Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlarga xizmat ko’r-satuvchi ssuda kapitali harakatining shakli hisoblanadi.
Xalqaro kredit sohasidagi operatsiyalar hajmiga va uning in- tensivligiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: to’lov balansi mod-dalarini ahvoli, foiz stavkasi miqdori, kredit valyutasi, kredit operatsiyalarining rentabellik darajasi, valyuta kursi va h.k. Xal-qaro kreditning hozirgi bosqichdagi rivojlanishining xususiyat-lari shundan iboratki, u o’sish sur’atlari bo’yicha nafaqat tashqi iqtisodiy aylanmaning o’sish sur’atlaridan, hattoki sanoat ishlab chiqarishining o’sish sur’atlaridan ham o’zib ketdi.
Kredit operatsiyalariga xos bo’lgan umumiy belgilar – uning qa- ytaruvchanligi, shoshilinchligi, to’lovga qobiliyatliligidan iborat-dir. Uning bir xususiyati xalqaro moliya mexanizmini faoliyat yuri-tishi bilan bog’liq bo’lgan kredit quyidagilar, ya’ni valyutalar, kre-ditlarning bir- biriga to’g’ri valyutasini va kredit to’lovi valyu-tasining muvofiq kelmasligi, valyuta xatarlari, valyuta kurslari-ning o’zgarishlari bilan bog’liq bo’lgan yo’qotishlar va h.k. hisob-lanadi.
Xalqaro kredit funktsiyalari:
ssuda kapitallarini mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash; milliy daromadni o’rtacha daromadga tenglashtirish va uning massasini o’sishiga yordam berish;
Xalqaro hisob-kitoblar sohasida muomala xarajatlarini te-jash;
Jahon xo’jaligi doirasida kapital jamg’arish jarayoni tez-lashtirishga yordam berish;
Takror ishlab chiqarish jarayonlari miqyosini kengaytirish bi-lan bir vaqtda jahon xo’jaligi doirasida tovarlar, xizmatlar, in-tellektual mulklar savdosini tezlashtirish.
Xalqaro munosabatlar sohasida kreditning turli shakl va usul-laridan foydalaniladi. Xalqaro kreditni quyidagi guruhlarga aj-ratiladi.
Muddat bo’yicha:
qisqa muddatli - 1 yilgacha bo’lgan muddatga beriladigan kredit.
o’rta muddatli - 1 yildan 5 yilgacha bo’lgan muddatga beri-ladigan kredit.
uzoq muddatli – 5 yildan yuqori muddatga beriladigan kredit. Tashqi iqtisodiy bitim turlari bo’yicha hisobi:
tijorat kreditlari savdo va xizmatlar sohasiga xizmat ko’r-satuvchi;
moliyaviy kreditlar to’g’ridan-to’g’ri kapital kiritishda, ob’ektlar qurilishida, qimmatli qog’ozlarni sotib olishda, tashqi qarzlarni to’lash-da, valyuta interventsiyasini o’tkazishda foydalaniladigan;
oraliq kreditlar chetga kapital chiqarishning aralash shakl-lariga, tovar va xizmatlarga xizmat ko’rsatuvchi;
Taqdim etiladigan mablag’larning turlariga bog’liq holda:
tovar kreditlari eksport qiluvchilar tomonidan o’z xaridor-lariga beriladigan kreditlar;
valyutali kreditlar banklar tomonidan pul mablag’lari shak-lida beriladigan kredit.
Valyutaga bog’liq holda beriladigan zayom:
uchinchi bir mamlakat valyutasida;
xalqaro hisob pul birligida.
Xalqaro kreditni taqdim qilish texnikasiga ko’ra:
qarzdorning hisobiga yozilgan va uning ixtiyorida bo’lgan naqd kredit;
aktseptli-aktsepta tratta importer yoki bank tomonidan beriladigan kredit;
depozit sertifikatlari;
obligatsiya zayomlari;
konsortsium banklari tomonidan taqdim etiladigan konsor-tsial kreditlar.
Ta’minlashiga ko’ra farqlari:
ta’minlangan kreditlar - qimmatli qog’ozlar, veksellar, ko’ch-mas mulk, tovarlar va tovarlar hujjatlari, rasmiy oltin zaxira-lari ta’minlovchi sifatida xizmat qiladi
blankli kreditlar, qarzdorning majburiyati asosida beriladi (solo- veksel).
Bu kreditning bir turi bo’lib xizmat qiladigan overdraft kre-diti, mijozning joriy schetidagi qoldiq bo’yicha emas, balki qol-diqdan tashqari beriladigan kredit, bunda bank mijozining scheti-dagi mablag’ qoldig’idan ortiqcha qismi chiqarib tashlanadi, boshqacha qilib aytganda, bu mijozning schetidagi salbiy balansi bo’lib, banklar, firmalar, kredit statusining ba’zi bir holatlaridan kre-dit olishni bildiradi.
Xalqaro kredit sub’ektlari sifatida xususiy monopoliyalar, banklar, firmalar, hukumat va davlat tashkilotlari, xalqaro va hu-dudiy valyuta- kredit va moliya muassasalari ham chiqadilar.
Xalqaro kredit faoliyatining o’ziga xos tomonlari kredit berishdan uning shartlari, valyuta-moliya talablarini aniqlab olish zaruriyatidan kelib chiqadi: valyutali zayom, to’lov valyutasi, kredit miqdori, kredit muddati, qarzlarni to’lash shartlari, kredit qiy-mati, kreditni berishda tavakkalchilikni sug’urtalash uslublari.
Kreditlashning optimal variantini tanlab olish asosida kre-ditning turli xil sharoitlarda bergan samarasi natijalarini taq-qoslash, qiyoslab ko’rish va xulosa chiqarish yotadi. Kreditning eng asosiy ko’rsatkichi o’rta muddat va grant elementi hisoblanadi.
Kreditning o’rtacha muddati shunday hisobot davriki, bu davr mobaynida kredit olgan shaxs kreditning hamma summasidan foy- dalanadi.
Kreditdan to’g’ri foydalangan taqdirda va to’lashda u quyidagicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |