M. Mirsaidov


Portfel investitsiyalarining iqtisodiyotga ikki tomonlama ta’siri



Download 0,66 Mb.
bet89/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

Portfel investitsiyalarining iqtisodiyotga ikki tomonlama ta’siri


Portfel investitsiyalarining ijobiy ta’siri quyidagi hollar-da namoyon bo’ladi:

  • Mavjud resurslarning hajmini ko’paytirish orqali raqobat- bardoshlikni rag’batlantirishda;

  • Kapital qo’yishni moliyalashtirishni bevosita venchur kapi-tali orqali o’tkazishda, milliy va xalqaro bozorlardagi birlamchi aktsiyalarda, korporativ obligatsiyalarda;

  • Ichki ikkilamchi bozordan chet elning qimmat baho qog’ozlari-ni, davlat obligatsiyalarini sotib olish orqali mamlakat iqtisodiy ahvoliga ancha samarali ta’sir ko’rsatish bilan iste’molning o’sishi-ga ta’sir ko’rsatishida;

  • Aktivlarning o’sishi hisobiga mamlakatning umumiy iqti-sodiyoti holatiga ta’sirida va buning natijasida moddiy boyliklar iste’molining o’sishiga yordam berishida;

  • Banklarning likvidligini rag’batlantirishda hamda rezident-lar portfel aktivlarini sotib olish orqali kreditlash hajmini kengaytirishda, shu yo’l bilan milliy bozor likvidligini o’stirish-ga erishishda;

  • Portfel investitsiyasi qabul qilgan mamlakatning iqtiso-diyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin;

  • Bu shunday hollarda ro’y beradi;

  • Moliyalashtirish chiqim-xarajatlari olinayotgan foydadan us-tunlik qilsa;

  • Kapital qo’yilmalarning bunday turidan bebarqarorlik yuqori bo’lgan bir holatda tavakkal qilib foydalanilganda.

Chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun mamlakatda qulay sharoit yaratilgan bo’lishi kerak.
Bevosita chet el investitsiyalarini mamlakatga jalb qilishning omillari asosida J.Don tomonidan ishlab chiqilgan OLI kontsep-tsiyasi yotadi. Kontseptsiya quyidagilardan iborat:

  • Mulkka egalik qilish huquqi sohasida qiyosiy ustunlikning mavjudligi, chunonchi, o’z texnologiyasi yoki boshqarish bilan bog’liq bo’lgan ustunligi.

  • Mamlakatdagi mahalliy ustunlikning mavjudligi, misol uchun, ichki bozorning kattaligi, ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi, infratuzilmaning yuqori darajada rivojlanganligi, ishchilar malakasining darajasi va ishchi kuchi qiymati.

  • Ichki aloqalardagi maksimal ustunlikning mavjudligi, mus-taqil investorlar va retsientlar o’rtasida raqobat .

Mamlakatga investitsiyani jalb qilishning ikkinchi sharti mam- lakatning o’ziga xos xususiyatlarini batafsil ta’riflab berishdan, birinchi va uchinchi shartlari firmalarning o’ziga xos tomonlarini ko’rsatib berishdan iborat.
Mamlakat o’rtasida milliy iqtisodiy va siyosiy farqlarga qarab investitsiyalarni jalb qilish keng doiradagi kriteriylarini o’z ichiga qarab oladi. Bularga makroiqtisodiy omillar, tartibga solish turishning huquqiy rejimi, xilma-xil resurslarning mavjudligi kiradi. Muhim makroiqtisodiy omillarga yalpi milliy mahsulot (YaMM)ning hajmini, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadni xarakterlab beruvchi ichki bozorning sig’imi kiradi. Shuningdek, ishchi kuchi malakasi qanday darajada ekanligi, infratuzilma texnologiyalarni o’zlashtirishi hisobga oladi.
Milliy iqtisodiyotning to’g’ri chet el investitsiyasini o’ziga jalb etishi, o’ziga tortib turishi ko’p jihatdan mamlakatdagi siyosiy bar-qarorlikka, qulay huquqiy va soliq rejimiga ham bog’liq.
Portfel investitsiyalari uchun investitsiyani qabul qiluvchi mamlakatda qanday jozibadorlik, qanday xususiyatlar bo’lishi ke-rak? Dastavval, umumiy tadbirkorlik muhiti bo’lishi kerak. Shu-ningdek, investorning o’zi ishlab chiqqan strategiyasi bo’lishi zarur. Shu bilan birga, investitsiyani qabul qiluvchi mamlakat iqti-sodiyotining umumiy ahvoli-makroiqtisodiy omillari va omillar-ning indikatorlari, ya’ni iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’-atlari, milliy bank tizimining ahvoli, obligatsiya va aktsiya bozori-ning likvidlik darajasi, foiz stavkalari darajasi investorning nazarida bo’ladi.
Aktsioner kapitalga mablag’ qo’yuvchi portfel investorlar uchun aktsiya bozorning likvidligi va o’sish sur’atining yuqoriligi muhim ahamiyat kasb etadi. Obligatsiya bozorining likvidlilik darajasi hamda foiz (%) stavkalarining darajasi investorni qo’yiladigan kapitalidan ko’zlangan (fiksirlangan) daromad olishga bo’lgan qi-ziqishini oshiradi.

    1. Download 0,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish