Global jahon tarmog’i va internetga chiqish orqali telekom- munikatsiyalarning ishonchli tarmog’i ustuvor yo’nalish hisob-lanadi. Mamlakatimiz istiqlol yillari davomida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sektorining rivojlanishiga erishdi, ya’ni axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida katta o’zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatning istalgan nuqtasida operativ va ishonchli telefon aloqasini ta’minlovchi kommunikatsiyaning ko’p tarmoqli tizimi tashkil etildi. Hozirgi kunda respublika shahar-larini raqamli telefon tarmoqlari bilan ta’minlash darajasi 86 foizdan oshdi.
Axborot xizmati darajasining yanada o’sishi xalqaro Internet tarmog’iga keng miqyosda ulanishga tayanadi. 2003 yil davomida Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb ikki barobarga oshdi va ushbu axborot xizmati turidan yarim million kishi foydalanmoqda. Internet-klub va kafelar soni ikki barobarga ko’paydi.
Internet va multimedianing samarali faoliyat yuritishiga, ax-borot texnologiyalarini tezkor rivojlantirishga katta ahamiyat qa-ratilmoqda. Respublika telekommunikatsiya sektoridagi islohotlar o’tkazilishida asosiy yo’nalish bo’lib, ushbu tarmoq ob’ektlarini xu-susiylashtirish, telekommunikatsiya xizmatlari hisobi va turlarini kengaytirish nazarda tutiladi.
O’zbekiston hududi uchun releflarning turli-tumanligi bilan, ya’ni tekislikdan to yassi tog’ va tog’ oldi hududlarigacha o’ziga xos-dir. U respublikaning turli mintaqalaridagi cho’l hududlaridan to subtropik hududlarigacha turli-tuman iqlim sharoitini keltirib chiqaradi. Iqlim boyligiga ega O’zbekistonda vatani turli mamla-katlar va hatto, qit’alardagi mahsulotlarni etishtirish mamlakat-ning qishloq xo’jalik va turizm salohiyatini anchagina oshiradi.
Butun dunyoga mashhur qadim Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahri- sabz va boshqa shaharlarning tarixiy – arxitektura yodgorliklari dunyo ahlida katta qiziqish uyg’otishi tabiiy hol, albatta. O’zbe-kistonda zamonaviy sayyohlik infratuzilmalari tashkil etilgan bo’lib, uning kelgusida rivojlanishiga, katta salohiyatga ega bo’li-shiga shak – shubha yo’q. Mamlakatimiz o’zining xushmanzara tog’ tiz-malari, cho’llar, dashtlar, boy o’simlik dunyosi va hayvonot olamiga ega. Unumdor vohalari esa, turli-tuman landshaftlarni qamrab ol-gan, bu esa, hamma turdagi ekologik sayyohlik va dam olish turlarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Mutaxassislarning baholashlariga ko’ra, O’zbekiston sayyohlik infratuzilmasi bo’yicha yiliga 1,5 mln. kishidan ko’proq mehmonlarni jalb qilishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |