Иш ҳақи Иш ҳақи
Sus
A
88 108 100 Ишчилар сони
млн. киши
72 80 92 Ишчилар сони млн. киши
A mamlakatda qolgan ishchilar (mehnat egriligi-S) ning yutug’i shundaki, mamlakat mehnat bozoridagi raqobatning pasayishi nati-jasida ish haqi soatbay stavkasi 1,26 dollardan, 1,6 dollargacha ko’-tariladi. Shunday qilib, ishchilar foydasi yuza ekvivalenti «S»ni tashkil etadi. Bu holda korxona egasi ish haqi oshishidan zarar ko’ra-di. «A» mamlakatda tadbirkorlarning zarari (yo’qotish) (s+d) orali-g’ini tashkil etadi. «V» mamlakat tadbirkorlari ishchi kuchlari tak-lifining ortiqligidan kelib chiqib, ish haqi to’lash stavkasini ka-maytirish hisobiga yutadi. Soatbay ish haqi stavkasini 4,5 dollar-dan 4,0 dollarga tushirish (a+v) oralig’ida qo’shimcha daromad olib ke-ladi. «V» mamlakat ishchilari «a» oralig’ida yo’qotadilar, chunki ularning ish haqi pasaytirilgan bo’ladi. Bu holatni tahlil qilish ishchi kuchlarining erkin harakati «muqim» yashovchi aholi uchun ba’zi bir oqibatlarni keltirib chiqarishini ko’rsatadi. «V» mamlakatda umuman olganda, iqtisodiy o’lchov atamalarida ko’rib
o’tilganidek, tadbirlarning (barcha iste’molchilar hamda uning mahsulotlardan sotib oluvchilarning birgalikdagi) ishchilarning yutug’ini yo’qotish-dan yuqori bo’lsa, «a» oraliqdan ko’ra (a+v) oraliq past bo’lmasa yutuqqa olib keladi. Immigratsiyani cheklash haqidagi g’oyani mamla-katga keltiradigan sof iqtisodiy zarar bilan asoslab bo’lmaydi. Emigratsiya qilgan mamlakat (A) migrantlar ko’chib kelishi bilan ma’lum ma’noda zarar ko’radi. Tadbirkorlar zarari (s+d) ishchilar yutug’iga «S» qaraganda kam bo’lmasligi mumkin. Umuman olganda ish-chi kuchlarini qabul qilib oluvchi mamlakat va migrantlar bu ja-rayonlar orqasida foyda ko’rayotgandek bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin emigratsiya qilgan mamlakat zarar ko’radi. Butun dunyo miqyosida olib qaraladigan bo’lsa, ishchi kuchlarining migratsiyasi foydasi katta. Chunki migratsiya erkinligi kishilarning u mamlakatdan bu mamla-katga ko’chib yurishiga, qadami etgan mamlakat ishlab chiqarish ri-vojiga o’zining hissasini qo’shishga imkon beradi.
Shunday qilib ishchi kuchini qabul qilib oluvchi mamlakat umu-man olganda mehnat unumdorligining o’sishi hisobiga yutadi, iste’-molchilar yutadi, ishlab chiqarishning o’sishi natijasida tadbirkor-lar mahsulotlariga talabni oshiradi.
Ishchi kuchlarini mamlakat tashqarisiga chiqib ketishiga yo’l qo’-yib bergan mamlakat umuman olganda zarar ko’radi. Chunki chet elga chiqib ketgan ishchilarning ishlab chiqaradigan mahsulotlaridan o’z yurti tadbirkorlari va iste’molchilarning bebahra qolishi eng katta yutqizishning o’zginasi.
Jahon xo’jaligi ishchi kuchlarining ko’chib o’tishidan faqat yutadi. O’tkazilgan ko’pgina tadqiqotlar xalqaro migrantlar ko’chib keti-
shidan oldin o’z yurtidagi daromadi o’rtamiyona bo’lganini ko’rsat-di. Lekin ular odatda jamiyatning kambag’al guruhlari qatlamiga mansub emas.
Tashqi migratsiya qabul qiluvchi mamlakatga uni aholisining alo-hida bir qatlamlarga turli xil ta’sir ko’rsatadi.
Aholining alohida bir qatlamiga migratsiya ta’siri quyida-gicha bo’ladi.
Etarli malakaga ega mamlakatda yashovchi, lekin aholi tashqi migratsiya tufayli vujudga kelgan raqobat natijasida daromadlari-ning bir qismini yo’qotadi.
mahalliy tadbirkorlar, er egalari va boshqa ish beruvchilar xorijliklar mehnatidan foydalanib yutadilar, ularni qabul qiluv-chi mamlakatlarda
yashash uchun turar joyga, har xil mahsulot va xiz-matlarga bo’lgan talab ortadi.
qabul qiluvchi mamlakatlarning doimiy rezidentlari immig- rantlardan ma’lum darajada yutadilar.
immmigrantlar ham ma’lum darajada yutadilar.
Migratsiya ikki tomonning moliyaviy mablag’lariga katta ta’sir ko’rsa-tadi:
Migrantlar o’z mamlakatlarida soliq to’lashdan ozod bo’lsalar-da, lekin ularni qabul qiluvchi mamlakatda turli soliqlarni to’lay-dilar (daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, mulk solig’i ijti-moiy sug’urta va boshqa to’lovlar);
migrantlar boshqa mamlakat ijtimoiy ne’matlaridan bahra-mand jamoa bo’ldilar (milliy mudofaa, huquq-tartibot tizimi, at-rof muhim tozaligi, davlat ta’limi) va o’z yurtlaridan bunday xiz-matlardan bahramand bo’lmaydi;
migrantlar transfert to’lovlaridan foydalanish huquqiga ega bo’ladilar (ishsizlik sug’urtasi, ijtimoiy sug’urta va kambag’allik nafaqalari to’lanishi).
Emigrant tub eri o’zining mamlakatda olib turadigan pensiya va ijtimoiy sug’urta ta’minoti haqidagi hujjatlarini yangi yashash joyi (mamlakat)ga ko’chib kelishi bilanoq tegishli tashkilotga taq-dim etmasa, bu huquqlardan mahrum bo’lib qolishi mumkin.
Boy mamlakatlarga ko’chib o’tish jamiyatga foyda olib keladi.
Muhojirlarni qabul qiluvchi mamlakat yangi ishchi kuchlaridan foydalanib, ancha foyda oladilar. Xorijiy ishchilar oqimi mamla-kat iqtisodiy tizimidagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lgan ko’pincha muammolarni echish, bo’sh turgan, hammani ham o’ziga tortmaydigan ishchi o’rinlarini to’ldirish imkonini beradi. Muhojirlar ichki bo-zorda iste’mol tovarlari va xizmatlarga bo’lgan talablarni oshi-ribgina qolmay, balki ichki tovar bozorini kengayishiga ham ta’sir etadi. Mahalliy banklarda mablag’larning yig’ilishi mamlakat ichka-risida investitsiyaning qo’shimcha manbalari ko’payishi va inves-titsiya hajmining oshishiga olib keladi. Muhojirlar ishlab topgan mablag’larining bir qismini o’z yurtlariga o’tkazishlari eksport mamlakat aholisining mahsulot sotib olishga bo’lgan talab-qobiliya-tini oshiradi hamda ishchi kuchlarini import qilgan mamlakatda iste’mol mahsulotlariga qo’shimcha talabni yuzaga keltiradi.
Shu bilan immigratsiya:
Byudjetdan qo’shimcha xarajatlar: kambag’allik nafaqasi, jamoa maktablarining to’lib ketishi, jamiyatda tartib o’rnatib turish xarajatlarining oshib ketishi sodir bo’ladi. Lekin byudjetga og’irliklari
tushishiga qaraganda soliqlar ko’rinishidagi to’lov-larni to’lash bilan ko’proq foyda keltiradilar. XMT ma’lumot-lariga ko’ra 90-yillar o’rtasida AQSh da 11 million ishsizlar to-monidan 240 mlrd. dollar ishlab olingan, shundan 90 mlrd. dollari soliq sifatida byudjetga qaytarilgan, migrantlar ijtimoiy sug’ur-tasi uchun sarflangani 5 mlrd. tashkil qilgan.
Immigratsiyaning hayot fasliga qarab samarasi: yoshlik paytida o’z mamlakatida bilim olib qolishi kerak. So’ng xohlagan mamla-katiga borib ishlab va o’sha mamlakat qonun-qoidalari asosida so-liqlar to’lashi mumkin. Qabul qilib oluvchi mamlakatda hamma QQS, ish haqi summasidan aktsiz solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy sug’urta, foydaga ajratmalar to’laydi, o’sib boruvchi uy-joy ijara haqi.
Muhojirlar harbiy xizmatni o’tashga majbur bo’lishi mumkin.
Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakat uchun migratsiya ichki bozorda ishchi kuchiga talabni pasaytiradi, ijtimoiy tanglikni yum-shatadi. Ishchi migrantlarning o’z uylariga pul o’tkazishlari mam-lakatga qo’shimcha ravishda valyuta kelib tushishini ta’minlaydi. Xo-rijda ishlovchilar malakasini oshirishga yordam beradi.
Ishchi kuchi migratsiyasi tub mamlakatda qiyinchiliklarni kel-tirib chiqarishi ham mumkin. Bu katta xarajatlar evaziga tayyorlan-gan kadrlarning yo’qotilishi, «aql egalari»ning o’zga yurtlarga chiqib ketishi bilan bog’liq. Muhojirlar tug’ilib-o’sgan mamlakat-larida bilim oladilar va boshqa boyliklardan bahramand bo’ladi-lar. Bularning hammasi o’z yurtlari soliq to’lovchilari hisobiga bo’ladi, albatta. Lekin o’z yurtlariga foyda keltirish, soliq to’lash muddati etib kelganda boshqa bir yurtda ishlab yuradilar. Lekin kelajakda ular hisobidan olinadigan soliqlardan ko’riladigan foydaga qaraganda davlat boshqa tomondan, ya’ni chetga chiqib ketgan ishchilarga ko’rsatiladigan xizmatlar, sharoitlar yaratib berish uchun sarflanadigan xarajatlarning qisqartirilganligidan ko’proq foy-da ko’radi. Davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladigan ko’pgina tovarlar va xizmatlar «jamoa tovari» hisoblanib, ulardan hamma bir xilda foydalanadi.
Migratsiya, shuningdek, mehnat bozori chetda-tashqarida chiqim- larga ham, yaxshi foyda qilishga ham olib kelishi mumkin. Bu quyida- gilarda ko’zga tashlanishi mumkin:
Olingan bilimlarning xalqaro ko’chib yurishi.
Aholining ko’payib ketishi natijasida nizolarning, jinoyat-chilikning va boshqa shunga o’xshash salbiy oqibatlarning kelib chi-qishi.
Yashash sharoiti bilan bog’liq milliy va etnik ijtimoiy nizo-larning kelib chiqishi, bu masalani hal etish migratsiya parametr-larini miqdor va
sifat jihatidan aniqlab, qaysi migratsiyani qancha miqdorda kiritish, tarkib topgan ruhiy holatni o’zgartirish maq-sadida «tarbiyaviy ishlar»ni olib borish bilan bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |