M. N. Majidov. S. X. Nasimov


Sinf rahbariga tavsiyalar



Download 492,25 Kb.
bet30/40
Sana16.03.2022
Hajmi492,25 Kb.
#495273
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
С.Насимов Монография123456

Sinf rahbariga tavsiyalar.
Birinchi sinf rahbariga quyidagi bolalar bilan to‘g‘ri ishni tashkil qilish tavsiya etiladi:

  • O‘zlashtirish qobiliyati yomon rivojlangan, u maktabga intellektual tayyorgarlikning asosiy mezoni sanaladi;

  • O‘z faoliyatini qoidalarga bo‘ysundira olmaydigan, yuqori harakat faolligiga ega;

  • talablarning belgilangan tizimiga yo‘naltirilmagan;

  • so‘zlovchini diqqat bilan tinglamaydigan va og‘zaki shaklda berilgan mashqni qiyinchiliksiz bajara olmaydigan.

Sinf rahbari quyidagi ishlarni bajarishi zarur:

  • o‘quv motivlarini shakllantirish ustida;

  • bolalarning aqliy qiziqishlarini rivojlantirish ustida;

  • intellektual faollik hamda yangi bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarni rag‘batlantirish;

  • o‘quvchining ichki pozitsiyasini shakllantirish zarur.

O‘qituvchi quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi kerak:

  • diqqatni rivojlantirish (e’tibor, barqarorlik, taqsimot, o‘zgartirish kabi sifatlar);

  • Bolada namuna va ko‘rsatma bo‘yicha ishlash ko‘nikmasini shakllantirish;

  • Bolaning o‘z faoliyatini rejalashtirish va nazoratni amalga oshirish ko‘nikmasi;

  • mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • o‘z faoliyatini topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqtga bo‘ysundirish ko‘nikmasini rivojlantirish.

Birinchi sinf o‘qituvchisiga tavsiyalar:

  1. Bolaga etarlicha e’tibor qarating. Uning savollarini javobsiz qoldirmang va u sizning yordamingziga muhtoj bo‘lganda uni rad qilmang.

  2. Har bir bola o‘zining individual xususiyatlariga ega, ularni hisobga oling va boshqalar bilan taqqoslamang.

  3. Sinfdan tashqari faoliyatda ishtirok eting, boshqa bolalarning ota-onalari bilan muloqot qiling. Siz ham jamoaning bir qismi va bola uchun barcha narsada namuna sanalasiz.

  4. Bolaga nafaqat maktabdagi xulq me’yorlari to‘g‘risida bilim berish balki u ma’lum axloqiy-ma’naviy sifatlarni rivojlantirishga qodir bo‘lgan tarbiyani berish kerak.

  5. Bolaning kun tartibini tashkil qilish, ovqatlanishning to‘g‘ri tartibiga rioya qilish kerak. Bolani juda toliqishdan saqlang.

  6. U nimanidir vaqtida bajarganda bolani maqtang, agar u nimanidir bajara olmasa koyimang, xatolarni tuzatishga va paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga yordam bering.

  7. Bola uchun uning topshiriqlarini bajarmang. Bu unga o‘z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi va o‘z majburiyatlarini tushunish va bajarishga xizmat qiladi.

  8. Farzandingiz sinf rahbari bilan doimiy aloqani saqlang. Uning o‘zlashtirishi, sinfdoshlari bilan munosabatlari va xulqiga qiziqing.

  9. Uyda qulay muhitni ta’minlang. O‘qish boshi bolada stressga olib kelishi mumkin, shuning uchun uy muhitining xotirjamligi va barqarorligi maktabdagi muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi.

  10. O‘qishga bolaning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlang va rivojlantiring.

  11. Maktab tashvishlariga xotirjam munosabatda bo‘ling va paydo bo‘lgan masalalardan xavotir olmang. Sizning xotirjamlik va ishonchingiz bolaga maktabdan qo‘rqish kerak emasligiga ishonch beradi.

  12. Bolaning ruhiy va jismoniy zo‘riqishlarini bartaraf qiling. Uzviy aloqani doimo saqlang.

  13. Uy vazifasini tezkor bajarishga bolani majbur qiling. Uyga qaytganda bolaga dam olish imkonini bering. Uy vazifasini bajarish vaqtida tanaffuslar qiling.

  14. Bolaning manfaatlar doirasi va faoliyatini tutashtirmang, bola mustaqil qila oladigan mashg‘ulot bilan shug‘ullantiring.

  15. Bolaga ijodiy faoliyatda tasavvur qilish imkonini bering (rasm chizish, yasash). Bunday faoliyatda e’tibor, ruhiy ko‘ma, muvaffaqiyatni ta’minlang.

  16. Tezkor muvaffaqiyatni talab qilmang va o‘zingiz hamda bola uchun etalon yaratmang. Maktab muvaffaqiyatlaridan o‘z tashvishingizni bolaga ko‘rsatmang.



Download 492,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish