63 – rasm. Dala qirqbo‘gimining hayot sikli
2n- diploid xromosomali jinssiz nasl, n-gaploid xromosomali jinsli nasl
Bu o‘simlik o‘rta iqlimli mintaqa sharoitida keng tarqalgan. U
ko‘pincha madaniy ekinlar orasida, daryo va ariq bo‘ylarida, shudgor qilingan
yerlarda tarqalgan. Tik o‘suvchi, balandligi 50sm ga qadar boradi. Yer ostki
organi bo‘lgan ildiz poyasi yer bag‘rida gorizontal holda joylashgan. Erta
bahorda uning shoxlanmagan bir qadar sarg‘ish qo‘ng‘ir rangli xlorofilsiz
novdalari o‘sib chiqadi. Bu uning spora hosil qiladigan bahorgi poyasi
hisoblanadi. Unda spora hosil qiladigan organlar - sporangiylar maxsus
boshoqchalarda joylashgan. Qirqbo‘g‘im sporasi yumaloq, to‘q yashil rangli,
uch qavat po‘st bilan o‘ralgan. Ustki po‘stidan spora pishib yetilishi oldidan
spiral shakli bukilgan, oxiri bir qadar yo‘g‘onlashgan elatera hosil bo‘ladi.
Elatera gigroskopik xususiyatga ega bo‘lib, sporaning tarqalishi va tuproqqa
mahkam o‘rnashishiga yordam beradi.
Dala qirqbo‘g‘imining sporasi morfologik jihatdan bir xil, lekin
fiziologik jihatdan bir-biridan farq qilib, ularning biridan erkak, boshqalaridan
242
urg‘ochi gametofit unadi. Qirqbo‘g‘imning erkak o‘simtasi mayda yashil, cheti
o‘yma(bo‘lmalarga bo‘lingan) plastinkadan iborat. Bo‘lmalarni chetida
anteridiylar taraqqiy etadi. Spermatozoidlari ko‘p xivchinli. Urg‘ochi o‘simta
erkak o‘simtaga nisbatan bir qadar katta. Ayrim oziq moddasiga boy tuproqda
ungan urg‘ochi gametofit ikki jinsli, undan ham anteridiy, ham arxegoniy
taraqqiy etadi. Qirqbo‘g‘im o‘simtasi yashil rangli cheti bir necha bo‘lmadan
iborat, yassi plastinka shaklida, arxegoniy va anteridiy uning to‘qimalariga
botgan holda joylashgan. Urug‘lanish yog‘ingarchilik davrida sodir bo‘ladi.
Urug‘langan tuxum hujayrasidan murtak vujudga keladi. Dastlab, murtak
o‘simta to‘qimalariga botgan yopiq bo‘lib, u mitti poyacha, 2—3 barg va
ildizchadan iborat bo‘ladi. Murtak asta-sekin o‘simtani yorib poyasi tashqariga
chiqadi, ildizi erbag‘riga mahkam o‘rnashadi va mustaqil ravishda hayot
kechira boshlaydi.
Yozga yaqin qirqbo‘g‘imlilarning poyasidan yashil, assimilatsiya
qiladigan vegetativ poya o‘sib chiqadi. Unda spora hosil bo‘lmaydi. Butun
poya bo‘ylab aylana shaklida barglar va novdalar joylashgan. Bu poyaning
vazifasi assimilatsiya qilish va zahira oziq modda to‘plash hisoblanadi.
Shunday qilib, qirqbo‘g‘im sporofitida uning ildiz poyasidan vujudga
keladigan novdalar vazifasiga ko‘ra spora hosil qiladi va yashil vegetativ
novdalar paydo bo‘ladi. Qirqbo‘g‘imlarning boshqa turlarida ham spora hosil
qiluvchi organlar hamda yashil barglar bir tup o‘simlikning o‘zida vujudga
keladi. Vegetativ va spora hosil qiluvchi o‘simlik tuplari bir-biridan farq qiladi.
Qirqbo‘g‘imlilar hujayralarida (SiO
2
) qum to‘planishi tufayli ular idishlarni
tozalashda, mebellarni pardozlashda, tanasining ustki qismidagi kremnozem
binokorlikda yog‘och va boshqa qurilish uchun zarur materiallarni silliqlash
uchun ishlatiladi. Shimoliy Amerikada hindlar qirqbo‘g‘im ildiz poyalaridan
savatlar to‘qishda foydalanishgan. XX asrgacha o‘rmon va dala qirqbo‘g‘imi
bo‘yoq sifatida ishlarilgan.
Qirqbo‘g‘imlilarni ko‘pchiligi zaharli hisoblanadi, chunki ular tarkibida
243
tiaminaza fermentiga yaqin modda saqlanib, ular V
1
ni parchalaydi.
Qirqbo‘g‘imlarda saqlanadigan alkaloidlar, saponinlar va flavanoidlar
ta’siridan ko‘pgina hayvonlarning zaharlanishi uchrab turadi.
Qirqbo‘g‘imlilar ichidan faqat dala qirqbo‘g‘imining yozg‘i poyasidan
olingan moddalar qon aylanish tizimini yaxshilashda, siydik haydovchi va qon
to‘xtatuvchi vosita sifatida foydalaniladi.
Qirqquloqsimonlar - Polypodyophyta
Qirqquloqsimonlarning hozir 300 ga yaqin avlodiga oid 10 000 ga
yaqin turi bor. O‘lkamizda ularning 100 ga yaqin turi mavjud, qazilma holatda
ham ko‘p turlari aniqlangan.
Qirqquloqsimonlarning
paydo
bo‘lib
yashagan
davri
qirqbo‘g‘imlilarning davriga to‘g‘ri kelib, ular birgalikda qalin nam
o‘rmonlarni hosil qilganlar. Qirqquloqsimonlarning tropik iqlim sharoitida
o‘suvchi vakillarining balandligi 30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi.
Tabiatda ularning juda mayda bir necha mm ni tashkil etadigan turlari bo‘lib,
hatto suvda hayot kechiradigan vakillari ham uchraydi.
Qirqquloqsimonlarda boshqa yuksak sporali o‘simliklardagi kabi
sporofit nasli ustun turadi. Ularning aksariyati patsimon yirik bargli bo‘lib,
ular yer osti ildizpoyasida va yer ustki qismida spiral shaklda joylashgan.
Qirqquloqsimonlarning barglari novdaga o‘xshab uchi bilan o‘ssa-da,
tabiatdagi barglarning hammasi asosi bilan o‘sadi. Bu bo‘limga kiruvchi
o‘simliklar vegetativ ko‘payganda yer ostki ildizpoyalariorqali jinsli va jinssiz
nasli gallanib ko‘payadi.
Qirqquloqsimonlar dastlabki va chin qirqquloqlilarga bo‘linadi.
Dastlabki qirquloqlilar qadimiy bo‘lib, faqat qazilma holda topilgan. Chin
qirqquloqlilarni paleobotaniklar yuqori perm davrida paydo bo‘lgan, deb
hisoblaydilar va ularni qadimiy vakillarini qazilma holda topib aniqlaganlar.
Hozirgi vaqtda uchraydigan haqiqiy qirqquloqlilar ikkita katta guruhga
244
bo‘linadi: bir xil sporali va har xil sporali qirqquloqlilar.
Bir xil sporali qirqquloqlilar-Filicales
Bir xil sporali qirqquloqlar tabiatning mo‘tadil sharoitida o‘sadi.
Ularning 10 000 dan ortiq vakili barglarining yirikligi bilan xarakterlanadi.
Qirqquloqlarning tropik va subtropik iqlimda o‘sadigan vakillarning
bo‘yi 25-30 m gacha o‘sishi mumkin. Ular poyasining yuqori qismidagi
murakkab barglari doimiy yashil bo‘lib, to‘p-to‘p joylashgan. Mo‘tadil iqlimda
o‘sadigan qirqquloqlar asosan sernam botqoqlik va o‘rmonlarda o‘sadi. Ular
asosan ko‘p yillik o‘t o‘simligi bo‘lib, qishda yer ustki barglari nobud bo‘ladi.
Ularning poyalari yer ostki ildizpoya shaklida bo‘lib, ostki qismidan
qo‘shimcha ildiz, ustki qismidan yer ustiga barg hosil qiladi.
Bir xil sporali qirqquloqlarning ayrim vakillari quruq iqlimda, tog‘
qirralarida o‘sishga moslashgan. Bir xil sporali qirqquloqlardan eng
ahamiyatlisi, tibbiyotda ishlatiladigan erkak qirqquloq yoki o‘rmon shitovniki
(Dryopterus filix mas) bo‘lib hisoblanadi (64-rasm).
Erkak qirqquloq mayin tuproqli yerlarda, daraxtlarning soyasida yaxshi
o‘sa oladigan ko‘p yillik o‘t o‘simlikdir. Ko‘p yillik bo‘lganligi uchun yer
ostida katta yo‘g‘on ildizpoyalari bo‘ladi. Ildizpoyasidan juda ko‘p qo‘shimcha
ildizlar chiqib, tuproqqa mustahkam joylashadi.
245
Do'stlaringiz bilan baham: |