o‘z faoliyatini topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqtga bo‘ysundirish ko‘nikmasini rivojlantirish.
Birinchi sinf o‘qituvchisiga tavsiyalar:
Bolaga etarlicha e’tibor qarating. Uning savollarini javobsiz qoldirmang va u sizning yordamingziga muhtoj bo‘lganda uni rad qilmang.
Sinfdan tashqari faoliyatda ishtirok eting, boshqa bolalarning ota-onalari bilan muloqot qiling. Siz ham jamoaning bir qismi va bola uchun barcha narsada namuna sanalasiz.
Bolaga nafaqat maktabdagi xulq me’yorlari to‘g‘risida bilim berish balki u ma’lum axloqiy-ma’naviy sifatlarni rivojlantirishga qodir bo‘lgan tarbiyani berish kerak.
Bolaning kun tartibini tashkil qilish, ovqatlanishning to‘g‘ri tartibiga rioya qilish kerak. Bolani juda toliqishdan saqlang.
U nimanidir vaqtida bajarganda bolani maqtang, agar u nimanidir bajara olmasa koyimang, xatolarni tuzatishga va paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga yordam bering.
Bola uchun uning topshiriqlarini bajarmang. Bu unga o‘z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi va o‘z majburiyatlarini tushunish va bajarishga xizmat qiladi.
Farzandingiz sinf rahbari bilan doimiy aloqani saqlang. Uning o‘zlashtirishi, sinfdoshlari bilan munosabatlari va xulqiga qiziqing.
Uyda qulay muhitni ta’minlang. O‘qish boshi bolada stressga olib kelishi mumkin, shuning uchun uy muhitining xotirjamligi va barqarorligi maktabdagi muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi.
O‘qishga bolaning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlang va rivojlantiring.
Maktab tashvishlariga xotirjam munosabatda bo‘ling va paydo bo‘lgan masalalardan xavotir olmang. Sizning xotirjamlik va ishonchingiz bolaga maktabdan qo‘rqish kerak emasligiga ishonch beradi.
Bolaning ruhiy va jismoniy zo‘riqishlarini bartaraf qiling. Uzviy aloqani doimo saqlang.
Uy vazifasini tezkor bajarishga bolani majbur qiling. Uyga qaytganda bolaga dam olish imkonini bering. Uy vazifasini bajarish vaqtida tanaffuslar qiling.
Bolaning manfaatlar doirasi va faoliyatini tutashtirmang, bola mustaqil qila oladigan mashg‘ulot bilan shug‘ullantiring.
Bolaga ijodiy faoliyatda tasavvur qilish imkonini bering (rasm chizish, yasash). Bunday faoliyatda e’tibor, ruhiy ko‘ma, muvaffaqiyatni ta’minlang.
Tezkor muvaffaqiyatni talab qilmang va o‘zingiz hamda bola uchun etalon yaratmang. Maktab muvaffaqiyatlaridan o‘z tashvishingizni bolaga ko‘rsatmang.