M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

17.4.
 
Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni
ixtiyoriy cheklash 
 
Ko‘pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag‘batlantirish 
tadbiri sifatida ko‘pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo‘llaniladi. 
Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo‘ljallangan ishlab 
chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat 
budjetidan imtiyozli kreditlar berish ko‘zda tutiladi. 
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo‘llaniladi. Bularga: 
-
eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar 
berish; 
-
reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor 
konyukturasi haqida tekin axborot yetkazib berish; 
-
firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq 
soliq imtiyozlarini berish; 
-
bevosita subsidiyalash kiradi. 
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining 
tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar 
tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo‘qqa 
chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat budjeti yo‘qotishga 
uchraydi, importyor davlat budjeti esa qo‘shimcha daromad ko‘radi. Bu 
tadbir dempingga qarshi kurash ko‘rinishlaridan biridir. 
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar 
jahon amaliyotida keng 
qo‘llanilib, o‘zida qo‘shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, 
jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past 


216 
narxlar bo‘yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o‘rnatiladi. Bu 
bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab 
chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so‘ng chiqaradi hamda uning 
miqdorini va to‘lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi 
bojlar o‘z valuta resurslarini to‘ldirish maqsadida jahon bozoriga 
xomashyo resurslarini eksport qilishni ko‘paytirgan sobiq ittifoqdosh 
respublikalarga nisbatan faol qo‘llanilmoqda. 
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import 
bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi 
sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. 
Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol o‘sadi, ishlab chiqarish va eksport 
kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqa-
ruvchilarda yo‘qotishga duch bo‘ladilar. Tashqi bozordagi baholarga 
nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, 
davlat esa daromadga ega bo‘ladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash 
eksport kvotalarining bir turi bo‘lib, xorij mamlakatlarining ayrim 
mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. 
Bu yerda «ixtiyoriy so‘zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport 
qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o‘z hamkorlari tomonidan birorta 
noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 
1.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun 
tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun 
iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik 
bildirmaydilar. 
2.
Ixtiyoriy 
ravishda 
eksportni 
cheklash 
sharoitida 
xorij 
iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx 
belgilashlari mumkin. 
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash 
sharoitida eksportyor ko‘rgan yo‘qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga 
qoplashadi. 
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko‘rib o‘tilgan usullarining har 
biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat 
iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi 
savdo 
liberallashtirib 
boriladi. 
Mamlakatning 
xalqaro 
savdo 
tashkilotlariga a’zo bo‘lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. 
Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini 
yanada rivojlantirishga olib keladi. 


217 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish