M s h. N u r m a t o V a, s h. T. H a s a n o V a rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga



Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana30.12.2021
Hajmi4,97 Mb.
#92795
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

M ashg‘ulot  tahlili.
M ashg‘ulot m azm uni  m azkur yosh  guruhi  dasturiga,  yil fasliga, 
bolalarning  tasviriy  im koniyatlariga  muvofiq  keladimi?
Yangi  narsalar va bolalarga tanish  narsalar  o‘rtasidagi  muvofiq- 
likning  oldingi  o ‘tgan  m ashg'ulotlar  bilan  aloqasi.  Em otsional- 
ijodiy  o ‘quv  yuklamasi,  m ashg‘ulot  m azm unining  tarbiyaviy va  bi- 
lish  ahamiyati.
M ashg‘ulotning  tashkil  etilishini,  m ateriallar  va  ko‘rgazmali 
qurollarning  sifatini,  bolalar  ham da  tarbiyachilarning  tayyorgar- 
liklari  (ish  usullarini  ko ‘rsata  bilish)ni  baholash.  N avbatchilarning 
m ashg‘ulotga  tayyorlanishdagi  roli,  navbatchilar  ishining  o ‘z -o ‘zi- 
ga  xizmat  ko'rsatish  bilan  biriktirilishi.
Tarbiyachi tushuntirishlarining to ‘g‘riligi va tushunarliligi.  O lqi- 
tishning  mashg‘ulot  turlarida  foydalanilgan  usullarining  muvofiq- 
ligi  (m asalan,  dekorativ  rasm  solishda,  grafik  tasvir  ko‘rinishidagi 
nam unadan,  predm et-naturani  tahlil  qilish,  uning  tasviriy  usulla­
rini  k o ‘rsatish  va  boshqalardan  foydalaniladi)  dastur  vazifalarining 
xarakteriga  (yangi  yoki  takrorlanayotgan  m azm un),  bolalarning 
yoshiga  (masalan,  kichik  guruh  bolalarini  o ‘qitishda  yetakchi  usul 
bu k o ‘rsatish,  katta guruhlarda esa o ‘qitishning ko‘rgazmali  usullari 
bilan  birga,  aniq  og‘zaki yo‘llanm alar,  ishni  qaysi  usulda va qanday 
izchillikda  bajarish  lozimligini  m ustaqil  aniqlash  topshiriqlari  katta 
aham iyat  kasb  etadi)  bog‘liq.
M ashg‘ulotning  bosqichlar b o ‘yicha  um um iy  davomiyligi,  agar 
shunday  b o ‘lgan  b o ‘lsa,  kechikishning  sabablari.
Bolalarning  mashg‘ulotda  o ‘zini  tutishi:  uyushganlik,  intizo- 
miylik,  qiziqish,  ularda vaqt,  ish  tem pi  hissiyotining  mavjudligi.
Bolalarning ishlarini  k o ‘rib chiqish:  olingan  ko‘rsatm alarga m u­
vofiq  ishlay  bilish,  texnik  va  tasviriy  k o ‘nikm a  ham da  malakalar, 
q o ‘yilgan vazifani  hal  etishga  ijodiy yondoshish,  ishning puxta yoki 
naridan  beri  bajarilganligi.
61


M udira  tarbiyachi  bilan  birga,  har  bir  bolaning  m azkur  mash- 
g'ulotda  bajargan  ishini  ko‘rib  cliiqadi  va  tahlil  qiladi.  Ayrim  hol- 
larda  (ishning  sifati  ko‘pchilik  bolalarnikidan  past  boMsa)  bola­
ning  oldingi  mashg‘ulotlarda  bajargan  ishlari  ko‘rib  chiqiladi.  Bu 
o 'rin d a quyidagilar  qayd  etiladi:
1.  Ishning  taklif  etilgan  mavzu  va  ko‘rsatmalarga  muvofiq 
kelish-kelmasligi,  bola  o ‘z  ishini  tugatgan-tugatmaganligi.
2.  Tasvirlangan  va  asl  predm et  (natura,  nam una)  o ‘rtasida 
o ‘xshashlikning  bor-yo‘qligi.
3.  Predm etning  qaysi  belgilari:  xarakterli  yo  kam  ahamiyatli 
yoki  har  ikkalasi  ham  tasvirlanganligi.
4.  Predm etning  tuzilishi  (qismlarining  joylanishi)  to ‘g‘ri 
berilgan-berilmaganligi.
5.  Predm et  qismlarining  lozim  joylaridagi  farqlari  berilgan- 
berilmaganligi.  Bola  predm etning  rangini  realistik  bera  olgan  yoki 
bera  olmaganligi.  Bolaning  kuzatuvchanligi,  tasaw urining  mahsuli 
haqida  nim alar  dalolat  berayotganligi.  Bolaning  o ‘zi  tasvirlayotgan 
narsaga  munosabati  nim alarda  nam oyon  bo'lganligi  (rasmga  rang- 
li  qilib  bo‘yoq  berishda,  o ‘lcham dan  foydalanishda,  obrazlar  dina- 
mikasida).
6.  Bolaning  qog‘oz  sahifalarini  qanday  toMdirganligi,  bolada 
predm etlarning  real  va  m a’naviy  aloqalarga  muvofiq  keluvchi  fa­
zoviy joylashuv  haqida  tasaw urning  bor-yo‘qligi  (yonida,  oraliqda, 
oldinda,  orqasida,  yuqorida,  pastda va  shu  kabilar).
7.  Bola  tavsiya etilgan  mavzuning  m azm unini  mustaqil  bera  ol- 
gan-olm aganligi  (bu  savolga javob  berish  uchun  guruhdagi  barcha 
bolalarning  rasmlarini  qiyoslash  lozim  bo‘ladi).
8.  Texnik  malaka  va  ko'nikm alarning  sifati  (predm et  kontur 
to ‘g ‘ri  tasvirlanganmi,  rasm  tartibli  qilib  bo‘yalganmi,  bola  may­
da  detallarning  tasvirida  m o‘yqalamning  ingichka  uchidan  foy- 
dalana  oladimi  yoki  yo‘qmi,  loy  va  plastilindan  narsalar  yasash- 
da  predm etning  shaklini  to ‘g‘ri  belgilanganmi,  yuza  qismi  tekis- 
langanm i,  qism lar  oralig‘i  mustahkam   qilib  biriktirilganmi,  g‘adir- 
budur elem entlari yo‘qmi,  predm etning  konturi  to ‘g ‘ri  qirqilganmi, 
predm etning  qismlari  to ‘g‘ri  yelimlanganmi).
9.  M ashg‘u!otning um um iy bahosi,  ijobiy tom onlari va  nuqson- 
lari,  m azkur  mashg‘ulotning  metodikasiga  qanday  o ‘zgarishlar  ki- 
ritish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.
62


IV.  5.  TASVIRIY  FAOLIYAT  M A SH G ‘ULOTLARI 
U C H U N   M ATERIALLAR VA USKUNALAR
Tasviriy faoliyat  m ashg‘ulotlari pedagogik o ‘ylangan  moddiy ji- 
hozlanishni:  maxsus  uskunalar,  asboblar  va  tasviriy  materiallarim 
talab  qiladi.  M ashg‘ulot  o ‘tkazish  uchun  sharoit yaratuvchi  barcha 
predm etlar  taxtalar,  m olbertlar,  tagliklar  va  hokazolar;  asboblar: 
tasviriy jarayonda  kerak  b o ‘ladigan  qalamlar,  m o'yqalam lar,  qay- 
chilar  va  boshqa  narsalar:  tasvir  yaratishda  ishlatiladigan  tasviriy 
m ateriallar  —  jihozlash  uskunalariga  kiradi.  M udira  tarbiyachi- 
m etodist  bilan  birgalikda  tasviriy  faoliyat  m ashg‘ulotlarini  muvaf- 
faqiyatli  o'tkazish  va  bolalar  ijodiyotini  o ‘stirish  uchun  olingan 
barcha  kerakli  narsalarini  ko‘rib  chiqadi,  m aterial  ham da  uskuna- 
lardan  qanday  foydalani-layotganligini,  bolalarda  ularga  nisbatan 
ehtiyotkorona  m unosabat  tarbiyalanayotganligini  tekshirib  chiqa­
di.  Tasviriy  faoliyatning  har xil  turlari  turlicha jihozlanadi.
Rasm  —  predm etli,  m azm unli,  dekorativ,  o ‘ylangan  fikr  b o ‘- 
yicha  solish  mashg‘alotlari  uchun  lenolium   qoplangan  doskalar 
(devorga  va  polga  q o ‘yiladigan);  bolalar  chizgan  rasmlarni  nam o- 
yish qilish uchun uchta reykali doskalar;  natura u ch u n  taglik;  stolga 
qo‘yiladigan  doskalar  —  yig‘m a  m olbertlar  (katta  guruhlar  uchun) 
va  boshqalar  kerak  b o ‘ladi.
G uruhda  seksiyalardan  biriga  lenolium ,  ikkinchisiga  flanel  q o ­
plangan,  uchunchisiga  esa  reyka  qoqilgan,  u ch   seksiyali,  kom bi- 
natsiya qilingan,  devorga o ‘rnatiladigan doskaning b o ‘lishi m aqsad­
ga  muvofiqdir.  B olalarning  ko‘rish  faoliyatini  saqlash  m aqsadida 
katta  guruhlarda  sathi  qiya  turadigan  individual  taxtalardan  foy­
dalanish  m aqbuldir,  chunki  bunday  taxtalar  nurning  ko‘zga  bur- 
chak  ostida  emas,  balki  perpendikulyar  y o ‘nalishda  tushishini 
ta ’minlaydi.
Q alam lar.  Rasm solish uchun bolalarga rangli  qalam lar to ‘plami 
kerak:  kichik  guruhda  beshta  qalam dan  (qizil,  ko‘k,  yashil,  sariq 
va  qora);  o ‘rta  guruhda-oltita  qalam dan  (qizil,  ko‘k,  yashil,  sariq, 
qora  va  jigarrang)  foydalaniladi;  katta  guruhlarda  yuqorida  ay- 
tilganlardan  tashqari,  qizg‘ish,  binafsha  rang,  to ‘q  qizil,  pusliti 
zangori,  och  yashil  ranglar  qo‘shiladi.  K ichik  guruhlarda  qalam 
lar dum aloq b o ‘lishi  kerak.  K atta  guruhlarning bolalariga  yutushoq 
grafitli  qalam lar  («Shkolnoe»,  «Iskusstvo»  №   1 ,2 )  tavsiya  qilinadi
63


Qalamni  ishlatishga  tayyorlashda  yog‘och  qatlam i  25—30  m m   oli- 
nib,  grafiti  8—10  m m   ochiladi  (rangli  qalam larning  yog‘ochi  kam - 
roq  olinishi  kerak,  chunki  ularning  o ‘zaklari  y o ‘g ‘onroq,  qattiqroq 
bosganda  uvalanib,  sinib  ketadi).
M o ‘yqaIamlar.  Bo‘yoq  bilan  rasm  chizish  uchun  tuki  yumshoq 
va  elastik  bo‘qirsoq,  olm axon  va  shu  kabilarning  qilidan  qilingan 
dumaloq  m o‘yqalam lar  kerak.  M o ‘yqalam lar  nomerlariga  ko‘ra 
farqlanadi:  1—8  ingichka,  8—16  yo‘g ‘on.  Kichik  guruh  bolalari- 
ga  12—14  nom erli  m o ‘yqalam larni  berish  tavsiya  qilinadi.  B un­
day  m o‘yqaIam  qog‘ozga  bosilganda  yorqin,  yaxshi  seziladigan  iz 
qoldiradi, predm etning shaklini berishni osonlashtiradi. 0 ‘rta va kat­
ta   guruhlar bolalariga  ham   ingichka,  ham   yo‘g ‘on  m o‘yqalamlarni 
berish  mumkin.
Bolalarning  m o‘yqalam lardan  foydalanishlari  kuzatilar  ekan, 
eng  aw alo,  ular  uni  to ‘g‘ri  ushlashni  bilishlariga,  tarbiyachi  buni 
eslatishi  va  ko‘rsatishiga:  mashg‘ulot  vaqtida  va  tugugandan  so‘ng 
bolalar  m o ‘yqalamni  taglikka  q o ‘yishlariga  (tarbiyachi  tagliklarni 
qalin  kartondan  yoki  uzunasiga  ikkiga  qirqilgan  g‘altakdan  tay- 
yorlashi  m um kin)  e ’tibor  berish  kerak.  Bolalarga  m o‘yqalamni 
suvli  bankada  qoldirishga  ruxsat  bermaslik  kerak,  bunday  qilingan- 
da uning tuki  egiladi,  har tom onga tarqab,  shaklini y o ‘qotadi.  Agar 
tukli  m o ‘yqalamlarga  tejamkorlik  bilan  m unosabatda  bo'linsa,  ular 
uzoq m uddat xizmat  qiladi.  M ashg‘ulot uchun  b o ‘yoq tayyorlashda 
uni  m o ‘yqalam bilan  aralashtirmaslik  kerak,  buni  ch o ‘p  bilan  qilish 
ancha  qulay.  Akvarel  b o ‘yog‘i  bilan  rasm  solishda  m o‘yqalamning 
tuklari  yelpig‘ich  singari  tarqab  ketmasligi  uchun  uillti  bosmasdan, 
bo‘yoq  yengil  yarim  aylana  harakat  bilan  olinadi.  Ish  tugagandan 
keyin,  b o ‘yoq  qurib  qolm asdanoq,  m o ‘yqaIam  yaxshilab  yuvila- 
di.  M o‘yqalamlarning  m o‘yini  stakanda  yuqoriga  qilib  saqlash  tav­
siya  qilindi.  M udira  m ashg‘ulot  boshlanishidan  oldin,  qog‘oz  qan­
day tayyorlanganligini  ko‘radi.  Rasm solish uchun  anchagina qalin, 
bir  oz  g‘adir-budur  qog‘oz  (yaxshisi,  yarim  vatm an)  kerak.  Qalin 
yozuv  qog‘ozi  uning  o ‘rnini  bosishi  mum kin.  Rasm  solish  uchun 
ustiga  qalam   deyarli  iz  qoldirmay,  sirpanadigan,  yaltiroq  va  qalam 
kuchliroq  bosilganda  yirtilib  ketadigan  yupqa  qog‘ozlar  yaramay- 
di.  Ish  vaqtida  qog‘oz  qim irlamay,  bir  tekis  turishi  kerak  (bolalar 
qog‘oz  holatini  o ‘zgartirishlari  m um kin  b o ‘lgan  manzarali  rasmlar 
solish  bundan  m ustasno).
64


Kichik  guruh  bolalariga  rasm   solish  uchun  yozuv  qog‘ozi  kat- 
taligidagi  qog‘ozni  berish  tavsiya  qilinadi  u  bolakay  qoMini  yoz- 
gandagi  kenglikka  muvofiq  keladi.  0 ‘rta  va  katta  guruh  bolalariga 
alohida predm etlam ing tasvirlari uchu n  yozuv  qog‘ozining yarmini 
(butun  qog‘ozdan  ham   foydalanish  m um kin)  berish  tavsiya  qili­
nadi:  m azm unli  rasmlar  uch u n   kattaroq  shakldagi  qog'ozni  berish 
kerak.  Rasm  solish  uchun  qog‘oz  tayyorlar  ekan,  tarbiyachi  tas- 
virlanadigan  predm etning  tuzilishini  va  o ‘lcham ini  hisobga  olishi 
kerak.
G uash  b o ‘yoqlar  bilan  rasm  solishda  to ‘yingan  va  yumshoq 
tondagi  rangli  qog‘ozlardan  foydalaniladi.  K atta  guruh  bolalari 
kerakli  rangdagi  qog‘ozlarini  mustaqil  tayyorlay  oladilar  (qog‘ozga 
tus  berishda  guash  va  akvarel  b o ‘yoqlardan  ham da  yo‘g‘on,  yum ­
shoq  m o ‘yqalam lardan  foydalanadilar:  o ‘lchami  unchalik  katta 
b o ‘lmagan  yassi  b o ‘yoq  m o ‘yqalamlari  — fleytslar qulaydir.  Bo‘yoq 
oldin  gorizontaliga,  so‘ngra  uning  ustidan  vertikaliga beriladi).
B o‘yoqlar.  Rasm  solishda  suvli  b o ‘yoqning  ikki  turi  — guash  va 
akvareldan  foydalaniladi.  M aktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar 
uchun  pastasim on,  shaffof b o ‘lmagan  b o ‘yoqlar  — guash  qulaydir.
B o‘yoqni  m o ‘yqalam da  turadigan,  undan  tom ib  tushmaydigan, 
suyuqroq  qaymoq  quyuqligidek  qilib  aralashtirilishi  kerak.  Bo‘- 
yoqlarni  bolalar  rangni  ko‘rib  turishlari  uchun  qirralari  past  shaffof 
bankachalarga  quygan  m a’qul.
Yopiq  qopqoqchali  polietilen  bankachalardagi  guash  b o ‘yoq- 
Iaridan  foydalanish  qulay:  tarbiyachilar  bo'yoqni  ularning  o ‘zida 
tayyorlaydilar va  mashg‘ulotdan  so ‘ng  ularni  boshqa  narsaga  q o ‘y- 
may  qoldiraveradilar.  B unda  b o ‘yoq  tejam  bilan  sarflanadi  va 
uni  tayyorlashga  ko‘p  vaqt  ketmaydi.  Tarbiyachi  b o ‘yoqning  ke­
rakli  rangini  chiqarishni  bilishi  kerak.  Akvarel  b o ‘yoqlar  katta  va 
m aktabga  tayyorlov  guruhlari  bolalariga  tavsiya  qilinadi.  Akvarel 
b o ‘yoqlarining  farqlovchi  xususiyati,  bularning  kukun  qilib  may- 
dalangan  pigm ent  va  ko‘p  miqdordagi  yopishtiruvchi  m oddalar- 
dan  (bog‘lovchi  sifatida)  iboratligidir.  K ukun  qilib  foydalanganli- 
gi  tufayli  akvarel  b o ‘yoqlar  o ‘zlarining  asosiy  fazilatlari  —  shafTof- 
lik  kasb  etadilar.  Hozirgi  kunda  akvarel  har  xil  ko‘rinishda:  qattiq
—  plita shaklida,  yarim  yum shoq-chinni  shaklchalarda va  yumslioq 
tubikchalarda  ishlab  chiqarilm oqda.  M aktabgacha  ta ’lim  muassa 
sasi  sharoitlarida yarim  yum shoq  (shaklchalardagi)  akvareldan  loy
65


dalanish  m a’qulroq.  Bolalarning  akvarel b o ‘yoqlaridan xuddi guash 
bo ‘yoqlari  bilan  rasm  solganidek  foydalanishlariga  yo‘l  qo‘yib 
b o ‘lmaydi.  Bolalar  akvarel  b o ‘yoqlari  bilan  rasm  solar  ekanlar, 
predm etlar  konturini  oldin  qog‘ozga  oddiy  qalam  bilan  tushiradi- 
lar.  M ashg‘ulotlar va bolalarning  mustaqil  badiiy va  ijodiy faoliyat- 
lari  uchun  pastel  — turli  rangdagi  yo‘g‘on  steijenchalar tavsiya  eti­
ladi.  Pastel  to ‘plamida  har biri  bir  nechta  tusga  ega  bo‘lgan  beshta 
rang b o ‘ladi,  buning  o ‘zi  ish  uchun  tayyor  palitradir.  Pastel  qattiq, 
yum shoq  va  o ‘rtacha  turlarga  b o ‘linadi.  Bolalar  uchun  yum shoq 
pastel  tavsiya  etiladi.  Bu  b o ‘yoq  ehtiyotkorlik  bilan  m unosabatda 
b o ‘lishni  talab  etadi,  chunki  u  oson uvalanadi,  sinadi.  Shuning u c ­
hun  pastel sterjenining  har birini  zar qog‘ozga  o ‘rash  kerak b o ‘ladi. 
Rangli  m um   b o ‘rlar sterjen  ko‘rinishida  12  tadan  36  tagacha  rang- 
da  to ‘plam  qilib  sotiladi.  U ning  bilan  ham  xuddi  pastel  singari 
rasm  solinadi.  Rangli  mum  b o ‘rlarning  afzalligi  shundaki,  ular b i­
lan  qalam  chizig'i  qalinligidagi  chiziqni  chizish  mumkin.  Shuning 
uchun  m um   bo‘rlar bilan  rasm  chizishda  oddiy  qalam dan  fiSydala- 
nilmaydi.  Rangli  bo ‘rlardan  m ashg‘ulotlardan  b o ‘sh  vaqtlarda  tax- 
ta  (doska)ga  rasm  chizishda  foydalaniladi.  0 ‘chirish  uchun  ikki- 
ta  —  qum q  va  ozgina  nam langan  latta  kerak:  qunig‘i  bilan  xato- 
lar yo‘qotiladi,  rasmga  b o ‘r  changi  (kukuni)  tushurilib,  ayrim joy- 
lari  xiralashtiriladi:  h o ‘li  bilan  eng  to ‘q joylari  oqartiriladi,  oxirida 
esa  rasm  doskadan  o ‘chiriladi.  Rasm  solishga  m o ‘ljallangan  k o ‘m ir 
uzunligi  10—12 sm va diam etri  5—8  mm b o ‘lgan yirik sterjendan  ib- 
orat  b o ‘ladi.  U  yumshoq,  sinuvchan,  uqalanuvchan  material  b o ‘l- 
ganligi  uchun  zar  qog‘ozga  o ‘ralishi  kerak.  K o‘m ir  to ‘q,  xira-qo- 
ra  iz  qoldiradi.  K o‘m ir  bilan  ishlashda  uning  changini  saqlab  qo- 
ladigan  tukli  qog‘ozlar  — gulqog‘oz,  o ‘rash  uchun  ishlatiladigan  va 
rasm  solish  qog‘ozlari  ishlatiladi.  Agar ko‘mir bilan  ishlangan  rasm 
ustidan  paxta tam ponni  ozgina  h o ‘llab,  rasm solingan  qog‘oz sathi- 
dan  vertikaliga  yengil  surib  chiqilsa,  b o ‘yoq  yanada  m ustahkam la- 
nadi.
Loy  va  plastilindan  narsalar  yasash  uchun  maxsus  uskuna­
lar:  aylanadigan  doirali  dastgoh  (katta  guruhlar  uchun),  suv  soli- 
nadigan  idishlar,  latta;  bolalar  yasagan  narsalarni  b o ‘yash  uchun
—  gruntovka;  bundan  tashqari,  b o ‘yashda  ishlatiladigan  maxsus 
b o ‘yoqlar  —  angoblar  kerak  b o ‘ladi.  Bolalar  ishlagan  haykalta­
roshlik  m ahsulotlarini  pishirish. u ch u n   mufel  pechkaning  bo'lishi
66


maqsadga  muvofiqdir.  Bunday  pechkani  o ‘quv  kollektorlaridau 
topish  m um kin.
N atu ra  yoki  nam unani  nam oyish  qilish  uchun  natura  uchun 
m o‘ljallangan  tagliklardan  foydalansa  b o ‘ladi.  Karkaslar  —  tu r­
li  uzunlik  va  kenglikdagi  oddiy  taxtalar  ham   uskunalarga  kiritila- 
di.  K arkaslardan foydalanish bolalarga jonivorlar oyoqlarining  m u- 
kam m alroq  tasvirida  va  ularning  figuralarini  barqaror  ham da  dina- 
rnikroq  qilishga  im kon  beradi.
N arsalar yasash  mashg‘ulotlari  uchun  plastik  materiallar  — loy, 
plastilin  kerak  b o ia d i,  bunda  asosiy  yasash  uchun  eng  maqbul 
m aterial,  bu  loydir.  Kichik  guruhlarda  faqat  loydan  foydalaniladi, 
chunki  b u   yoshdagi  bolalar  plastilindan  narsa  yasashda  qiynaladi- 
lar.  0 ‘rta  guruhda  ham  bolalar  asosan  loydan  narsalar  yasaydilar. 
Rangli  plastilindan  katta  guruhlarda  m azm unli  narsalar  yasashda 
foydalaniladi.
N arsalar  yasash  uchun  loy  qanday  tayyorlanadi?
Turli joylardan  olingan  loy  rangi  bilan  farqlanadi;  u  sarg‘ish, ji- 
garrang,  qizg'ish,  kulrang,  oq,  yashil-ko‘kish,  qo‘ng‘ir  rang bo‘lishi 
mum kin.  Loy,  uning  tarkibida  qum   kam  b o ‘lsa,  kuchli  b o ia d i, 
qum  aralashmasi  uni  sochiluvchan  qiladi.  Loyni  bevosita  yerning 
o'zidan  tanlash  mumkin.  Kuchli  loyning yaxshi  qatlamlari  daryo va 
ariqlarning  yaqinida  uchraydi.  Shuning  uch u n   shahar  bog‘chalari 
uchun  loyni  yozda  dala  hovliga  chiqqan  vaqtlarda  g‘amlab  kelish 
kerak.
Plastilin  —  loy,  m um ,  yog‘,  bo‘yoq  va  boshqa  qo‘shilm alardan 
tayyorlangan  sun ’iy  plastik  massa.  U  yum shoq  va  qayishqoq,  u 
uzoq  qotm aydi,  am m o  tem peratura  oshganda  yumshaydi  va  eriy- 
di.  N arsalar yasashda  plastilinni  q o ‘lda  uzoq  m uddat  ezish  tavsiya 
qilinadi.  Plastilin  bilan  ishlashdan  oldin  uni  qutisi  bilan  issiqroq 
joyga  yaq'in  q o ‘yib,  biroz  isitiladi.  K atta  g u aih lar  tarbiyalanuvchi- 
larida  plastilinning  individual  tayyor  to ‘plam lari  b o ‘lishi  kerak. 
U lar  plastilinning  holatini  o ‘zlari  nazorat  qilib,  qolgan  plastilinni 
rangiga  ko‘ra joylab  q o ‘yadilar.
Applikatsiya m ashg‘ulotlari uchun tayyor shakl,  qog‘oz,  qiyqim- 
lar  uchun  patnis  va  yuza  qutilar;  kleyonka;  shakllarga  yelim  su- 
rish uchun  plastmassa taxtachalar (20x 15  sm):  latta,  shirach uchun 
chetlari  past  quticha;  m o ‘yqalam lar  uchun  taglik;  dag‘al  jundan 
tayyorlangan  m o ‘yqalamlar;  to ‘m toq  uchli  qaychilar;  (richagining
67


uzunligi  18  sm)  kerak  b o ia d i.  Applikatsiya  ishlarida  har  xil  nav- 
li  oq  va  rangli  qog‘ozlardan  foydalaniladi.  F on  uchun  oq  qalin 
qog‘oz:  rasm  albomlarning  varaqlari  yoki  stolga  solinadigan  rangil 
qog‘oz yo b o ‘lmasa,  yupqa karton  ishlatiladi.  Predm etning qismlari 
yupqa  qog‘ozdan,  yaxshisi  yaltiroq  qog‘ozdan  qirqilgani  m a’qul; 
uning  rangi  yorqin,  ushlaganda  qo‘lga  xush  yoqadi.  M aktabgacha 
katta  yoshdagilar  har  xil  rang  va  tusdagi jilosiz  rangli  qog‘ozlatfdan 
ham  foydalanadilar.  Katta guruhlarda h ar bir bola  uchun  turli  rang 
va  tusdagi  qog'ozlar  naboriga  ega  b o ‘lish  maqsadga  muvofiqdir. 
Tasviriy faoliyatga  m o‘ljallangan  barcha  m ateriallar turlarga ajratil- 
gan  va  m a’lum   tartib  bilan  har  qaysisi joy-joyiga  q o ‘yilgari  b o ‘lishi 
kerak.  Qaychilar qutichada saqlanadi.  Foydalanib bo'lgandan keyin 
b o ‘yoqlar  bankalarga  qayta  quyiladi  (bankalarning  og'zini  b o ‘yoq 
qurib  qolmasligi  uchun  m ahkam   qilib  berkitish  kerak).  Bankalar- 
dagi  guash  b o ‘yoqlari  ustiga  suv  quyish  lozim.  Qog‘oz  dasta  qilib 
taxlanib  saqlanadi.  Rangli  qog‘ozlarni  kichikroq  b o ‘laklarga  qir­
qib,  press  ostiga  qo‘yish  m um kin  (keyin katta guruhlarda ular indi­
vidual  konvertlarga  solinadi).  Tartibli joylashtirilgan  material  kam 
joyni  egallaydi,  yaxshi  saqlanadi,  ulardan  foydalanish  ham  qulay 
b o ‘ladi.
V  BOB.  M A SH G ‘ULOTDAN  TASHQARI 
VAQTLARDA  TASVIRIY  FAOLIYAT
Bolalarning  badiiy jihatdan  tarbiya  olishi  faqatgina  m ashg‘ulot 
jarayonida emas,  balki  kundalik  hayotda yuzaga  keladi.  Bu  o ‘rinda 
bolaning  o ‘z  faolligi  jarayonida  yuzaga  keluvchi  mustaqil  tasviriy 
faoliyat  m uhim   rol  o ‘ynaydi.  U   bu jarayonda  mashg‘ulotlarda  ol­
gan  badiiy  tajribasidan  foydalanadi.  M ashg‘ulotdan  tashqari  vaqt- 
larda  bolada  o ‘zi  sevgan  mavzularga  tasviriy  faoliyatning  biror  bir 
turlariga  nisbatan  layoqat  yoki  xohish  seziladi.  Bunga  bolalarning 
o ‘z  ixtiyorlari,  xohishlari  bo'yicha  ishlagan  loy,  applikatsiya,  rasm 
va  qurish  yasash  ishlari  misol  b o ‘ladi.  Shuningdek,  tasviriy  san’at 
va  uning  turlari,  musiqa,  adabiyot,  bolalar  mustaqil  tasviriy  fao- 
liyatining  asosiy  sababchisi  hisoblanib,  bolalarning  kechinm alarini 
boyitadi.  Teatr,  kino,  sirk  yoki  televizion  eshittirishlarni  ko'rish 
bolalarda  obrazlarni  ifodali,  m azm undor  b o ‘lishini  yanada  oshi-
68


radi.  Bolalarda  tasviriy  faoliyat  bilan  o ‘zlari  shug‘ullanislilaii  ja ­
rayonida  ularda  chizish,  yopishtirish,  loydan  yoki  qurilish  m ate­
riallaridan  o ‘yinchoqlar yasashga  nisbatan  xohish  uyg‘onadi.  Ular 
o ‘z  o ‘yinchoqlarini  o ‘rtoqlariga,  tarbiyachisiga  8-  m artga  o ‘z  bu- 
vilari,  onalari  u ch u n   sovg‘alar  tayyorlab,  ularga  hadya  qiladilar. 
B a’zida  bolalar  zalni,  guruh  xonasini  bezatish  uchun  o ‘yinchoq- 
lar  yasaydilar  yoki  m ashg‘ulotlar  uchun  ko‘rgazma  materiallari 
tayyorlaydilar.  M asalan,  sanash  uchun  shablonlar,  solib  q o ‘yish 
uchun   qutilar  va  hokazo.  Bolalar  guruhda  yoki  o ‘rtoqlarida  pay- 
do  b o ‘lgan  yangi  narsalar  bilan  qiziqib,  u n i  chizishga  yoki  app­
likatsiya  qilishlari  m um kin.  M asalan,  birorta  bola  bog‘chaga  y an ­
gi  qo‘lqopda  keladi,  bolalarga  u   yoqib  qoldi  va  bolalar  uni  tasvir- 
lashga  o ‘tishlari  m um kin.  Bolalar  albatta,  o ‘zlariga  yaqin  b o ‘lgan 
narsalarni  chizadilar.  M asalan,  shim olda yashovchi  bug‘uni,  0 ‘rta 
Osiyoda  esa  to g ia r,  qum liklar  va  tuyalarni  tasvirlaydi.  Bolalar, 
ayniqsa,  ko‘proq  dekorativ  va  ertak  hikoya  asosida  rasm  chizadi­
lar.  Qizil  gilam  va  naqshlarni  chizadilar,  q o ‘g ‘irchoqni  bezaydilar. 
Tayyorlov guruhida  esa  ko‘proq  bolalarning  naturaga  qarab gullar, 
vazalar chizishlarini  kuzatish  m um kin.  Shuningdek,  guruh xonasi­
ni,  zalni  bezatish  uchun  dekorativ  bezaklar  chizadilar.  Bu  jara- 
yonda  bolalar,  asosan,  akvarel,  guash,  rangli  b o ‘rlar,  ko‘mirli  tay- 
oqchalardan  foydalanadilar.  Bolalar b o ‘sh vaqtlarida  loydan,  plas­
tilindan  narsalar  yasashni  yaxshi  ko‘radilar.  U lar  odam lar,  hay- 
vonlar,  ertak  qahram onlarini  loydan  yasaydilar.  Ayniqsa,  jam oa 
bo‘lib  narsalar  yasash  katta  o ‘rin  tutadi.  Bolalar  guruhlarga  bir- 
lashib,  m avzular asosida o ‘yinchoqlar yasaydilar.  M asalan,  «Mazay 
bobo  va  quyonlar»,  turli  idish-tovoqlar.  B olalar  geom etrik  shakl- 
larni  qirqib  yopishtiradilar,  qor  parchalari,  qog‘ozdan  qirqilgan 
q o ‘g‘irchoqlar  uch un   k o ‘ylaldar  va  hokazo.  Bolalar jam oa  bo ‘lib 
applikatsiya  ishlarini  bajaradilar.  M asalan,  q o ‘g ‘irchoq  uchun  gi- 
lam cha,  bolalar  ishlarining  m azm uni,  m aktabgacha  ta ’lim  muas- 
sasasi  hayotidan  yoki  yaqin  ularni  o ‘rab  turgan  hayotdan,  atrof- 
dan  olishi  m um kin.  Q urish  yasashda  esa  bolalar  katta  va  mayda 
qurilish  detallaridan  foydalanadilar,  garaj,  uylar,  paroxodlar  q u ra­
dilar.  Q og‘ozdan  archa  uchun,  guruh  xonasi  uch un   o ‘yinchoqlar 
yasaladi.  Tabiat  m ateriallaridan,  gugurt  c h o ‘pi,  plastilin  yordami- 
da,  qayiqchalar  yasaydilar.  K uzda  tu rli-tum an  barglardan  pirami 
da  yoki  shapkachalar  yasaydilar.  M ashg‘ulotdan  tashqari,  bola
69


lar  kitoblardagi  rangli  rasm larni  rasmli  albom chalarni  tom o- 
sha  qiladilar.  Bu  esa  bolalarning  badiiy  didlarini,  idrok  qilishla- 
rini  o ‘stiradi.  Rangli  shaklni  sezishni  o ‘stirish  m aqsadida  didaqtik 
o ‘yinlar uyushtiriladi.  Shuningdek,  bolalar  m ustaqil  tasviriy  faoli­
yat bilan bino  ichida ochiq havoda ham  shug‘ullaffishlari  m um kin. 
Buning  uch un   bolalarga,  m asalan,  asfaltda  chizish  uchun  rang­
li  b o ‘rlar,  loydan  yoki  qum dan  turli  xil  figuralar  yasash,  toshlarni 
terib,  turli  ko ‘rinishlarni  hosil  qilish,  som ondan  turli  xil  narsalar 
yasashlarini,  qishda  esa  qordan  turli  narsalar  yasab,  ularni  rangli 
m uzchalar biln  bezatishni  taklif etish  m um kin.  Shuningdek,  bola­
larning  mustaqil  tasviriy  faoliyatlari  o ‘zaro,  ya’ni  rasm ,  loy,  appli­
katsiya,  qurish  yasash  bilan  cham barchas bog‘liqdir.
Bolalarning  bu  faoliyatlari  ularni  tashkil  etadigan  roli  o ‘yinlar 
bilan  ham   bog‘liqdir.  Yirik  qurilish  detallaridan  jam oa  fermasi, 
kino,  d o ‘kon  quradilar,  bu o ‘yin uchun loydan sabzavot va mevalar 
yasaydilar.  H ar  bir  bola  mustaqil  tasviriy  faoliyat  jarayonida  ta r­
biyachi  oldiga  kelib,  o ‘ziga  kerakli  zarur  narsani  so‘rab  olishi,  tu ­
shuntirib  berishi  va  u  bilan  nim a  ish  qilmoqchi  ekanligi  haqi­
da  so‘zlab  berishi  mum kin.  Bu  jarayonda  bolalar  o ‘z  oldiga  aniq 
maqsad  q o ‘yib,  uni  bajarish  usullarini,  yo‘llarini  o'zlari  mustaqil 
axtarib  topishga  harakat  qiladilar.
Bolalarning  faolligi  jarayonida  vujudga  keluvchi  mustaqil  tas­
viriy  faoliyati  tarbiyachining  shu  ishga  rahbarlik  qilishida  biroz  qi- 
yinchilik  tug‘diradi.  Chunki  tarbiyachi  to ‘g‘ridan  to ‘g‘ri  rahbarlik 
qilmay,  balki  ikkinchi  darajali  holatni  egallaydi.  Bola  tevarak-atrof 
haqidagi taassurotlarini  mustaqil  ravishda tasvirlash uchu n ular tas- 
virning  vositalaridan  keng  va  erkin  foydalanishni  bilishlari  lozim. 
Bu  esa  mashg‘ulotlar jarayonida  tarbiyachi  tom ondan  berilib,  bo­
lalar  tom ondan  egallangan  bilim  va  malakalar  ham da  taassurot- 
larning  ko‘payib,  boyib  borishi  bilan  belgilanadi.  M asalan,  natura- 
ga  qarab  gul  rasmini  chizgach,  bolalar  bilan  gulzordagi  gullarni 
yoki  uchastkadagi  gullarni,  rasmlardagi  turli  gullarni  ko‘rib  chiqish 
lozim.  Shundagina bolalar o ‘z  mustaqil faoliyatlarini gullardan  chi- 
royli  guldastalar va  dekorativ  kompozitsiyalar tuza  oladilar.
Tarbiyachi bolalarga u lar nim alam ing tasvirini xohlashsa,  o ‘sha 
predm etlarni  ko‘rib,  kuzatib  chiqishni  taklif etadi.  Agarda  bola  sa- 
m olyot,  m ashina chizm oqchi b o ‘lsa,  tarbiyachi  undan  chizishni bi- 
lasanm i,  deb  so ‘rashi va yordam  sifatida bolalarga transport turlari-
70


ning rangli rasmini ko‘rib chiqishini va bunda ulam ing har bir o'/.iga 
xos  xususiyatlariga  bola  diqqatini  tortishi  lozim.  Bolalar  diqqati­
ni  ko‘proq  uncha  murakkab  b o ‘lm agan  dekorativ  kompozitsiyalar 
tortadi.  M asalan,  gilam cha,  salfetka  va  hokazo.  Shuning  uchun 
tarbiyachi  bolalar  ishini  boyitish  maqsadida,  mashg‘ulotlardan 
tashqari  tasviriy  faoliyat  jarayonida  bolalarga  dekorativ  naqshlar- 
ni  ko‘rib  chiqish  uchun  tavsiya  etishi  mumkin.  M asalan,  Dimkov 
naqshlari.  Agarda  bolalar  mashg‘ulotdan  tashqari  m azm unli  kom - 
pozitsiya  tasvirlamoqchi  b o ‘lsalar,  tarbiyachi  qog‘oz  varag‘idan 
predm etlar  qanday  yasalishi,  ish  tartibini  eslatib  o ‘tishi  zarur.  Bo­
lalar b o ‘sh vaqtlarida o ‘zlari  sevgan  ranglar bilan bo'yoqda,  qalam - 
da  shug‘ullanishni  sevadilar,  tarbiyachi  m aterialning  xillarini  ran- 
go-rang  qilib,  bolalarning  bu  qiziqishlarini,  xohishlarini  o ‘stirishi 
lozim.  Bolalarga  chizayotgan  ishlarni  toza,  chiroyli  qilib  baja- 
rishlarini  eslatib  borishi  lozim.  Tarbiyachi  bolalarning  bu  ishlarida 
ularga  m aslahatgo‘y  b o ‘lishi  kerak.  U   bola  qanday  qilish  lozimli- 
gini  aytmaydi,  balki  bola  bilan  ishning borishini  tahlil  qilib,  bolaga 
ishning  sifatli  b o ‘lishi  uch u n   yordam   beradi.
M ustaqil  tasviriy faoliyat jarayonida faollik yoki  xohish,  bolalar 
tom ondan  kelib  chiqishi  kerak.  Agarda tarbiyachi bu jarayon  davo­
m ida kichik va  o‘rta guruh bolalariga ko‘proq m aslahat berib,  faol- 
ligini  oshirsa,  katta  tayyorlov  guruhlarida  bolalarga  ko ‘proq  mus- 
taqillik  berishlari  lozim.  Tasviriy  faoliyatida bolalar  faolligi  asosida 
d o ‘stona  m unosabatlar  tarkib  topadi,  bolalar  bir-birlariga  masla- 
hatlar beradi,  yordam   beradi,  y a’ni jam oa  b o ‘lib  ijod  qilish  o ‘sadi. 
Bolalarning  mustaqil  tasviriy  faoliyati  bilan  shug‘ullanishi  uchun 
m ateriallar  yetarli  darajada  b o ‘lishi,  loy  yetarli  va  qulay  boTishi, 
m ateriallarni  saqlash  uchun  joylashgan  jovonlar  bolalar  olishi 
uchun  qulay boMishi,  tasviriy san’at  asarlari,  shuningdek,  dekorativ 
san ’at  nam unalari,  naqshlar,  xoxloma  va  Dimkov  o ‘yinchoqlari 
b o ‘lishi  zarur.  Bular  tasviriy  faoliyat  burchagini  bezashi  mum kin. 
Shuningdek,  tasviriy  faoliyat  zonasida  doska  boMishi  lozim,  chun- 
ki  bolalar  unga  rangli  b o ‘rlar  bilan  rasmlar  chizadilar.  T urli-tu- 
m an  m ateriallarning  boMishi,  bolalar  mustaqil  tasviriy  faoliyatlari- 
ni  yana  ham  boyitadi.  Tasviriy  faoliyat  burchagidagi  m ateriallarni 
tarbiyachi  vaqti-vaqti  bilan  almashtirib,  toMdirib  boradi.  Illustra- 
tiv  rasm lar to ‘plami  b o ‘yicha  xoxloma,  dimkovo  o'yinchoqlari  stol 
ustiga  terib  joylashtiriladi.  Bolalar  ularni  ko‘rib  chiqadilar.  Bola-
71


lar o ‘yin jarayonida  rasm  chizishdan  tashqari,  loydan  o ‘yinchoqlar 
yasashni yaxshi  ko‘radilar.  Qurilish m aterialardan bolalar keng foy- 
dalanib,  o ‘yinlar tashkil  qiladilar.  A m m o  tarbiyachi  oldindan  quri­
lish  burchagini  tashkil  etish  to ‘g‘risida  o ‘ylab  ko‘rishi  kerak.  Bu 
burchakda  tarbiyachi  yirik  va  mayda  qurilish  detallarini  plastmas- 
sa,  rezinadan  qilingan  o ‘yinchoqlarni,  odam   va  hayvon  obrazlari- 
ni,  transport,  o ‘simliklarni  tasvirlovchi  mayda  o ‘yinchoqlam i  ham  
joylashtiradi.  K atta  va  tayyorlov  guruh  qurilish  burchagiga  quril­
m alar  tasviri  aks  ettirilgan  albomlar,  fotosuratlarni  ham  joylashti­
rish  lozim.  Albomda  yig‘ilgan  fotosuratlar  turli-tum an  binolarning 
ko‘rinishini  tasvirlash  m um kin.  M asalan,  ko‘prik,  transport,  bino- 
lar kabi.
Bolalar  qurilmalar qurish jarayonida  o ‘z  qurilmalarini boshqat- 
dan  k o ‘rib,  o ‘zgartirib,  turli  xil  detallar  bilan  boradilar,  shuning 
uchun  bolalarning  ju da  qiziqib  qurayotgan  ishlari  bir  necha  kun 
m obaynida  saqlanishi  zarur.  Kichik  guruhlarda  esa  tarbiyachi  bo­
lalarga  nim alar  qurishga  o ‘rganganligini  o ‘zi  eslatadi,  o ‘zi  bolalar 
o ‘rnida  ishtirok  etadi  va  qurilm alarni  qurish  jarayonida  birgalikda 
yordam lashadi va o ‘z vaqtida m aydonchaga qurilish materiallarining 
to'plam ini  olib  chiqadi,  bolalar stol ustida turli xil  qurilmalar qura­
dilar,  ular  bilan  o'yin  o ‘ynaydilar.  Q o‘l  m ehnati  burchagida  xil- 
ma-xil  m ateriallardan  karton,  yelim,  qog'oz,  qutichalar  va  tabi- 
at  m ateriallaridan  saqlanadi.  K atta yoshdagi  bolalar tarbiyachining 
rahbarligida  mashg‘ulotda  olgan  bilim  va  malakalari  asosida,  o ‘yin 
uchun  kerakli  o‘yinchoqlar yasaydilar.  Tarbiyachi  bolalarga  masla- 
hatlar  beradi,  qiynalishsa,  ko‘rsatib  beradi.  Ba’zida  tarbiyachining 
o ‘zi  o ‘yinchoq  yasaydi,  am m o  albatta  bularni  bu  ishga jalb  etadi. 
M asalan,  qaysidir qismini yopishtirishni yoki  kerakli  qismlarni ta n - 
lab  olishni  taklif etishi  m um kin.  Ba’zida  tarbiyachi  mashg‘ulotdan 
ikki-uch  kun  oldin,  bolalar yasashi  lozim  b o ‘lgan  buyum ni  bolalar 
ishtirokida yasab,  ikki-uch  kun  burchakda saqlashi  mum kin.  Tabi- 
at m ateriallari bilan  ham  barglar,  shoxlar,  o ‘simlik urug‘lari, jolud- 
lar  ishlashadi.  So‘ng  ularni  sayr  yoki  ekskursiyada  kuzatadi,  bola­
lar  ularni  yig‘adilar  va  tarbiyachi  ulardan  qanday  qilib  o ‘yinchoq 
yasash  kerakligini  ko‘rsatib  beradi.  M asalan,  shishkalardan  tip- 
ratikan,  baliq  va  boshqalar  yasaydilar.  Tarbiyachi  bolalardan  bu 
m ateriallardan  nim alar  qilish  mumkinligini  so‘rab,  ularda  fanta- 
ziyaning  faolligini  o ‘stirib boradi.
72


K ichik va  o ‘rta guruh  bolalari  ham  m ash g‘ulotlardan  tashqari 
vaqtlarda  rasm   chizish,  loydan  buyum lar  yasashga  qiziqishi  uy- 
g ‘onib  boradi.  U lar tu rli  xil  so dda  k o ‘rinishdagi  rasm lar  chizish- 
ga  va  o ‘rta  guruh  tu rli  xil  figuralarni  rangli  qog‘ozdan  qirqadi- 
lar.  T arbiyachi  ularning  qiziqishlarini  o ‘stirib,  rangli  qog‘ozdan 
ch iptalar,  cheklar qirqishni tavsiya etishi m um kin.  Tasviriy faoli­
yatga  pedagogik  rahbarlik  qilish  m ashg‘u lotdan  tashqari  vaqtda 
asta-sekin o ‘zgarib boradi. Y a’ni h arakatlarn i  k o ‘rsatib b erish d an  
m ustaqillikka o ‘tish,  m aterial tan lash d a yoki o ‘z rejasini  o ‘ylagan 
m aqsadini  tasvirlashda  ham .  M ashg‘uIotdan  tashqari  vaqtda  ta s­
viriy  faoliyatni  ishning  yo rdam chi  shaklsiga  aylantirib  yuborish 
kerak  em as.  Shuningdek,  tarbiy ach i  shuni  esda  tu tm o g ‘i  lozim - 
ki,  m ashg‘ulotdan  tashqari  tasviriy  faoliyat  bilan  shug‘ullanish 
ham m a  u ch u n   m ajburiy  em as,  u  bilan  kim   chizishini,  loydan 
narsa  yasashni,  qirqishni  yaxshi  k o ‘rgan  b olalar  shug‘ullanishi 
m um kin.  Bolalar  tasviriy  faoliyat  bilan  m ash g ‘ulotdan  tashqari 
vaqtda  10—15  daqiqa  davom ida  shug‘ullanib,  o ‘z  rasm larini, 
loy  va  applikatsiyani  tu g atishlarini  yoki  uni  keyingi  kunda  ham  
davom   ettirib,  tugatishlari  m um kin.  Bu  faoliyatga  rahbarlik  qi­
lish  tarbiyachidan ju d a   k atta  sezgirlikni,  d iqqatni  va  bolalarning 
ijodiy  qobiliyatlarining  o'sish i  u ch u n   sharoit  yaratib berish n i  ta - 
lab  etadi.
Bolalarning  mustaqil  tasviriy  faoliyatlari  burchagining  jihoz- 
lari  va  m ateriallari.  Bolalarning  m ashg‘ulotlardan  tashqari  vaqt­
larda  tasviriy  faoliyat  bilan  m ustaqil  shug‘ullanishlari  uchun 
sharoit  yaratilgan  b o iish i  kerak.  Bu  m aqsadda  guruh  xonasining 
yaxshi  yoritilgan  va  o ‘yin  burchagidan  m um kin  qadar  uzoqroq 
biron  bir  joyi  ajratilishi  kerak.  X onaning  deraza  oldi  ajratilishi 
maqsadga  muvofiq,  u  ycrda  ikki-uch  stol  q o ‘yiladi.  Agar  deraza 
tokchalari  past  b o ‘lsa,  ularga  taxtalar  m ustahkam lanadi,  bola­
lar  shug'ullanm ayotgan  paytda  ularni  tushirib  q o ‘yish  m um kin. 
Rasm  solish,  narsalar  yasash,  applikatsiyalar  uchun  m o ‘ljallangan 
buyum lar  yaqin  turgan  javonning  ochiq  tokchalarida,  stollar- 
da  turishi  kerak.  K ichik  guruhda  bolalarga  erkin  foydalanishlari 
uchun  faqat  rangli  qalam lar  beriladi.  K atta  guruh  bolalariga  (ay­
rim   cheklanishlar bilan)  barcha  m ateriallar berilishi  mum kin:  Loy 
o ‘rniga  plastilin  tavsiya  qilinadi.  Bolalar  o ‘z  rasmlarini  «Xalq  er- 
taklari»,  «O dam lar m ehnati»,  «M anzarali  naqshlar»,  «Tabiat  haqi-
73


da» va shu kabi mavzutik papkalarga joylashtiradilar. Tasviriy faoli­
yat  «zonasida»  bolalar  o ‘z  ishlarida  ijodiy  foydalanadigan  tabiiiy 
m ateriallar  solingan  quti  va  ko‘rgazmali  qurollar b o ‘lishi  kerak.

Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish