M. Mirsaidov


Ko’p ukladli iqtisodiyot shakllantirilishida chet el investitsiyalarining roli



Download 0,66 Mb.
bet103/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

Ko’p ukladli iqtisodiyot shakllantirilishida chet el investitsiyalarining roli


Ko’p ukladli iqtisodiyot tadrijiy rivojlanishning tarixiy si-novlaridan o’tgan bo’lib, mulkchilik shaklining turli-tumanligi, ular tuzilmalarini turli shakllarda tashkil etish, har bir insonga o’zining intellektual va mehnat salohiyatini ochishga imkon beradi. Shuning uchun, ko’p ukladli iqtisodiyotni tashkil etilishi bilan iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishning "ochqich" yo’nalishlaridan biri hamda O’zbekiston Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan mam-lakatimizning bozor munosabatlariga o’tishning milliy modelining tarkibiy qismi yaratilishiga asos bo’ldi. Iqtisodiy islohotlar xil-ma-xil xo’jalik faoliyatining barcha ko’rinishlariga aynan mos kela-digan ko’pukladli iqtisodiyotni shakllantirishi kerak. Xo’jalik yuritishning har bir shakli uchun amaliy tajriba asosida samarali u yoki bu tashkiliy-huquqiy shakllar yaratildi. Ularning barchasi ja-hon xo’jalik ishlari yuritilishining ko’p asrlik tajribasidan ke-lib chiqib, hayotga tatbiq qilinishining turli iqtisodiy va huquqiy vaziyatlardagi isbotini va O’zbekiston Respublikasi fuqarolik ko-deksida o’z aksini topdi.

O’zbekiston Respublikasida ko’pukladli iqtisodiyotni tashkil etish davlat mulkini xususiylashtirish ishlarining izchil olib borilishiga yordam
berdi, natijada so’nggi 10 yil davomida 130 ming davlat korxonalari mulkchilik shakllarini o’zgartirdi. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish uchun asos, ya’ni davlat monopoliyasidan qutilishda "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’-risida”gi nodavlat korxonalarining faoliyat masalalari "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlan-tirish to’g’risida"gi qonun orqali belgilab olindi.
Mulkchilik turlarini keng miqyosda qayta shakllantirish uchun ko’zga ko’rinarli hajmda tashqi investitsiyalar kerak edi. Ushbu maq-sadlarni amalga oshirish uchun O’zbekistonning iqtisodiy salohi-yatini ochish,
ya’ni investorlarga keng faoliyat maydonini taklif etish va ularning vositalarini mamlakatimiz rivojlanishiga jalb qilish uchun barcha shart- sharoitlar yaratish lozim edi. Chet ellik investorlar nodavlat korxonalar bilan ish olib borishni afzal ko’r-ganliklari bois, hukumat qaroriga muvofiq, 2003-2004 yillarda xususiylashtirish, dasturiga kiritilgan, foiz korxona 3,5 mingdan ortiq ob’ektlar xususiy mulkchilikka aylantiriladi. Umumiy xusu-siylashtirish natijasida, ushbu ishlab chiqarish sektorining iqti-sodiyotdagi roli va ahamiyati beqiyos darajada ortadi. Shu bilan birga, xususiylashtirilgan ob’ektlarda ishlab chiqarishni inves-titsiyaviy rivojlantirish salohiyati ham ortadi.
Tovar ishlab chiqarishni ko’paytirish, yangi turdagi mahsulot-larni o’zlashtirish, yangi texnologik ishlab chiqarishni tatbiq qilish bir vaqtning o’zida ijtimoiy xarakterdagi masalalarni ham echishni ta’minlaydi. Unga aholi bandligini oshirish, kommunikatsiya, infra-tuzilmalarni rivojlantirish, tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshi-lash va boshqalar kiradi.
2003 yilda iqtisodiyotning muhim strategik tarmoqlarida yi-rik loyihalar amalga oshirildi "Sho’rtangaz" kondensati konida gaz-ni siqib chiqaruvchi kompressor stantsiyasi qurildi, Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi, "Shimoliy O’rtabuloq" konlarida yangi zamonaviy qurilmalar ishga tushirildi. "Muruntov"da tog’ qazilma ishlarini jadallashtirish loyihalari tugatildi, Samarqand shahri-dagi "Prezident-Otel" mehmonxonasining qurilishi, Toshkent shah-ridagi 4 ta mehmonxonani ta’mirlash va foydalanishga topshirish ishlari yakunlandi, "O’zDEUavto" korxonasida yangi modeldagi avto-mobillar ishlab chiqarish boshlandi.
Qo’qon shahridagi superfosfat zavodini ta’mirlash, "YademTeks-til", "Surxontekstil" QKlarini tashkil etish, ipak va aralash ka-lavalar bilan birga ipakdan iborat tayyor trikotaj buyumlar ishlab chiqarish bo’yicha "Ishonch" AJ, "Velay-silk" O’klarini qayta texnik jihozlash ishlari tugatildi, ip-gazlama kalavalari va gazlamalar ishlab chiqarish bo’yicha "Besteks" QK, "Baliqchi" QK, "Aim Tekstil" QKlari kabi yangi korxonalar ishga tushirildi.
2002-2003 yillar davomida qayta ixtisoslashtirish Dasturi ish- tirokchilari tomonidan yangi 78 turdagi mahsulotlar ishlab chiqa-rish yo’lga qo’yildi va buning hisobiga yiliga 170 mln. AQSh dolla-ri hisobida iqtisodiy samaraga erishilmoqda 2004-2005 yillar davomida esa, ushbu Dastur doirasida 158 ta loyihani amalga oshi-rish ko’zda tutilmoqda va buning natijasida 145 turdagi mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi va bundan keladigan samarani 2006 yilga borib, 488,3 mln. AQSh dollariga etkazish ko’zda tutilmoqda.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish