Iqtisodiy mazmuniga ko’ra
|
Kim tomonidan
amalga shirilishiga ko’ra
|
Ko’rinishi bo’yicha
|
Muddatiga ko’ra
|
Ssuda kapitali
|
Xususiy davlat
|
Pul ko’rinishida
|
Qisqa muddatli
|
Tadbirkorlik kapitali
|
Xalqaro tashkilotlar
kapitali
|
Tovar ko’rinishida
|
Uzoq muddatli
|
Ssuda kapitalini olib chiqish bu bir mamlakatdagi qarz beruv-chining boshqa mamlakatdagi qarz oluvchiga ma’lum muddatda qay-tarib berish va foizlarni to’lash sharti bilan kredit berishidir.
Agar kapital foizlari shaklida foyda olish maqsadida beril-masdan, balki xorijdagi korxonalarni, shu jumladan qo’shma korxo-nalarni yaratishga sarflansa, u holda bu tadbirkorlik kapitalni olib chiqish yoki xorijga investitsiya chiqarish deb ataladi.
Ssuda kapitali
|
Qarzlar va kreditlar bank depozitlari va boshqa moliyaviy ins-
titutlar hisobidagi mablag’lar
|
Tadbirkorlik kapitali
|
Bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) investitsiyalar, portfel
investitsiyalar
|
Fort-feyting bu–import qiluvchi tomonidan to’lashga rozilik bildirilgan veksellarni eksport qiluvchidan sotib olish shaklidagi tashqi iqtisodiy operatsiyalarni kreditlashdir. Bunda to’lov majbu-riyatlari bo’yicha barcha xavf-xatarlar ham veksellarni sotib oluvchi-siga (forfeyterga) o’tadi. Shuning uchun xaridor import qilayotgan mamlakat bankining kafolat berishini talab qiladi. Kreditning bu shakli o’rta muddatli, ya’ni etti yilgacha bo’ladi. Bu kreditning aso-sida kredit beruvchi eksport qiluvchi, import qiluvchiga bo’lgan ta-lablarini boshqalarga o’tkazib, o’zining moliyaviy balansini yaxlit-lashga imkon yaratadi.
Veksel bu-qat’iy belgilangan shakldagi yozma qarz majburiyati bo’lib, veksel egasiga muddat tugashi bilan (rasmiy 1 yil, haqiqatda 1-3 oy) qarzdordan ko’rsatilgan pul miqdorini to’lashni talab etish huquqini beradi.
Veksel oddiy va o’tkaziladigan veksellarga ajratiladi. Oddiy veksel qarzdor tomonidan beriladi va imzolanadi. O’tkaziladigan veksel (tratta) kredit beruvchi tomonidan (trassant) beriladi va imzolanadi va ko’rsatilgan muddatda belgilangan miqdorini uchinchi shaxsga (reamitentga) to’lash haqidagi buyruqni aks ettiradi.
O’tkaziladigan veksel bo’yicha rozilik berish (aktsept) bu–to’lov-chi tomonidan vekselda ko’rsatilgan muddat kelishi bilan uni to’lash majburiyatini olishdir. Bu vekselning old tomonida to’lovchi qo’ygan oddiy imzo bo’lishi mumkin. Veksel ham cheklar, banknotlar kabi kredit pullari deb ataladi. Agar bank vekseli tovar bitimi bilan mustahkamlangan bo’lsa, unda veksel qimmatbaho qog’oz, ya’ni aktsiya va obligatsiya kabi qo’llanishi mumkin.
Obligatsiya qarz berish haqidagi guvohnoma bo’lib, uning egasi har yili belgilangan daromadni olish huquqiga ega, ya’ni u qat’iy foiz keltiradi. Aktsiyadan farqli ravishda u boshqarishda ovoz be-rish huquqini bermaydi, faqat belgilangan daromad keltiradi va ma’lum muddat o’tgandan so’ng sotib olinishi lozim bo’ladi.
Faktoring - bu vositachi kompaniya tomonidan qarzdorning to’lov majburiyatlarini to’lovga qabul qilib, uni tezda yoki belgilangan