M. Mirsaidov


Kapital harakatining shakllari



Download 0,66 Mb.
bet93/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

Kapital harakatining shakllari


    1. jadval



Iqtisodiy mazmuniga ko’ra

Kim tomonidan
amalga shirilishiga ko’ra

Ko’rinishi bo’yicha



Muddatiga ko’ra



Ssuda kapitali

Xususiy davlat

Pul ko’rinishida

Qisqa muddatli

Tadbirkorlik kapitali

Xalqaro tashkilotlar
kapitali

Tovar ko’rinishida

Uzoq muddatli

Ssuda kapitalini olib chiqish bu bir mamlakatdagi qarz beruv-chining boshqa mamlakatdagi qarz oluvchiga ma’lum muddatda qay-tarib berish va foizlarni to’lash sharti bilan kredit berishidir.
Agar kapital foizlari shaklida foyda olish maqsadida beril-masdan, balki xorijdagi korxonalarni, shu jumladan qo’shma korxo-nalarni yaratishga sarflansa, u holda bu tadbirkorlik kapitalni olib chiqish yoki xorijga investitsiya chiqarish deb ataladi.



Kapital harakati


      1. jadval




Ssuda kapitali

Qarzlar va kreditlar bank depozitlari va boshqa moliyaviy ins-
titutlar hisobidagi mablag’lar

Tadbirkorlik kapitali

Bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) investitsiyalar, portfel
investitsiyalar

Fort-feyting bu–import qiluvchi tomonidan to’lashga rozilik bildirilgan veksellarni eksport qiluvchidan sotib olish shaklidagi tashqi iqtisodiy operatsiyalarni kreditlashdir. Bunda to’lov majbu-riyatlari bo’yicha barcha xavf-xatarlar ham veksellarni sotib oluvchi-siga (forfeyterga) o’tadi. Shuning uchun xaridor import qilayotgan mamlakat bankining kafolat berishini talab qiladi. Kreditning bu shakli o’rta muddatli, ya’ni etti yilgacha bo’ladi. Bu kreditning aso-sida kredit beruvchi eksport qiluvchi, import qiluvchiga bo’lgan ta-lablarini boshqalarga o’tkazib, o’zining moliyaviy balansini yaxlit-lashga imkon yaratadi.
Veksel bu-qat’iy belgilangan shakldagi yozma qarz majburiyati bo’lib, veksel egasiga muddat tugashi bilan (rasmiy 1 yil, haqiqatda 1-3 oy) qarzdordan ko’rsatilgan pul miqdorini to’lashni talab etish huquqini beradi.
Veksel oddiy va o’tkaziladigan veksellarga ajratiladi. Oddiy veksel qarzdor tomonidan beriladi va imzolanadi. O’tkaziladigan veksel (tratta) kredit beruvchi tomonidan (trassant) beriladi va imzolanadi va ko’rsatilgan muddatda belgilangan miqdorini uchinchi shaxsga (reamitentga) to’lash haqidagi buyruqni aks ettiradi.
O’tkaziladigan veksel bo’yicha rozilik berish (aktsept) bu–to’lov-chi tomonidan vekselda ko’rsatilgan muddat kelishi bilan uni to’lash majburiyatini olishdir. Bu vekselning old tomonida to’lovchi qo’ygan oddiy imzo bo’lishi mumkin. Veksel ham cheklar, banknotlar kabi kredit pullari deb ataladi. Agar bank vekseli tovar bitimi bilan mustahkamlangan bo’lsa, unda veksel qimmatbaho qog’oz, ya’ni aktsiya va obligatsiya kabi qo’llanishi mumkin.
Obligatsiya qarz berish haqidagi guvohnoma bo’lib, uning egasi har yili belgilangan daromadni olish huquqiga ega, ya’ni u qat’iy foiz keltiradi. Aktsiyadan farqli ravishda u boshqarishda ovoz be-rish huquqini bermaydi, faqat belgilangan daromad keltiradi va ma’lum muddat o’tgandan so’ng sotib olinishi lozim bo’ladi.
Faktoring - bu vositachi kompaniya tomonidan qarzdorning to’lov majburiyatlarini to’lovga qabul qilib, uni tezda yoki belgilangan

muddatlarda mol egasiga to’lash. Kreditlashning bu shakli ustunligi shundaki, faktoring kompaniyasiga (vositachiga hisob-kitob hamda bozorga funktsiyalarning ma’lum qismi ham o’tadi. Kreditning bu shaklidan iste’mol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, eks-port oboroti katta bo’lmagan firmalar ko’proq foydalanadi.
Faktoring kompaniyalari tijorat banklari faoliyati bilan cham-barchas bog’langan bo’lib, ulardan kredit yordami va xaridorlarning kredit qobiliyati haqidagi ma’lumotni oladi. Shuningdek, fakto-ring kompaniyalari o’zaro xalqaro guruhlarni, assotsiatsiyalarni tash-kil etadilar. Bu kompaniyalar eksport qiluvchilarni kredit xavf-xa-tarlaridan va kreditni sug’urta qilish xarajatlaridan ozod qiladi.
Xaridor krediti eksport qiluvchi banki tomonidan bevosita import qiluvchiga yoki unga xizmat ko’rsatuvchi bankka beriladi. U shartnoma bahosining 80-85 foizigacha qamrab oladi, qolganini im-port qiluvchi qo’shimcha manbalar hisobiga moliyalashtiradi. Kelish-gan miqdor chegarasida u kredit beruvchi mamlakat, ba’zan esa boshqa mamlakatlarning ham har qanday firmasiga mol etkazib berish haqi-ni to’lashi mumkin. Bu firmalarni tanlashda kredit berayotgan bank muhim rol o’ynaydi. Eksport qiluvchilar uchun bunday kreditlar doirasida mol etkazib berish naqd to’lovlarni bildiradi.
Kapital o’sishini ta’minlovchi bank krediti yoki bank investi-tsiyalari bu- bank resurslarini foizlar yoki dividentlar ko’rinishi-da foyda olish maqsadida uzoq muddatga qo’yilishi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlariga, asosan, sanoatga yo’naltirilishidir.
Hukumat kreditlari yoki hukumatlararo va davlat zayomlari huku-mat kredit muassasalari tomonidan beriladi. Masalan, AQSh Yapo-niyaning eksport-import banklari tomonidan, Frantsiyaning tashqi savdo banki va eksportni uzoq muddatga kreditlash, qayta moliya-lashtirish, xususiy banklarning sug’urta kreditlarini kafolatlash bilan shug’ullanayotgan boshqa banklari tomonidan beriladi. Bu kre-ditlarning xususiyati ularning imtiyozli va maqsadli ekanligidir.

    1. Download 0,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish