Evro valyuta bozori. Bu bozorda mamlakat tashqarisida naqd pul to’lamay o’tkaziladigan depozit hisob (schyot) operatsiyalari chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Valyutalar bilan bir qatorda qimmatli qog’ozlar bilan ham yi-rik kredit operatsiyalari o’tkaziladi.
Evro kredit bozori. O’rta va uzoq muddatli, ya’ni 1 yildan 10 yilgacha va undan ham ko’proq muddatga kredit operatsiyalarini o’tka- zadi. Kreditning bu shakli qatnashchilari-banklar, maxsus kredit institutlari, firmalar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar bo’ladi. Kredit
evrovalyutada beriladi. Bunda mijozni kreditning qaytara olishga qudrati etish yoki etmasligi tahlil qilib ko’riladi. Shart-noma shartlari yozma ravishda xat bilan rasmiylashtiriladi. O’rta va ko’p muddatli kreditlar suzuvchi foiz stavkalar bo’yicha va «stend bay» sharti bilan Evro kreditlarning asosiy qismini duniyoning turli mamlakatlarida 40 dan ortiq kredit institutlari bo’lgan xalqaro konsortsium banklari beradi. Jahon Moliya bozori-7-15 yil muddat bilan emissiyalar va qimmatli qog’ozlarni joylashtirishni amalga oshiruvchi moliya bozordir. Shu bozor doirasida chet el obli-gatsiyalari bozori va evro obligatsiya bozori faoliyat ko’rsatadi. Dav-latlar evro obligatsiya zayomlarini davlat byudjetidagi etishmov-chilikni to’ldirish va eski zayomlarni qaytadan moliyalashtirish uchun ishlatadi. Evro obligatsiya bozori uzoq muddatli zayomlarni evroval-yutaga ayirboshlash olib boriladi va zayyom egasining obligatsiyasi sifatida rasmiylashtiriladi.
Evro-obligatsiyalarni tarqatishdan maqsad bir necha davlatlar bozorida joylashtirish ko’zda tutilganligidir.
Ssuda kapitali jahon bozorida kreditning qiymati kredit uchun foiz miqdorini aniqlashni va vositachilik hajmini ko’zda tu-tadi.
Jahon bozoridagi foiz (%) stavkalari milliy stavkalarga qa-raganda ma’lum darajada erkin suzib yuradi.
Jahon bozorlarida milliy (%) stavkalari ustiga qo’shimcha stavkalar qo’llaniladi, bu stavkalar o’z ichiga banklararo taklif stavkalarini ham oladi. Kredit (kredit liniyasini ) limitini ochish, evroobligatsiya zayomlari konsortsial kreditlari taqdim etish paytida maxsus xalqaro foiz (%) stavkalari olinadi. Milliy foiz stavkalari ustiga qo’shimcha stavkalar ba’zi bir banklararo taklif stavkalari (depozit stavkalari)ni o’zgartiruvchi sifatida kiritila-di. Ssuda kapitali jahon bozorida suzib yuruvchi foiz (%) stav- kalari ustunlik qiladi
Tan olingan xalqaro moliya markazlarida xalqaro kredit be-rishning o’zaro ishlab chiqqan banklararo taklif stavkalari qo’lla-niladi. Masalan, Londondagi Evropa valyuta bozorida foiz stavka-larining tebranishi (chastota)ni o’zgartirib turuvchi LIBOR yoki London banklararo taklif stavkasi qo’llaniladi, bu stavka o’z xususiyatiga ko’ra depozit stavkasi hisoblanadi. Bu stavka 1/8 mod-dasiga ko’ra omonat qo’yish stavkasidan yuqori va 1/2 moddasiga ko’ra so’ng zayom egasi krediti bo’yicha past: foiz stavkalarining doimiy elementi sifatida LIBORga qo’shimcha ravishda «Spred» yoki bank xizmati mukofoti ishlatiladi. Bu holda mukofot marja ko’rini-shini oladi, marja miqdori 3/4 dan 3 foiz atrofida bo’lib turadi.
Bunday stavkalar: Singapurda–SIBO, Frankt–na–Maynda–FI-BOR, Parijda-LIBOR, Bahraynda-BIBOR va h.k.larda mavjud.
Asosiy foiz stavkasidan tashqari yana maxsus foiz stavkasi: kredit summasi va muddati, bir yo’la kredit summasi va muddati hisobga olinmaydigan, bank vositachiligi stavkalaridir. O’rta va uzoq muddatli kreditlardan ssuda berishda vositachilik majburiyati uchun va jamg’armalar zaxirasi uchun, odatda, yillik 0,2%-0,75%. Kredit operatsiyalari o’tkazishda bank konsortsiumlariga zayom egasi bir yo’la bank boshqaruvchisi-menejerga vositachilik uchun (kredit summasidan 0,5% gacha), munozara olib borish, shuningdek, bu operatsiyada ishtirok etgan banklarga (0,2%-0,5%) foiz stavkalari to’lanadi.
Jahon bozorlarida operatsiya o’tkazish asosiy qurollari sifa-tida veksel (oddiy, ko’chirma, tijorat, xazina, bank) depozitni sertifikat, banklar aktsentlari, aktsiyalar, obligatsiyalar, akkredi-tiv, evronotlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |