladi. Urug‘lanishdan oldin bu naychadan 
ikkita  yirik,  harakatchan  spermatozoid  vujudga  keladi.  Spermatozoid 
urug‘kurtakdagi  tuxum  hujayrani  urug‘lantirgach,  urug‘ni  hosil  qiladi. 
Ginkgolarning  urug‘i  yumaloq,  diametri  2-3  smli,  rangi  yashil  yoki  sariq 
rangli,  olxo‘riga  o‘xshaydi.  Urug‘ining  sirtqi  qobig‘i  qalin,  shirali,  ichi 
yog‘ochlashgan.  Urug‘  ichida  endosperm  bo‘lib,  kraxmal  bilan    to‘lgan. 
Urug‘ning etdor qobig‘ini iste’mol qilsa bo‘ladi.  
 
Ninabarglilar-Coniferalis 
     Ninabarglilar  ochiq  urug‘li  o‘simliklarning  avlod  va  turlari  juda  ko‘p 
bo‘lgan  tartibi  hisoblanadi.  Ninabargli  o‘simliklarning  anatomik  tuzilishi 
o‘ziga  xos  bo‘lgan,  o‘tkazuvchi  sistemasi  traxeidlardan  iborat  bo‘lgan  daraxt 
va  butalar  kiradi.  Ninabargli  o‘simliklarning  deyarli  barchasida  smola  yo‘llari 
mavjud.  Poyasining  po‘stlog‘i  juda  zaif  rivojlangan  bo‘lib,  kambiy  hisobiga 
ikkilamchi yo‘g‘onlashishi xususiyatiga ega. Barglari tangacha yoki ninasimon 
bo‘lganligi sababli ninabarglilar deb nom olgan.  
     Ochiq  urug‘lilar  orasida  ninabarglilar  zamonaviy  sharoitga  eng  ko‘p 
moslashganidir.  Shu  sababli  bu  o‘simliklarni  issiq  va  mo‘tadil  mintaqalarda 
keng tarqalgan. Ninabarglilarning 500 ga yaqin turi ma’lum. Ninabarglilar besh 
oilaga 
bo‘linadi:  qarag‘aydoshlar-Pinaceae,  sarvidoshlar-Cupressaceae, 
taksodiyadoshlar-Taxodiaceae, 
araukaridoshlar-Araucariaceae 
va 
zarnabdoshlar-Toxacaea oilasi. Shulardan qarag‘aydoshlar oilasi bilan tanishib 
chiqamiz.  
Qarag‘aydoshlar-Pinaceae 
Ninabarglilar  orasida  eng  katta  oila  bo‘lib,  yer  yuzidan  keng  tarqalgan.        
Qarag‘aydoshlar  asosan  bir uyli,  ba’zan ikki  uyli daraxtlar kiradi.  Bu  oila  10 


252 
 
avlod va 250 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi.  
     Qarag‘aylar avlodi-(Pinus) bir uyli doim  yashil daraxtlar bo‘lib, butasimon 
hayotiy  shakllari  ham  uchrab  turadi.    Hozirgi  vaqtda  shimoliy  yarim  sharda 
qarag‘ayning  100  ga  yaqin  turi  o‘sayotganligi  ma’lum  bo‘lib,  shulardan  10 
yaqin  turi  MDH  florasida  uchraydi.  Bular  orasida  o‘rmonchilik  uchun  va 
iqtisodiy  jihatdan  eng  muhimi  o‘rmon  qarag‘ayidir.  O‘rmon  qarag‘ayining 
bo‘yi  40  m  ga  va  diametri  80-100  sm  ga  yetadigan,  monopodial  shoxlangan 
o‘simlik.  Ninabargi  zangori-yashil  rangli,  uchi  o‘tkir,  qattiq,  2  tadan,  ayrim 
hollarda 3 tadan dasta -dasta bo‘lib joylashadi.  
      Qarag‘aylarning ko‘payishi jinsiy va jinssiz nasllarning gallanishi hisobiga 
sodir bo‘ladi. Bir uyli ayrim jinsli o‘simlik bo‘lib, chang changchi g‘uddasida, 
urug‘ kurtagi urug‘chi g‘uddasida rivojlanadi. Changchi g‘uddasi juda mayda 
bo‘lib,  bahorda  o‘sib  chiqqan  yangi  novdalarda  boshoqqa  o‘xshab  to‘p-to‘p 
bo‘lib joylashadi. Har bir g‘uddada bitta o‘q bo‘lib, ularga tangacha shaklidagi 
mikrosporofillar zich bo‘lib joylashgan. Mikrosporofillarning pastki tomonida 
ikkita  chang  xaltasi  (mikrosporangiy)  birikkan  bo‘lib,  unda  mikrospora  ya’ni 
chang  etiladi.  Sporaga  qaraganda  ancha  murakkab  tuzilishga  egaligi  sababli 
chang  deb  nom  olgan.  Chang  tashqi  (ekzina)  va  ichki  (intina)  po‘st  bilan 
o‘ralgan. Changning ikki tomonida po‘stlar orasida havo kamerali pufakchalari 
mavjud.  Shu  sababli  u  juda  yengil  bo‘lib,  havoda  uzoq  muddat  shamol 
yordamida uchib yuradi. Chang donachalari chang xalmachasi ichidagi vaqtda 
chang hujayralari katta va kichik hujayralarga ajraladi. Yirik hujayra vegetativ 
deb  ataladi.  Mayda  hujayra  bir  necha  marta  bo‘linadi  va  hosil  bo‘lgan 
hujayralar  ustma-ust  taxlanadi.  Bu  hujayralarning  eng  yuqorisidagi  anteridiy 
hujayrasi deb nomlanadi.  
      Qarag‘ayning  urug‘chi  g‘uddalari  yakka  holda,  bahorda  o‘sib  chiqqan 
novdalarning  uchida  qizg‘ish  rangli  bo‘ladi.  Ular  changni  tutib  olishga 
moslashgan.  Urug‘chi  g‘uddalari  yirikroq  bo‘lib,  g‘udda  o‘qida  ikki  qavat 
tangachalar – makrosporofillar bilan qoplangan. Tashqi tangachalari yupqaroq 


253 
 
keyinchalik  yog‘ochlashib  ketadi,  ichki  tangachasi  seretrok  bo‘lib,  uning 
asosida ikkita urug‘kurtak joylashadi.  
      Urug‘kurtagi  tashqi  tomonidan  qoplovchi  to‘qima  integument  bilan 
qoplangan bo‘lib, ularning yuqori tomoni tutashmay chang yo‘lini mikropileni 
hosil  qiladi.  Integument  ichida  asosiy  to‘qima  nutsellusning  chang  yo‘liga 
yaqin joyidagi bitta hujayrasi meyoz yo‘li bilan bo‘linib, to‘rtta hujayrani hosil 
qiladi.  Ulardan  bittasi  kengayib,  urug‘chi  gametofit  endospermni  hosil  qiladi 
va  endospermning  yuqori  tomonida  ikkita  arxegoniya  va  uni  ichida  bittadan 
tuxum  hujayra  rivojlanadi.  Bularda  ham  ochiq  urug‘lilarga  xos  2n  diploidli 
endosperm urug‘lanishdan oldin hosil bo‘ladi.  
Chang  shamol  yordamida  urug‘chi  g‘uddani  tirqishi  orqali  kirib  oladi  va 
urug‘kurtakka  kelib  tushadi.  Chang  yo‘lida  changlanuvchi  suyuqlik  tomchi 
holatida  paydo  bo‘ladi.  Chang    shu  tomchi  suyuqlik  orqali  chang  yo‘liga 
tushadi  va  changlanish  sodir  bo‘ladi.  Changlangan  g‘uddalarning  tirqishi 
bekiladi  va  qizg‘ish  rangdan  yashil  rangga  o‘tadi.  Ochiq  urug‘lilarda 
changlanish  jarayonidan  urug‘  hosil  bo‘lgunga qadar 2  yil  vaqt  kerak bo‘ladi. 
Chang  urug‘kurtakning  chang  yo‘liga  tushib  olgach  bir  oz  dam  oladi,  so‘ng 
changni  tashqi  qavati  yorilib,  vegetativ  hujayra  cho‘ziladi  va  uzun  chang 
naychasini  hosil  qiladi.  Ushbu  naycha  yordamida  arxegoniy  bo‘g‘izi  orqali 
tuxum hujayraga  o‘ta boshlaydi. Bungacha mikrosporadagi anteridiy hujayrasi 
ham bo‘linib, bazal va generativ yadroni hosil qiladi. Bazal yadroning vazifasi 
chang  naychasini  murtak  xaltachasiga  olib  kiradi.  Generativ  yadro  xivchinsiz 
ikkita  gameta  spermiyani  hosil  qiladi.  Chang  naychasi  mikropile  orqali 
endospermdagi  arxegoniyaga  borib  yoriladi  va  naychadagi  bitta  spermiya 
tuxum  hujayra  bilan  qo‘shilib,  urug‘lanish  jarayoni  sodir  bo‘ladi.  Ikkinchi  
spermiya esa nobud bo‘ladi. Urug‘lanish jarayonida zigotadan  urug‘ murtagi, 
nutsellusda  endosperm  hosil  bo‘ladi.  Shunday  qilib  urug‘kurtak  urug‘ga 
aylanadi. Qarag‘ay urug‘i ikkinchi yilda yetiladi. 
 
 


254 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish