To’m=1/2 Tfoy-sh+Timtiyoz+1/2 Tto’lash
Quyidagi tenglama kredit olgan shaxs kreditorga qancha foiz (%) miqdorida summa berishi kerakligini hisoblab chiqarishga yordam beradi:
%=K limit x P x To’m
% - kredit olgan shaxsning kreditorga to’laydigan foiz miqdori; Klimit-kreditning limiti;
P-foiz stavkasi;
Grant-element yoki imtiyozlar elementi, subsidiyalar va kredit-larning bozordagi shartlarga qaraganda imtiyozli ravishda berilashi kreditlarning shartli yo’qotishlarini aks ettiradi. Bir yillik bozor foiz stavkasi 10%ni tashkil qiladi, deb hisoblash qabul qilingan. Grant-element quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
1 tBi
1 iA(1 n) t
x100
E-grant element;
V-I yilda schetdagi qarzni uzish bo’yicha haqiqiy to’langan to’lov; A-kredit summasi;
n-bozor foiz stavkasi, birlik ulushlarda; t-kredit muddati.
Moliya kredit - bu pul kredit, qaytaruvchanlik, tezlik, to’lov shartlari asosida banklar tomonidan beriladi. Bu kredit turidan ko’pgina mamlakatlar eksportni kreditlash va eksport kreditlarini sug’urtalash
tizimini yaratishda foydalanib, o’zlarining banklar-kreditorlari va firmalari-eksport qiluvchilarini moliyaviy to-mondan qo’llab-quvvatlab turadilar. Bu kredit istalgan bozordan tovarlar va xizmatlarni manfaatli shartlar asosida sotib olish, kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish va konkurslar asosida sotib olish huquqini beradi. Ko’pincha tashqi qarzlarni to’lash, valyuta kursini qo’llab-quvvatlab turish, avuarlar schetini chet el valyutasi-da to’lash uchun foydalaniladi.
Ikki va undan ortiq kreditorlar tomonidan, boshqacha qilib aytganda, sindikatlarning (konsortsiumlar) bank tomonidan qarz oluvchiga beriladigan krediti, ya’ni sinditsirlangan kreditni tak-lif qilish uchun bir guruh banklar-kreditorlar o’zlarining bo’sh yot-gan, muomalada qatnashmayotgan mablag’larini vaqtincha birlashtira-dilar).
Uzoq muddatli kreditning zayom va emissiya qimmatli qog’ozlar shaklidagi turlari banklar va firmalar (kompaniyalar, korporatsiya-lar) tomonidan qo’llanishi mumkin. Zayomlar savdo operatsiyalari va kapital qurilishni moliyalashtirish uchun beriladi. Jahon va mil-liy ssuda kapitali bozorlarida zayomli mablag’larni ssuda kapitali jahon va milliy bozorlaridan o’z hisobidagi uzoq muddatli majbu-riyatlari hisobiga oladi. Qimmatli qog’ozlar emissiyasi ko’rinishi-dagi kreditlar chet el va xalqaro obligatsiya zayomlari ko’rinishida chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |