Xalqarosavdonikreditlash xalqaro kreditning asosiy tur-laridan biri hisoblanib, eksport va import operatsiyalarini kre-ditlash shaklida namoyon bo’ladi. Tijorat va bank krediti shaklida kreditlanadi.
Mahalliy tijorat krediti sotilgan tovar uchun to’lov mudda-tini uzaytirish va eksportni kreditlashning an’anaviy shakli hi-soblanadi. Tijorat kreditining muddati jahon bozorlari kon’yunk-turasining holati, tovarlar turi va boshqalar bilan aniqlanadi. Odatda u 2 yildan 7 yilgacha veksel shaklida rasmiylashtiriladi yoki ochiq scheti bo’yicha beriladi. Mahalliy (tijorat) kredit ko’rinishla-ridan biri xaridor avansi bo’lib, chet ellik ta’minotchiga kont-raktga imzo chekilgandan keyin tovar buyurtmasi qiymatining 10-15 foizi miqdorida haq to’lanadi.
Tijorat kreditining afzallik va kamchiliklari mavjud. Afzalliklari:
eksportni kreditlashda butunlay mustaqilligi tijorat bi-timlariga davlat tashkilotlarining deyarli aralashmasligi;
Tijorat shartnomalari tuzishda bevosita kontragentlar bilan kredit qiymatini belgilab olishdagi katta imkoniyatlari borligi;
Mahalliy kreditning kamchiliklari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin;
Ta’minotchi-firmaning mablag’lari hamda moliyaviy ahvoli-dan qat’i nazar kreditlash muddatlari va miqdorining cheklangan-ligi;
Xaridorning muayyan bir ta’minotchi bilan bog’liqligi;
Naqd pulga sotib olinadigan tovarning shu holdagi tovarga nisbatan narxining yuqoriligi.
Import operatsiyalarni kreditlash ochiq schet veksel kreditidan foydalaniladi.
Veksel krediti yuborilgan vekselni (shoshilinch tratta) impor-terga ko’rsatish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. Import qiluvchi veksel kreditini olishi bilan tovarni jo’natish ilova qog’ozi va to’lov hujjatlarini aktseptalaydi. Eksport qiluvchi tovarni yuklab importer nomiga shoshilinch tratt yozadi va tovarni jo’natish huj-jatlari bilan o’z bankiga topshiradi. Import qiluvchi o’z bankidan hujjatlarni faqat trattani aktseptalagandan keyingina oladi. Bir yil muddatgacha yozilgan veksellar import qiluvchi bankida qoladi: undan ko’proq muddatga yozilgan veksellar esa eksport qiluvchi ban-kiga beriladi. Kreditning muddati tovarning turiga bog’liq.
Uchyot krediti ham veksellar bilan bog’liq bo’lib, veksel egasi-ning vekseliga to’lov to’lanishi muddati tugamasdan oldin bank to-monidan sotib olib, so’ng bank tomonidan kredit sifatida taqdim etiladi. Bunday vekselni sotib olish veksel indesmanti bilan birga kechadi. Natijada, vekselning o’ziga va unga to’lanadigan to’lov haqi-ni talab qilish huquqi butunlay veksel egasidan bank ixtiyoriga o’ta-di. Bank uchetiga taqdim etilgan vekselga o’sha onning o’zida haqi to’-lanadi. Boshqacha qilib aytganda, veksel egasi bankdan kredit oladi.
Veksel uchyotidagi pulni avansirlash uchun bank tomonidan olinadigan haq uchyot (hisob) foizi deyiladi.
Bu foiz (%) vekselning nominal bahosi bilan bank tomonidan sotib olinish paytida bankka to’langan summa o’rtasidagi farq bilan aniqlanadi. Banklar veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshirib, bir paytning o’zida bir nechta uchyot stavkalarini qo’llashi mumkin. Bu uchyot stavkalari shaxsiy uchyot stavkalari deb ataladi.
Markaziy bank tomonidan kredit muassasalari bilan o’tkazi-ladigan operatsiyalarda qo’llanadigan uchyot stavkasi rasmiy stavka bo’-lib, uning darajasi, odatda, shaxsiy uchyot darajasidan past yuradi.
Banklar foizli (%) va aktseptli to’lovlar tushumini ko’payti-rish uchun uchyotga olishga taqdim etilgan veksellarning nominal qimmatdan tavakkalchilik mukofoti olishi mumkin. (bu erda veksel-ni xavf-xatardan saqlab qolishda beriladigan mukofot ko’zda tutilgan).
Eksport va importni bank kreditlash tovarlar va tovar hujjat-lari, veksellar, tratt uchyotlarni garovga qo’yish shaklida namoyon bo’luvchi ssuda hisoblanadi. Alohida holatlarda banklar yirik fir-malar-eksport qiluvchilarga hech qanday rasmiyatchiliksiz bank kre-ditlarini beradi. Xalqaro savdoda bank kreditlari mahalliy kre-ditlardan ustun turadi. Bu kreditni oluvchi undan erkin ravishda foydalanish-tovarlar sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi.