Kapitalning xalqaro harakati – kapitalning yuqoriroq foyda olish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chishidir.
Ssuda kapitali - qaytarib berish va fondlarni to’lash sharti bo’yicha beriladigan kapital.
Tadbirkorlik kapitali – xorijda korxonalarni yaratish maq-sadida beriladigan kapital.
Bevosita investitsiyalar – investorga xorijiy korxonalar ustidan nazoratni ta’minlash huquqini beruvchi investitsiyalar.
Portfelli investitsiyalar – investor xorijiy korxonani be-vosita boshqarishda qatnasha olmaydigan va faqat aktsiyalardan divi-dendlar olib turishga yo’naltirilgan investitsiyalar.
Firma yoki tijorat krediti – bir firma tomonidan boshqasiga to’lov muddatini cho’zish sharti bilan tovarlarni sotish ko’rinishida beriladigan kredit.
Bank krediti – kredit bitimlarining yo’nalishi, muddati bilan chegaralanmagan kredit turi.
Forfeytning – import qiluvchi tomonidan to’lashga rozilik bildirilgan veksellarni eksport qiluvchidan sotib olish shaklidagi kreditlash.
Faktoring – vositachi kompaniya tomonidan qarzdorning to’lov majburiyatlarini to’lovga qabul qilib, uni tezda yoki o’rnatilgan muddatlarda mol egasiga to’lash.
Moliyaviy kredit – kreditlash maqsadlari aniqlanmasdan, pul- valyuta ko’rinishida mablag’larni berish.
Bog’liq kreditlar – ma’lum maqsadlar uchun beriladigan kredit.
Xalqaro ssuda kapitali bozori – bo’sh turgan pul kapital-larning to’planishi va mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlanishi bo’yicha munosabatlar majmuasi.
Pul bozori – xalqaro savdoga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq qisqa muddatli operatsiyalar bozori.
Kapitallar bozori - uzoq muddatli operatsiyalar bozori.
Nazorat savollari
Kapital harakatining mohiyati nimadan iborat?
Ssuda kapitali va tadbirkorlik kapitali o’rtasidagi farqni ayting.
To’g’ri va portfel investitsiyalar deganda nimani tushuni-ladi?
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda kapital harakati ahami-yatining o’sishini nima bildiradi?
Zamonaviy sharoitlarda kapital harakati yo’nalishlarining o’zgarishi qanday?
Firma krediti nima va u qaysi hollarda ishlatiladi?
Bank kreditining xususiyatlari va o’ziga xos shakllari nima-dan iborat?
Moliyaviy kredit bog’liq kreditdan qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Xalqaro kredit milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi rivoj-lanishida qanday rol o’ynaydi?
Xalqaro ssuda kapitali bozori deganda nima tushuniladi? U o’z ichiga qaysi bozorlarni oladi?
Kredit qiymatining qanday tarkibiy qismlari mavjud?
Kreditning to’la va o’rta muddatlari o’z ichiga nimalarni oladi?
Chet el investitsiyalarining milliy iqtisodiyotdagi roli qanday?
O’zbekistonda chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qan-day sharoitlar yaratilgan?