M s h. N u r m a t o V a, s h. T. H a s a n o V a rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga



Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/63
Sana30.12.2021
Hajmi4,97 Mb.
#92795
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Naturadan  foydalanish.  Tasviriy  san’atda  naturadan  foydala­
nish  deganda,  kuzatish  asosida  predm et  yoki  ko‘rinishning  tasviri 
tushuniladi.  N aturadan  foydalanib  ishlanganda  chizayotgan  kishi- 
ning  ko‘ziga  nisbatan  naturaning  qay holatda  turganini  hisobga  ol­
gan  holda  m a iu m   bir  nuqtayi  nazardan  turib,  predm et  ko‘rinishi 
tasvirlanadi.  Bu  naturadan  olinib,  tasviriy  xususiyati  mashg‘ulot 
m obaynida  o'zgacha  idrokning  rivojlanishiga  ko‘m ak  beradi.  B un­
da  asosiysi  tom oshabinning  idroki  b o iib ,  tekislikda  tasvirlangan 
predm et  (rasm,  applikatsiya)  faqat  bir  tom ondan  idrok  qilinadi; 
loydan  buyum   yasaganda  va  qurish-yasashda  bolalarda  naturani 
o ‘girib  qurish  ham da  hajm -shaklni  turli  xil  burilishda  tahlil  qilish 
im koni  b o iish i  kerak.
M aktabgacha  yoshdagi  bolalar  bilan  ishlashda  naturadan  foy- 
dalanishning  ayrim  xususiyatlarini  ko‘rib  chiqamiz.  N atu ra  xotira- 
ning  ishini  yengillashtiradi,  negaki  tasviriy jarayon  idrok  bilan  bir- 
lashadi,  yana esa u predm etning shaklini,  tuzilishini,  rangini to ‘g‘ri 
tushunib,  yetkazib  bera  olishga yordam  beradi.  4 —5  yoshdagi  m ak­
tabgacha  ta iim   bolalarining  qobiliyatlaridan  q at’i  nazar,  maktab 
o ‘quvchisi  yoki  rassomning  natura  bilan  ishlashiga  nisbatan  qara- 
ganda, bolalarning tasvirlangan obyektini tahlil qilishlari, shu natura 
bilan  ishlashlarining  o ‘ziga  xos farqi  bor.  M aktabgacha ta iim  bola­
lari u ch u n  sodda shaklli,  aftiq  chizmali va aniq  qismlarga ajratilgan 
predm et  natura  sifatida  tanlanadi.  N aturani  shunday joylashtirish 
kerakki,  ham m a bolalar shu naturani  ayni bir xarakterli  tom onidan 
qabul  qilishlari  kerak.  M asalan,  bolalar  m ashinani  yon  tom oni­
dan,  qo‘g‘irchoqni  oldidan  chizadilar  va  bunda  hajm ini  yetkazib 
berolmaydilar.  Agar  guruhda  bolalar  soni  ko‘p  b o is a ,  barchasiga 
teng  ko‘rinishi  u ch u n   2 —3  ta b ir xil  predm et  qo‘yiladi.  Tarbiyachi 
naturani  bolalar  bilan  birgalikda  detallarga  ajratib  ko‘rib  chiqadi, 
bunda  u  tahlil jarayonini  osonlashtirib,  o ‘z  so‘zlari,  harakatlari  bi-
84


Ian  yo‘naltiradi.  Bu jarayon  m a’lum   bir  idrok  madaniyatini,  rivoj- 
langan  analitik  fikr yuritishni  talab  qiladi.  Bunday k o ‘nikm alar b o ­
lalarda  5-6  yoshda  rivojlana  boshlaydi.  Bu  yoshda  bolalar  tasvir- 
layotgan  ishlarini  naturaga  nisbatan  taqqoslashga  urinadilar.  M a­
salan,  katta  guruhda  naturadagi  archa  shoxlarini  tasvirlayotgan- 
da,  bolalar  shoxni  fazoda  joylashtiradilar  (vertikal  yoki  qiya  ho- 
latda)  va  shoxdagi  shoxchalam ing  sonini,  o ‘lchamlarini  chap  va 
o ‘ng  tom ondan,  to ‘q  yoki  och  rang  bilan  chizadilar.  N atura  sifati- 
da tirik qushlar,  hayvonlardan  foydalanish  m um kin emas.  Ularning 
harakatlari,  tovushlari  bolalarni  rasm  chizishdan  chalg‘itadi,  bola­
larning predm etni  kerakli  holatda idrok  qilishlariga,  diqqatlarini bir 
nuqtaga  qaratishga  xalaqit  beradi.
Shunday  qilib,  o ‘rgatish  metodi  sifatida  naturadan  foydalanish 
tasvirlashning  butun jarayonini  o ‘z  ichiga  mujassamlashtiradi:
*  predm etning birlam chi  tahlili:
*  tasvirni  naturaga  nisbatan  taqqoslash:
*  natijaning  shaklini,  holatini,  rangini  taqqoslash:
*  natijadagi  rasm  va  naturani  taqqoslash  yo‘li  bilan  baholash:
M ashg‘ulot  boshida  predm etlam i  ko‘rib  chiqish.  Kichik  va
o ‘rta  guruhlarda  ko‘pincha  m ashg‘ulot  boshida  alohida predm etlar 
ko‘rsatiladi.  Bolalar  diqqatini  topshiriqqa qaratish va tasaw urlarini 
jonlantirish m aqsadida bolalarga koptok,  lenta  (tasm a),  belkurak va 
shu kabilar ko‘rsatiladi.  M ashg'ulotning qolgan vaqti  m obaynida esa 
bolalar  o ‘z  tasaw urlari  asosida  chizadilar.  U lar  rasmlarini  ko‘rgan 
predm etlariga  nisbatan  taqqoslay  olm aydilar va  predm etlam i  idrok 
qilishlariga  qaytib  m urojaat  qilmaydilar.
K atta  guruhda  ham   predm etlam i  ko‘rib  chiqish  uchun  imkon 
b o ‘ladi.  M asalan,  «Uch  ayiq»  ertagi  mavzusi  bo‘yicha  rasm  chi­
zishdan  yoki  buyum  yasashdan  aw al,  tarbiyachi  bolalarga  o ‘yin- 
choq  ayiqni  ko‘rib  chiqishni,  predm et  shaklining  asosiy  xususi­
yatlarini  va  ayrim  qismlarning  proporsiya  nisbatlarini  aniqlash- 
ni,  so‘ng  predm etning  burilishiga  nisbatan  shu  ayrim  qismlarning 
o ‘zgarishini  kuzatishni  taklif qiladi.  Bolalar  rasm  chizishda  ertak- 
ning  qaysi  epizodini  tanlasalar,  ayiqni  ham  shu  epizodga  nisbatan 
m os  holatda  tasvirlaydilar.
N am unadan  foydalanish.  N am unadan  foydalanish  ko‘proq  o ‘r- 
gatish  usuliga  taalluqlidir.  N am una  o ‘rgatish  m etodi  sifatida  tas­
viriy faoliyatning shunday turlaridan  foydalaniladiki,  qayerda atrof-
85


ni  idrok  qilish  taassurotini  m ustahkamlash  maqsadi  emas,  balki 
shu  faoliyatning  ayrim  alohida  m om entlarini  rivojlantirish  masala- 
si  tursa.  K o‘proq  dekorativ  va  konstruktiv  (applikatsiya)  ishlarida 
foydalaniladi.
Dekorativ  naqshni  hosil  qilish  usuliga  o ‘rgatish  —  badiiy  did- 
ni  rivojlantirishdir.  Bolalarning  um um iy  estetik  didlarini  oshirish 
uchun  chiroyli  predm etlarni  tom osha  qildirish  kerak.  M asalan,  gi- 
lamlar,  vazalar,  kashtalar va  hokazo.
Dekorativ  rasm  chizish  mashg‘ulotlarida  bolalar  ko‘rgan  pred- 
metlarini  aks  ettirib,  ulardagi  naqshlarni  qayta  chizibgina  qol- 
may,  balki  mustaqil  ravishda  naqshlarni  aks  ettirib,  yorqin  rang 
va  shakllarni  moslashtirib  chizishni  ham  o ‘rganadilar.  Shuning 
uchun  boshlang‘ich  bosqichda  bolalar  nam unadan  naqsh  ele- 
m entlarini  chizib  oladilar,  keyinchalik  elem entlarning  o ‘rnini  va 
rangini  o ‘zgartirib  boradilar.  Bolalar  m a’lum  bir  malakaga  ega 
bo‘lganlaridan  keyin,  bir  necha  xil  nam unalarni  bolalar  ixtiyori- 
ga  ko‘rsatish  mumkin.  Ba’zi  mashg‘ulotlarda  tarbiyachi  nam unani 
qo'yadi  va  bolalar  ko‘rib  chiqib,  tanishib,  tarbiyachining  ko‘r- 
satmasisiz  mustaqil  ravishda  ishlaydilar.  Predm etli  rasm  chizish 
yoki  buyum  yasashda  nam una  ko‘chirib  olish  uchun  emas,  bal­
ki  tasvirlanayotgan  predm et  haqidagi  tasaw urni  aniqlash  uchun 
qo‘yiladi.
Rasm lardan  foydalanish.  Rasm lar  asosan  bolalarning  atrof- 
m uhit  haqidagi  tasaw urlarini  aniqlash  uchun  va  tasviriy  usullari­
ni,  vositalarini  tushuntirish  uchun  xizmat  qiladi.  Pedagog va psixo- 
loglarning  tashviqotlari  shuni  ko‘rsatadiki,  2  yoshdagi  bolalar 
rasmni  predm et  tasviri  sifatida  tushunib  yetadilar.  Lekin  rasmda- 
gi personajlarning o ‘rtasidagi  bog‘liqlikni, ya’ni  harakatlarni  tushu- 
nish  kechroq,  4 —5  yoshlarda yuzaga  keladi.  M asalan,  2  yoshli  bola 
rasmdagi  hayvonlarn  «turibdi»  deydi,  4—5  yoshligisi  esa  «gapiryap- 
ti»,  «yuryapti»,  «kelyapti»  va  hokazo  deydi.
Bolalarning  kuzatishlari  ko‘pincha  qisqa  muddatli  bo'ladi  (M a­
salan,  shahar  sharoitida  hayvonlarni  kuzatish).  Shuning  uchun 
rasmlardan  foydalanish  qayta  idrok  qilishga va  keyingi  tasvir uchun 
xarakterli  b o ‘lgan  eng  asosiysini  aniqlashga yordam   beradi.  Rasm ­
lar ana shunday sharoitlarda kerak  bo‘ladi:  kerakli  predm et  qo ‘l  os­
tida yo‘q paytida yoki  b o ‘lmasa,  tekislikda tasvirining ayrim usullari 
bilan  tanishtirish  uchun  xizmat  qiladi.  M asalan,  tarbiyachi  bolalar-
86


ga  uzoqlashgan  predm etni  tushuntirish  uchun  rasmni  ko'rsatadi. 
H ayotda  bolalar  shu  uzoqdagi  predm etlam i  b ir  chiziqda  joylasli- 
gan,  deb  idrok qilsalar,  rasmda tarbiyachi uzoqlashganini  ko'rsatib, 
tushuntirib  beradi,  6  yoshdan  boshlab  shu  maqsad  bilan  rasmdan 
foydalanish  m um kin.  Rasmni  ko‘ra  turib,  bola  yem i  bir  chiziq  bi­
lan  em as,  balki  keng  yer  b o ia g i  bilan  chizishni,  uzoqlashayotgan 
predm etlar yuqoriroqda,  yaqindagilari  pastroqda va  qog‘oz  chetiga 
joylashishini  tushunib  yetadi.  Rasm  m ashg‘ulot  davomida  bola­
lar  oldida  qoldirilsa,  bolalar  tushunib  yetm ay  nusxa  ko‘chirishga 
o ‘rganib  qoladilar.  Bu  yoshda  esa  bolalar  nusxa  ko‘chirish  bilan 
emas,  balki  ijod  bilan  rasm  chizishlari  kerak.  B a’zida  mashg‘ulot 
davom ida  bolalarga  ayrim  detallarni  aniqlab  olish  uchun  rasmni 
ko‘rsatish  kerak b o ‘ladi.  Keyin  esa  rasm  olib  qo‘yiladi,  chunki b o ­
lalar  nusxa  ko‘chira  boshlaydilar.

Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish