Xullas, O’zbekistonda faoliyat uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Sanab o’tilgan barcha resurslar chet el investorlariga faoliyat yo’nalishlari sohasini tanlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Musta-qillik yillari davomida investitsiyalar hajmi 14 mlrd. AQSh dol-laridan oshgan
bo’lsa ham, O’zbekiston bozori jalb qiluvchanligi bi-lan erishilgan darajadan bir necha barobarga ko’pdir. Xalqaro eks-pertlar baholariga ko’ra, u yiliga 2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Bashoratlar bo’yicha O’zbekiston yuqori iqtisodiy faollik bosqichiga kirmoqda va yaqin yillar ichida o’zining turli-tuman yuqo-ri qo’shimcha qiymatli mahsulotlari bilan ishlab chiqarish sektorida investitsion faollikning katta o’zgarishlari amalga oshirilishi kutilmokda.
Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil iqtisodiy siyo-sat tufayli, chet el investitsiyalariga ega korxonalarning faoliyat sohasi tuzilmalari o’zgarib bormoqda. Agar 1998 yilda chet el inves-titsiyasiga ega 56,4 foiz korxona asosan, savdo-vositachilikka ixti-soslashgan bo’lib, faqat 21 foiz korxonalargina ishlab chiqarish fao-liyati bilan shug’ullangan bo’lsa, 2002 yilda mahsulot ishlab chiqa-ruvchi korxonalar soni 1,5 martaga, 2003 yilda 1,4 martaga ko’paydi.
Hozirgi kunda esa, 80 foiz qo’shma korxonalar ishlab chiqarish faoliyati bilan band. Shu bilan birga, chet ellik hamkorlar, ya’ni: Bersel (Turkiya). Marubeni (Yaponiya), BRI (AQSh), Goldteks, Vima-teks (Shveytsariya), Djaminolla (Italiya to’qimachilik va ipakchilik sanoati), Knauf (Germaniya). Semar Interneyshnl (Italiya qurilish mollari), "BiEsAy Indastriz Ink ", "ABB Lummus Global", Beyker Xyuz (AQSh), Lukoyl, Gazprom (Rossiya), Sofregaz (Frantsiya qidi-rish va uglevodorod qazib olish), Nyumond Mayning (AQSh), Oksus (Buyuk Britaniya), Maltiplek (Avstraliya), Beytman (Isroil oltin rudasi qazilmalarini ishlab chiqarish), Lyuftganza (Germaniya havo kemalarini ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatish), Nestle (Shveytsa-riya), Nutritek, Vimbeldann, Manzini (Italiya oziq-ovqat sanoati), "Keys Nyu Xolland" (AQSh mashinasozligi)lar bilan birgalikda faoliyat yuritilyapti.
Istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalarni diversi- fikatsiyalashni barqarorlashtirish maqsadida hukumatimiz tomoni-dan qabul qilingan investitsiyalar dasturi doirasida
2003 yilda 2 mlrd. AQSh dollari hisobidagi loyihalar amalga oshirildi. Shu bilan birga, o’tgan yilga nisbatan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar jalb qilish umumiy hajmi 2 martaga ko’paydi. 2004 yilda esa, 2,2 mlrd. AQSh dollari hisobidagi loyihalarni amalga oshirish bashorat qilinmoqda, shundan 80 foiz loyihalashtirish ishlarini to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirish shartlarida jalb qilina-digan investitsion mablag’larga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |