M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


  4-BOB. INFLATSIYA VA ANTIINFLATSIYA SIYOSATI



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

 


49 
4-BOB. INFLATSIYA VA ANTIINFLATSIYA SIYOSATI 
 
Reja: 
4.1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari. 
4.2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi. 
4.3. Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlik. Fillips egri 
chizig‘i. 
4.4. Inflatsiya siyosati va O‘zbekiston Respublikasida uni amalga 
oshirish xususiyatlari 
 
4.1.
 
Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
 
Inflatsiya – 
ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar 
o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid 
qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflatsiya (lotincha inflatio - 
shishish, bo‘rtish, taranglashish) - bozor iqtisodiyotining asosiy izdan 
chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori 
bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa bir 
iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan 
mamlakatlarda inflatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. 
Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning 
umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq. 
Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham 
oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa 
tushishi mumkin. 
“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861–1865-
yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi 
muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlarning real taklifiga 
nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo 
inflatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini 
ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi 
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning 
buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. 
Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning 
sababi to‘liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb 
bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li 


50 
bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish 
inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. 
Neoklassik yondashuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab 
chiqarishning haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining 
ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflatsiyaga talab 
tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondashishadi. 
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga 
nisbatan sekinroq o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda 
o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining 
ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid 
qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga 
ehtiyoji paydo bo‘ladi. 
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun 
takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy 
buzilishlar natijasidir. Baholarning o‘sishi, pul birligi xarid 
qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon bo‘lishining 
quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: 
1)
valuta kurslarining o‘zgarishi; 
2)
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining 
qisqarishi tomon o‘zgarishi; 
3)
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining 
o‘sishi. 
Inflatsiya baho indekslari –deflator va iste’mol narxlar indeksi 
yordamida aniqlanadi. 
Baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish