To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning xalqaro harakati
Ko’rsatkichlar
|
1990
|
2003
|
Olib chiqilgan investitsiya( mlrd. doll.)
|
1954
|
8245
|
Olib kelingan to’g’ridan investitsiya (mlrd. doll.)
|
209
|
560
|
Olib chiqilgan investitsiyalarning (Ya.I.M. nisbat, %da)
|
9
|
22,8
|
Olib kelingan investitsiyalarning
|
|
|
- YaIM nisbatan, %da
|
1
|
1,5
|
- Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarga nisbatan
|
4,3
|
7,7
|
%.
|
|
|
Manba: Xalqaro sarmoyalar haqida bayonnoma, 2004 YuNKTAD, Nyu-York.
Kapitalning asosiy eksportchi va importchilari sanoati rivoj-langan mamlakatlar hisoblanib, ular hissasiga eksportning va im-portning mos ravishda 92% va 72%i to’g’ri keladi.
Kapitalning xalqaro harakat ko’lami, dinamikasi va yo’nalish-lari to’g’risida quyidagi jadval ma’lumotlari bo’yicha fikr yuritish mumkin.
jadval
Kapitalning xalqaro harakati, (mlrd. doll.)
|
1990 y
|
2000 y.
|
Olib kelish
|
Olib
chiqish
|
Olib kelish
|
Olib
chiqish
|
Sanoati rivojlangan mamlakatlar
|
|
|
|
|
Mamlakatlar:
To’g’ridan - to’g’ri investitsiyalar Portfelli investitsiyalar Rivojlanayotgan mamlakatlar: To’g’ridan -to’g’ri investitsiyalar Portfelli investitsiyalar
|
169,6
213,6
31,6
22,5
|
224,4
169,1
10,9
17,3
|
1241,5
1403,0
248,3
83,3
|
1279,3
1195,6
96,3
92,6
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalarining asosiy oqimlari sanoati rivojlan-gan mamlakatlari o’rtasida kechmoqda. Bu, avvalo, jahon iqtisodiyoti-dagi strukturaviy siljishlar bilan izohlanadi. Strukturaviy sil-jishlar esa, ma’lumki, Fan- texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishga ilg’or texnologiyalarini joriy etilishi, ishchilar malakasiga talab kuchayishi, xalqaro ixtisoslashuv va korporatsiyalashuvning kuchayi-shi natijasida ro’y beradi. Shu bilan birga, rivojlanayotgan mamla-katlardan kapitalni olib chiqish ham jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.
So’nggi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiyoti o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda xorijiy inves-titsiyalar ulushi ancha ortdi.
Bevosita chet el investitsiyasini amalga oshiruvchi, import qiluv-chi birinchi o’nlikka kiruvchi mamlakatlar: AQSh ($193,4 mlrd.); Buyuk
Britaniya (63,1), Xitoy (45,5), Niderlandiya (31,9), Braziliya (28,7),
Frantsiya (28,0), Belgiya-Lyuksemburg (21,0), Germaniya (19,8),
Shvetsiya (19,4), Kanada (16,5).
Kapital bir guruh mamlakatlarda kontsentratsiyalangan (yig’ilgan).
Dunyodagi sanoati rivojlangan barcha mamlakatlar qo’lidagi chet el bevosita investitsiyalarining uchdan ikki qismi AQSh, Evropa Ittifoqi va Yaponiya hissasiga to’g’ri keladi.
Kapital kiritishning tarmoq tuzilishi (struktura) ham o’z-gardi, 70-
80 yillarda kapital kiritish asosan konchilik tarmog’iga yo’naltirilgan bo’lsa, keyinchalik, xizmat sohasiga yo’naltirildi, bunga investitsiya hajmining deyarli yarmi jalb etildi.
Kapital oqimning geografik yo’nalishi o’zgartirildi. 60-70 yil-larda kapital oqimi sanoati rivojlangan mamlakatlardan rivoj-lanib kelayotgan davlatlarga qarab bo’lgan bo’lsa, 80-90 yillarda ka-pital oqimi esa sanoati rivojlangan mamlakatlardan sanoati ri-vojlangan mamlakatga qarab oqdi.
Bevosita chet el investitsiyasini amalga oshiruvchi-eksport qiluv-chi birinchi o’nlikka kiruvchi mamlakatlar: AQSh ($132,8 mlrd), Buyuk Britaniya (114,2), Germaniya (87,6), Frantsiya (40,6), Niderlandiya (38,3),
Kanada (26,6), Yaponiya (24,2), Belgiya-Lyuksemburg (23,1), Shve-tsiya
(22,5), Finlyandiya (19,8).
Eksport va import sarmoyasi alohida davlatlar guruhi uchun o’ziga xos xususiyatlarga ega. XX asrning 90–yillarida sarmoya eks-porti va importi bo’yicha Buyuk Britaniya va AQSh etakchilik rolini o’ynagan edi. OESR mamlakatlariga qilingan investitsiyalar ekspor-tining 38%i va importining 45%i ular ulushiga to’g’ri kelgan edi. Sarmoya kiritish bo’yicha eng katta donor va retsipient Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar hisoblanadi. Ularning importi 230,0 mlrd. dollar, eksporti 386,2 mlrd. dollarni Evropa Ittifoqining asosiy investori bo’lib AQSh chiqadi. Amerika ulushiga chet elda to’plangan bevosita chet el sarmoyalarining 50%dan ko’prog’i to’g’ri keladi. Shuningdek, Evropa Ittifoqining yirik tashqi investor-lari qatoriga Yaponiya ham kiradi (30%). Evropa Ittifoqi mamlakat-larida o’zaro kapital oqimi tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda; shuningdek, transchegaraning qo’shilishi va kompaniyalarning muvaf- faqiyatlari xarakterlidir. Evropa ittifoqi mamlakatlarida bevo-sita investitsiyalar importchilari - Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Frantsiya tomonidan, Eksportchilar Buyuk Britaniya, Germaniya, Fran-tsiya tomonidan ajratiladi. Dunyoda eksport bo’yicha ($193 mlrd.) va import bo’yicha ($133 mlrd.) AQSh birinchi o’rinni egallaydi. AQSh netto
eksportchidir. Bevosita investitsiyalar bo’yicha Yaponiya ham netto eksportchi hisoblanadi.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |